1. Jahon xo‘jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari. Tayanch iboralar




Download 418.07 Kb.
bet1/16
Sana16.06.2023
Hajmi418.07 Kb.
#73654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
qo\'shimcha javoblar 10.04.23.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС, @NTM TESTi (Kimyo Biologiya) (2), Abulov sarvar, Boyqobilov Muhammadi, Adxamova Zulfizar obektikasi., G. To\'xtasinova obektivka, Tohir ustozning fani endi tayyori, Tohir ustozning fani, Nutq mad.-majmua.doc 1 (3), Testlar ХМ., Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар фанидан якуний, 04, ХАТ 2 , 2-mavzu. Egri chiziqli harakat. Aylanma harakat. Yuqoriga tik ot-fayllar.org

1. Jahon xo‘jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari. Tayanch iboralar: mamlakat, iqtisodiy rivojlanish, har xillik, boy va qashshoq mamlakatlar, farq, ekologik halokat tahdidlari, aholi soni.
Javob: 1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi.
Iqtisodiy o‘sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal
qiluvchi rol o‘ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga «sakrab» o‘tilishi o‘ziga xos «tutash zanjir»
hosil qildi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlarning texnologik jihatdan baravarlashuvi tendensiyasi kuchaydi.
Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy
to‘ntarish er sharining barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tezlik bilan
o‘zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi
texnika va texnologiyalar, sun’iy to‘siqlarni bartaraf etgan holda, jahon
bo‘yicha tezlik bilan tarqalmoqda. Biroq, XX asrning oxiriga kelib,
jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar
sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‘payish tezligi juda o‘sib ketdi. Aholi jon boshiga YAIM
o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni
ko‘paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar
natijasida g‘arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq
muntazam ravishdagi nisbatan pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ba’zi mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini sezilarli
darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning
eng yuqori darajasiga erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-
1980 yillarda yangi industrial mamlakatlarning «dastlabki avlodi» –
Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib yangi industrial mamlakatlarning «ikkinchi avlodi» – Indoneziya, Filippin, Malayziya,
Tailand jadal sur’atda taraqqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar
bilan nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab
texnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori
bo‘yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq, hali jahon xo‘jaligi tarkibida
ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga etmagan, taraqqiyotda
ilgarilab ketgan mamlakatlarga etib olish uchun zarur resurslarga ega
bo‘lmagan ko‘plab mamlakatlar ham mavjud.
2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi.
Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli
mamlakatlar o‘rtasidagi taqsimoti o‘ta darajada notekis bormoqda. XX
asrda er shari aholisining eng boy chorak qismi YAIMning o‘rtacha jon
boshiga 6 baravar o‘sishiga erishgan bo‘lsa, eng kambag‘al chorak
qismi esa bu ko‘rsatkichning 3 baravar o‘sishiga erishgan holos.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga yetadi, ularning deyarli yarmi ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik hamda buning oqibatida kelib chiquvchi turli kasalliklar natijasida o‘limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq kishilar yetarli darajada ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqdalar. SHuningdek,
«yashirin ochlik» – sifatli va to‘liq ovqatlanmaslik ham keng tarqalgan. Shunga qaramay, fan va texnikaning zamonaviy darajasi oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko‘paytirish imkonini berib, u nafaqat hozir, balki kelgusida yashashi mumkin bo‘lgan barcha aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondira oladi.
3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi. Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo‘jalik faoliyatining tabiatga ta’siri u qadar ahamiyatli bo‘lmay, tabiat o‘zining ekologik muvozanatini qayta tiklashga qodir bo‘lib kelgan. Biroq, hozirga kelib, atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o‘zini-o‘zi qayta tiklash qobiliyatini yo‘qotib
bormoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, keyingi 200 yil ichida er yuzidagi
900 mingga yaqin turdagi o‘simlik va hayvonlar qirilib ketgan.
Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zaxiralari tugab
bormoqda, o‘rmon materiallari resurslari va xomashyoning boshqa
turlari qayta tiklanib ulgurmayapti. Er yuzidagi iqlimning o‘zgarishi,
ozon qatlamining siyraklashuvi, boshqa halokatli jarayonlarning
kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda.
Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta’sirining oldini olish
maqsadida tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini
barpo etish uchun yirik kapital qo‘yilmalar talab etiladi. Global
ekologik muammolarni hal etish uchun butun dunyo mamlakatlari va
xalqlarining kuchlarini birlashtirish lozim bo‘ladi.
4) turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining farqlanishi.
YAna bir global ziddiyat sifatida XX asrning ikkinchi yarmida
boshlangan demografik «portlashlar», ya’ni er shari aholisi sonining
jadal o‘sishi ko‘rsatiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tez o‘sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni
keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining ko‘payishi
natijasida ratsional xo‘jalik yuritishga to‘sqinlik qiluvchi aholining
nisbiy ortiqchaligi belgilari ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko‘payishiga qaramay aholi jon boshiga iste’mol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda kishilarning haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Bu kabi
holatlardan ba’zi bir demograf-olimlar asossiz ravishda, keskin
xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi
nazoratlarning o‘rnatilishi, jumladan oilani rejalashtirish dasturlarini
ishlab chiqish kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar. Bunday asossiz
dasturlardan ko‘ra, ular bu mamlakatlarda yangi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif
qilsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Download 418.07 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 418.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Jahon xo‘jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari. Tayanch iboralar

Download 418.07 Kb.