1. Elektromagnit maydon haqida ma’lumot. Elektromagnit to'lqinlar. Gers tajribalari




Download 0,7 Mb.
bet2/7
Sana20.02.2024
Hajmi0,7 Mb.
#159119
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Elektromagnit maydon haqida ma’lumot. Elektromagnit to\'lqinla

Maksvellning ikkinchi g'oyasi, ya'ni elektr maydonning vaqt o'tishi bilan o'zgarishi magnit maydonni yuzaga keltirishi lozimligi haqidagi fikri ham juda samarali chiqdi. U vaqtlarda bu g'oyani tasdiqlovchi tajribaga asoslangan hech qanday ma'lumot yo'q edi. Keyinchalik o'tkazilgan ko'pgina tajribalar bu g'oyaning to'g'riligini tasdiqladi. Masalan, elektromagnit to'lqinlarning ochilishi elektr maydonning vaqt o'tishi bilan o'zgarishi magnit maydonni yuzaga keltirishini tasdiqlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Chunki elektromagnit to'lqinlarning mavjudligi haqidagi gipoteza (bu gipotezani ham Maksvell nazariy jihatdan oldindan aytgan edi) Maksvellning ikkinchi g'oyasidan va elektromagnit induksiya hodisasidan kelib chiqqan.
Shunday qilib Maksvell elektr va magnit maydonlar bir-biriga chambarchas bog'langanligini nazariy yo'l bilan asoslab berdi.
Elektr maydon kuchlanganlik vektorining o'zgarish tezligi qancha katta bo'lsa, bu elektr maydonga bog'liq ravishda vujudga keladigan majjnit maydon ham shuncha kuchli bo'ladi. Xuddi shuningdek, в magnit maydon induksiya vektorining o'zgarish tezligiqancha katta bo'lsa, magnit maydon vujudga keltiradigan elektr maydon ham shuncha kuchli bo'ladi. Amalda biz hamma vaqt shunday o'zgaruvchan magnit maydonlar bilan ish ko'ramizki, ularda faqat magnit induksiya vektorigina emas, balki uning o'zgarish tezligi ham o'zgaruvchan bo'ladi. Bunday sharoitda ham o'zgaruvchan elektr maydon paydo bo'ladi. Shularga asosan, umuman aytganda, o'zgaruvchan magnit maydon bilan to'lgan fazo ayni vaqtda o'zgaruvchan elektr maydon bilan ham to'lgan bo'ladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Elektr maydon bilan magnit maydon o'rtasidagi o'zaro bog'lanish kashf qilingandan keyin bu maydonlar bir-biridan xoli, bir-biridan mustaqil mavjud bo'la olmasligi ayon bo'lib qoldi. O'zgaruvchan magnit maydon hosil qilinar ekan, ayni bir paytda fazoda o'zgaruvchan elektr maydon hosil bo'lmay iloji yo'q va, aksincha, o'zgaruvchan magnit maydonsiz o'zgaruvchan elektr maydon mavjud bo'la olmaydi. Bu ikkala o'zgaruvchan maydon hamisha bir-biri bilan bog'langan bo'lib, ular birgalikda elektromagnit maydonni tashkil qiladi.

E
lektromagnit maydon uyurmaviy xarakterga ega, ya'ni vujudga keltirayotgan maydonning kuch chiziqlari vujudga kelayotgan maydonning kuch chiziqlari bilan konsentrik o'rab olingan. Natijada o'zaro «o'ralgan» elektr va magnit maydonlar sistemasi hosil bo'ladi.


2- rasmdan elektromagnit maydonning xarakteri to'g'risida ma'lum tasavvur hosil qilish mumkin, bu rasmni go'yo bunday maydonning oniy surati deyish mumkin. E0 to'g'ri chiziq birlamchi o'zgaruvchan elektr maydonni, B gorizontal aylanalar ikkilamchi o'zgaruvchan magnit maydonni, vertikal E aylanalar esa ikkilamchi o'zgaruvchan elektr maydonni tasvirlaydi.

Elektromagnit maydon moddiydir. Elektromagnit maydonning moddiyligi shu bilan tasdiqlanadiki, unda kuchlarning ta'siri seziladi, uning o'zi bilan energiya eltishi va uzatishi kuzatiladi. Bu materiya hamma vaqt mavjud. Maksvell ta'biri bilan aytganda, nasos yordamida odatdagi moddiy materiyani (uni Maksvell «dag'al» yoki «quyultirilgan» materiya deb atagan) so'rib olib tashlansa ham, elektr yoki yorug'lik ta'sirlarini uzata olish qobiliyatiga ega «nozik» materiya qoladi. Bu shuni anglatadiki, elektromagnit maydon zaryadlar va toklar mavjud bo'lmagan joyda, masalan, vakuumda elektr va magnit maydonlarning vaqt bo'yicha o'zgarishi tufayli mavjud bo'la oladi.





Download 0,7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Elektromagnit maydon haqida ma’lumot. Elektromagnit to'lqinlar. Gers tajribalari

Download 0,7 Mb.