• 671-modda. Loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish
  • 673-modda. Ishga haq to‘lash
  • 670-modda. Loyiha-smeta hujjatlari
  • 675-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi buyurtmachining qo‘shimcha majburiyatlari
  • 680-modda. Ishlarni topshirish va qabul qilib olish
  • 686-modda. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi
  • Loyiha va qidiruv ishlari uchun boshlang‘ich ma’lumotlar
  • 711-modda. Yuk tashish shartnomasi
  • 712-modda. Charter (fraxtlash) shartnomasi
  • 744-modda. Kredit shartnomasi
  • 745-modda. Kredit shartnomasining shakli
  • 747-modda. Ashyolarni kreditga berish shartnomasi
  • 748-modda. Tijorat krediti
  • 732-modda. Qarz shartnomasi
  • 733-modda. Qarz shartnomasining shakli
  • 739-modda. Aniq maqsadli qarz
  • 735-modda. Qarz oluvchining qarz summasini qaytarish majburiyati
  • 820-modda. Vakilning majburiyatlari
  • 823-modda. Topshiriq shartnomasining bekor bo‘lishi
  • 868-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlari
  • 875-modda. Omonat saqlash shartnomasi
  • 889-modda. Ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchining javobgarligi
  • 885-modda. Omonat saqlaganlik uchun to‘lanadigan haq
  • 900-modda. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)
  • 894-modda. Lombardda omonat saqlash
  • 896-modda. Boyliklarni bankda saqlash
  • Tuzuvchi: G’ulomov A Kafedra mudiri: Qurbonov D Dekan: Mirzayev R
  • 1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi




    Download 168.3 Kb.
    bet51/51
    Sana16.03.2024
    Hajmi168.3 Kb.
    #173787
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
    Bog'liq
    1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq
    «Rustamxon», 203-Mi, Tur geo 4, 1, 1-Соатлик конспект, Mavzu 11, 1685460360, 2-курс апр конец марта, 5-amaliy mashinali o\'qitish, 2-амалий, 3-amaliy, Oddiy teskari savdo avtomati, Lecture - 2, 4, 5130200-Амалий математика malaka talap
    91-modda. Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma)
    Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida tuziladigan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
    Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan advokat o‘rtasida ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) o‘ziga yoki u tayinlagan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir.
    Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.



    238. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasining huquqiy belgi­lari nimalardan iborat?
    хизмат кўрсатишнинг моҳияти қуйидаги икки шаклда ифодаланади: а) маълум ҳаракатларни амалга ошириш. Бунда, қоидага кўра бир марталик хусусиятга эга бўлган хизмат кўрсатиш назарда тутилади. Масалан, сартарошлик хизмати муайян ҳаракатларни бир марталик амалга ошириш орқали кўрсатилади. б) маълум фаолиятни амалга ошириш. Айни вазиятда кўпмарталик ёки узоқ муддатга мўлжалланган хизмат кўрсатиш назарда тутилади. Масалан, телефон алоқаси хизматини кўрсатиш.

    239. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalarining qanday turlari mavjud?
    aloqa xizmati, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, maslahat, axborot xizmatlari, ta’lim berish, sayyohlik xizmati va boshqa xizmatlar ko‘rsatish

    240. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasida xizmat ko’rsatuvchining huquqiy maqomini izohlang?
    Fuqarolik kodeksining 704-moddasiga kora :Shartnomada boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, ijrochi shartnomada nazarda tutilgan xizmat (xizmatlar)ni shaxsan o‘zi ko‘rsatishi shart. Fuqarolik kodeksining 706-moddasiga kora : Ijrochi haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan zararni buyurtmachiga batamom to‘lashi shart, lekin bu to‘lov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
    Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgandan kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.



    241. Pudrat shartnomasi (tushunchasi va huquqiy belgilari)
    Fuqarolik kodeksining 631-moddasiga kora :Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Agar qonunchilikda yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.
    Pudrat shartnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar ushbu Kodeksning bunday turdagi shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.



    242. Pudrat shartnomasi (mehnat shartnomasidan farqi)
    Mehnat shartnomasida ish va xizmatlar bajarish borasidagi munosabatlar ish beruvchi va xodim o’rtasida vujudga keladi va Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.Pudrat shartnomasida esa taraflar shaxslar bilan shaxslar o’rtasida,shaxslar va yuridik shaxslar o’rtasida,yuridik shaxs va yuridik shaxs o’rtasida vujudga keladi va juda keng qamrovli bo’ladi.Ko’pgina hollarda biror ish yoki xizmatlarni bajarish bilan xarakterlanib mehnat shartnomasidagi bir vazifani bajarishdan ancha farq qiladi.

    243. Yo’lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi (tashish shartnomasi tushunchasi, predmeti va turlari)
    Fuqarolik kodeksining 709-moddasiga kora :Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish (quyida tashish deb yuritiladi) tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
    Tashishning umumiy shartlari ushbu Kodeks, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi.
    Transportning ayrim turlarida yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartlari, shuningdek taraflarning ularni tashish bo‘yicha javobgarligi, agar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.



    244. Pudrat shartnomasi (taraflar, buyurtmachi, pudratchi)
    Fuqarolik kodeksining 631-moddasiga kora :Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Agar qonunchilikda yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.
    Pudrat shartnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar ushbu Kodeksning bunday turdagi shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.



    245. Pudrat shartnomasi (pudrat bo’yicha bajariladigan ishlar)
    Fuqarolik kodeksining 632-moddasiga kora :Pudrat shartnomasi ashyoni tayyorlash yoki uni qayta ishlash (ishlov berish) yoxud boshqa ishni bajarib, natijasini buyurtmachiga berish yoki boshqacha tarzda topshirish haqida tuziladi.
    Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ish pudratchining materiallari, uning kuchi va mablag‘lari hisobidan bajariladi.
    Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachining topshirig‘ini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi.
    Pudratchi o‘zi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli darajada bo‘lmaganligi uchun, shuningdek uchinchi shaxslar huquqlari bo‘lgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javobgar bo‘ladi.



    246. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi (yuk tashish shartnomasi tushunchasi va turlari)
    Fuqarolik kodeksining 711-moddasiga kora :Yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
    Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk jo‘natuvchiga topshirish yo‘li bilan tasdiqlanadi.



    247. Pudrat shartnomasi (bahosi va muddati)
    Fuqarolik kodeksining 635-moddasiga kora :Pudrat shartnomasida ishni bajarishning boshlang‘ich va oxirgi muddatlari ko‘rsatiladi. Taraflar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, shartnomada ishning ayrim bosqichlarini tugallash muddatlari (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin.
    Pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi ishni bajarishning boshlang‘ich va oxirgi, shuningdek oraliq muddatlarini buzganlik uchun javobgar bo‘ladi.
    Pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ishni bajarishning boshlang‘ich, oxirgi va oraliq muddatlari shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
    Ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ijro muddatini kechiktirish oqibatlari ishni bajarishning oxirgi muddatiga rioya etilmagan hollarda yuzaga keladi.
    Fuqarolik kodeksining 636-moddasiga kora :Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullari ko‘rsatiladi. Ular shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ishning bahosi ushbu Kodeks 356-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
    Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va unga to‘lanadigan haqni o‘z ichiga oladi.
    Ishning bahosi smeta tuzish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
    Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta bo‘yicha bajarilgan taqdirda, smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga ega bo‘ladi va pudrat shartnomasining bir qismi bo‘lib qoladi.
    Ishning bahosi (smeta) taxminiy yoki qat’iy bo‘lishi mumkin. Pudrat shartnomasida bunday ko‘rsatma bo‘lmasa, ishning bahosi (smeta) qat’iy hisoblanadi.
    Agar qo‘shimcha ishlarni bajarish zarur bo‘lib qolsa va shu sababli ishning taxminan belgilangan bahosini (taxminiy smetani) ancha oshirishga to‘g‘ri kelsa, pudratchi bu haqda buyurtmachini vaqtida ogohlantirishi shart. Buyurtmachi pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ishning bahosini (smetani) oshirishga rozi bo‘lmagan taqdirda, shartnomadan voz kechishga haqli. Bunday hollarda pudratchi buyurtmachidan ishning bajarilgan qismining bahosini to‘lashni talab qilishi mumkin.
    Buyurtmachini pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ishning bahosini (smetani) oshirish zarurligi to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirmagan pudratchi ish uchun shartnomada ko‘rsatilgan baho bo‘yicha haq olish huquqini saqlab qolgan holda shartnomani bajarishi shart.
    Pudratchi, qoida tariqasida, qat’iy baho (qat’iy smeta)ni oshirishni, buyurtmachi esa uni kamaytirishni talab qilishga, shu jumladan bajarilishi kerak bo‘lgan ishning to‘la hajmini yoki buning uchun zarur xarajatlarni pudrat shartnomasi tuzilayotgan paytda nazarda tutish imkoniyati bo‘lmagan hollarda ham, haqli emas.
    Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak bo‘lgan materiallar va uskunalar, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan unga ko‘rsatiladigan xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnoma tuzish vaqtida nazarda tutish mumkin bo‘lmagan hollarda ushbu Kodeksning 383-moddasiga binoan pudratchi belgilangan ish bahosini (smetani) oshirishni talab qilishga, buyurtmachi bu talabni bajarishdan bosh tortgan taqdirda esa, shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.



    248. Maishiy pudrat shartnomasi (tushunchasi va huquqiy belgilari)
    Fuqarolik kodeksining 656-moddasiga kora :Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha buyurtmachi-fuqaroning topshirig‘i bilan uning maishiy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ma’lum ishlarni bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va haqini to‘lash majburiyatini oladi.

    249. Qurilish pudrati shartnomasi (tushunchasi va huquqiy belgilari)
    Fuqarolik kodeksining 666-moddasiga kora :Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
    Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
    Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o‘z zimmasiga oladi.
    Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to‘languncha pudratchi hisoblanadi.



    250. Qurilish pudrati shartnomasi (tanlov savdolarini o’tkazish tartibi)
    agar qonun hujjatlarida qurilish pudrati shartnomasini tuzishning majburiy sharti sifatida tanlov (tender) savdolari o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday shartnoma shartlarini o‘zgartirish yuzasidan qo‘shimcha kelishuv tuzish uchun pudrat tashkilotini g‘olib deb topgan tanlov (tender) komissiyasining belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va rasmiylashtirilgan bayonnomasi asos bo‘ladi.
    Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tanlov (tender) savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlarini taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Tanlov (tender) savdolari natijalari yuzasidan tuzilgan shartnomaga taraflarning kelishuviga asosan kiritilgan o‘zgartirishlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

    251. Qurilish pudrati shartnomasida qurilish obyektini sug’urtalash deganda nimani tushunasiz?
    Fuqarolik kodeksining 669-moddasiga kora :Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qo‘ygan bo‘lmasalar, shartnomada nazarda tutilgan obyektni yoki ishlar majmuini pudratchi o‘z hisobidan sug‘urtalashi shart.
    Sug‘urtalash majburiyati yuklatilgan taraf qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan tartibda ikkinchi tarafga shartnoma shartlariga muvofiq sug‘urta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi dalillarni, shu jumladan sug‘urta qiluvchi, sug‘urta summasi miqdori va sug‘urtalangan tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak.
    Sug‘urtalash tegishli tarafni sug‘urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish majburiyatidan ozod qilmaydi.

    252. Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlariga o’zgartishlar kiritish qanday amalga oshiriladi?
    . 671-modda. Loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish
    Agar texnik hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish tufayli bajarilishi kerak bo‘ladigan qo‘shimcha ishlar qiymati jihatidan smetada ko‘rsatilgan qurilish umumiy qiymatining o‘n foizidan oshib ketmasa va qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan ishlarning xususiyatini o‘zgartirmasa, buyurtmachi texnik hujjatlarga o‘zgartishlar kiritishga haqli.
    Texnik hujjatlarga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilganiga nisbatan kattaroq hajmda o‘zgartishlar kiritish taraflar kelishgan qo‘shimcha smeta asosida amalga oshiriladi.Agar ishning qiymati pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra smetadan kamida o‘n foiz oshgan bo‘lsa, pudratchi ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq smetani qayta ko‘rib chiqishni talab qilishga haqli.Pudratchi loyiha-smeta hujjatlaridagi kamchiliklarni aniqlash va yo‘qotish bilan bog‘liq oqilona xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli.



    Qurilish pudrat shartnomasida bajarilgan ishga haq to’lash qanday amalga oshiriladi?
    253. 673-modda. Ishga haq to‘lash
    Buyurtmachi pudratchining bajargan ishi uchun smetada nazarda tutilgan miqdorda, qonun yoki qurilish pudrati shartnomasida belgilangan muddatda va tartibda haq to‘laydi. Qonun yoki shartnomada tegishli ko‘rsatmalar bo‘lmasa, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun ushbu Kodeksning 638-moddasiga muvofiq haq to‘lanadi.Qurilish pudrati shartnomasida ishlarga obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilinganidan so‘ng bir yo‘la va to‘liq hajmda haq to‘lash nazarda tutilishi mumkin.



    Qurilish pudrati shartnomasi (loyiha-smeta hujjatlari)
    254. 670-modda. Loyiha-smeta hujjatlari
    Pudratchi qurilish va u bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni ishning hajmi, mazmuni va ularga qo‘yiladigan boshqa talablarni belgilaydigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart.Qurilish pudrati shartnomasida boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, pudratchi loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan hamma ishlarni bajarishi shart, deb taxmin qilinadi.Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi va mazmuni aniqlangan, shuningdek qaysi taraf va qancha muddatda tegishli hujjatlarni taqdim qilishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.Pudratchi qurilish davomida loyiha-smeta hujjatlarida hisobga olinmagan ishlarni va shu munosabat bilan qo‘shimcha ishlarni bajarish va qurilishning smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlasa, bu to‘g‘rida buyurtmachiga xabar berishi shart.Pudratchi buyurtmachidan o‘n kun ichida o‘z xabariga javob olmagan taqdirda, agar qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida buning uchun boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, tegishli ishlarni to‘xtatib, bekor turib qolish natijasida ko‘rilgan zararni buyurtmachining zimmasiga yuklashi shart. Agar buyurtmachi qo‘shimcha ish bajarish zarurati yo‘qligini isbotlasa, bu zararni qoplashdan ozod etiladi.



    Qurilish pudrati shartnomasida buyurtmachining majburiyatlari nimalarda iborat?
    255. 675-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi buyurtmachining qo‘shimcha majburiyatlariBuyurtmachi qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bino va inshootlarni foydalanishga berishi, uning manziliga yuklarning tashib berilishini, vaqtinchalik elektr ta’minoti tarmoqlari, suv va bug‘ quvurlari o‘tkazilishini ta’minlashi va boshqa xizmatlar ko‘rsatishi shart.



    Qurilish pudrati shartnomasida ishlarni topshirish va qabul qilib olish qanday amalga oshiriladi?
    256. 680-modda. Ishlarni topshirish va qabul qilib olish
    Pudratchidan qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishlar natijasi yoki, agar shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ishlarning bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi to‘g‘risida xabar olgan buyurtmachi darhol uni qabul qilib olishga kirishishi shart. Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishni o‘z hisobidan tashkil etadi va amalga oshiradi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ishlarni qabul qilib olishda davlat organlarining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari ishtirok etishi lozim. Ishlarning alohida bosqichlarini oldindan qabul qilib olgan buyurtmachi ularning pudratchi aybdor bo‘lmagan holda nobud bo‘lish yoki shikastlanish xavfini, shu jumladan qurilish pudrati shartnomasida ishning pudratchi tomonidan tavakkal qilib bajarilishi nazarda tutilgan hollarda ham, o‘z zimmasiga oladi.Ishlar natijasining pudratchi tomonidan topshirilishi va buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinishi ikkala taraf imzolagan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Taraflardan biri dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu to‘g‘rida ushbu dalolatnomaga yozib qo‘yiladi va dalolatnomani ikkinchi taraf imzolaydi.


    Loyiha-qidiruv ishlarini bajarishning asosiy vazifasi nimadan iborat?
    257. 686-modda. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi
    Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo‘yicha pudratchi (loyihalovchi, qidiruvchi) buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha belgilangan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa uni qabul qilib olish va haq to‘lash majburiyatini oladi.Agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, loyiha va qidiruv ishlari shartnomasini tasodifan bajarish mumkin bo‘lmasligi xavfi buyurtmachining zimmasiga tushadi. Loyiha va qidiruv ishlari uchun boshlang‘ich ma’lumotlarLoyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo‘yicha buyurtmachi pudratchiga loyihalash haqida topshiriq, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur bo‘lgan boshqa boshlang‘ich ma’lumotlarni berishi shart. Loyihalash haqidagi vazifani buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha pudratchi tayyorlashi mumkin. Bu holda vazifa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi.Pudratchi loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun topshiriqdagi va boshqa boshlang‘ich ma’lumotlardagi talablarga rioya qilishi shart va buyurtmachining roziligi bilangina ulardan chetga chiqishga haqli.



    Tashish shartnomasiga ta’rif bering?
    258. 711-modda. Yuk tashish shartnomasi Yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk jo‘natuvchiga topshirish yo‘li bilan tasdiqlanadi.



    Yuk tashish shartnomasining huquqiy belgilari nimalardan iborat?
    259.

    Umumiy foydalanishdagi transportda tashish deganda nimani tushunasiz?
    260. Tijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan tashish, agar qonunchilikdan yoki ushbu tashkilotga berilgan ruxsatnomadan (litsenziyadan) uning har qanday fuqaro yoki yuridik shaxs murojaatiga muvofiq yo‘lovchi, bagaj va (yoki) yuk tashishi shartligi anglashilsa, umumiy foydalanishdagi transportda tashish deb e’tirof etiladi.

    Charter (fraxtlash) shartnomasiga ta’rif bering?
    261. 712-modda. Charter (fraxtlash) shartnomasi
    Charter (fraxtlash) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (fraxtchi) ikkinchi tarafga (fraxtlovchiga) haq evaziga bir yoki bir necha transport vositasi sig‘imining hammasini yoki bir qismini yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish uchun bir marta yoki bir necha marta qatnashga berish majburiyatini oladi.Charter (fraxtlash) shartnomasini tuzish tartibi, uning shakli va turlari transport ustavlari va kodekslarida belgilab qo‘yiladi.



    Charterdan foydalanishning afzalliklari haqida to’xtalib o’ting?
    262.

    Kredit shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari.
    263. 744-modda. Kredit shartnomasi Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. Qonunchilikka muvofiq kredit tashkilotlari bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda kredit shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo‘llanadi. Kredit shartnomasi bu — qarzning alohida, mustaqil ko'rinishlaridan biridir. Kredit shartnomasida qarz beruvchi sifatida faqat bank yoki O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasiga ega bo'lgan boshqa kredit tashkiloti qatnashishi mumkin. Kredit shartnomasi ikkala tarafga ham majburiyat yuklaydi. Har bir taraf ikkinchi taraf foydasiga majburiyat oladi, masalan, kreditor qarzdorga pul summasini berishga majbur va kelishilgan muddat o'tganda, berilgan pulni va ustama foizlarni talab qilish huquqiga ega, qarz oluvchi esa pul berilishini talab qilishga haqli va uni kelishilgan muddatda ustamasi bilan qaytarishga majbur. Qarz shartnomasidan farqli ravishda, kredit shartnomasi bilan olingan pullar har doim haq evaziga tuzilishi shart: qarzga olingan pul mablag'laridan foydalanganligi uchun qarzdor ma'lum summa asosida hisoblangan foizlarni to'lashga majbur.

    Kredit shartnomasining shakli va rasmiylashtirish tartibi.
    264. 745-modda. Kredit shartnomasining shakliKredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart.Yozma shaklga rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. kredit tashkilotining qarz oluvchiga kredit summasini berish (hisobvaraqqa o'tkazish) bo'yicha real shartnomaviy majburiyatlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab, qarz oluvchining foizlarni to'lash, kreditni qaytarish bo'yicha shartnomaviy majburiyatlari esa, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, kredit summasi real olingan paytdan boshlab vujudga keladi.



    Kredit shartnomasi taraflari, ularning huquq va majburiyatlari.
    265.

    Kredit shartnomasining bekor bo’lish asoslari.
    266.

    Ashyolarni kreditga berish shartnomasi deganda nimani tushunasiz?
    267. 747-modda. Ashyolarni kreditga berish shartnomasi
    Taraflar bir tarafning kredit shartnomasi shartlari asosida turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolarni ikkinchi tarafga berish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomani tuzishlari mumkin.Ashyolarni kreditga berish to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomaning berilayotgan ashyolarning miqdori, assortimenti, to‘liqligi, sifati, idishi va (yoki) o‘ralishi haqidagi shartlari tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq bajarilishi shart.



    Tijorat kreditiga ta’rif bering?
    268. 748-modda. Tijorat krediti Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonunchilikda boshqa hol belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, kredit berish, shu jumladan bo‘nak, oldindan haq to‘lash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga haq to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin.Tegishli majburiyat bayon qilingan shartnoma to‘g‘risidagi qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va u mazkur majburiyatning mohiyatiga zid kelmasa, tijorat kreditiga nisbatan tegishli suratda ushbu bobning qoidalari qo‘llanadi.



    Kredit shakllariga huquqiy baho bering?
    269.

    Qarz shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilarini sanab o’ting? 732-modda. Qarz shartnomasi
    Qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.



    Qarz shartnomasining shakli va rasmiylashtirish tartibini tushuntiring?
    272. 733-modda. Qarz shartnomasining shakli Fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.Qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan bo‘lsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.



    Qarz shartnomasining turlarini ko’rsatib o’ting?
    272. QARZ shartnomasining turlari veksel, aniq maqsadli qarz, obligatsiya 740-modda. Veksel Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan bo‘lib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining (o‘tkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini to‘lash haqidagi hech qanday shart bilan bog‘lanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel bo‘yicha munosabatlari qonunchilik bilan tartibga solinadi. 739-modda. Aniq maqsadli qarz Agar qarz shartnomasi qarz oluvchining mablag‘lardan aniq maqsadda (aniq maqsadli qarz) foydalanishi sharti bilan tuzilgan bo‘lsa, qarz oluvchi qarz beruvchiga qarz summasidan aniq maqsadda foydalanilishini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlab berishi shart. Obligatsiya qimmatli qog‘oz bo‘lib, uni saqlovchining obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini olish huquqini tasdiqlaydi. Obligatsiya uni saqlovchiga obligatsiyaning nominal qiymatidan obligatsiyada qayd etilgan miqdorda foizlar olish huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni ham beradi.



    Qarz shartnomasining shakliga rioya qilmaslik qanday oqiabatlarni keltirib chiqaradi?
    273. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar.Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi



    Qarzni yangilab, qarz majburiyatiga aylantirish deganda nimani tushunasiz?
    274. 735-modda. Qarz oluvchining qarz summasini qaytarish majburiyati
    Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart.Agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan bo‘lmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qo‘ygan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida qaytarishi kerak.Foizsiz qarz summasi qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin qaytarilishi mumkin.Foiz evaziga berilgan qarz summasi, agar qarz shartnomasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa yoki qarz beruvchining roziligi bilan, muddatidan oldin qaytarilishi mumkin.



    Aniq maqsadli qarz qanday hollarda vujudga keladi?
    275. 739-modda. Aniq maqsadli qarz
    Agar qarz shartnomasi qarz oluvchining mablag‘lardan aniq maqsadda (aniq maqsadli qarz) foydalanishi sharti bilan tuzilgan bo‘lsa, qarz oluvchi qarz beruvchiga qarz summasidan aniq maqsadda foydalanilishini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlab berishi shartQarz oluvchi qarz shartnomasining qarz summasidan aniq maqsadda foydalanish haqidagi shartlarini bajarmagan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni to‘lashni talab qilishga haqli.



    Qarz munosabatlarining vujudga kelishida qimmatli qog’ozlarning o’rni?
    276.

    Topshiriq shartnomasi bo’yicha vakilning majburiyatlari nimadan iborat?
    277. 820-modda. Vakilning majburiyatlari
    Vakil quyidagilarni bajarishi:o‘ziga berilgan topshiriqni ushbu Kodeksning 822-moddasida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, shaxsan o‘zi bajarishi;topshiriq beruvchining talabiga muvofiq unga topshiriq qanday bajarilayotganligi haqida ma’lumot berib turishi;topshiriqni bajarish uchun tuzilgan bitimlar bo‘yicha olingan hamma narsani kechiktirmasdan topshiriq beruvchiga topshirishi;topshiriq bajarib bo‘linganidan keyin amal qilish muddati tamom bo‘lmagan ishonchnomani kechiktirmasdan topshiriq beruvchiga qaytarib berishi va, agar shartnoma shartlariga yoki topshiriqning xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lsa, hisobot taqdim etib, unga isbotlovchi hujjatlarni ilova qilishi shart.



    Topshiriq shartnomasining bekor bo’lish tartibini tushuntiring?
    278. 823-modda. Topshiriq shartnomasining bekor bo‘lishiTopshiriq shartnomasi:
    topshiriq beruvchi topshiriqni bekor qilishi;vakil topshiriqdan bosh tortishi;topshiriq beruvchining yoki vakilning vafot etishi, ulardan birining muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilishi natijasida to‘xtatiladi.Topshiriq beruvchi istagan vaqtda topshiriqni bekor qilishga, vakil esa topshiriqdan bosh tortishga haqli. Bu huquqdan voz kechish haqidagi kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.Agar vakil topshiriq shartnomasining bekor qilingani haqida bilmagan va bilishi lozim bo‘lmagan bo‘lsa, uning topshiriq beruvchining ko‘rsatmasiga muvofiq qonuniy ravishda qilgan harakatlari topshiriq beruvchi (uning qonuniy vorisi) zimmasiga uchinchi shaxslar va vakilga nisbatan majburiyat yuklaydi.Tadbirkor sifatida ish olib borayotgan vakil bilan topshiriq shartnomasidan bosh tortayotgan taraf shartnomani bekor qilish to‘g‘risida ikkinchi tarafni, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, kamida o‘ttiz kun oldin xabardor qilishi shart. Tijorat vakili bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi o‘z topshirig‘ini ana shunday oldindan xabar bermay turib bekor qilishga haqli.



    Topshiriq shartnomasi bo’yicha haq to’lash qanday amalga oshiriladi?
    279. FK 818-modda. Topshiriq shartnomasi bo‘yicha haq to‘lash Agar qonunchilikda yoki topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga haq to‘lashi shart.Agar topshiriq shartnomasi ikkala taraf yoki ulardan birining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lsa, topshiriq beruvchi, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishonchli vakilga haq to‘lashi shart.Haq to‘lash nazarda tutilgan topshiriq shartnomasida to‘lanadigan haqning miqdori va uni to‘lash haqidagi shartlar bo‘lmasa, haq ushbu Kodeks 356-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq shunga o‘xshash xizmatlar uchun odatda qabul qilingan narxlar bo‘yicha belgilanadi va topshiriq bajarilganidan keyin to‘lanadi.
    Vakil talab qilingan hamma harakatlarni tegishli darajada amalga oshirgan, biroq topshiriq u aybdor bo‘lmagan holda bajarilmay qolgan taqdirda ham haq to‘lanishi kerak.



    Vositachilik shartnomasini nima maqsadda tuziladi?
    280. Vositachilik shartnomasi bo‘yicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart. Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati ko‘rsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini ko‘zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo‘lgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar qo‘yilgan yoki qo‘yilmagan holda tuzilishi mumkin.

    Vositachilik shartnomasining huquqiy belgilariga baho bering?
    281

    Vositachilik shartnomasi konsensual shartnomalar guruhiga kiritilgan. Siz buni qanday tushunasiz?
    282.

    Vositachilik shartnomasi qanday shaklda tuziladi?
    283. Vositachilik shartnomasi bo‘yicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart.

    Kompleks tadbirkorlik lisenziyasi shartnomasi tuzishdan maqsad nima?
    284. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (kompleks litsenziar) ikkinchi tarafga (kompleks litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish majburiyatini oladi.Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi litsenziya kompleksidan, litsenziarning ish sohasidagi obro‘sidan va tijorat sohasidagi tajribasidan muayyan hajmda (xususan, minimal va yoki maksimal hajmda foydalanishni belgilab qo‘ygan holda) muayyan faoliyat sohasiga (litsenziardan olingan yoki litsenziat ishlab chiqargan tovarlarni sotish, xizmatlarni ko‘rsatish, ishlar bajarish, savdo faoliyatini amalga oshirish va hokazo) qo‘llagan holda, foydalanish hududini ko‘rsatib yoki ko‘rsatmasdan foydalanishni nazarda tutadi.



    Kompleks tadbirkorlik lisenziyasi shartnomasi asosida faoliyat yuritishga qanday amaliy misollar mavjud?
    285

    Kompleks tadbirkorlik lisenziyasi shartnomasi taraflarning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?
    286.

    Kompleks tadbirkorlik lisenziyasi shartnomasini cheklaydigan va shartnomaga kiritilishi taqiqlangan shartlar deganda nimani tushunasiz?
    287. 868-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlariKompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida cheklaydigan (eksklyuziv) shartlar, xususan:litsenziarning litsenziatga biriktirib qo‘yilgan hududda foydalanish uchun boshqa xuddi shunday kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini bermaslik yoki ushbu hududda bevosita mustaqil faoliyat olib bormaslik majburiyati;litsenziatning kompleks tadbirkorlik litsenziyasidan foydalaniladigan hududda litsenziar bilan raqobatlashmaslik majburiyati;litsenziatning litsenziarning raqobatchilaridan (bo‘lajak raqobatchilaridan) boshqa kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini olishdan voz kechishi;litsenziatning shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan alohida huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan tijorat binolari joylashtiriladigan erni, shuningdek ularning tashqi va ichki bezaklarini litsenziar bilan kelishish majburiyati nazarda tutilishi mumkin.



    Omonat saqlash shartnomasining huquqiy belgilarini ko’rsatib bering?
    288. 875-modda. Omonat saqlash shartnomasi
    Omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha bir taraf (omonat saqlovchi) unga ikkinchi taraf (yuk topshiruvchi) bergan ashyoni saqlash va bu ashyoni to‘la holida qaytarish majburiyatini oladi.Omonat saqlashni o‘z kasb faoliyatining maqsadlaridan biri sifatida amalga oshiradigan tashkilot (professional omonat saqlovchi) omonat saqlash shartnomasida saqlovchining yuk topshiruvchidan ashyoni shartnomada nazarda tutilgan muddatda saqlashga qabul qilish majburiyati ko‘zda tutilishi mumkin.



    Omonat saqlash shartnomasining bank omonati shartnomasidan qanday farqi bor?
    289

    Omonat saqlash shartnomasi qanday shaklda rasmiylashtiriladi?
    290. 877-modda. Omonat saqlash shartnomasining shakli Omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak bo‘lgan hollarda (ushbu Kodeksning 108-moddasi) agar ashyoning saqlashga qabul qilinganligi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasini, omonat saqlovchi imzolagan boshqa hujjatni berish yo‘li bilan tasdiqlangan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
    Agar ashyo saqlash uchun favqulodda holatlarda (yong‘in, tabiiy ofat, to‘satdan kasal bo‘lish, hujum xavfi va boshqalar) topshirilgan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilish talab etilmaydi. Omonat saqlash shartnomasi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga, agar bunga qonunchilikda yo‘l qo‘yilsa yoki u saqlashning ushbu turi uchun odatdagi hol bo‘lsa, ashyolar saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlaydigan nomerli jeton (nomer) yoki boshqa belgi berish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.



    Agar omonatga yuk topshirgan shaxs uni qaytarib olmasa qanday oqibatlar kelib chiqadi?
    292.

    Qanday hollarda ashyo yo’qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi javobgarlikdan ozod bo’ladi?
    292. 889-modda. Ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchining javobgarligi
    Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra javobgar bo‘ladi.Professional omonat saqlovchi ashyoning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi:yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida;ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chog‘ida omonat saqlovchi bilmagan va bilishi shart bo‘lmagan yashirin xossalari tufayli;saqlanayotgan ashyoning yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qo‘pol ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa javobgar bo‘ladi.Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga ko‘ra ashyoni qaytarib olishi shart bo‘lgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qo‘pol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi.



    Ashyolarni egasizlantirib saqlash deganda nimani tushunasiz? Misollar orqali tushuntiring?
    293.

    Qanday hollarda omonat saqlovchi ashyoni saqlashni uchinchi shaxsga topshirishi mumkin?
    294. 884-modda. Ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga topshirish
    Agar qonunchilikda yoki omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining roziligisiz ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli emas, basharti buni yuk topshiruvchining manfaatlari zarur qilib qo‘ygan va omonat saqlovchi uning roziligini olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bo‘lmasa. Omonat saqlovchi ashyoni uchinchi shaxsga topshirganligi haqida yuk topshiruvchini kechiktirmay xabardor qilishi shart.

    Omonat saqlashda ta’minlash usullarining qaysi biri qo’llaniladi?
    295.

    Omonat saqlaganlik uchun to’lanadigan haq to’lash qanday tartibda amalga oshiriladi?
    296. 885-modda. Omonat saqlaganlik uchun to‘lanadigan haq Omonat saqlaganlik uchun haq saqlovchiga saqlash tamom bo‘lganidan keyin, bordi-yu, saqlash uchun davrlar bo‘yicha haq to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa — har bir davr tamom bo‘lganidan keyin to‘lanishi shartAgar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo‘lmagan vaziyatlar tufayli shartlashilgan muddatidan oldin to‘xtatilsa, omonat saqlovchi haqning mutanosib qismini, ushbu Kodeks 883-moddasining birinchiikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, haqning hammasini olish huquqiga ega bo‘ladi.Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar bo‘ladigan vaziyatlar tufayli muddatidan oldin to‘xtatilsa, u saqlaganlik uchun haq talab qilish huquqiga ega bo‘lmaydi, bu haq ustidan olgan summalarni esa yuk topshiruvchiga qaytarishi shart.Agar shartnomada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin saqlab turilgan ashyo yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinmagan bo‘lsa, u ashyoni bundan keyin saqlagani uchun omonat saqlovchiga tegishli miqdorda haq to‘lashi shart.Ushbu moddaning qoidalari omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa qo‘llaniladi.



    Omonat saqlash shartnomasining qanday turlari mavjud
    297. 894-modda. Lombardda omonat saqlash,896-modda. Boyliklarni bankda saqlash. 897-modda Ashyolarni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash. 898-modda Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash. 899-modda Ashyoni mehmonxonada saqlash 900-modda. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)

    Nizoli ashyolarni saqlash deganda nimani tushunasiz?
    298. 900-modda. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)
    Sekvestr to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ashyoga egalik qilish xususida oralarida nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli ashyoni uchinchi shaxsga beradilar. Uchinchi shaxs nizo hal bo‘lgach, ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan hamma shaxslarning kelishuviga muvofiq kimga tegishli bo‘lsa, o‘sha shaxsga qaytarib berish majburiyatini oladi (shartnoma sekvestri).Nizoli ashyo sudning qaroriga ko‘ra sekvestr tartibida saqlash uchun topshirilishi mumkin (sud sekvestri). Sud tomonidan tayinlangan shaxs ham, shuningdek bahslashayotgan taraflarning o‘zaro kelishuviga muvofiq belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri bo‘yicha omonat saqlovchi bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi.



    Lombardda ashyolarni saqlash qanday tartibda amalga oshiriladi?
    299. 894-modda. Lombardda omonat saqlash
    Lombardda omonat saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char ashyolar qabul qilinishi mumkinAshyoni lombardda omonat saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) uning nomi yozilgan saqlov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.Lombardga saqlash uchun topshiriladigan ashyo taraflarning kelishuvi bilan saqlash uchun qabul qilish paytida va joyida odatda savdoda shu turdagi va sifatdagi ashyoga belgilanadigan narxlarga muvofiq baholanishi kerak.Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq chiqarilgan narxning to‘liq summasida o‘z hisobidan yuk topshiruvchi foydasiga sug‘urtalashi shart.



    Lombard deganda nimani tushunasiz?
    300.

    Boyliklarni bankda saqlash deganda nimani tushunasiz va u bank omonati shartnomasidan qanday farqlanadi?
    301. 896-modda. Boyliklarni bankda saqlash
    Bank qimmatli qog‘ozlarni, qimmatbaho metallar va toshlarni, boshqa boyliklarni, shuningdek hujjatlarni saqlash uchun qabul qilishi mumkin.Bankda boyliklarni saqlash shartnomasi bank tomonidan boylik topshiruvchiga nomi yozilgan saqlov hujjatini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Bu hujjatni taqdim etish bank tomonidan saqlanayotgan boyliklarni boylik topshiruvchiga berish uchun asos bo‘ladi.Qimmatli qog‘ozlarni saqlash (depozit) shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bank ularning to‘liq saqlanishini ta’minlashdan tashqari, ushbu qog‘ozlarga nisbatan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni ham (vakillik va hokazo) amalga oshiradi.Boyliklarni yakka tartibdagi po‘lat sandiqdan (po‘lat sandiq bo‘linmasidan, saqlash uchun mo‘ljallangan alohida binodan) foydalangan holda saqlash shartnomasi bank tomonidan boyliklarni saqlash uchun qabul qilish harakatlarini amalga oshirish va boylik topshiruvchiga po‘lat sandiq kalitini, boylik topshiruvchini ko‘rsatadigan varaqcha, ko‘rsatuvchining po‘lat sandiqni ochish va undan boyliklarni olish huquqini tasdiqlaydigan boshqa belgi yoki hujjat berish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.





    Tuzuvchi: G’ulomov A
    Kafedra mudiri: Qurbonov D
    Dekan: Mirzayev R
    Download 168.3 Kb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




    Download 168.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi

    Download 168.3 Kb.