|
1. Kalkulyasiya Kalkulyatsiya va kalkulyatsiya qilish
|
Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 113,68 Kb. | | #107334 |
Fan va texnologiyalar Universiteti MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNALOGIYALARI fakulteti
Mavzu: Kalkulyatsiya, uning maqsad va vazifalari hamda turlari.
Reja.
1. Kalkulyasiya
2. Kalkulyatsiya va kalkulyatsiya qilish
Kalkulyasiya (lot. calculatio, calculo — hisoblayman, hisob-kitob) — mahsulot birligi yoki bajarilgan ish tannarxini hisoblab chiqarish. K. tannarx boʻyicha reja yoki hisobotning asosiy koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Korxonada aniq bir turdagi mahsulot birligini i.ch. va sotish boʻyicha, shuningdek, xalq xoʻjaligining sanoat, transport va b. tarmoqlarida ish birligini (tashish, taʼmirlash va b.) bajarish uchun qilingan harajatlarni pul shaklida ifoda etadi. K. quyidagi turlarga boʻlinadi: reja K.si (ilgʻor ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning ilgʻor usullarida mehnat sarflari meʼyorlari asosida tuziladi). Bunday K. navbatdagi davr uchun (yil, chorak) ayrim mahsulotlarning oʻrtacha tannarxini belgilashda qoʻllaniladi, ulgurji narxni belgilashga asos boʻladi; hisobot K. (xatga olish maʼlumotlari asosida hisoblanadi, reja vazifalari bajarilishini nazorat qilish uchun tuziladi, amaldagi harajatlar darajasini koʻrsatadi); normativ K. (i.ch. vositalari va ish vaqtidan foydalanishning mavjud meʼyorlari asosida tuziladi); l o y i ha K. (boshqa koʻrsatkichlar bilan bir qatorda kapital qoʻyilmalar va yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qoʻllaniladi). Shuningdek, tannarx K.si ishlab chiqarish, toʻliq, tarmoq va b. K.larga boʻlinadi.
Kalkulyatsiya sо‘zi – bir birlik mashulotning tannarxini aniqlash ma’nosini anglatsa, kalkulyatsiya qilish sо‘zi ishlab chiqarish jarayonida tayyor bо‘lgan mashulotlarni yoki harid qilingan moddiy qiymatliklarni hammasini tannarxini aniqlashni bildiradi. Kalkulyatsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish va xо‘jalik maqsadlari uchun xarid qilingan moddiy qiymatliklarni, sotib olingan yoki yangidan qurib bitkazilgan asosiy vositalarni, ishlab chiqarishda tayyorlangan mashulotlarni, umuman olganda buxgalteriya hisobida hisobga olinadigan moddiy va nomoddiy qiymatliklarni haqiqiy tannarxlarini aniqlash bо‘lib hisoblanadi.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish zarur: 1.Korxona faoliyatida sodir bо‘ladigan xarajatlar ustidan nazorat о‘rnatish; 2.Ishlab chiqarish xarajatlari me’yorlariga rioya qilinishi ustidan nazorat о‘rnatish; 3.Ishlab chiqarish uchun sarflanadigan moddiy va nomodiy qiymatliklarning baholarini tо‘g‘ri aniqlanishini nazorat qilish; 4.Ishlab chiqarishda xarajatlardan unumli foydalanish ustidan nazorat о‘rnatish; 5.Uchyotga olinadigan qiymatliklarning hammasini va bir birligini tannarxini tо‘g‘ri aniqlash; 6.Egri xarajatlarni mashulotlar tannarxiga tо‘g‘ri qо‘shilishini ta’minlash. Hisob obyektlarini tо‘g‘ri baholash uchun kalkulyatsiya obyekti va birligini tо‘g‘ri tanlab olish kerak.
Kalkulyatsiya obyekti bu baholanayotgan hisob obyekti bо‘lib hisoblanadi. Masalan, ta’minot jarayonida xarid qilingan moddiy qiymatliklar, qurilishi yakunlangan qurilish obyektlari, о‘rnatilib ishga tushirilayotgan asosiy vositalar, ishlab chiqarishda tayyorlangan mashulotlarning alohida turlari va boshqalar. Kalkulyatsiya birligi sifatida kalkulyatsiya qilinayotgan obyekt yoki uning bir birligi qabul qilinadi. Masalan, ishlab chiqarishda tayyorlangan ayollar paltosi yoki bir dona palto. Boshqacha qilib aytganda kalkulyatsiya qilinayotgan obyektning hammasini yoki bir-birligini tannarxini topish kalkulyatsiya birligini tashkil etadi.
Tannarx bu mashulot tayyorlash yoki xizmat kо‘rsatish uchun ketgan barcha xarajatlarning puldagi ifodasidir. Korxonaning faoliyatida vujudga keladigan xarajatlar tarkibi 1995 yil 1 yanvardan amalga joriy qilingan va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan qayta kо‘rib chiqilgan “Mashulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizomda yoritib berilgan. Xarajatlarni buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirishni ta’minlash maqsadida ular, ishlab chiqarishda qatnashishi, qanday maqsadga yо‘naltirilganligi va haqiqiylik tamoyillarga asoslanib quyidagi belgilari bо‘yicha guruhlanadi:
1. Mashulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilishiga kо‘ra; 2. Foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar; 3. Korxonaning moliyaviy faoliyati bо‘yicha xarajatlar;
Mashulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilishiga kо‘ra barcha xarajatlar, bevosita va bilvosita moddiy xarajatlarga, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlariga va boshqa bevosita va bilvosita xarajatlarga bо‘linadi. Tannarxni hosil qiladigan xarajatlar iqtisodiy mazmuniga kо‘ra quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: 1.Moddiy xarajatlar; 2.Mehnat xarajatlari; 3.Boshqa xarajatlar. Foyda hisobidan qoplanadigan ustama xarajatlarga, sotish xarajatlari, boshqarish xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar va zararlar kiradi.
Korxonaning moliyaviy faoliyati bо‘yicha xarajatlari, foizlar bо‘yicha xarajatlar, xorijiy valyuta operatsiyalar bо‘yicha salbiy kurs tafovutlari, qimmatli qog‘ozlarga qо‘yilgan mablag‘larni qayta baholash farqlari, moliyaviy faoliyat bо‘yicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Kalkulyatsiya qilish uch bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda tayyor bо‘lgan mashulotlarga tegishli bо‘lgan xarajatlarning haqiqiy miqdorlari topiladi, ikkinchi bosqichda, egri xarajatlar kalkulyatsiya obyektlari orasida korxonaning hisob siyosatida nazarda tutilgan uslub bilan taqsimlanadi, uchinchi bosqichda, barcha mashulotlarni va bir birlik mashulotning tannarxi aniqlanadi.
Tannarxini kalkulyatsiya qilishning quyidagi turlari bor:
Bir vaqtning о‘zida joriy uchyotda normalarning о‘zgarishi va normalardan kelib chiqadigan farqlar ham aks ettiriladi. Mashulotlarning haqiqiy tannarxi, normativ tannarxga hisobot davrida normalar о‘zgarishini va normalardan kelib chiqadigan farqlarni arifmetik qо‘shish yoki ayirish yо‘li bilan topiladi. Buni matematik modulini quyidagicha ifodalash mumkin.
Haqiqiy kalkulyatsiya xarajatlarning haqiqiy sarflari va amaldagi xaqiqiy baholarga asoslanib tuziladi. Haqiqiy tannarx har bir kalkulyatsiya obyekti uchun sarflangan barcha haqiqiy xarajatlarni qо‘shish yо‘li bilan topiladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
|
| |