|
Kimyoning axamiyati va xalq xo‘jaligidagi roli
|
bet | 2/5 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 28,94 Kb. | | #156719 |
Bog'liq 1 Kimyo fani asoslari. Kimyoning axamiyati va xalq xo‘jaligidagi-fayllar.orgKimyoning axamiyati va xalq xo‘jaligidagi roli. Xozirgi vaqtda kimyo xilq xo‘jaligida katta axamiyatga ega, ishlab chiqarishning kimyo qo‘llanmaydigan birorta xam tarmog’i yo‘q desa bo‘ladi. M.V.Lomonosov 1751 yildayoq “Kimyo insonning barcha ishlariga o‘z qo‘llarini cho‘zmoqda, qayoqqa qaramaylik xamma joyda kimyo tufayli erishilgan muvaffaqiyatlar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lmoqda” degan edi.
Tabiat bizga yog’och, tuz, toshko‘mir, neft, tabiiy gaz va xokazo xom ashyolarni beradi. Bu moddalardan zavod va fabrikalarda zarur maxsulotlar tayyorlanadi. Masalan, temir tabiatda ruda xolida uchraydi, uni kimyoviy yo‘l bilan qayta ishlab toza temir olinadi. Temir esa o‘z navbatida cho‘yan va po‘latga aylantiriladi. Po‘latdan turli xil stanoklar, uy-ro‘zg’or buyumlari va xokazolar tayyorlanadi.
Sanoatimiz kimyoning yutuqlaridan foydalanib, yuqori sifatli maxsus po‘lat, qattiq qotishmalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, sun’iy tolalar, mineral o‘g’itlar, motor yoqilg’ilari, dori-darmon moddalar, bo‘yoqlar va xokazolar ishlab chiqarilmoqda.
Јishloq xo‘jaligida mineral o‘g’itlar va o‘simliklarning zararkunandalar va kasalliklarga, begona o‘tlarga qarshi kurash uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalardan keng foydalanilmoqda.
1931 yildan boshlab Chirchiq elektrokimyo kombinatini qurishga kirishildi. 1946 yilda Јo‘qon shaxrida fosfat o‘g’itlari zavodi, sulfat kislotasi zavodi tashkil qilindi. Buxoroda tabiiy gazning bitmas-tuganmas zapasi topilganligi o‘zbekiston kimyo sanoatini rivojlantirishda zo‘r omil bo‘ldi.
Farg’ona va Navoiy shaxarlarida gaz bilan ishlaydigan azot o‘g’itlari sintetik tolalar ishlab chiqaruvchi kombinatlar qurildi. Xozirda o‘zbekiston dexqonlarining azot o‘g’itlariga bo‘lgan extiyoji shu tariqa uzil-kesil xal qilindi.
Navqiron Olmaliq shaxri kimyogarlar maskaniga aylanib ammofos o‘g’iti ishlab chiqaruvchi yirik korxonaga aylandi. Endilikda serquyosh o‘zbekiston kimyo fani va sanoati yuksak taraqqiy etgan respublikaga aylanadi.
Kimyo fanining tarixi. Јadim zamonlarda kimyo fani Xindistonda, Xitoyda, Misrda paydo bo‘lgan. Eramizdan 5-6 ming yil ilgari kishilar oltin, kumush, misni bilgan 3-4 ming yil ilgari kishilar rudadagi misni ajratib olish va bronza tayyorlashni bilganlar, 2 ming yil ilgari rudadan temir ajratib olishni o‘rgangan, 4-5 ming yil ilgari kishilar shisha tayyorlashni, vino, sirka, dori-darmon, teri oshlashni, kulolchilikni bilganlar.
Nazariy kimyo esa eramizdan oldingi VII asrdan boshlab yuzaga kela boshladi.
Masalan: Empidokl degan olim: xamma modda to‘rt elementdan: suv, xavo, tuproq va olovdan tashkil topgan deydi.
Demokrit birinchi bo‘lib: xamma moddalar ko‘zga ko‘rinmaydigan zarrachalardan (atomlardan) tashkil topgan - deydi.
VIII-asrdan boshlab olimlar kimyo amaliyoti ustida ko‘p ishlar qildilar. o‘sha davrda va xozirda xam mashxur bo‘lgan olimlar: arab Jobr Ibn Xayyon, o‘rta Osiyo olimi: Farobiy (950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Muso Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino (980-1037) va boshqalar kimyo soxasida dunyoga ma’lumdir.
Beruniyning 150 dan ortiq asari bo‘lib, ko‘pi minerallarga oiddir. U ko‘p elementlarni solishtirma og’irliklarini aniqlagan. Ular: materiya abadiydir, materiya xar xil formada mavjud bo‘la oladi, degan fikrni ilgari surganlar.
XVII asrda Irlandiyalik olim Robert Boyl: murakkab moddalarni parchalanishidan xosil bo‘lgan oddiy moddalarni element deb atadi va uning xaqiqiy ma’nosini fanga kiritdi.
Xaqiqiy ilmiy kimyoni mashxur rus olimi M.V.Lomonosov “Flagiston” (“olov materiyasi”) degan nazariyani puch nazariya ekanligini ko‘rsatdi. U 1748 yil o‘z qonunini quyidagicha ta’rifladi: bir jismdan qancha narsa kamaysa, boshqa jismga shuncha narsa qo‘shiladi, bnobarin bir yerda qancha materiya kamaysa, boshqa yerda shuncha ko‘payadi. Tabiatning bu umumiy qonuni xarakatga xam taalluqlidir. Lomonosovning bu qonuni xozirgi vaqtda massaning saqlanish qonuni deyiladi: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning massasi reaksiyadan xosil bo‘lgan moddalarning massasiga tengdir. Fransuz olimi A.Lavuaze, Lomonosov qonunlarini tajriba orqali tasdiqladi. V.M.Lomonosov 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan xosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Shunga asosan: xar qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qa’tiy nazar, o‘zgarmas miqdoriy tarkibga ega, degan xulosa chiqarildi. Bu tarkibning doimiylik qonuni deb ataladi.
|
| |