nazorat tartib-taomillari




Download 200,53 Kb.
bet3/3
Sana02.02.2024
Hajmi200,53 Kb.
#150201
1   2   3
Bog'liq
O‘RQ-868 13.09.2023 qonun chegara

nazorat tartib-taomillari — Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarga va transport vositalariga, shuningdek Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan davlat nazorati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui;
redemarkatsiya qilish — chegaradosh davlatlar bilan kelishuvga ko‘ra maxsus tashkil etilgan hukumatlararo komissiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, joylarda Davlat chegarasi chizig‘ini tiklash va uni chegara belgilari bilan belgilash, shuningdek yo‘qotilgan chegara belgilarini tiklash, qo‘shimcha chegara belgilarini o‘rnatish;
talveg — kemalar qatnaydigan daryoda Davlat chegarasini belgilash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan, daryo o‘zani tubining chuqurroq uchastkalarini bog‘lab turuvchi chiziq;
farvater — suv havzasidagi qatnov (navigatsiya) jihatdan xavfsiz bo‘lgan kema o‘tish yo‘li;
xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish — O‘zbekiston Respublikasining chegarabo‘yi suv havzalaridan foydalanish, suv inshootlarini barpo etish, dehqonchilik, chorvachilik, ishlab chiqarish, tadqiqot, izlanish ishlarini amalga oshirish uchun erdan, o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish, konchilik ishlarini, geologik izlanishlarni hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish;
chegara zonasi — chegara mintaqasiga tutash bo‘lgan, chegara rejimi joriy etiladigan chegaraoldi hududi yoki uning bir qismi;
chegara mintaqasi — Davlat chegarasiga bevosita tutash bo‘lgan, Davlat chegarasi rejimi joriy etiladigan chegaraoldi hududining bir qismi;
chegara naryadi — Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish vazifasini bajaruvchi bir yoki bir nechta harbiy xizmatchi;
chegaraoldi hududi — Davlat chegarasiga tutash bo‘lgan ma’muriy-hududiy birlik (tuman, shahar) doirasidagi hudud.
5-modda. Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilishning asosiy prinsiplari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini, davlat chegaralari daxlsizligi va buzilmasligini o‘zaro hurmat qilish;
chegara masalalarini tinch yo‘l bilan hal etish;
chet davlatlar bilan teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida har tomonlama hamkorlik qilish;
chet davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik.
6-modda. Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;

3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]

Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat chegarasi dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilinadi.
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining va chegaradosh davlatlarning vakillaridan iborat bo‘lgan hukumatlararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Hukumatlararo komissiyadagi O‘zbekiston Respublikasi vakillarining tarkibi va ularning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi.
Davlat chegarasi quyidagicha belgilanadi:
quruqlikda — o‘ziga xos nuqtalar, relyefning chiziqlari yoki aniq ko‘rinib turadigan joylar (oriyentirlar) bo‘yicha;
kemalar qatnaydigan daryolarda — daryoning bosh farvateri o‘rtasi yoki talvegi bo‘ylab;
kemalar qatnamaydigan daryolarda (jilg‘alarda) — ularning o‘rtasi yoki daryo (jilg‘a) asosiy o‘zanining o‘rtasi bo‘ylab;
chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida — Davlat chegarasi ko‘l yoki boshqa suv havzasi qirg‘oqlariga chiqqan joylarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha. Bunda daryo, jilg‘a, ko‘l yoki boshqa suv havzasi orqali o‘tadigan Davlat chegarasi ular qirg‘oqlarining ko‘rinishi yoki suv sathi o‘zgarganda ham, daryo, jilg‘a oqimi u yoki bu tomonga burilganda ham o‘zgarmaydi;
suv omborlarida va boshqa sun’iy suv havzalarida — ular suv bilan to‘ldirilguniga qadar Davlat chegarasining mazkur joydan o‘tgan chizig‘iga muvofiq;
chegara daryolari, ko‘llari yoki boshqa suv havzalari orqali o‘tuvchi ko‘priklarda, to‘g‘onlar va boshqa inshootlarda — Davlat chegarasi suvning qaysi joyidan o‘tishidan qat’i nazar, ushbu inshootlarning o‘rtasi yoki ularning texnologik o‘qi bo‘ylab.
7-modda. Davlat chegarasiga belgi qo‘yish
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]

Davlat chegarasi joylarda aniq ko‘rinib turadigan chegara belgilari bilan ko‘rsatib qo‘yiladi.
[OKOZ:

1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]

Chegara belgilarining shakllari, o‘lchamlari, tavsiflari, tuzilishlari hamda ularni o‘rnatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Chegaradosh davlatlar o‘rtasida Davlat chegarasi yaxshi ko‘rinib turishi uchun joylarda chegaraning butun uzunligi bo‘yicha, shuningdek chegara daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalari suvni muhofaza qilish zonalarining texnik tavsiflariga muvofiq tashqi chegaralari bo‘ylab tozalash mintaqasi belgilanadi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang)]

Tozalash mintaqasi besh metrdan kam bo‘lmagan kenglikda belgilanib, uning doirasida Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, jihozlash, qo‘riqlash va himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
2-bob. Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.09.00.00 Qo‘shinlarni ta’minlash;

4.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.09.00 Harbiy xizmatchilarning pul ta’minoti;

5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshiruvchi davlat organlarining faoliyati tartibini belgilaydi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi hamda bajarilishini ta’minlaydi;
Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishga jalb etiladigan kuchlar va vositalarning moliyaviy hamda moddiy jihatdan ta’minlanishini, ularning maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini tashkil etadi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari yuzasidan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek ular bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi hamda amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq Davlat chegarasida va chegara mintaqasida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
chegara mintaqasi doirasida yer uchastkalarini berish va ulardan foydalanish masalalarini hal etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni ta’minlash uchun yer uchastkalarini beradi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni ta’minlashda ishtirok etadi, shuningdek Davlat chegarasini jihozlashga ko‘maklashadi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya, redemarkatsiya qilish va uning o‘tish chizig‘ini aniqlashtirish natijalariga ko‘ra egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkalarining, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklarining chegaralari o‘zgarishi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ixtiyoriy asosda ishtirok etish uchun jalb qilishga ko‘maklashadi;
o‘tkazish punktlariga tutash bo‘lgan hududlardagi yo‘lbo‘yi infratuzilmasining yaratilishini va tegishli tartibini ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
10-modda. Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishning yagona tizimi
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organlarining hamkorligini ta’minlash maqsadida Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishning yagona tizimi tashkil etiladi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash;

3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.02.00 Milliy xavfsizlik Kengashi;

5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;

6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;

7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari;

8.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishning yagona tizimiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.01.00 Umumiy qoidalar]

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Davlat chegarasining qo‘riqlanishi va himoya qilinishini ta’minlaydi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishning yagona tizimiga kiruvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Davlat chegarasi xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
razvedka, kontrrazvedka va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
kontrabandaga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasida boshqa davlatlarning tegishli chegara organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda qabul qiladi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasining chegara vakillari faoliyatini tashkil etadi va ularga rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Davlat chegarasining samoviy hududda qo‘riqlanishi va himoya qilinishini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat chegarasini himoya qilishda ishtirok etishini ta’minlaydi;
samoviy hududda yuzaga kelgan chegaraviy mojarolarni o‘z vakolatlari doirasida hal etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlarini va bojxona organlarini harbiy aerodromlar orqali amalga oshirilayotgan xalqaro qatnov aviareyslari haqida oldindan xabardor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tadbirlarini moddiy resurslar bilan hamda boshqa jihatdan ta’minlashda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash;

3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi:
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashadi;
o‘tkazish punktlaridagi rejimni saqlab turishda bojxona organlarining ishtirokini ta’minlaydi;
o‘tkazish punktlarida shaxslarning, transport vositalarining va tovarlarning bojxona nazoratidan o‘tishini hamda rasmiylashtirilishini amalga oshiradi;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga, shu jumladan kontrabandaga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
o‘tkazish punktlarida nizoli vaziyatlarning, ommaviy tartibsizliklar va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarda bojxona organlarining ishtirok etishini ta’minlaydi;
o‘tkazish punktlari faoliyatini tashkil etishga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Davlat chegarasini qo‘riqlashga va himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashadi;
chegara zonalarida hamda chegaraoldi hududlarida karantin, sanitariya-epidemiologik va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda Davlat chegarasini buzuvchilarni aniqlash bo‘yicha surishtiruv o‘tkazadi;
chegara zonalarida chegara rejimiga rioya etilishi hamda o‘tkazish punktlariga tutash bo‘lgan hududda huquq-tartibotga rioya etilishi ustidan nazorat qilishda ichki ishlar organlarining ishtirok etishini ta’minlaydi;
chegara zonalaridagi va chegaraoldi hududlaridagi huquq-tartibotning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlarini xabardor qiladi;
chegara qidiruv ishlari va operatsiyalari o‘tkazilayotgan vaqtda, shuningdek qurolli bostirib kirishni, boshqa fitnalarni daf etish yoki Davlat chegarasi orqali qonunga xilof ravishda ommaviy kesib o‘tishga to‘sqinlik qilish chog‘ida Davlat chegarasiga yaqin joyning ayrim uchastkalariga yoki obyektlarga fuqarolarning kirishini O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining taqdimnomasiga binoan vaqtincha cheklashni yoxud taqiqlashni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlarini Davlat chegarasini kesib o‘tish uchun haqiqiy bo‘lgan harakatlanish hujjatlarining namunalari bilan ularning tavsifini ko‘rsatgan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy bo‘lmagan harakatlanish hujjatlari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi;
chegara zonalarida va chegaraoldi hududlarida nizoli vaziyatlarning, ommaviy tartibsizliklar hamda boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarda ichki ishlar organlarining ishtirok etishini ta’minlaydi;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan, qidiruvdagi shaxslar haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlarini xabardor qiladi;
chegara zonalarida va chegaraoldi hududlarida ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.03.00 Favqulodda holat rejimi (shuningdek, 16.03.03.00ga qarang);

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
chegara zonalarida va chegaraoldi hududlarida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni favqulodda vaziyatlar sharoitlarida faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash tadbirlarida ishtirok etadi;
chegara zonalarida va chegaraoldi hududlarida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etadi, yong‘inlar sodir bo‘lgan hududlarni aniqlaydi va ularning o‘chirilishini, odamlarni qutqarishni tashkil etadi, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning harakatlarini muvofiqlashtiradi;
favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi tahdidi bo‘lganda yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda chegara zonalaridagi va chegaraoldi hududlaridagi aholini, ularning mol-mulkini xavfsiz hududlarga ko‘chirish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
insonparvarlik yordami yuklarini Davlat chegarasi orqali olib o‘tish va yetkazib berish tadbirlarida ishtirok etadi;
chegara zonalarida va chegaraoldi hududlarida yashovchi aholining favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi tahdidi to‘g‘risida yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berganligi haqida xabardor etilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.01.00.00 Davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini ta’minlash sohasidagi umumiy qoidalar;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.07.00.00 Fuqarolar va jamoat birlashmalarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ishtiroki]

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Davlat chegarasidagi qurolli bostirib kirishlarga, boshqa fitnalar va ommaviy tartibsizliklarga chek qo‘yishga doir tadbirlarida ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda chegara zonalarida va chegaraoldi aholi punktlarida jamoat tartibini ta’minlashda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bilan birgalikda Davlat chegarasini buzuvchilarning ehtimoliy harakatlanish yo‘nalishlarini to‘sadi, huquqbuzarlarni qidirishni, ta’qib etishni va qo‘lga olishni amalga oshiradi;
fuqarolarning chegara zonalarida va chegaraoldi hududlarida joylashgan turar joylarini, boshqa obyektlarini hamda transport vositalarini, shuningdek yuridik shaxslarning obyektlarini va transport vositalarini belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish chog‘ida xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv;

3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Davlat chegarasida va o‘tkazish punktlarida sanitariya-gigiyenaga oid hamda epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi;
o‘tkazish punktlarida tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi:
Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya etilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarning olib kirilishidan va tarqatilishidan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
hayvonlarni, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulotlarni hamda xom-ashyoni, veterinariya dori va texnika vositalarini, mikroorganizmlarning shtammlarini, ozuqalar hamda ozuqabop qo‘shimchalarni, oziq-ovqat mahsulotlarini Davlat chegarasi orqali olib o‘tishda qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;
Davlat chegarasi orqali kirib kelayotgan avtotransport vositalariga veterinariya-sanitariya jihatidan ishlov berishni, shuningdek Davlat chegarasida va o‘tkazish punktlarida veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.14.00 O‘simliklar karantini;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi:
karantin ostidagi mahsulot Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotganda o‘simliklar karantini qoidalariga hamda fitosanitariya talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
chet davlatlardan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulotning hamda o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilarning karantin tekshiruvini va laboratoriya ekspertizasini o‘tkazadi;
o‘tkazish punktlarida o‘simliklar karantini qoidalariga va fitosanitariya talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazorati tadbirlarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.06.00 Tashqi aloqalarni tashkil etishning boshqa masalalari;

5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.05.00 Chet el fuqarolarining huquqiy holati]

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni tashqi siyosiy hamda xalqaro huquqiy jihatdan ta’minlaydi;
Davlat chegarasini va uning rejimini belgilash, o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini tashkil etadi hamda ularda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish hamda O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga doir hujjatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlarini chet davlatlarning harakatlanish hujjatlari namunalari bilan ularning tavsifini ko‘rsatgan holda ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining chegara vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan tartibga solinmagan masalalarni hamda chegaraviy mojarolarni hal etish bo‘yicha siyosiy-diplomatik choralar ko‘radi;
chegaradosh davlatlarni Davlat chegarasi orqali o‘tishni vaqtincha cheklash yoki to‘xtatib turish haqida xabardor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda, chegaradosh davlatlarni O‘zbekiston Respublikasining chegara vakillari tarkibi haqida xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Erlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
chegaraoldi hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
chegaraoldi hududida joylashgan suv xo‘jaligi tizimi irrigatsiya va melioratsiya obyektlarining, shuningdek ular gidrotexnika inshootlarining texnik jihatdan soz holatda saqlanishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi:
o‘tkazish punktlarida, chegaraoldi hududlarida va harbiy qismlarning hududlarida telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan mobil aloqa, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tarmoqlarini tashkil etadi hamda ularning ishlashini ta’minlaydi;
telekommunikatsiya tarmoqlarini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining va uning tasarrufidagi tashkilotlarning Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar:
Davlat chegarasida, o‘tkazish punktlarida va chegaraoldi hududlarida transport hamda yo‘l-transport infratuzilmasi obyektlarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash hamda ulardan foydalanish masalalarining kompleks yechimini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi;
tranzit transport yo‘laklarini rivojlantirish, transport logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini va chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;
transport sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi, shu jumladan aviatsiya halokatlari va havo kemalari bilan bog‘liq hodisalar, shuningdek temir yo‘l hamda suv transportidagi avariyalar va halokatlar tekshiruvlarini tashkil etadi hamda o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;

2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr ma’lumoti;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi:
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yer tuzish, geodeziya, kartografiya, topografiya, gidrografiya bo‘yicha ishlarni va o‘z vakolatlari doirasida boshqa faoliyatni tizimli asosda amalga oshiradi;
Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha geodeziyaga oid axborotni, Yerni masofadan zondlash materiallarini, yer tuzishga, kartografiyaga, topografiyaga, gidrografiyaga oid materiallarni va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Davlat chegarasi bilan bog‘liq arxiv materiallarini o‘rganadi, dyelimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha topografiya-geodeziya hamda kartografiya ishlarining texnologiyasini ishlab chiqadi, Davlat chegarasi chizig‘ining o‘tish joyini tekshiradi va aniqlaydi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishga doir tadbirlarni topogeodezik jihatdan ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga muayyan hudud bo‘yicha Davlat chegarasining o‘tishi to‘g‘risidagi axborotni va boshqa ma’lumotlarni taqdim etadi;
kartografiyaga oid materiallarda Davlat chegarasining o‘tishi to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlaydi;
egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkalari chegaralarini, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarini Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya, redemarkatsiya qilish va Davlat chegarasining o‘tish chizig‘ini aniqlashtirish natijalariga ko‘ra o‘zgartirish masalalari bo‘yicha qarorlar loyihalarini tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, yuridik shaxslarning hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ishtirok etishi
26-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ishtirok etishi
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko‘maklashadi, ularga zarur axborotni taqdim etadi;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy asosda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
27-modda. Yuridik shaxslarning Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ishtirok etishi
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;

2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Chegaraoldi hududida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar:
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko‘maklashadi, ularga zarur axborotni taqdim etadi;
o‘z xodimlari tomonidan Davlat chegarasi rejimiga, chegara rejimiga va o‘tkazish punktlaridagi rejimga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi.
Yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ishtirok etishi
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik;

2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ixtiyoriy asosda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 35-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
4-bob. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining va Harbiy havo kuchlarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi huquq hamda majburiyatlari
29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi huquqlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (ma’daniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan buyumlar va boshqalar);

3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.02.00 Operativ-qidiruv faoliyati]

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasida quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga berilayotgan yer uchastkalarida zarur muhandislik-texnika inshootlari va to‘siqlari qurilishini, aloqa liniyalari va telekommunikatsiya tarmoqlari o‘rnatilishini amalga oshirish, texnikani va qurol-yarog‘ni joylashtirish hamda ulardan foydalanish;
joylarning har qanday uchastkalarida chegara naryadlarini joylashtirish hamda harakat qilish, transport vositalarini chegara naryadlari bilan kuzatib borish, transport vositalarini va tovarlarni qonunchilikka muvofiq ko‘rikdan o‘tkazish;
razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish;
Davlat chegarasi orqali o‘tayotgan, chegara zonasiga va chegara mintaqasiga kirayotgan shaxslarning kirish (chiqish) huquqiga doir hujjatlarini tekshirish, qonunchilikda belgilangan tartibda ularga tegishli belgilar qo‘yish yoki ushbu hujjatlarni olib qo‘yish;
qonunchilikka muvofiq o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish, tergovga qadar tekshiruvni, shuningdek so‘rov o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirish;
o‘tkazish punktlarida chegara nazoratiga taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish hamda ekspert xulosalarini berish;
O‘zbekiston Respublikasiga kirishi taqiqlangan, Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarni o‘zi kelgan mamlakatga qaytarib yuboriladigan paytga qadar, shuningdek ma’muriy yo‘l bilan ushlab turilgan va jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlangan shaxslarni maxsus jihozlangan joylarda saqlash;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan, qidiruvdagi shaxslarni, tegishli davlat organlarini xabardor qilgan holda, ushlab turish;
Davlat chegarasi rejimi, chegara rejimi yoki o‘tkazish punktlaridagi rejim buzilishini sodir etgan shaxslarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bo‘linmalariga shaxslarni taklif etish va ulardan o‘zlariga ma’lum bo‘lgan Davlat chegarasini qonunga xilof ravishda kesib o‘tish holatlari yoki Davlat chegarasi rejimining, chegara rejimining yoki o‘tkazish punktlaridagi rejimning boshqa buzilishlari to‘g‘risida tushuntirishlar olish. Zarur hollarda, huquqbuzarliklar holatlari to‘g‘risida tushuntirishlar olish boshqa joylarda ham amalga oshirilishi mumkin;
Davlat chegarasi orqali o‘tayotgan yo‘lovchilar to‘g‘risida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborotni yig‘ishni, unga ishlov berishni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga doir yoxud chegara zonasiga yoki chegara mintaqasiga kirish huquqiga doir haqiqiy hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarni ular tomonidan hujjatlari lozim darajada rasmiylashtirilguniga qadar yoxud hujjatlarini yo‘qotganlik holatlari aniqlashtirilguniga va ularning shaxsi aniqlanguniga qadar Davlat chegarasi orqali, chegara zonasiga va chegara mintaqasiga o‘tkazmaslik;
o‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasiga kirishga yoki O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga doir vaqtincha cheklov belgilangan shaxslarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazmaslik;
o‘tkazish punktlarida transport vositalarining to‘xtash (to‘xtab turish) joylarini va davomiyligini o‘tkazish punktlarida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat nazorati organlari va transport tashkilotlari bilan kelishilgan holda belgilash;
chegara qidiruvlari va operatsiyalari o‘tkazilayotganda odamlarning sog‘lig‘i va hayotini muhofaza qilish maqsadida chegara zonasining ayrim uchastkalarida shaxslarning hamda transport vositalarining harakatini cheklash yoki taqiqlash, zarur bo‘lgan taqdirda odamlarni joyning bunday uchastkalariga kiritmaslik, ulardan o‘sha joyda qolishni yoki mazkur uchastkalarni tark etishni talab qilish;
Davlat chegarasining xavfsizligiga tahdid yuzaga kelganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, manfaatdor korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni xabardor qilgan holda, uning ayrim uchastkalarida turli ishlarni amalga oshirishni vaqtincha cheklash (bundan mudofaa ahamiyatiga molik ishlar yoki tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq ishlar mustasno);
O‘zbekiston Respublikasi hududiga bostirib kirishni daf etish, chegara qidiruvlarini o‘tkazish, huquqbuzarliklar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib etish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yetkazish chog‘ida, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj shaxslarni tibbiyot muassasalariga yetkazish uchun davlat organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tartibda foydalanish (bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik hamda boshqa vakolatxonalariga tegishli transport vositalari, shuningdek maxsus transport vositalari mustasno). Majburiy foydalanish natijasida transport vositasiga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi majburiyatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.03.00 Transport vositalarini olib kirish va olib chiqish;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.10.00.00 Xalqaro xavfsizlik huquqi / 19.10.05.00 Qurolli to‘qnashuvlar va xalqaro huquq]

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasida:
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi;
joylardagi Davlat chegarasi chizig‘ining g‘ayriqonuniy ravishda o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
Davlat chegarasida qurolli bostirib kirishga va boshqa fitnalarga chek qo‘yishi;
Davlat chegarasining qonunga xilof ravishda kesib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymasligi, Davlat chegarasini buzuvchilarni aniqlashi va ushlashi;
Davlat chegarasi rejimiga, chegara rejimiga va o‘tkazish punktlaridagi rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
shaxslarni, transport vositalarini va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirishi;
Davlat chegarasi orqali kontrabanda ashyolarining, tovarlarning va transport vositalarining qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga qarshi kurashishi, ularni aniqlashi hamda ushlab qolishi, shuningdek bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi;
o‘tkazish punktlarida va ularga kirish joylarida shaxslar hamda transport vositalarining to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rishi;
o‘tkazish punktlarida tartibsizliklar yuzaga kelishining oldini olishga va ularga chek qo‘yishga, o‘tkazish punktlarida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat nazorati organlari xodimlarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan oldindan choralar ko‘rishi;
qalbaki, belgilangan namunada bo‘lmagan, noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan hujjatlar bilan, vataniga qaytish sertifikati bilan qaytayotgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga kirish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini beruvchi hujjatlarini yo‘qotgan shaxslarga nisbatan so‘rovni hamda tushuntirish ishlarini amalga oshirishi;
Davlat chegarasining rejimini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga chek qo‘yishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
31-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining va Harbiy havo kuchlarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi huquqlari
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasida quyidagi huquqlarga ega:
Davlat chegarasini qonunga xilof ravishda kesib o‘tish xavfi yuzaga kelganda yoki Davlat chegarasi qonunga xilof ravishda kesib o‘tilayotganda O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidagi havo kemalarini va boshqa uchuvchi apparatlarni tanib olish uchun o‘zidagi mavjud vositalardan foydalanish;
vaziyatni aniqlash hamda Davlat chegarasi samoviy hududda qonunga xilof ravishda kesib o‘tilishining oldini olish yoki unga chek qo‘yish choralarini ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari boshqa qo‘shinlarining, tegishli davlat organlarining kuchlari va vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etish;
Davlat chegarasini samoviy hududda qonunga xilof ravishda kesib o‘tish xavfi yuzaga kelganda yoki Davlat chegarasi qonunga xilof ravishda kesib o‘tilganda yoxud parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududining alohida hududlarida havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlar parvozlarini cheklash yoki taqiqlash;
Davlat chegarasining samoviy hududda qonunga xilof ravishda kesib o‘tilishi holatlarini aniqlashtirishda ishtirok etish.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
32-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining va Harbiy havo kuchlarining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi majburiyatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasida:
havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlar tomonidan Davlat chegarasini kesib o‘tish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
Davlat chegarasini qonunga xilof ravishda kesib o‘tgan yoki uning samoviy hududidan foydalanish tartibini buzgan havo kemalarining va boshqa uchuvchi apparatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi parvozlariga chek qo‘yishi;
samoviy hudud nazoratini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikni ta’minlashi;
yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari yuzaga kelganda havo kemalariga va boshqa uchuvchi apparatlarga ko‘maklashishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
5-bob. Davlat chegarasi rejimi
33-modda. Davlat chegarasi rejimini belgilash
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib o‘tish;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasi rejimi:
Davlat chegarasini jihozlash;
Davlat chegarasini shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o‘tish;
Davlat chegarasini chegara daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalarida kesib o‘tish;
Davlat chegarasini samoviy hududda kesib o‘tish;
Davlat chegarasini o‘tkazish punktlaridan va havo yo‘laklaridan tashqarida kesib o‘tish;
Davlat chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish;
Davlat chegarasi orqali shaxslarni, transport vositalarini va tovarlarni o‘tkazish;
o‘tkazish punktlarida chegara nazoratini amalga oshirish;
shaxslarning, transport vositalarining va tovarlarning Davlat chegarasi orqali o‘tkazilishini vaqtincha cheklash yoki to‘xtatib turish;
Davlat chegarasida va chegara mintaqasida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish;
chegaraviy mojarolarni hal etish tartibini belgilovchi qoidalar majmuidan iborat.
Davlat chegarasi rejimi Davlat chegarasida va chegara mintaqasida amal qiladi.
Davlat chegarasi rejimi O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom.
34-modda. Davlat chegarasini jihozlash
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]

Davlat chegarasini jihozlash chegara belgilarini, tozalash mintaqalarini, chegara mintaqasini bunyod etishdan, ularni saqlash va ularning soz holda bo‘lishini ta’minlashdan, ularni nazorat tarzida ko‘zdan kechirishdan, shuningdek chegaradosh davlatlar bilan birgalikda Davlat chegarasi chizig‘ining o‘tishini tekshirishni amalga oshirishdan iborat.
Davlat chegarasini jihozlash maqsadida chegara daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalarining O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bir qismini hamda O‘zbekiston Respublikasining ushbu suvlarda joylashgan orollarini o‘z ichiga olgan quruqlikdagi uchastkalari bo‘ylab chegara mintaqasi belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga chegara mintaqasi hududida yer uchastkalari:
joyning fizik-geografik shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda, chegara mintaqasining ichki chegarasidan boshlab muhandislik-texnika inshootlarini, to‘siqlarini barpo etish, chegara yo‘llari, ko‘priklar va boshqa obyektlar qurish imkonini beradigan kenglikda;
tozalash mintaqasini jihozlash uchun, chegara belgilarini, boshqa muhandislik-texnika inshootlari va to‘siqlarini o‘rnatish hamda ularni saqlash maqsadida doimiy foydalanishga beriladi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

Chegara mintaqasini belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom.
35-modda. Davlat chegarasini shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o‘tish tartibi
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasini kesib o‘tish quyidagicha amalga oshiriladi:
quruqlikda, chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida — xalqaro temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, daryo qatnovi va boshqa qatnov yo‘llarining Davlat chegarasini kesib o‘tish uchun belgilangan joylarida;
samoviy hududda — xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yo‘laklarida.
Davlat chegarasini o‘tkazish punktlaridan tashqarida kesib o‘tishga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
Shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yo‘li va temir yo‘l o‘tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganda:
belgilangan yo‘nalishni o‘zgartirish;
transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;
har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga ko‘tarishni, qo‘ndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
36-modda. Chegara daryolarida, ko‘llarida va boshqa suv havzalarida Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibi
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasi o‘tadigan, shuningdek bevosita Davlat chegarasi chizig‘iga tutash bo‘lgan hamda chegara mintaqasida joylashgan suv obyektlari chegara daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining va chet davlatlarning kemalari hamda harbiy kemalari chegara daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalarida Davlat chegarasini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq kesib o‘tadi.
Chegara daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalarida O‘zbekiston Respublikasining hamda chet davlatlarning ichki suvlariga va portlariga kirmasdan Davlat chegarasini kesib o‘tuvchi kemalar qatnovi xalqaro shartnomalar asosida tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining va chet davlatlarning kemalari hamda harbiy kemalari Davlat chegarasini kesib o‘tish chog‘ida va ichki suvlarda O‘zbekiston Respublikasi portlariga kirgan yoki kirmagan holda harakatlanayotganda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi portlaridan Davlat chegarasi tomon harakatlanayotganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining talabiga ko‘ra:
agar mansublik (davlat yoki harbiy dengiz) bayrog‘i ko‘tarilmagan bo‘lsa, o‘z mansublik bayrog‘ini ko‘tarishi;
agar kemaning harakat yo‘nalishi suzish uchun taqiqlangan yoki vaqtincha xavfli bo‘lgan hududga, shuningdek sun’iy orol, qurilma yoki inshoot atrofida belgilangan xavfsizlik hududiga olib borsa yoxud suzish tartibining boshqacha tarzda buzilishiga olib kelsa, kemaning harakat yo‘nalishini (kursini) o‘zgartirishi;
kemaning ichki suvlarga kirish maqsadi, harakatlanish sxemasidan (chizig‘idan) chetga chiqishi sabablari to‘g‘risida xabardor qilishi;
to‘xtashi va ko‘zdan kechiruvchi guruhni kema bortiga tekshirish uchun qabul qilishi, kemaga va navigatsiyaga oid hujjatlarni, ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning, yuklar va tovarlarning hujjatlarini taqdim etishi;
harakat yo‘nalishini (kursini) o‘zgartirishi va O‘zbekiston Respublikasi portiga yoki ko‘rsatilgan boshqa punktga borishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining va chet davlatlarning kemalari hamda harbiy kemalariga quyidagilar taqiqlanadi:
suzish uchun taqiqlangan yoki vaqtincha xavfli bo‘lgan hududga, shuningdek sun’iy orol atrofida belgilangan xavfsizlik hududiga kirish yoki mazkur yo‘nalishning harakatlanish sxemasini (chizig‘ini) o‘zgartirish, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan oldindan ogohlantirilgan bo‘lsa;
chegara nazorati amalga oshirilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining ruxsatisiz yoki bunday ruxsatnoma shartlarini buzgan holda to‘xtash, odamlarni tushirish (chiqarish), tovarlarni yuklash (tushirish), suzuvchi vositalarni bortga qabul qilish yoki suvga tushirish, uchuvchi apparatlarni havoga ko‘tarish, bortga qo‘ndirish (qabul qilish), shuningdek ovchilik, tadqiqot, izlanish faoliyatini yoxud boshqa faoliyatni amalga oshirish, bundan odamlarni va kemalarni qutqarish zarurati yoki boshqa favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi bilan bog‘liq hollar mustasno.
Chet davlatlar kemalarining hamda harbiy kemalarining O‘zbekiston Respublikasining ichki suvlariga va portlariga kirishi, shuningdek ularda bo‘lishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 462-son “O‘zbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
37-modda. Davlat chegarasini samoviy hududda kesib o‘tish tartibi
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.06 Havo kemalarining parvozi;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasini kesib o‘tish joyidan o‘tkazish punkti tomonga borayotgan va ortga qaytayotgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi orqali tranzit tarzida uchib o‘tayotgan havo kemalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilotning quyidagi talablarini bajarishi shart:
agar yo‘nalish taqiqlangan yoki parvozlar uchun vaqtincha xavfli bo‘lgan hududga olib borsa, yo‘nalishni o‘zgartirishi;
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududiga kirish maqsadi yoki uchish rejasidan chetga chiqish sabablari to‘g‘risida xabardor qilishi;
qo‘nishni belgilangan joyda amalga oshirishi.
Havo kemalariga Davlat chegarasidan to o‘tkazish punktigacha borish yoki ortga qaytish chog‘ida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududi orqali tranzit tarzida uchib o‘tish chog‘ida quyidagilar taqiqlanadi:
xalqaro parvozlar uchun ochiq bo‘lmagan aeroportlarga yoki aerodromlarga qo‘nish, shuningdek ulardan uchish;
uchish rejasida ko‘rsatilmagan aeroportlarga yoki aerodromlarga qo‘nish, shuningdek ulardan uchish;
aeroportlardan va aerodromlardan tashqariga qo‘nish;
belgilangan (tavsiya etilgan) havo trassalaridan va harakat yo‘nalishlaridan chetga chiqish;
aeronavigatsiyaga oid axborot hujjatlarida e’lon qilingan taqiqlangan zonalarning va parvozlar cheklangan zonalarning hududlari ustidan uchib o‘tish.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablar tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yoki odamlarning hayotiga, sog‘lig‘iga va xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa vaziyatlar ro‘y bergan yoki ro‘y berish xavfi yuzaga kelgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Insonparvarlik reyslarini, shuningdek davlat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xalqaro parvozlarni bajarish chog‘ida havo kemalari xalqaro parvozlar uchun ochiq bo‘lmagan aeroportlarga yoki aerodromlarga istisno tariqasida qo‘nishi mumkin. Mazkur parvozlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasining asosiy va eksklav hududlari oralig‘ida havo kemalarining parvozlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda chegara nazorati va davlat nazoratining boshqa turlaridan o‘tkazilmagan holda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
38-modda. O‘tkazish punktlaridan va havo yo‘laklaridan tashqarida Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibi
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat]

O‘tkazish punktlaridan tashqarida Davlat chegarasini kesib o‘tish O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan kelishuvlariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘tkazish punktlaridan va havo yo‘laklaridan tashqarida Davlat chegarasini kesib o‘tishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
favqulodda holat joriy etilganda, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda yoki odamlarning hayotiga, sog‘lig‘iga hamda xavfsizligiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning havo kemalari, kemalari va harbiy kemalari xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa hollarda;
O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning shikastlangan daryo kemalari, chet davlatlarning harbiy kemalari shatakka olinganda;
qutqarilgan odamlarni tashishda;
O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar kemalarining ekipaji a’zolariga birlamchi shoshilinch yordam ko‘rsatishda.
Alohida hollarda, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda (chorva mollarini haydab o‘tishda va boshqa hollarda), shuningdek suv, transport, sanoat va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan chegaralararo obyektlarga, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va elektr uzatish liniyalariga xizmat ko‘rsatishda, ularni ta’mirlashda, ulardan foydalanishda Davlat chegarasini kesib o‘tish mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan chegaradosh davlatning vakolatli organlari bilan kelishilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining ruxsati bilan o‘tkazish punktlaridan tashqarida ham amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish chog‘ida chegaradosh davlatning vakolatli organlari bilan kelishuvga ko‘ra, Davlat chegarasini o‘tkazish punktlaridan tashqarida kesib o‘tish huquqi beriladi.
39-modda. Tovarlarni Davlat chegarasi orqali olib o‘tish
[OKOZ:

1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib o‘tish]

Tovarlarni Davlat chegarasi orqali olib o‘tish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida belgilangan joylarda va tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
40-modda. Shaxslarni, transport vositalarini va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazish
[OKOZ:

1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib o‘tish]

Shaxslarni, transport vositalarini va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazish belgilangan o‘tkazish punktlarida amalga oshiriladi.
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]

Davlat chegarasi orqali o‘tkazish shaxslarning va transport vositalarining Davlat chegarasini kesib o‘tishiga, O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib kirishni yoki O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni amalga oshirishga ruxsat berishdan iboratdir.
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar]

jismoniy shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga doir haqiqiy hujjatlarning mavjudligi;
transport vositalari va tovarlar uchun — transport vositalariga va tovarlarga doir qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi.
O‘tkazish punktida nazorat tartib-taomillari tugallanganidan keyin hamda shaxs, transport vositasi o‘tkazish punktidan tashqariga chiqib ketganda va tovarlar olib chiqilganda Davlat chegarasi orqali o‘tkazish yakunlangan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasiga kirishiga qonunchilikka muvofiq ruxsat etilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan shaxslar Davlat chegarasi orqali o‘tkazilmaydi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

O‘tkazish punktlarining ro‘yxati, joylashishi, ularni qurish (rekonstruksiya qilish), ochish (yopish) tartibi, ularda davlat nazoratini tashkil etish, shuningdek o‘tkazish punktlarida shaxslarni, transport vositalarini va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi nizom.
41-modda. O‘tkazish punktlarida chegara nazoratini amalga oshirish
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib o‘tish;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Chegara nazorati o‘tkazish punktlarida shaxslarga, transport vositalariga va tovarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat nazoratining bir turi bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
shaxslarning hujjatlarini tekshirishni, shu jumladan shaxsga doir biometrik ma’lumotlarga ishlov berish orqali tekshirishni;
shaxslarning og‘zaki so‘rovini;
O‘zbekiston Respublikasiga kirishiga qonunchilikka muvofiq ruxsat etilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan shaxslarning Davlat chegarasi orqali o‘tkazilishining oldini olishni;
bojxona organlari bilan hamkorlikda transport vositalarini va tovarlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘zdan kechirishni va ko‘rikdan o‘tkazishni;
transport vositalarini va tovarlarni kuzatib turishni, shuningdek o‘tkazish punktidan Davlat chegarasigacha kuzatib borishni va undan ortga qaytishda kuzatib kelishni;
davlat nazorati organlarining o‘tkazish punktlarida tegishli nazorat tartib-taomillari amalga oshirganligi to‘g‘risidagi qaydlari mavjudligini tekshirishni;
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilangan boshqa nazorat tartib-taomillarini.
O‘tkazish punktining faoliyat ko‘rsatishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining va boshqa vakolatli davlat organlarining harbiy xizmatchilari (xodimlari) tomonidan shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish tartib-taomili amalga oshirilishi mumkin.
42-modda. Shaxslarning, transport vositalarining va tovarlarning Davlat chegarasi orqali o‘tkazilishini vaqtincha cheklash yoki to‘xtatib turish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib o‘tish;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat]

Ayrim o‘tkazish punktlarida Davlat chegarasi orqali shaxslarning, transport vositalarining hamda tovarlarning o‘tkazilishi quyidagi asoslarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vaqtincha cheklanishi yoki to‘xtatib turilishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash maqsadida;
vakolatli davlat organining O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning karantinli hamda boshqa xavfli yuqumli kasalliklari yuzaga kelishi va tarqalishi to‘g‘risidagi axborotiga asosan;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda;
chegaradosh davlat vakolatli organlarining murojaatlariga asosan;
o‘tkazish punkti hududida qurilish-texnik ishlar olib borilayotganda.
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish vaqtincha cheklanganligi yoki to‘xtatib turilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran 48 soat ichida tegishli davlatlarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.
Davlat chegarasi orqali o‘tkazish vaqtincha cheklanishi yoki to‘xtatib turilishi yuzasidan choralar joriy etilishidan 24 soat oldin O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan chegaradosh davlatlarning chegara organlari xabardor qilinadi.
43-modda. Davlat chegarasida va chegara mintaqasida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqi;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining va chegaradosh davlatlarning milliy xavfsizligiga zarar yetkazmasligi yoki zarar yetkazish xavfini yuzaga keltirmasligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha vazifalarni bajarishda to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan chegara mintaqasida quyidagilarga nisbatan qo‘shimcha rejim cheklovlari va taqiqlari joriy etilishi mumkin:
chegara mintaqasiga begona shaxslarning kirishiga;
xo‘jalik faoliyati hamda boshqa faoliyat amalga oshiriladigan hududlarga kirishga;
suzish vositalarining chegara daryolariga, ko‘llariga va boshqa suv havzalariga kirishiga.
Chegara daryolarida, ko‘llarida va O‘zbekiston Respublikasining ichki suvlaridagi boshqa suv havzalarida harakatlanuvchi kichik hajmli kemalar pristanlarda, prichallarda, boshqa to‘xtash punktlarida majburiy ravishda hisobga olinadi hamda saqlanadi. Ushbu kemalarning to‘xtash punktlaridan chiqishi va ushbu punktlarga qaytishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Davlat chegarasida va chegara mintaqasida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom.
44-modda. Chegaraviy mojarolarni hal etish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang)]

Davlat chegarasidagi Davlat chegarasi rejimining O‘zbekiston Respublikasining yoki chegaradosh davlatlarning manfaatlariga daxldor tarzda buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa chegaraviy mojarodir.
[OKOZ:

1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]

Chegaraviy mojarolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
45-modda. O‘zbekiston Respublikasining chegara bo‘yicha vakillari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]

Davlat chegarasi rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal qilish va chegaraviy mojarolarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasining chegara bo‘yicha vakillari tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi chegara bo‘yicha vakillarining vakolatlari va faoliyatni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari]

O‘zbekiston Respublikasi va chet davlatlar harbiy havo kemalarining, boshqa harbiy obyektlarining yoki harbiy xizmatchilarining harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan chegaraviy mojarolarni hal etish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek tegishli davlat organlari vakillarining ishtirokida amalga oshiriladi.
[OKOZ:

1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.04.00.00 Hudud / 19.04.03.00 Chegara masalalari]

O‘zbekiston Respublikasining chegara bo‘yicha vakillari yoki O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining vakillari tomonidan hal etilmagan masalalar va chegaraviy mojarolar diplomatik tartibda hal qilinadi.
46-modda. Davlat chegarasi rejimining buzilishi
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang)]

Quyidagi qoidalarni buzish Davlat chegarasi rejimining buzilishidir:
Davlat chegarasini shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o‘tish;
Davlat chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish;
Davlat chegarasida va chegara mintaqasida bo‘lish, xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish.
47-modda. Davlat chegarasini buzuvchilar
Davlat chegarasini buzuvchilar quyidagilardan iborat:
o‘tkazish punktlaridan tashqarida Davlat chegarasini kesib o‘tgan yoki kesib o‘tishga urinayotgan yoxud o‘tkazish punktlarida Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzgan holda, Davlat chegarasini kesib o‘tgan yoki kesib o‘tishga urinayotgan shaxslar;
ichki suvlarga, shuningdek chegara daryolariga, ko‘llariga va boshqa suv havzalariga Davlat chegarasini kesib o‘tishning belgilangan tartibini buzgan holda kirgan chet el kemalari va harbiy kemalari;
Davlat chegarasini samoviy hududda kesib o‘tish tartibini buzgan holda Davlat chegarasini kesib o‘tgan havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlar.
Davlat chegarasini o‘tkazish punktlaridan tashqarida har qanday texnik yoki boshqa vositalar bilan kesib o‘tish ham Davlat chegarasini buzishdir.
6-bob. Chegara rejimi
48-modda. Chegara rejimini belgilash
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang)]

Chegara zonasiga kirish (undan chiqish), undan o‘tish, u erda bo‘lish (yashash), harakatlanish, xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibi va qoidalari O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]

Chegara zonasida chegara rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish ichki ishlar organlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining zimmasiga o‘z vakolatlari doirasida yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom.
49-modda. Chegara zonasini belgilash
Chegara zonasi Davlat chegarasiga tutash bo‘lgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududi doirasida chegara rejimini ta’minlash uchun belgilanadi.
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

Chegara zonasini belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom.
50-modda. Shaxslarning chegara zonasiga kirishi (undan chiqishi), undan o‘tishi, u erda bo‘lishi (yashashi), harakatlanishi, xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirishi
Chegara zonasiga kirish (undan chiqish), undan o‘tish, u erda bo‘lish (yashash) va harakatlanish:
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan — shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan chegara zonasiga kirish uchun beriladigan ruxsatnomalarga asosan;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xalqaro qatnov yo‘llari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidan chiqish maqsadida o‘tkazish punkti tomonga harakatlanayotganda — shaxsni tasdiqlovchi hamda Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Mazkur toifadagi shaxslar tomonidan harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirish taqiqlanadi.
Chegara zonasida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida quyidagilar taqiqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga zarar yetkazish;
chegara rejimi buzilishiga sabab bo‘ladigan holatlarni yuzaga keltirish;
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining o‘z vazifalarini bajarishiga monelik qilish.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan chegara zonasida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom.
51-modda. Davlat chegarasidagi profilaktik mintaqa
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.16.00 Hayvonlar karantini]

O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishi va tarqalishidan muhofaza qilish maqsadida Davlat chegarasi bo‘ylab zarur veterinariya xavfsizligini ta’minlovchi profilaktik mintaqa belgilanadi, u erda hayvonlarni boqish va saqlash taqiqlanadi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

Profilaktik mintaqaning kengligi, uni to‘sib qo‘yish tartibi va uning rejimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom.
52-modda. Chegara rejimining buzilishi
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang)]

Chegara zonasiga kirish (undan chiqish), undan o‘tish, u erda bo‘lish (yashash) va harakatlanish, xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibiga shaxslar tomonidan rioya etilmasligi chegara rejimining buzilishidir.
7-bob. O‘tkazish punktlaridagi rejim
53-modda. O‘tkazish punktlaridagi rejimni belgilash
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib o‘tish]

O‘tkazish punktlaridagi rejim nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish, shaxslarning va transport vositalarining o‘tkazish punktlariga kelishi, u erda bo‘lishi hamda u erdan chiqishi, tovarlarning olib kirilishi, turishi va olib chiqilishi, o‘tkazish punktlari hududida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar majmuini o‘z ichiga oladi.
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]

O‘tkazish punktlaridagi rejim O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan barcha davlat nazorati organlari xizmat faoliyatining zarur shart-sharoitlarini saqlab turish maqsadida belgilanadi.
O‘tkazish punktlaridagi rejim quyidagilarga yo‘l qo‘ymasligi kerak:
shaxslarning va transport vositalarining Davlat chegarasini qonunga xilof ravishda kesib o‘tishiga;
tovarlarning Davlat chegarasi orqali qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga;
begona shaxslarning o‘tkazish punktlaridagi kirish cheklangan joylarga, xonalarga (obyektlarga) va transport vositalariga kirishiga.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati o‘tkazish punktlarida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat nazorati organlari va tashkilotlar bilan kelishilgan holda:
shaxslarning va transport vositalarining harakatlanish, tovarlarning olib o‘tilishi sxemasini, shuningdek transport vositalari uchun harakatlanish tartibini hamda to‘xtash joylarini belgilaydi;
nazorat tartib-taomillari amalga oshiriladigan xonalarga va boshqa joylarga, shuningdek transport vositalariga kirish tartibini belgilaydi;
o‘tkazish punktlarida rejimga rioya etilishiga doir choralarni ishlab chiqadi va nazoratni ta’minlaydi.
O‘tkazish punkti hududiga qurolni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli va radioaktiv moddalarni, shuningdek odamlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa moddalarni hamda buyumlarni olib kirish (undan olib chiqish) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining ruxsati bilan amalga oshiriladi, bundan mazkur tovarlarning Davlat chegarasi orqali olib o‘tilishi hollari mustasno.
Transport vositalarining o‘tkazish punktlari hududidan chiqib ketishi (to‘xtash joyini o‘zgartirishi) tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
O‘tkazish punktidan chiqish yoki o‘tkazish punktiga kirish chog‘ida yo‘lovchilarni transport vositalariga chiqarish (ulardan tushirish) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni o‘tkazish punktlarida yuklash (tushirish) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlarini xabardor qilgan holda, bojxona organlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
54-modda. O‘tkazish punktidagi qo‘shimcha rejim qoidalari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang)]

O‘tkazish punktida bevosita nazorat tartib-taomillari amalga oshiriladigan hududlar, xonalar belgilanadi va qonunchilikda nazarda tutilgan qo‘shimcha rejim qoidalari joriy etiladi.
55-modda. Shaxslarning va transport vositalarining o‘tkazish punktlariga kirishi hamda o‘tkazish punktlaridan chiqishi, tovarlarni o‘tkazish punktlariga olib kirish va o‘tkazish punktlaridan olib chiqish tartibi
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib o‘tish;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari]

Shaxslarning va transport vositalarining o‘tkazish punktlariga kirishi hamda o‘tkazish punktlaridan chiqishi, tovarlarni o‘tkazish punktlariga olib kirish va o‘tkazish punktlaridan olib chiqish shaxslarda O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga doir hujjatlar, transport vositalariga va tovarlarga nisbatan esa qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda belgilangan joylarda amalga oshiriladi.
O‘tkazish punktlarida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat nazorati organlarining vakillarini, boshqa organlar va tashkilotlarning xodimlarini hamda ularning transport vositalarini o‘tkazish punktlari hududiga kiritish:
temir yo‘l, avtomobil va daryo o‘tkazish punktlarida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan beriladigan;
aviatsiya o‘tkazish punktlarida — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘tkazish punktlarida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat nazorati organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar harbiy xizmatchilari va xodimlarining o‘tkazish punktlariga kirishi hamda o‘tkazish punktlaridan chiqishi ustuvor tartibda amalga oshiriladi.
56-modda. Yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]

Yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar:
Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibi to‘g‘risidagi axborotni olish;
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq yo‘lovchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini ularning yozma roziligisiz to‘plash, ularga ishlov berish, ularni saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlariga va bojxona organlariga xalqaro qatnov yo‘llarida harakatlanuvchi yo‘lovchilar hamda ularning bagaji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oldindan taqdim etishi;
o‘ziga tegishli bo‘lgan (o‘zi foydalanadigan) transport vositalariga shaxslarning qonunga xilof ravishda chiqishining (ulardan tushishining) va ulardan Davlat chegarasini qonunga xilof ravishda kesib o‘tish uchun foydalanishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.
Yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
57-modda. O‘tkazish punktlarida Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

O‘tkazish punktlarida Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslar o‘tkazish punktidagi rejim, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish ketma-ketligi va tartibi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek o‘tkazish punktining faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq boshqa axborotni olish huquqiga ega, bundan foydalanilishi qonun bilan cheklangan axborot mustasno.
O‘tkazish punktlarida Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslar davlat nazorati organlari xodimlarining talabiga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga doir hujjatlarni taqdim etishi;
Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlar to‘g‘risida xabardor qilishi;
transport vositalarini va tovarlarni ko‘rikdan o‘tkazish yoki ko‘zdan kechirish uchun taqdim etishi shart, bundan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
O‘tkazish punktlarida Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
O‘tkazish punktlarida Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarga o‘tkazish punktlari hududida quyidagilar taqiqlanadi:
nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish jarayonini foto- va video- qayd etish vositalari orqali tasvirga olish;
nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi mobil aloqa vositalari orqali so‘zlashuvlar olib borish;
tekshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar ichida boshqa narsalarni qoldirish;
davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzishga undashga (moyil qilishga) qaratilgan harakatlarni sodir etish;
nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish.
58-modda. O‘tkazish punktlarida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqi;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Erlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.04 Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga o‘tkazish punktlariga kirish (ulardan chiqish) uchun ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan beriladi.
O‘tkazish punktlarida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida quyidagilar taqiqlanadi:
O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga zarar yetkazish;
odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish;
tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish;
chegaradosh davlatlarga zarar yetkazish yoki shunday zarar yetkazilishi xavfini yuzaga keltirish;
davlat nazorati organlariga nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishda to‘sqinlik qilish.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish punktlarida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom.
59-modda. O‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib o‘tish]

Shaxslarning va transport vositalarining o‘tkazish punktlarida bo‘lish hamda harakatlanish tartibiga rioya etmaganligi, o‘tkazish punktlaridagi kirish cheklangan joylarga va transport vositalariga shaxslarning g‘ayriqonuniy ravishda kirishi o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish deb hisoblanadi.
8-bob. Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasida jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni (xizmat hayvonlarini), qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llash
60-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llash shartlari
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari;

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining hamda Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari) (bundan buyon matnda harbiy xizmatchilar (xodimlar) deb yuritiladi) Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshirish chog‘ida faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llash huquqiga ega.
Jismoniy kuch ishlatilishidan, maxsus vositalar, qurol-yarog‘ va harbiy texnika qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan shunday ogohlantirishning imkoni bo‘lmagan yoki ularning qo‘llanilishini kechiktirish odamlarning hayoti hamda sog‘lig‘i uchun bevosita xavf soladigan va boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar, qurol-yarog‘ va harbiy texnika qo‘llanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda harbiy xizmatchilar (xodimlar) har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart.
Jismoniy kuch ishlatish maxsus vositalarni, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llash chog‘ida harbiy xizmatchi (xodim) atrofdagi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar, qurol-yarog‘ va harbiy texnika qo‘llanilganligi natijasida tan jarohati olgan shaxslarga birinchi yordam ko‘rsatilishi kerak.
Harbiy xizmatchilar (xodimlar) jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar, qurol-yarog‘ va harbiy texnika qo‘llanilgan har bir holat to‘g‘risida bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek qurol-yarog‘ va harbiy texnika qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida tegishli prokurorga darhol xabar beriladi.
Qonunga xilof ravishda jismoniy kuch ishlatgan, maxsus vositalarni, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llagan harbiy xizmatchilar (xodimlar) qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Agar jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalarning, qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning qo‘llanilishi qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra hamda tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, harbiy xizmatchi (xodim) jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llash chog‘ida jismoniy hamda yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
61-modda. Jismoniy kuch ishlatish
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.04.00 DXXning chegara xizmati organlari;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]

Harbiy xizmatchilar (xodimlar) shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshirish chog‘ida quyidagi maqsadlarda jismoniy kuch ishlatishga, shu jumladan qo‘l ostidagi vositalardan foydalangan holda jismoniy kuch ishlatishga haqli:
huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish, shuningdek huquqbuzarlarni ushlash;
qo‘riqlanadigan obyektlarni, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, transport vositalarini egallab olishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yish;
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxslarni ushlash, olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlash, ushbu shaxslar qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish;
o‘ziga va boshqa fuqarolarga qilingan hujumni qaytarish;
o‘zining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish.
Harbiy xizmatchilar (xodimlar) ushbu Qonunda maxsus vositalarning, qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud harbiy xizmatchining (xodimning) hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
62-modda. Maxsus vositalarni qo‘llash
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]

Harbiy xizmatchilar (xodimlar) Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshirish chog‘ida rezina tayoqlar, qo‘lkishanlar kabi maxsus vositalarni yoki boshqa bog‘lash vositalarini, elektroshok qurilmalarini, chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovushli moslamalarni, suv bilan zarba beruvchi mashinalarni, ko‘zdan yosh oqizuvchi moddalarni, transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalarini va xizmat hayvonlarini quyidagi maqsadlarda qo‘llash huquqiga ega:
o‘ziga va boshqa fuqarolarga qilingan hujumni qaytarish;
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining obyektlariga qilingan hujumni qaytarish;
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida o‘zining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikni yoki qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish;
huquqbuzarliklarning va ommaviy tartibsizliklarning oldini olish, ularni aniqlash hamda bartaraf etish;
huquqbuzarlarni ushlash, huquqbuzarliklar sodir etgan yoki o‘z shaxsini tasdiqlashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, agar mazkur shaxslar jismonan yoki boshqacha tarzda qarshilik ko‘rsatayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining yoki bojxona organlarining xizmat xonalariga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarga olib borish;
ushlangan shaxslarni qo‘riqlab borish va qo‘riqlash.
Harbiy xizmatchilar (xodimlar) ushbu Qonunda qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llash ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) yoxud boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
Odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi, bundan odamning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) yoxud boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshirish chog‘ida harbiy xizmatchilar (xodimlar) tomonidan qo‘llaniladigan maxsus vositalar ro‘yxati qonunchilikda belgilanadi.
63-modda. Xizmat hayvonlarini qo‘llash
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]

Xizmat hayvonlari maxsus vositalarning turlaridan biri bo‘lib, chegara naryadlarini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan hamda chegara zonasida, chegaraoldi hududida va o‘tkazish punktlarida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash hamda bartaraf etishda, shuningdek huquqbuzarlarga nisbatan jismoniy, ruhiy va boshqacha ta’sir ko‘rsatishda foydalaniladigan itlar, otlar va yuk tashuvchi hayvonlar xizmat hayvonlari jumlasiga kiradi.
Harbiy xizmatchilar (xodimlar) Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshirish chog‘ida xizmat hayvonlarini quyidagi maqsadlarda qo‘llaydi:
chegara naryadlarini kuchaytirish, huquqbuzarlarni izlash va ushlash, davlat organlarining obyektlarini qo‘riqlash;
shaxslarni, transport vositalari va tovarlarni ko‘rikdan o‘tkazish, kontrabanda ashyolarini aniqlash maqsadida joylarni ko‘zdan kechirish;
harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) harakatlanishi va yuklarni tashish;
huquqbuzarlarga nisbatan jismoniy, ruhiy va boshqacha ta’sir ko‘rsatish;
boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish.
64-modda. Qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llash
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi;

3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]

Harbiy xizmatchilar (xodimlar) Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish chog‘ida qurol-yarog‘ni va harbiy texnikani quyidagi maqsadlarda qo‘llaydi:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qurolli bostirib kirishni qaytarish hamda Davlat chegarasidagi qurolli hujumlarga va boshqa fitnalarga chek qo‘yish;
havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlar tomonidan samoviy hududda Davlat chegarasi buzilishlariga chek qo‘yish;
agar Davlat chegarasining buzilishini bartaraf etishni yoki Davlat chegarasini buzuvchilarni ushlashni boshqa vositalar va usullarni qo‘llagan holda amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, Davlat chegarasini qonunga xilof ravishda kesib o‘tgan yoki kesib o‘tishga urinayotgan shaxslarni ushlash hamda transport vositalarini to‘xtatish;
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining obyektlariga qilingan hujumni qaytarish;
o‘ziga hamda boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan hujumni qaytarish;
xavf-xatar signalini berish yoki yordamga chaqirish, harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) hamda boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirish.
Qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llash harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) quyidagi hollarda taqiqlanadi:
ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) yoxud boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno;
Davlat chegarasini qonunga xilof ravishda kesib o‘tgan yoxud kesib o‘tishga urinayotgan jismoniy shaxslarga nisbatan, agar bu haqiqatan ham tasodifan yoki baxtsiz hodisa yoxud yengib bo‘lmas kuch holatlari oqibatida ro‘y bergan (ro‘y berayotgan) bo‘lsa.
Qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llashdan avval ularni qo‘llash niyati haqida ochiq-ravshan tarzda ifodalangan ogohlantirish va (yoki) ogohlantiruvchi o‘q uzish amalga oshirilishi kerak, bundan O‘zbekiston Respublikasi hududiga qurolli bostirib kirishni qaytarish, Davlat chegarasidagi qurolli hujumlarga va boshqa fitnalarga chek qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining obyektlariga qilingan hujumni qaytarish hollari, shuningdek harbiy xizmatchining (xodimning) yoki fuqaroning hayotiga bevosita xavf mavjud bo‘lgan hollar mustasno.
Davlat chegarasini buzuvchilarga qarshi qurol-yarog‘ va harbiy texnika ularning kuch ishlatganligiga javoban yoki huquqbuzarliklarga barham berishni yoki huquqbuzarlarni ushlashni boshqa vositalar bilan amalga oshirish mumkin bo‘lmagan hollarda ham qo‘llaniladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
65-modda. Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshiruvchi harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) qonuniy talablarini bajarishning majburiyligi
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshiruvchi harbiy xizmatchining (xodimning) o‘z vakolatlari doirasida qo‘yilgan qonuniy talablari barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
66-modda. Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshiruvchi harbiy xizmatchilarni (xodimlarni) huquqiy hamda ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish
[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.01.00 Umumiy qoidalar;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]

Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni amalga oshiruvchi harbiy xizmatchilarni (xodimlarni) huquqiy hamda ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
67-modda. Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish tadbirlarini moliyaviy hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlash
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]

Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish tadbirlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish tadbirlarini moddiy-texnika jihatidan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
68-modda. Davlat organlarining Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Davlat organlarining Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
69-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
[OKOZ:

1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]

70-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi 820-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 217-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 821-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 218-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 90-modda) XX moddasi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-199-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 1, 1-modda) 8-moddasi;
5) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-240-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda) 10-moddasi;
6) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-416-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 383-modda) 17-moddasi;
7) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-476-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 35-moddasi;
8) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi ba’zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-522-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 47-modda) 26-moddasi;
9) O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 109-moddasi.
71-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
72-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
73-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-sentabr,
O‘RQ-868-son


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 03/23/868/0699-son)

Download 200,53 Kb.
1   2   3




Download 200,53 Kb.