SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI
http://t.me/ScienceBox_official
1
JILD:01 NASHR:05 2022 yil
KIBERJINOYATCHILIKNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Usmonov Saidyusuf Saydolim o‘g‘li
Annotatsiya:
Maqolada kiberjinoyatchilikning o’ziga xos xususiyatlari, kiberjinoyatchilikning
turlari, kiberjinoyatchilikni oldini olish va barvaqt bartaraf etish choralari haqida so’z yuritilgan.
Tayanch so’zlar:
kiberjinoyatchilik, jinoyat, jinoyatlarni oldini olish, kiberjinoyatchilikka
qarshi kurashish, kiber firibgarlik.
Kirish
Maqolada mamlakatlar kiber jinoyatchilik va kiberxavfsizligi huquqiy jihatlarini ishlab chiqishda,
milliy va xalqaro qonunchilikka asoslanishini hamda kiber-tahdidlarning milliy va xalqaro oqibatlarini
yaxshiroq tushunishga, mavjud milliy, mintaqaviy va xalqaro hujjatlarning ehtiyojlarini baholashga va
barqaror huquqiy asoslarni o'rnatishda yordam berishga qaratilgan. Shuningdek, kiberjinoyatchilikning
naqadar keng tarmoqli ekanligini hamda zarar yetkazish doirasi juda ko’pligidan darak beradi. Chunki
kibermakonda targ’ib qilish hozirgi kunning eng yaxshi usuli bo’lib qolmoqda. Internetga hozirgi
kunda kirishlar soni kundan-kunga ortmoqda. Ular biror yangilik yoki ma’lumot qidirish uchun kirib
qidiruv doirasidan tashqari juda ko’p ma’lumotlarni ko’chirib olmoqda va uni o’zining yaqin
tanishlariga xabar qilib yubormoqda. Bu esa xabar tarqalishining eng keng usuli hisoblanadi. Biz qaysi
sayt yoki messengerlardan qidiruv tugmasini bosmaylik, qidiruvga aloqador 10 barobar ko’p ma’lumot
chiqmoqda. Shundan xulosa qilishimiz lozimki internet olamida bajarib bo’lmas ishlar oz qoldi xolos,
qolganlari barchasi bajarilib kelinmoqda. Shunday ekan barchamiz internetdan foydalanish qoidalarini
bilishimiz kerak.
|