Kuchlanish Kuchlanish tushunchasini bilishimiz uchun oldin quyidagi oʻxshashlikka qaraylik: Kuchlanish ogʻirlik kuchini eslatadi




Download 365,09 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2024
Hajmi365,09 Kb.
#230685
1   2   3   4
Bog'liq
Elektr kattaliklar va ularni o’lchash vositalari

Kuchlanish
Kuchlanish tushunchasini bilishimiz uchun oldin quyidagi oʻxshashlikka qaraylik:
Kuchlanish ogʻirlik kuchini eslatadi
  massali jism uchun   balandlikning oʻzgarishi potensial energiyaning oʻzgarishiga olib keladi,  .
  zaryadga ega zarra uchun   kuchlanish potensial energiyaning oʻzgarishiga olib keladi,  .
Elektr zanjirdagi kuchlanish   koʻpaytmaga oʻxshaydi. Bu yerda   – erkin tushish tezlanishi,   esa balandlikning oʻzgarishidir.
Qirning tepasida turgan toʻp pastga qarab harakatlanmoqda. Yoʻlning yarmida u potensial energiyasining yarmini sarflagan boʻladi.
Kuchlanish “tepaligi”ning yuqorisidagi elektron simlar va zanjir elementlari orqali pastga “harakatlanadi”. U yoʻl boʻylab ish bajarib, potensial energiyasini yoʻqotib boradi. Elektron tepalikning oʻrtasiga kelganda potensial energiyasining yarmini yoʻqotgan boʻladi.
Toʻp uchun ham, elektron uchun ham tepalikdan pastga tushish oʻz-oʻzidan sodir boʻladi. Toʻp va elektron past energiya sathlariga qarab oʻz-oʻzidan harakatlanadi. Toʻpning pastga tomon harakati davomida uning yoʻlidan daraxt yoki ayiqqa oʻxshagan, u urilib qaytishi mumkin boʻlgan narsalar chiqishi mumkin. Biroq biz elektronlarni simlar yordamida yoʻnaltiramiz va ularni zanjirning maʼlum qismlari boʻylab oqishga majbur qilamiz.
Quvvat – bu ( w) vaqt birligida bajarilgan ish. Quvvatning birligi joul/sekund, ushbu birlik xalqaro birliklar sistemasida vatt (uatt) deb ataladi.
Elektr zanjiri quvvatni uzata oladi. Tok kuchi – vaqt birligida oqayotgan zaryad miqdori, kuchlanish esa birlik zaryadni koʻchirishda bajarilgan ish. Biz ushbu taʼriflarni quyidagi quvvat formulasiga qoʻllaymiz:
Elektr quvvat kuchlanishning tok kuchiga koʻpaytmasiga teng. Birligi – vatt.







Download 365,09 Kb.
1   2   3   4




Download 365,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuchlanish Kuchlanish tushunchasini bilishimiz uchun oldin quyidagi oʻxshashlikka qaraylik: Kuchlanish ogʻirlik kuchini eslatadi

Download 365,09 Kb.