|
Fayl va Papkalar ustida amallar bajarish
|
bet | 3/3 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 8,08 Kb. | | #147510 |
Bog'liq 1. Fayllar va ularning turlari Kataloglar va ularning turlari-fayllar.orgFayl va Papkalar ustida amallar bajarish
Kompyuterda fayl va papkalar bilan ishlash jarayonida bir necha asosiy amallar bajariladi: fayllarni hosil qilish, ochish, nusxalash, qayta nomlash, yopish, uzatish va o‘chirish.
1. Papka hosil qilish uchun ish stolida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosilib, hosil bo‘lgan oynachada (kontekst menyuda) → Создать → Папку buyrug‘i tanlanadi.
2. Fayl yoki papkani ochish uchun kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada → Открыть buyrug‘i tanlanadi.
3. Fayl yoki papkani uzatish uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Отправить buyrug‘i tanlanadi.
4. Fayl yoki papkani o‘chirish uchun papka yoki faylni kursor bilan belgilab, sich-qonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Удалить buyrug‘i tanlanadi.
5. Fayl yoki Papkani qayta nomlash uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Переименовать buyrug‘i tanlanadi.
6. Fayl yoki Papkani nusxalash uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng
tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Копировать buyrug‘i tanlanadi.
Savol va topshiriqlar
1. Kompyuterda ma’lumotlar qanday ko‘rinishda saqlanadi?
2. Fayllar bir-biridan qanday farqlanishi mumkin?
3. Katalog nima?
4. Yangi papkalar qanday hosil qilinadi?
5. Fayl va kataloglarning nomlanishi haqida nimalarni bilishimiz lozim?
http://fayllar.org
|
| |