Sentrifugalarning ish unumdorligi ajratilish koeffisiyentiga bog‘liq. Ajratish koeffisiyenti
sentrifugalarda markazdan qochma kuchlar maydonida xosil bo‘lgan kuchlanish bilan
xarakterlanadi. Sentrifugada xosil bo‘layotgan markazdan qochma kuchlar miqdorining og‘irlik
kuchi tezlanishdan necha marta ko‘pligini ko‘rsatuvchi kattalik
ajratish koeffisiyenti deyiladi.
k
a
= w
2
/ r g
bu yerda:
r - baraban radiusi;
w - aylanayotgan barabanning burchak tezligi;
g - erkin tushish tezlanishi.
Ajratish koeffisiyentiga ko‘ra xamma sentrifugalar ikki guruxga bo‘linadi:
1. Normal sentrifugalar (k
a
< 3500). Bunday sentrifugalar suspenziyalardan katta, o‘rtacha va
maydaroq zarrachalarni ajratish uchun ishlatiladi.
2. O‘rta sentrifugalar (k
a
> 3500). Bunday sentrifugalar mayda zarrachali suspenziyalarni va
emulьsiyalarni ajratish uchun ishlatiladi.
Ultrafiltrlashning asosiy mazmuni eritmalarni yarim o‘tkazuvchan membranalar orqali
bosim bilan o‘tkazishdan iborat. Maxsus tayyorlangan g‘ovakli membranalar quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
1) kerakli komponentni o‘tkazish, kolganlarini o‘tkazmaslik;
2) yuqori ajratishga ega bo‘lish;
3) mexaniq chidamlilik;
4) unumdorligi katta;
5) ishlatish jarayonida o‘zgarmasligi;
6) ajratilayotgan muxit ta’siriga qarshilik ko‘rsatishi;
7) tarkibida zaxarli moddalar bo‘lmasligi;
8) narxi arzon.
Ultrafiltrlash va teskari osmos tushunchalari o‘rtasida farq juda kam. Agar ultrafiltrlash
yuqori molekulali moddalarni qo‘yiqlashtirish va bir vaqtning o‘zida ularni kichik molekulali
moddalardan tozalash usuli xisoblansa, teskari osmos esa berilgan eritmani kuyiklashtirish yoki
toza erituvchini eritmadan ajratib olish usulini tashkil etadi.