Xar xil xaroratga ega bo‘lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga o‘tishi
issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi.
“Issiq” va
“sovuq” jismlarning xarorati o‘rtasidagi
farq issiqlik almashinishning
xarakatlantiruvchi kuchi xisoblanadi.
(Yoki muxitlar
o‘rtasidagi temperatura farqi jarayonning xarakatlantiruvchi kuchi deyiladi.) Xaroratlar farqi
bo‘lganda termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra issiqlik energiyasi xarorati yuqori
bo‘lgan jismdan xarorati past bo‘lgan jismga xaraat qiladi va o‘z-o‘zidan o‘tadi. Jismlar
o‘rtasidagi issiqlik almashinishi xisobiga sodir bo‘ladi. Issiqlik almashinishida katnashadigan
jismlar
issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik o‘tkazish jarayonlari (isitish, sovitish,
bug‘larni kondenslash, bug‘latish) kimyo sanoatida keng tarqalgan.
Issiqlik tarqalishining uchta prinsipial turi bor:
issiqlik o‘tkazuvchanlik,
konveksiya va
issiqlikning nurlanishi.
Bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning xarakati natijasida yuz beradigan issiqlikning
o‘tishi
issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi
(yoki konduksiya). Gaz va tomchili suyuqliklarda
molekulalarning xarakati natijasida yoki kattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning
tebranishi ta’sirida yoxud metallarda erkin elektronlarning diffuziyasi oqibatida issiqlik
o‘tkazuvchanlik jarayoni sodir bo‘ladi. Qattiq jismlarda va gaz yoki suyuqliklarning katlamlarida
issiqlik asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik issiqlik tarqalish prinsipi asosida tarqaladi.
Gaz yoki suyuqliklarda makroskopik xajmlarning xarakati va ularni aralashtirish
natijasida yuz beradigan issiqlikning tarqalishi
konveksiya deb ataladi.
Konveksiya ikki xil 1.Erkin. 2.Majburiy bo‘ladi.
Gaz yoki suyuqlik ayrim qismlaridagi zichlikning farqi natijasida xosil bo‘ladigan issiqlikning
almashinishi ~tabiiy yoki ~erkin konveksiya deyiladi.
Tashqi kuchlar ta’siridagi jarayonni ~majburiy konveksiya deyiladi.
(M:suyuqliklarni
nasoslar yordamida o‘zatish yoki ularni mexanik almashtirgichlar bilan aralashtirish paytida)
Issiqlik energiyasining elektr magnit to‘lqin yordamida tarqalishi
issiqlikning nurlanishi
deb yuritiladi. Xar qanday jism o‘zidan energiyani nurlatish qobiliyatiga ega. Nurlangan energiya
boshqa jismga yutiladi va qaytadan issiqlikka aylanadi. Natijada nur bilan issiqlik almashinish
jarayoni sodir bo‘lib, u o‘z navbatida nur chiqarish va nur yutish jarayonlaridan tashkil
topadi.
Xaqiqiy sharoitlarda issiqlik almashinish aloxida olingan biror usul bilan emas, balki bir necha
usullar yordamida yuzaga keladi, ya’ni murakkab issiqlik o‘tkazish jarayonlari amalga oshiriladi.
Qurilmalarning ishlash rejimiga ko‘ra jarayonlar ikki xil:
turg‘un va
noturg‘un bo‘ladi.
Uzuliksiz ishlaydigan qurilmalarning turli nuqtalaridagi xarorat vaqt davomida o‘zgarmaydi,
bunday qurilmalarda ketayotgan jarayon
turg‘un bo‘ladi. Davriy ishlaydigan issiqlik
almashinish qurilmalarida xarorat vaqt davomida o‘zgaradi. Bunday qurilmalarda ketadigan
jarayon
noturg‘un bo‘ladi. (M: isitish yoki sovitish paytida).