[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
[
TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Ma’muriy-hududiy tuzilish]
O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 4-aprelda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 6-aprelda ma’qullangan
1-bob.
Umumiy qoidalar
1-modda.
Ushbu Qonunning maqsadi
[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining
Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi
qonunchilik
[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[
OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining
Davlat chegarasi
[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi]
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi (bundan buyon matnda Davlat chegarasi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining hududi doirasini (quruqlikni, suvni, yer qa’rini va samoviy hududni) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat.
4-modda.
Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
[
OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.02.00 Davlat chegaralarini qo‘riqlash]