|
Radiaktiv nurlanishlardan ximoyalanish
|
bet | 4/5 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 401,42 Kb. | | #99691 |
Bog'liq 9-MAVZU. ISHLAB CHIQARISHDA ZARARLI NURLANISHLAR ULARNING HUSUSIYATLARI VA INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI.4. Radiaktiv nurlanishlardan ximoyalanish
Radioaktiv moddalar bilan ishlayotgan ishchilarni nurlanishdan muhofaza qilishning turli xil usullaridan foydalaniladi. Bunda nurlanish tashqi va ichki bo‘lishini hisobga olinishi kerak. Tashqi nurlanishlardan saqlanishda asosan nurlanish vaqtini belgilash nurlanayotgan modda bilan ishchi orasidagi masofani saqlash va ekranlar yordamida to‘siq vositalaridan foydalaniladi. Ishchining radioaktiv nurlanish zonasida bo‘lish vaqti, uning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan dozaga nurlanish vaqtidan oshirmasligi kerak.
Nurlanish intensivligi nurlanayotgan modda bilan ishchi orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional ekanligini hisobga olganda, ma’lum masofada turib ishlaganda ekranlardan foydalanmasa ham bo‘ladi.
Muhofaza ekranlari konstruksiyalari har xil bo‘lib ularning bir joyga o‘rnatilgan, harakatlantiradigan, qismlarga bo‘linadigan va stol ustida ishlatiladigan turlari bo‘ladi. Muhofaza ekranlari har xil moddalarning nurlanish zarralarini o‘tkazmaslik xususiyatiga asoslangan. Ekran qalinligini uning muhofaza qilishi zarur bo‘lgan nurlanuvchi modda intensivligini hisobga olgan holda ma’lumotnomalarda keltirilgan jadval va nomogrammalar asosida qabul qilinadi.
Alfa nurlanishlardan saqlanishda ekran qarshiligini hisoblashning extiyoji yo‘q. Chunki bu nurlanishlar harakat-doirasi eng kuchli radioaktiv moddalardan ham 55 mm dan oshmaydi. Alfa nurlanishlarni oyna, pleksiglaz, folganing eng yupqa xili ham ushlab qolish imkoniyatiga ega.
Beta nurlanishlardan muhofaza qilishda beta nurlarining harakat masofalarini hisobga olgan holda ekran moddasi va qalinligi tanlanadi.
Gamma nurlanishlarda muhofaza qilishdagi og‘ir metallardan foydalanish kerak. Masalan, qo‘rg‘oshin, volfram va boshqalar yaxshi natija beradi.
O‘zlarining muhofazalanish xususiyatlariga ko‘ra o‘rtacha og‘irlikdagi metallar ekran sifatida yaxshi natija beradi (po‘lat, cho‘yan, mis birikmalari va boshqalar).
Ekranlar yordamida ish joylaridagi nurlanishning hohlagan miqdorda kamaytirish imkoniyatlari bor.
Rentgen qurilmalarini ishlatganda ikki xil nurlanish hosil bo‘ladi. Bular - to‘g‘ri tushayotgan nurlar va har xil yuzalarga tushib qaytgan nurlardir. Ish bajarilayotgan vaqtda bu nurlarning ikkalasidan ham muhofazalanish chora-tadbirlarini belgilash kerak.
|
| |