III. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitish sifatini oshirish




Download 345,41 Kb.
bet8/15
Sana01.10.2024
Hajmi345,41 Kb.
#273051
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
PQ-4851 06.10.2020

III. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitish sifatini oshirish

22.

Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi fanlar o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish.

1. Respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibidan ishchi guruh shakllantirish.

2021-yil
yanvar



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi fanlar o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini xorijiy universitetlar tajribasi asosida tahlil qilib, takomillashtirish.

2021-yil
yanvar — iyul

23.

Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi ta’lim dasturlarida fanlar bo‘yicha o‘quv laboratoriya ishlarini takomillashtirish.

1. Oliy ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish uchun laboratoriya jihozlari bo‘yicha yangi talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil
yanvar



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

2. Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi ta’lim yo‘nalishlari dasturlarida fanlar bo‘yicha o‘quv laboratoriya ishlarini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil
mart

3. O‘quv laboratoriya ishlarini muqobil imkoniyat sifatida tarmoq ishlab chiqarish laboratoriyalariga moslashtirish va 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab o‘quv jarayoniga joriy etish.

2021-yil
sentyabr

24.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ilg‘or xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish.

2021-yil
fevral



Axborot texnologiyalari vazirligi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2. O‘rganishlar natijasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish va faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif kiritish.

2021-yil aprel

25.

Respublika axborot kutubxona markazi bazasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Raqamli kutubxona”sini (Digital Library) tashkil etish.

1. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Raqamli kutubxona”sini (Digital Library) tashkil etishni nazarda tutuvchi tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil
yanvar

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, Universitetning o‘z mablag‘lari

Axborot texnologiyalari vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil
mart

26.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish.

Ta’lim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 21ta zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarni tashkil etish.

2021-2022-yy.

Universitetning o‘z mablag‘lari, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

27.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingiga (Quacquarelli Symonds World University Rankings va Times Nigher Education) kiritish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

Xalqaro e’tirof etilgan reyting tashkilotining (Quacquarelli Symonds World University Rankings va Times Nigher Education) ro‘yxatiga kirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil
yanvar



Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

28.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda stajirovkalar o‘tash tizimini yo‘lga qo‘yish orqali Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchilarining zamonaviy IT-ko‘nikmalari bo‘yicha bilim darajasini oshirish.

1. Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risida Nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil
mart

Universitetning o‘z mablag‘lari, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Axborot texnologiyalari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va xodiml�rning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil
mart

29.

Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari infratuzilmasini kengay-tirish.

1. O‘quv jarayoni uchun raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalar ulushini oshirish.

2021-2022-yy.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, Universitetning o‘z mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Axborot texnologiyalari vazirligi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2. O‘quv jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan (onlayn, masofaviy va aralash (blended) foydalangan holda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari qa�ul kvotasini 35 foizga oshirish.
3. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarining foydalanil-mayotgan binolarini rekonstruksiya qilish orqali ta’lim maydonini
30 foizga oshirish.

2022-2023-yy.

30.

Tarmoqlar va mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari va talablariga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish.

1. Ilg‘or xorijiy universitetlar tajribalarini o‘rganish asosida yaratiladigan yangi o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish.

2022-yil
mart



Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2. Data science, Electrical engineering, Sun’iy intellekt, Kosmik aloqa tizimlari, Kiberxavfsizlik bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
3. Ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarini kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish.
4. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot institutlari va kompaniyalar bilan istiqboldagi yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘qitiladigan fanlarning ta’lim kontentini shakllantirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

31.

Toshkent shahridagi Inxa universitetini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish.

1. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tish uchun talab etiladigan hujjatlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda taqdim etish.

2020-yil
dekabr

Universitetning o‘z mablag‘lari

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti

2. Tashqi audit o‘tkazish va ta’lim talabalar bilimini baholash.

2021-yil
yanvar

3. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tganlik to‘g‘risida tegishli sertifikatni olish.

2021-yil
mart

32.

Toshkent shahridagi Inxa universitetini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazish.

1. Xalqaro e’tirof etilgan akkreditatsiyalash tashkilotlari bilan shartnoma imzolash.

2022-yil
may

Universitetning o‘z mablag‘lari

Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Akkreditatsiya bo‘yicha tegishli idoralar

2. Uni�ersitet faoliyatini xalqaro akkreditatsiyalash tashkiloti talablariga muvofiq takomillashtirish.

2022-yil
sentyabr

3. Universitetni o‘quv faoliyati bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va tegishli sertifikatni olish.

2022-yil
dekabr

33.

Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Raqamli texnologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda “Kompyuter va dasturiy injiniring” magistratura mutaxassisligini joriy etish.

1. Janubiy Koreyaning Inxa universiteti bilan birgalikda o‘quv dasturini ishlab chiqish.

2021-yil
may

Universitetning o‘z mablag‘lari

Axborot texnologiyalari vazirligi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti

2. O‘quv jarayonini tashkil qilish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

34.

Toshkent shahridagi Amiti universitetida doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ilmiy salohiyatni oshirish.

1. Hindiston tomoni bilan tegishli muzokaralar o‘tkazish.
2. Universitetda doktorantura dasturlarini joriy qilish bo‘yicha Hindiston tomoniga takliflar kiritish.

2021-yil
sentyabr



Axborot texnologiyalari vazirligi, Toshkent shahridagi Amiti universiteti

35.

Informatika va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida masofaviy o‘qitish shaklini joriy qilish.

1. Masofaviy o‘qitish shaklini joriy qilish bo‘yicha sharoitlar va talablarni ishlab chiqish.

2021-yil
mart

Universitetning o‘z mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti

2. Malaka hujjatlarini tan olish bo‘yicha tashkiliy hujjatlarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil
iyun

3. Masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

36.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1000 ta o‘quv o‘rinli yangi o‘quv binosini qurish.

1. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi o‘quv binosini qurish hamda loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolash.

2020-yil
noyabr

Universitetning o‘z mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi o‘quv binosini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil
fevral

3. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi binosini qurish.

2021-yil
dekabr

37.

Toshkent shahridagi Inxa universiteti o‘quv kampusini kengaytirish.

1. Yangi o‘quv kampusining joylashuv manzilini aniqlash.

2021-yil
noyabr

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, Universitetning o‘z mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Axborot texnologiyalari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti

2. Yangi o‘quv kampusini qurish uchun qo‘shimcha imtiyozli investitsiyalarni jalb qilish.

2022-yil
may

3. Qurilish uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqish.

2022-yil
avgus�

4. Qurilishni boshlash.

2022-yil
sentyabr

5. Kampusni jihozlash bo‘yicha shartnoma tuzish.

2023-yil
dekabr

38.

Toshkent shahridagi Inxa universiteti talabalari uchun yotoqxona barpo etish.

1. Binoning joylashuv manzilini aniqlash.

2020-yil
noyabr

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, Universitetning o‘z mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Axborot texnologiyalari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahridagi Inxa universiteti

2. Bosh pudratchi tashkilot bilan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolash.

2020-yil
dekabr

3. Binoni foydalanishga topshirish.

shartnomada belgilangan muddatda

39.

Toshkent shahridagi Amiti universitetida yangi qabul qilingan talabalarni joylashtirish uchun sharoitlarni yaratish.

1. Bosh pudratchi tashkilot bilan tegishli binolarda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolash.

2021-yil
iyun

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Toshkent shahridagi Amiti univ�rsiteti, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Universitet hududida joylashgan o‘quv korpuslari, talabalar yotoqxonasi va oshxonalarni kapital ta’mirlash.

2022-yil
avgust

3. Foydalanishga topshirish.

2022-yil
sentyabr

40.

Informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarini ixtisoslashtirilgan maktablarda axborot texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni olib borishga jalb qilish.

1. Axborot texnologiyalarining ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarning tashrifi jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalarining ommalashgan yo‘nalishlari bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish.

2021 — 2023-yy.

Xalq ta’limi vazirligining mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari

Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti

41.

Oliy o‘quv yurtlarida IT sohasida kadrlar tayyorlaydigan kafedra va fakultetlar o‘qituvchilarining malakasini oshirishni tashkil etish.

1. Raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil
dekabr

OTMlarning o‘z mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, tegishli vazirlik va idoralar

2. O‘qituvchilarni tayyorlash reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil
yanvar

3. Chet el va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda masofaviy kurslarni tashkil etish.

Reja-jadvalga asosan


Download 345,41 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 345,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitish sifatini oshirish

Download 345,41 Kb.