• "musbat"
  • Kirxgof qonunlari asosida murakkab elektr zanjirlarining topologik tenglamalarini tuzish
  • 1. Elektr zanjirlarni tavsiflovchi asosiy kattaliklar Elektr maydonining kuchlanganligi Elektr potensial va kuchlanish




    Download 381.05 Kb.
    bet10/11
    Sana29.05.2023
    Hajmi381.05 Kb.
    #66936
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2-дарс
    1702284448, Xudoyberdiyev Farrux.Kiberxavfsizlik topshiriq (1), kurs ishimm, 10, maruzalar
    Kirxgof qonunlari
    Har qanday elektr zanjiridagi jarayonlar Kirxgofning 1- va 2 - qonunlari bilan ifodalanadi.
    1-qonun. Kirxgofning 1-qonuni zanjirning tugunlariga tegishli bo'lib, unga ko'ra zanjirning istalgan tugunida toklarning algebraik yig'indisi nolga teng bo'ladi, ya'ni:

    yoki elektr zanjirning istalgan tuguniga kiruvchi toklarning arifmetik yig'indisi shu tugundan chiquvchi toklarning arifmetik yig'indisiga tengdir, ya'ni:

    1.22-rasmda elektr zanjirning a tuguni ko'rsatilgan. Agar a tugunga kiruvchi toklar musbat ishora bilan olinsa, tugundan chiquvchi toklar ishorasi manfiy olinadi (yoki aksincha).
    K irxgofning 1-qonuniga asosan:
    yoki .
    Kirxgof 1-qonunining fizik ma'nosi: elektr zanjirining tugunida zaryadlarning harakati uzluksizdir va unda zaryadlar to'planib qolmaydi.
    2-qonun. Kirxgofning 2-qonuni zanjirning berk konturlariga tegishli bo'lib, unga ko'ra elektr zanjirining istalgan berk konturida kuchlanishlar tushuvining algebraik yig'indisi shu konturdagi EYuKlarning algebraik yig'indisiga teng, ya'ni:

    Agar konturni aylanib chiqish yo'nalishi bilan tok yoki EYuK yo'nalishi bir xil bo'lsa, u holda yig'indiga tegishli tashkil etuvchilar "musbat" ishora bilan, aks holda esa "manfiy" ishora bilan kiradi.
    Kirxgofning 2-qonunini boshqa ko'rinishda yozish ham mumkin: zanjirning ixtiyoriy konturida kuchlanishlarning algebraik yig'indisi nolga teng:

    1.23-rasmdagi abcda kontur uchun yoki . Kirxgof qo-nunlarini chiziqli va nochiziq elektr zanjirlarni hisoblash uchun qo'llash mumkin.
    Kirxgof qonunlari asosida murakkab elektr zanjirlarining topologik tenglamalarini tuzish
    Har qanday zanjir shoxobchalaridagi toklarni aniqlash uchun Kirxgof qonunlaridan foydalaniladi. Zanjirdagi tugunlar soni T, shoxobchalar soni Sh va tok manbalari soni ShTM deb belgilansa, har bir shoxobchadan o'tuvchi tokni hisoblashda ma'lum tartibdagi ketma-ketlikni tavsiya etish mumkin. Bunda tok manbai ulangan shoxobchalardan o'tuvchi tok qiymati ma'lum bo'lganligi uchun ularni umumiy toklar sonidan ayriladi, ya'ni Ш-ШTM. Zanjirning qolgan shoxobchalaridagi noma'lum toklarni hisoblashdan oldin quyidagilarni bajarish kerak:
    a) har bir shoxobchadagi toklar yo'nalishlarini ixtiyoriy tanlab, ularni sxemada belgilaymiz;
    b) Kirxgofning 2-qonuni bo'yicha tenglamalar tuzish uchun konturlarni aylanib chiqish yo'nalishini ixtiyoriy (soat mili harakati yo'nalishida yoki unga teskari) belgilaymiz.
    Kirxgofning 1-qonuniga asoslangan va o'zaro bog'liq bo'lmagan tenglamalar sistemasini tuzish uchun tugunlar sonidan bitta kam tenglama tuzish kerak.
    Kirxgofning 2-qonuniga asoslanib tuzilgan tenglamalar soni umumiy shoxobchalar sonidan tok manbalari ulangan shoxobchalar soni ШTM va Kirxgofning 1-qonuni bo'yicha tuzilgan tenglamalar sonini ayirib topiladi, ya'ni konturlar uchun tuzilgan tenglamalar soni:

    Kirxgofning 2-qonuni bo'yicha tenglamalarni o'zaro bog'liq bo'lmagan (mustaqil) konturlar uchun tuzish lozim. O'zaro bog'liq bo'lmagan kontur deb shunday konturga aytiladiki, u oldingi konturlardan kamida bitta yangi shoxobcha bilan farq qiladi.
    Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi-o'zgarmas tok zanjirlarining matematik modeli hisoblanadi.
    Elektr zanjirlar nazariyasida ikki turdagi masalalar uchraydi. Birinchi turdagi masalalarda sxemasi va elementlari ma'lum bo'lgan zanjirning shoxobchalardagi toklar va ayrim qismlaridagi kuchlanish va quvvatlarni hisoblash kerak bo'ladi. Bu turdagi masalalar zanjirlarni analiz masalalari deb ataladi. Ikkinchi turdagi masalalarda teskari masala-zanjirning ba'zi bir uchastkalaridagi tok va kuchlanish berilgan bo'lib, zanjir sxemasi va uning elementlarini aniqlash kerak bo'ladi. Bunday masalalar elektr zanjirlarining sintez masalalari deyiladi. Ikkala turdagi masalalarni yechish uchun ko'pincha zanjirning matematik modeli tuziladi.
    Q uyida nazariy elektrotexnikada ko'p uchraydigan zanjirlarni Kirxgof qonunlari asosida matematik modelini tuzishni 1.24-rasmdagi zanjir misolida ko'rib chiqamiz.
    1. Har bir shoxobchadagi toklar yo'nalishi ixtiyoriy tanlab olinadi.
    2. Kirxgofning birinchi qonuniga asosan tenglamalar tuzamiz.
    Ularning soni zanjir tugunlaridan bitta kam bo'ladi:
    a tugun uchun, b tugun uchun,
    c tugun uchun.
    3. Zanjir konturlarini aylanib chiqish yo'nalishi tanlanadi. Bunda tanlangan yo'nalish bo'yicha tuzilgan tenglamalar o'zaro bog'liq bo'lmasligi lozim. Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko'ra mustaqil konturlar uchun tenglamalar tuziladi:
    abda kontur uchun,
    dbcd kontur uchun,
    adca kontur uchun.
    Bu tenglamalarda konturlarni aylanib chiqish yo'nalishi bilan mos keladigan EYuK va toklar ishorasi musbat, aylanib chiqish yo'nalishiga qarama-qarshi bo'lgan EYuK va toklar ishorasi esa manfiy ishora bilan yoziladi. Bu misoldan ko'rinib turibdiki, tuzilgan tenglamalar soni zanjirdagi noma'lum toklar yoki toklari aniqlanishi kerak bo'lgan shaxobchalar soniga tengdir. Olti noma'lum tokli oltita tenglamalardan iborat sistema yuqorida ko'rilayotgan zanjirning matematik modelidir. Agar hisoblash natijasida qandaydir tokning ishorasi manfiy chiqsa, u holda bu tokning haqiqiy yo'nalishi dastlab tanlangan yo'nalishga nisbatan qarama-qarshi bo'ladi.
    Masala: Kirxgof qonunlaridan foydalanib 1.25-rasmda keltirilgan elektr zanjir shoxobchalaridan o'tuvchi toklarni aniqlang. R1 = 0,3 Оm; R7 = 0,3 Оm; R2 = R6 = 0,4 Оm; R3 = R4 = 0,4 Оm; R5 = =6 Оm; E1 = 110 V; E2 = 48 V.
    E YuK manbalarining ichki qarshiligi rich1 = 0,1 Оm, rich2 = 0,2 Оm.
    Yechish. Berilgan sxemada tugunlar soni T=3 (c va d nuqtalar potensiallari bir xil). Noma'lum toklar yo'nalishlarini ixtiyoriy tanlaymiz. Sxemada beshta shoxobcha bo'lgani uchun shuncha tokni hisoblash zarur. Demak, beshta tenglama tuzib, ularni birgalikda yechish kerak.
    Kirxgofning birinchi qonuni bo'yicha tenglamalar soni Т-1=3-1= =2.

    Download 381.05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 381.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Elektr zanjirlarni tavsiflovchi asosiy kattaliklar Elektr maydonining kuchlanganligi Elektr potensial va kuchlanish

    Download 381.05 Kb.