|
1. Fayllar va ularning turlari Kataloglar va ularning turlari
|
bet | 1/3 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 8,08 Kb. | | #147510 |
Bog'liq 1. Fayllar va ularning turlari Kataloglar va ularning turlari-fayllar.org
1. Fayllar va ularning turlari Kataloglar va ularning turlari
MAVZU: FAYILLAR VA KATALOG BILAN ISHLASHFAYILLARNI ARXIVLASH USULLARI
Reja:
1. Fayllar va ularning turlari
2. Kataloglar va ularning turlari
3. Boshlovchi dasturida Fayllar va kataloglar bilan ishlash
4. Fayl va Papkalar ustida amallar bajarish
Fayl - ("file"-inglizcha, "ma`lumot") biror nomga ega bo'lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma`lumotlar majmuidir. Bu ma`lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo'lishi mumkin. Turli operatsion sistemalar fayl nomlariga turlicha talablar qo'yadi. Masalan, MS-DOS (IBM, "Iskra" kompyuterlarida), Mikrodos ("Korvet") kabi operatsion sistemalarda fayl nomi 8ta belgidan oshmasligi va lotin xarflari, raqam va ba`zi maxsus belgilarda ifodalanishi mumkin; Pravets-8 kompyuterlarida keng qo'llaniladigan DOS-3.3 operatsion sistemasida esa fayl nomi 37tagacha belgiga ega bo'lib, unda lotin harflari bilan bir qatorda kirill harflari ham ishlatilishi mumkin. Fayl nomining kengaytmasini yozish majburiy emas, lekin u faylda saqlanayotgan ma`lumot turini bildirgani sababli, undan foydalanishda qulaylik tug'diradi. Ko'pgina dasturlar fayl nomi kengaytmasini o'zlari qo'shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Masalan: com, exe - kompyuter "tili"ga o'girilgan dasturlar yoki buyruqlar ketma - ketligini o'z ichiga olgan fayllar kengaytmasi; bat - buyruqlar majmuini o'z ichiga olgan fayllar; bas - Beysik dasturlash tilida yaratilgan dastur; pas - Paskal dasturlash tilida hosil qilingan dastur; chi - ChiWriter matn muharririda hosil qilingan matn. bat kengaytmali fayllar, ya`ni buyruq fayllari matn ko'rinishida bo'lib, u operatsion sistema buyruqlaridan tuziladi. Bunday fayllar ketma-ket bajarilishi lozim bo'lgan bir nechta buyruq yoki fayllarni har safar qaytadan yozmaslik uchun tashkil qilinadi. Buyruq fayllari matn mu-harrirlari yordamida hosil qilinishi mumkin.
|
| |