|
Issiqlik almashinish jarayoniIssiqlik almashinish jarayoni - temperaturalar farqi mavjud bo’lganda bir (temperaturasi
yuqori) jismdan ikkinchi (temperaturasi past) jismga issiqlikning utishidir. Bu guruhga isitish,
sovitish, bug’latish, kondenslash va suniy sovuq xosil qilish jarayonlari kiradi. Jarayonning
tezligi gidrodinamik rejimga bog‘liq xolda issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi. Issiqlik
jarayonlarining xarakatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va sovuq muxitlar o’rtasidagi
temperaturalar farqi ishlatiladi.
Modda almashinish jarayonlari - bir yoki bir necha komponentlarning bir fazadan fazalarni
ajratuvchi yuza orkali ikkinchi fazaga utishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga
molekulyar va turbulent diffuziyalar yordamida utadi. Shu sababli bu jarayonlar diffuzion
jarayonlar xam deyiladi. Bu guruxga absorblash, adsorblash, suyuqliklarni xaydash,
ekstraklash, kristallash, kuritish jarayonlari kiradi. Jarayonlarning tezligi fazalarning
gidrodinamik xarakatiga bog‘liq bulib, modda o‘tkazish konuniyatlari bilan ifodalanadi.
Modda almashinish jarayonlarining xarakatlantiruvchi kuchi fazalardagi konsentrasiyalarning
farki bilan belgilanadi.
Kimyoviy jarayonlar (ya’ni reaksiyalar) - moddalarning o‘zaro ta’siri natijasida yangi
birikmalarning xosil bo‘lishidir. Kimyoviy reaksiyalarda issiqlik va modda almashinish
jarayonlari ham sodir bo‘ladi. Bu guruxdagi jarayonlarning tezligi kimyoviy kinetika
konuniyatlari bilan ifodalanadi. Reaksiyalar tezligi, ayniksa, sanoat miqyosida, moddalarning
gidromexanik xarakatiga, kimyoviy jarayonlarning xarakatlantiruvchi kuchi esa reaksiyaga
kirishayotgan moddalarning konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Kimyo sanoatidagi texnologiya
jarayonlari davriy va uzluksiz ravishda o‘tkaziladi. Jarayonlar vaqt davomida parametrlarning
uzgarishiga karab turgun va turgunmas bo‘ladi. Tezlik, konsentrasiya, temperatura kabi
parametrlar vakt davomida uzgarsa, jarayon turg‘unmas, aksincha, agar bu parametrlar
o’zgarmasa jarayon turg‘un deyiladi. Kimyo va kimyoviy sanoatida asosan uzluksiz
texnologiya jarayonlaridan foydalaniladi.
|
| |