• Oʻtkazgichlar va dielektriklar Oʻtkazgichlar
  • 1. Elektr kattaliklar haqida umumiy ma’lumot Elektr o’lchash asboblari va ularning birliklari Elektr o’lchash asboblari turlari




    Download 365,09 Kb.
    bet1/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi365,09 Kb.
    #230685
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Elektr kattaliklar va ularni o’lchash vositalari


    Mavzu:Elektr kattaliklar va ularni o’lchash vositalari
    Reja:
    1.Elektr kattaliklar haqida umumiy ma’lumot
    2.Elektr o’lchash asboblari va ularning birliklari
    3.Elektr o’lchash asboblari turlari

    Kuchlanish va tok kuchi elektr fizikasining eng muhim tushunchalari sanaladi. Ushbu darsda biz elektr fizikasining muhim qismlaridan boʻlgan mana shu ikkita kattalik haqida dastlabki bilimlarga ega boʻlamiz. Keyinchalik kuchlanish va tok kuchi natijasida hosil boʻladigan quvvat tushunchasiga ham toʻxtalib oʻtamiz.


    Zaryad
    Elektr tushunchasi tabiatni kuzatishdan kelib chiqqan. Biz jismlar orasidagi taʼsirni kuzatganimizda gravitatsiyaga oʻxshash masofalar aro taʼsir qiladigan kuchga duch keldik. Bu kuchning manbai zaryad deb ataladi. Elektr kuchlarining eʼtiborli jihati shuki, ular gravitatsiya kuchlariga nisbatan ancha katta boʻladi. Gravitatsiyadan farqli oʻlaroq, zaryad ikki turga boʻlinadi. Turli ishorali zaryadlar oʻzaro tortishadi, bir xil ishorali zaryadlar esa oʻzaro itarishadi. Gravitatsiyaning faqatgina bitta turi bor: tortishish kuchi, itarish kuchi mavjud emas.
    Oʻtkazgichlar va dielektriklar
    Oʻtkazgichlar odatda tashqi qobigʻidagi elektronlari yoki valent elektronlari yadrosi bilan nisbatan kuchsiz bogʻ hosil qilgan atomlardan tashkil topgan. Quyida mis atomining taxminiy chizmasi berilgan. Bir necha metall atomlari birgalikda oʻzlarining tashqi qobigʻidagi elektronlarini hech qanday qiyinchiliksiz oʻzaro almasha oladi. Bir gala elektronlar muayyan bir yadroga bogʻliq boʻlmay qoladi. Demak, hatto kichkina qiymatdagi elektr kuchi ham elektronlar galasini siljitishga yetarli boʻladi. Mis, oltin, kumush va alyuminiy, shuningdek, shoʻr suv yaxshi oʻtkazgich boʻla oladi.
    Shuningdek, yomon oʻtkazgichlar ham mavjud. Masalan, chogʻlanma lampochkalarda ishlatiladan metall – volfram yoki uglerodning olmosdagi holati nisbatan yomon oʻtkazgichlar sanaladi. Chunki ularning elektronlari siljishga moyil emas.

    Download 365,09 Kb.
      1   2   3   4




    Download 365,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Elektr kattaliklar haqida umumiy ma’lumot Elektr o’lchash asboblari va ularning birliklari Elektr o’lchash asboblari turlari

    Download 365,09 Kb.