Og'irlik maydonidagi harakat (vertikal bo'yicha)




Download 166.06 Kb.
bet2/67
Sana08.05.2023
Hajmi166.06 Kb.
#57733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
To\'plam
1665031982, 40 rasm, 11- Маvzu ona tili, Metodika, amaliy 14 va 15
Og'irlik maydonidagi harakat (vertikal bo'yicha)
65. Yerdan 12 m balandlikdan boshlang'ich tezliksiz jism tushadi. Tushish hoshidan 1 s o'tgach jism qanday balandlikda bo'ladi? g = 10 m/s². Javob: 7
66. Erkin tushayotgan jismning o'ninchi sekundda o'tgan yo'li, undan oldingi sekundda o'tgan yo'lidan necha metrga ko'p ekanligini aniqlang. Jismning boshlang'ich tezligi nolga teng. g = 10 m/s². Javob: 10
67. Otish momentidan jismning yerga tushish momentigacha bo'lgan vaqt 3 s ga teng bo'lishi uchun, uni yer sirtidan qanday tezlik bilan vertikal yuqoriga otish kerak? g = 10m/s² Javob: 15
68. Jism yer sirtidan 20 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. U qanday maksimal balandlikka ko'tariladi? g = 10 m/s². Javob: 20
69. Vertikal yuqoriga otilgan sharcha otilish nuqtasiga 2,4 s dan so'ng qaytib keldi. Sharcha qanday (em da) balandlikka ko'tarilgan? g = 10 m/s². Javob: 720
70. Yerdan ikki jism vertikal yuqoriga otildi. Birinchi jismning boshlang'ich ikkinchisining boshlang'ich tezligidan 4 marta katta. Birinchi jism ikkinchisiga tezligi qaraganda necha marta balandroq ko'tariladi? Javob: 16
71. Qaysidir vaqt momentida erkin tushayotgan jismning tezligi 6 m/s bo'ladi. 2 s dan keyin jismning tezligi qanday bo'ladi? g = 10 m/s². Javob: 26
72. Koptok qandaydır balandlikdan 4 m/s tezlik bilan vertikal pastga otildi. Harakatning dastlabki ikki sekundida koptokning o'rtacha tezligini toping. g = 10 m/s². Javob: 14
73. Tosh 2 m/s tezlik bilan vertikal pastga otildi. Otishdan 1 s o'tgach, toshning tezligi necha marta ortadi? g=10 m/s². Javob: 6
74. Vertikal pastga otilgan jismning tezligi bir sekunddan so'ng 6 martaga ortdi. Otishdan ikki sekund o'tgach uning tezligi boshlang'ich bilan solishtirganda necha marta ortadi? Javob: 11
75. Agar ko'tarilishda jismning tezligi otishdan 0,8 s o'tgach ikki marta kamaygan bo'lsa, u qanday tezlik bilan vertikal yuqoriga otilgan? g = 10 m/s². Javob: 16
76. 20 m balandlikdan doskaga tushgan metal sharcha undan 25 % tezligini yo'qotib sakraydi. Sharcha urilishdan necha sekund o'tib doskaga ikkinchi bor tushadi? g = 10 m/s². Javob: 3
77. Tosh 50 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. Necha sekund o'tgach uning tezligi 30 m/s bo'lib pastga yo'nalgan bo'ladi? g = 10 m/s². Javob: 8
78. Jism 40 m balandlikdan 5 m/s boshlang'ich tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. 2 s o'tgach jism qanday balandlikda bo'ladi? g = 10 m/s². Javob: 30
79. Jis vertikal yuqoriga 20 m/s tezlik bilan otildi. Jismning harakat boshidan 3 s ichida o'tgan yo'lini toping. g = 10 m/s². Javob: 25
80. Yerdan 8 m balandda bo'lgan nuqtadan vertikal yuqoriga otilgan jism otish paytidan 2 s o'tgach yerga tushadi. Jism qanday tezlik bilan otilgan? g = 10 m/s².
Javob: 6
81. Jism 15 m balandlikdan 10 m/s boshlang'ich tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. Necha sekunddan so'ng u yerga tushadi? g=10m/s². Javob: 3
82. To'p 2,4 m balandlikdan 1 m/s tezlik bilan vertikal pastga otildi. Yerga tushish paytida uning tezligi qancha bo'ladi? g = 10 m/s². Javob: 7
83. To'p 2,4 m balandlikdan 1 m/s tezlik bilan vertikal pastga otildi. Qancha vaqtdan so'ng (ms da) u yer sirtiga yetadi? g = 10 m/s². Javob: 600
84. Jism 80 m balandlikdan erkin tushadi. U tushish vaqtining so'nggi sekundida qanday yo'l o'tadi? g 10 m/s². Javob: 35
85. Agar jism tushish vaqtining oxirgi sekundida 45 m yo'l o'tgan bo'lsa, u qanday balandlikdan tushgan? g = 10 m/s². Javob: 125
86. Jism yer sirtidan vertikal yuqoriga otildi. Jismning maksimal ko'tarilish balandligining 8/9 qismini tashkil qiluvchi balandlikdagi tezligi boshlang'ich tezlikdan necha marta kichik? Javob: 3
87. Jism vertikal yuqoriga otiladi. Kuzatuvchi qayd etdiki, jism 75 m balandlikdagi nuqtada 2 s vaqt intervali bilan ikki marta bo'ldi. Jismning boshlang'ich tezligini toping. g = 10 m/s². Javob: 40
88. Vertikal yuqoriga otilgan tosh bitta balandlikda ikki marta bo'ldi - harakat boshidan 0.8 va 1,5 s vaqt o'tganda. Bu balandhk qanchaga teng? g=10 m/s².
Javob:6
89. Agar jismning harakatning oxirgi sekundida o'tgan yo'li dastlabki sekundda o'tgan yo'lidan bosh marta katta bo'lsa, jism qanday balandlikdan boshlang'ich tezliksiz tushgan?g=10 m/s² Javob: 5
90. Erkin tushayotgan jism o'z harakatining oxirgi 10 sekundida butun yo'lning 3/4 ini o'tadi. Jism boshlang'ich tezliksiz tushgan balandlikni aniqlang. g = 10 m/s².
Javob: 2000
91. Vertikal trubkadan qum sochilyapti, bunda qum oqimining diametri trubka diametriga teng bo'lib qolmoqda. Qum zarrasining trubka oxiridagi tezligi 1 m/s. Trubka oxiridan 2,4 m masofadagi oqimning ichida qumning o'rtacha zichligi trubka oxirining ichidagisiga qaraganda necha marta kichik bo'ladi? Har bir qum zarrasi g=10m/s² tezlanish bilan erkin tushadi deb hisoblansin. Javob: 7

Download 166.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Download 166.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Og'irlik maydonidagi harakat (vertikal bo'yicha)

Download 166.06 Kb.