|
ISHSIZLIK DARAJASI KO’RSATKICHLARI
| bet | 5/18 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 92,9 Kb. | | #110071 |
Bog'liq 1. Ishsizlik tushunchasi va uning paydo bo\'lish sabablari. Ishsi-fayllar.org1.4 ISHSIZLIK DARAJASI KO’RSATKICHLARI
Ishsizlik darajasi ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri sifatida qaraladi. Hozirgi zamon fani tabiiy ishsizlik darajasi degan tushunchadan foydalanadi. Turli mualliflar ishsizlikning tabiiy darajasini turlicha hisoblaydilar. G’arb mamlakatlarida ishsizlikning tabiiy darajasi 4-6 % doirasida deb yuritiladi. Bizning iqtisodchilarimiz bu ko’rsatkichni 3-5 % deb hisoblaydilar.
Turli mamlakatlarda har bir muayyan davrda ishsizlik darajasi bir-biridan jiddiy farq qiladi, bu esa har bir mamlakat uchun qaror topgan «tabiiy» ishsizlik darajasiga, mamlakatdagi iqtisodiy davriylik fazasiga, shuningdek, davlat tomonidan ishlab chiqilgan ish bilan bandlik siyosatiga bog’liq bo’ladi.
Ishsizlikning tarqalishi va ishsizlar harakati. Ishsizlikning tarqalishi muayyan vaqt mobaynidagi ishsizlik maqomiga ega bo’lgan kishilarning umumiy sonini bildiradi. Mazkur davrning oxiriga kelib, uning ishsizlik maqomini saqlab qolgan-qolmaganligi bu yerda rol’ o’ynamaydi. U mazkur davrning boshida hisobda turgan va ishsiz deb topilganlarning umumiy miqdori sifatida aniqlanadi. Hozirgi statistika hisobi bo’yicha umuman ishsizlarning tarqalganli- gini, shuningdek, ayrim ijtimoiy-demografik guruhlar bo’yicha: ayollar, erkaklar, yoshlar, qishloqlar hamda shaharlarda yashovchi shaxslarni aniqlash imkonini beradi.
Ishsizlikning davomiyligi – ishsizlik maqomiga ega bo’lgan shaxslarning shu davr oxiriga kelib, ish qidirish muddati o’rtacha qancha davom etganligini ko’rsatuvchi hajmdir.
Ishsizlikni tahlil qilishda uning davomiylik ko’rsatkichi alohida ahamiyatga ega. Ishsizlikning o’rtacha davomiyligi va uzoq vaqt ishlamayotganlar ishsizlar orasidagi hissasi haqidagi ma’lumotlar nisbiy ishsizlik haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ayrim hollarda ishsizlarning asosiy qismi tezda (1-4 oy ichida) yangi ish joyi topishi mumkin, ba’zilari esa yarim yil va undan ham ko’proq muddat ish topolmay yuradilar.
|
| |