1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]




Download 172.69 Kb.
bet4/6
Sana07.06.2023
Hajmi172.69 Kb.
#70519
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PQ-4312 08.05.2019
English, Bolgariya -- Britannica onlayn ensiklopediyasi, grafik-obyektlar-va-ularni-kompyuterda-tasvirlash-usullari, artemis II
T/r

Tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Maktabgacha ta’lim muassasalari holatini va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash.

1. 2019-yilda maktabgacha ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturni amalga oshirish choralarini ko‘rish.
2. Amaldagi maktabgacha ta’lim muassasalari obyektlari holatini o‘rganish va ularni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilga mo‘ljallagan Investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2019-yil davomida

2019-yil


1-oktabrgacha

MTV (A. Shin),
Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzakov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlamayotgan binolarini, ular negizida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida xatlovdan o‘tkazish.

1. Bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlamayotgan binolarini xatlovdan o‘tkazish uchun ishchi guruhlarini tashkil qilish, ularning holatini va ularni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun zarur mablag‘lar hajmini aniqlash.
2. Bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlamayotgan binolarining ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish.

2019-yil
1-iyungacha

2019-yil


1-sentabrgacha

MTV (A. Shin),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini ochishdan manfaatdor shaxslarga huquqiy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
2. Xususiy tadbirkorlik subyektlarini ularga zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni olishga ko‘maklashish hamda uslubiy va amaliy yordam berish yo‘li bilan maktabgacha ta’lim tizimiga keng jalb qilish.
3. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

2019-yil davomida

MTV (A. Shin),
DXSh ni rivojlantirish agentligi (G‘. Xoljigitov),
SSP
(A. Ikramov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Avval faoliyat yuritgan maktabgacha ta’lim muassasalari binolarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi yurituviga berish choralarini ko‘rish.

1. Davlat organlari va idoralari tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan, avval faoliyat yuritgan maktabgacha ta’lim muassasalari binolarini, shuningdek, ilgari davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun ajratilgan bo‘sh yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish.
2. Avval faoliyat yuritgan maktabgacha ta’lim muass�salari binolarini, shuningdek, bo‘sh yer uchastkalarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi yurituviga berish bo‘yicha takliflar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil
1-iyulgacha

2019-yil
1-avgustgacha



MTV (A. Shin),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Haydarov),
manfaatdor vazirliklar
va idoralar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi monitoringini o‘tkazish.
2. Monitoring natijalarini umumlashtirish hamda ular asosida davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni yanada samar�li amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
3. Maktabgacha ta’lim sohasiga davlat-xususiy sheriklikning yangi modellarini amaliyotda joriy etish.

2019-yil
1-oktabrgacha
2019-yil
1-noyabrgacha
2019-yil davomida

MTV (A. Shin),
DXSh ni rivojlantirish agentligi (G‘. Xoljigitov),
SSP

Download 172.69 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 172.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

Download 172.69 Kb.