• Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punkti (bundan buyon matnda o‘tkazish punkti deb yuritiladi)
  • Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi davlat nazorati organlari (bundan buyon matnda davlat nazorati organlari deb yuritiladi)
  • Davlat chegarasini qo‘riqlash




    Download 200,53 Kb.
    bet2/3
    Sana02.02.2024
    Hajmi200,53 Kb.
    #150201
    1   2   3
    Bog'liq
    O‘RQ-868 13.09.2023 qonun chegara

    Davlat chegarasini qo‘riqlash — jangovar-xizmat, tezkor-xizmat harakatlari, nazoratga oid, tezkor-qidiruv va rejimli tadbirlar majmui;
    Davlat chegarasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta’minlash tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi xavfsizligini va hududiy yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha siyosiy, tashkiliy-huquqiy, diplomatik, iqtisodiy, mudofaaga, chegaraga, tezkor-qidiruvga, bojxonaga, tabiatni muhofaza qilishga oid, sanitariya-epidemiologik, fitosanitariyaga, karantinga oid va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
    Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punkti (bundan buyon matnda o‘tkazish punkti deb yuritiladi) — Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarga va transport vositalariga, shuningdek Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan nazorat tartib-taomillari va ularni Davlat chegarasi orqali o‘tkazish amalga oshiriladigan, xalqaro qatnovlar uchun ochiq bo‘lgan chegaraoldi temir yo‘l bekatlari va avtomobil yo‘llarining, daryo portlarining, aeroportlarning (aerodromlarning) maxsus jihozlangan hududi (uning bir qismi);
    Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi davlat nazorati organlari (bundan buyon matnda davlat nazorati organlari deb yuritiladi) — Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarga va transport vositalariga, shuningdek Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan nazoratni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, bojxona organlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, davlat veterinariya xizmati, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati;
    dyelimitatsiya qilish — O‘zbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatlar o‘rtasida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Davlat chegarasi chizig‘ini aniqlash, uning o‘tishini tavsiflash va uni xaritada grafik tarzda aks ettirish;
    demarkatsiya qilish — O‘zbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatlar o‘rtasida tuzilgan dyelimitatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq chegara belgilarini o‘rnatish yo‘li bilan joylarda Davlat chegarasi chizig‘ini belgilash;

    Download 200,53 Kb.
    1   2   3




    Download 200,53 Kb.