Yangi mavzuning bayoni
O’qituvchining mini ma’ruzasi. Yangi mavzu yuzasidan qo’shimchalar qiladi. O’quvchilarga o’tmas pichoq, qaychi berib, biron narsani kesish yoki qirqish tavsiya qilinadi. So’ngra shu narsani o’tkir pichoq yoki qaychi bilan qirqishga beriladi. Natijaning sababini aniqlash maqsadida "aqliy hujum" uyushtiriladi. "Aqliy hujum" natijasida kuch ta’siri:
1) kuch kattaligiga;
2) kuch ta’sir etayotgan yuzaga qanday bog’liqligi aniqlanadi. Bosim tushunchasi kiritiladi.
Birligi 1 Pa (Paskal)
Bosimlar haqida kengroq tasavvurga ega bo’lish uchun texnikada uchraydigan bosimlardan misol keltiriladi.
VAZ 2103 avtomobili g’ildiraklari bosimi: Oldingi: 172 KPa orqa: 188Kpa Avtomobil baloni ichidagi bosim. 170-230 KPa
Bunda F= P • S "Kuch" emas, balki "bosim kuchi" ekanligi tushuntirilishi kerak. Bosim kuchi har doim yuzaga tik ( perpendikulyar ) yo’nalgan bo’ladi.
Tabiatdagi kuchlar va uning uzviy davomi bo’lgan bosim mavzusini takrorlashni "debat" usulida o’tkazish mumkin. Buning uchun sinfda ikkita guruh tashkil qilinadi. O’qituvchi va bir-ikkita o’quvchidan iborat hakamlar va "taymkipper" belgilanib debat boshlanadi. Bahs uchun quyidagicha mavzu tanlanishi mumkin:
Bahslashuvchilardan qaysi birlari ko’proq misol va ishonarli dalillar keltirsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi. Albatta, bunda faol o’quvchilar alohida baholanadilar. Debat yakunidan so’ng yangi mavzuga doir tajriba-namoyishni shprisga kiydirilgan teshikchalari bor sharcha orqali namoyish qilib ko’rsatiladi darslikda keltirilgan. Ichki bosim mavjudligini bo’sh baklashka olib, undan bir xil balandlikda bigiz bilan teshikchalar ochiladi. Unga gugurt cho’plarining uchini ochib, tiqib qo’yiladi va suv quyiladi. Cho’plar olinsa, undan suv otilib chiqadi. Albatta bunda suvning otilib chiqish tezligi suv ustunining balandligiga bog’liq bo’lishi ko’rinmasligi uchun teshikchalar bir xil balandlikda olinadi. Shundan so’ng Paskal qonunini tushuntirish mumkin. Paskal qonunini amalda qo’llanilishini ko’rsatish maqsadida gidravlik press o’rganiladi. Gidravlik press bo’lmasa, ikkita bir marta ishlatiladigan meditsina shprisini olib, ular uchini "kapelnitsa" naychasi bilan tutashtirib yasash mumkin. Bunda shprislar shtativga mahkamlab qo’yiladi. Gidravlik pressda munosabat o’rganilganidan so’ng mustahkamlash uchun masala yechib ko’rsatiladi.
|