1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi




Download 2,52 Mb.
bet81/230
Sana15.06.2021
Hajmi2,52 Mb.
#15054
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   230
3. Yangi mavzuning bayoni.

Siz suyuqlikning idish tubiga bosim berishini bilib oldingiz. Gazlar ham xuddi shunday bosim beradimi? Ular bosim berishi uchun massaga, ya'ni og'irlikka ega bo'lishi kerak. Buni tekshirish uchun quyidagicha tajriba o'tkazamiz.

Yaxshi damlangan koptokni olib, tarozining bir pallasiga qo'yib, ikkinchi pallasini toshlar bilan muvozanatga keltiramiz. So'ngra koptokni olib, ichidagi havoni to'liq chiqarib yuboramiz. Taroziga koptokni qo'yamiz. Bunda tarozining muvozanati buzilganligi kuzatiladi. Tarozini muvozanatga keltirish uchun toshlarning bir qismini olamiz. Demak, havo ham ma'lum og'irlikka ega ekan.

Sizga ma'lumki, Yerni havo qatlami o'rab turadi. U atmosfera deb ataladi. Demak, havo o'z og'irligi bilan Yer yuzasiga bosim berishi kerak. Bu bosim atmosfera bosimi deb ataladi. Atmosfera bosimini aniqlash uchun pEEgh formulasidan foydalanib bo'lmaydi. Chunki atmosfera tarkibi turli gazlar aralashmasidan iborat bo'lib, aniq balandlikka ega emas. Havo tarkibida 78% azot, 21% kislorod va boshqa gazlar bor. Yer sirtiga yaqin joyda 0°C temperaturada o'lchangan havo zichligi 1,29 kg/jga tengligi aniqlangan. Havo qatlamlarining zichligi balandlik ortishi bilan tez kamayib boradi. Masalan, Yer yuzidan 5,4 km balandlikda havoning zichligi uning Yer yuzidagi zichligidan 2 marta kichik, 11 km balandlikda 4 marta kichik bo'ladi. Yuqorilashgan sari havo siyraklasha borib, asta-sekin havosiz fazoga o'tadi. Atmosferaning aniq chegarasi yo'q. Havoni tashkil etgan zarrachalar og'irlikka ega bo'lsa, nima sababdan ularning hammasi Yer sirtiga tushib qolmaydi? Sababi shundaki, ular to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Unda nima sababdan raketa kabi ochiq kosmosga uchib ketmaydi? Gap shundaki, havo zarrachalarining tezligi Yer tortish kuchini yengishga yetmaydi. Buning uchun ularning tezligi 11,2 — dan kam bo'lmasligi kerak. Atmosfera bosimining mavjudligini quyidagi tajriba- larni o'tkazib ishonch hosil qilish mumkin.

Ishlatilgan tibbiyot shprisini olib, porshenini r^-y eng quyi holatga keltirib, igna uchini suvga tushiramiz. Porshen yuqoriga ko'tarilsa, suv ham porshen ortidan ko'tariladi (35-rasm). Suv nima sababdan ko'tariladi? Ko'zga dori tomizishda ishlatiladigan tomizgich (pipetka) uchini suvga tushirib, orqa rezinasini bir siqib olinsa, pipetka ichiga suv kiradi. Pipetka suvdan olinganda, undagi suv to'kilmasdan turadi. Nega suvning og'irligi bo'lsa ham suv to'kilmaydi?

Bularning sababi, atmosfera bosimining ta'siridir. Shprisda porshen ko'taril- ganda, suv ko'tarilmasa, porshen va suv orasida bo'shliq paydo bo'lar edi. Bo'shliq suvga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Pastdagi idishdagi suvga atmosfera bosimi ta'sir ko'rsatib, suvni porshen orqasidan ko'tarilishga majbur qiladi. Pipetkadagi suv ham atmosfera bosimi tufayli to'kilmaydi.

Atmosfera bosimini birinchi marta italiyalik olim E. Torrichelli (1608-1647) o'lchagan. Buning uchun uzunligi 1 m bo'lgan bir uchi berk shisha nay olinib, uni simob bilan to'ldiriladi. So'ngra ochiq uchini qo'l bilan berkitib, to'nkarilgan holda, simobli idishga tushiriladi. Barmoq olinganda shisha naydagi simobning bir qismi to'kiladi. Nayning yuqori qismida havosiz bo'shliq qolib, to'kilmagan qismining balandligi taxminan 760 mm bo'ladi (pastki idishdagi simob sathidan o'lchanganda). Bunda ham naydagi simobning to'kilmasligiga sabab, simob ustunining idishdagi simobga bergan bosimining atmosfera bosimi bilan muvozanatlashishidir. Demak, atmosfera bosimini naychadagi simob ustuni bergan bosim bilan o'lchash mumkin ekan. Hozirgi kunda 0°C da turgan, balandligi 760 mm bo'lgan simob ustunining bosimini normal atmosfera bosimi sifatida qabul qilingan. Radio yoki televideniyeda ob-havo ma'lumotlari berilganda, atmosfera bosimini mm. sim. Ust. larida ifodalab aytiladi.

Atmosfera bosimining mavjudligini quyidagi tajriba- larni o'tkazib ishonch hosil qilish mumkin.

Ishlatilgan tibbiyot shprisini olib, porshenini r^-y eng quyi holatga keltirib, igna uchini suvga tushiramiz. Porshen yuqoriga ko'tarilsa, suv ham porshen ortidan ko'tariladi (35-rasm). Suv nima sababdan ko'tariladi? Ko'zga dori tomizishda ishlatiladigan tomizgich (pipetka) uchini suvga tushirib, orqa rezinasini bir siqib olinsa, pipetka ichiga suv kiradi. Pipetka suvdan olinganda, undagi suv to'kilmasdan turadi. Nega suvning og'irligi bo'lsa ham suv to'kilmaydi?

Bularning sababi, atmosfera bosimining ta'siridir. Shprisda porshen ko'taril- ganda, suv ko'tarilmasa, porshen va suv orasida bo'shliq paydo bo'lar edi. Bo'shliq suvga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Pastdagi idishdagi suvga atmosfera bosimi ta'sir ko'rsatib, suvni porshen orqasidan ko'tarilishga majbur qiladi. Pipetkadagi suv ham atmosfera bosimi tufayli to'kilmaydi.

Atmosfera bosimini birinchi marta italiyalik olim E. Torrichelli (1608-1647) o'lchagan. Buning uchun uzunligi 1 m bo'lgan bir uchi berk shisha nay olinib, uni simob bilan to'ldiriladi. So'ngra ochiq uchini qo'l bilan berkitib, to'nkarilgan holda, simobli idishga tushiriladi. Barmoq olinganda shisha naydagi simobning bir qismi to'kiladi. Nayning yuqori qismida havosiz bo'shliq qolib, to'kilmagan qismining balandligi taxminan 760 mm bo'ladi (pastki idishdagi simob sathidan o'lchanganda). Bunda ham naydagi simobning to'kilmasligiga sabab, simob ustunining idishdagi simobga bergan bosimining atmosfera bosimi bilan muvozanatlashishidir. Demak, atmosfera bosimini naychadagi simob ustuni bergan bosim bilan o'lchash mumkin ekan. Hozirgi kunda 0°C da turgan, balandligi 760 mm bo'lgan simob ustunining bosimini normal atmosfera bosimi sifatida qabul qilingan. Radio yoki televideniyeda ob-havo ma'lumotlari berilganda, atmosfera bosimini mm. sim. list, larida ifodalab aytiladi.

Torrichelli o'z tajribasida naychadagi simob ustunining ob-havo o'zgarishi bilan o'zgarishiga e'tibor bergan. Bundan tashqari, atmosfera bosimi balandlik ortishi bilan ham kamayib boradi. Uncha katta bo'lmagan balandliklarda har 12 m ko'tarilganda, bosim 1 mm. sim. ust. ga kamayishi aniqlangan.

Atmosfera bosimini o'lchaydigan asbobga barometr deyiladi. Torrichelli tajribasini simob o'rniga boshqa suyuqiik bilan o'tkazilsa nima bo'ladi? Boshqa suyuqliklarning zichligi simobnikidan ancha kichik bo'lganligidan, suyuqiik ustunining balandligi katta bo'ladi. Shunday suvli barometrda suyuqiik ustunining balandligi 10 m dan ko'p bo'ladi.

Atmosfera bosimiga nisbatan kattaroq yoki kichikroq bosimlarni o'lchashda manometrdan foydalaniladi. Manometrlar suyuqlikli va metalli bo'ladi.

Suyuqlikda ishlaydigan oddiy manometr U ko'rinishdagi naydan iborat bo'lib, uning yarmigacha suyuqiik quyiladi . Nayning bir uchi ochiq, ikkinchisi esa bosimi o'lchanadigan idishga rezina shlang orqali ulanadi. Shlang uchiga silindr shaklida idish kiydirilib yupqa rezina plyonka qoplanishi ham mumkin. Plyonkaga bosilsa, naylardagi suyuqiik ustunlari farqi hosil bo'ladi.

Metall manometrning asosiy elementi (1) yoy shaklidagi truba bo'lib, bir uchi berk (37-rasm). Ikkinchi uchi (4) kran orqali bosim o'lchanadigan idishga ulanadi. Kran ochilganda truba ichidagi bosim ortib egiladi. Egilish tishli g'ildiraklar (3) orqali strelkaga (2) beriladi.




Download 2,52 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   230




Download 2,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi

Download 2,52 Mb.