1. kinematika ko'chish. Yo'l. Tekis harakat




Download 166.06 Kb.
bet5/67
Sana08.05.2023
Hajmi166.06 Kb.
#57733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
To\'plam
1665031982, 40 rasm, 11- Маvzu ona tili, Metodika, amaliy 14 va 15
Gorizontal otish
112. Samolyot 8 km balandlikda 900 km/h tezlik bilan gorizontal uchmoqda. Mo'ljalga necha kilometr qolganda uchuvchi bombani tashlashi kerak? g = 10 m/s²
Javob: 10
113. Agar qandaydir balandlikdan gorizontal otilgan jismning boshlang'ich tezligi 2 marta ortsa, uning uchish uzoqligi necha marta ortadi? Javob: 2
114. Gorizontal otilgan jismning boshlang'ich balandligini 4 marta kamaytirib, boshlang'ich tezligini 3 marta oshirilsa, uning uchish uzoqligi necha foizga ortadi?
Javob: 50
115. 45 m balandlikdagi minoradan qandaydir tezlik bilan tosh gorizontal stildi. Qancha sekunddan so'ng u yerga tushadi? g= 10 m/s². Javob: 3
116. 4,9 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligi u otilgan balandlikka teng. Bu balandlik nimag teng (cm da)? g = 9,8 m/s². Javob: 490
117. Jism qandaydir balandlikdan 40 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Uning uch sekunddan keyingi tezligini aniqlang. g = 10 m/s² Javob: 50
118. 15 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan tosh yerga 25 m/s tezlik bilan tushdi. Toshning uchishi qancha davom etgan? g = 10 m/s². Javob: 2
119. Yerdan 5 m balandda joylashgan derazadan gorizontal yo'nalishda tosh otildi va u uydan 8 m masofaga borib tushdi. Tosh qanday tezlikda otilgan? g = 10 m/s².
Javob: 8
120. Tosh gorizontal otilgan. Otishdan 2 s o'tib uning tezlik vektori gorizont bilan 45" burchak hosil qildi. Toshning boshlang'ich tezligini toping. g = 10 m/s². Javob: 20
121. Jism gorizontal otilgan. Otishdan 2 s o'tib tezlik va tezlanish vektorlarining yo'nalishlari orasidagi burchak 60° ga teng bo'ldi. Jismning shu paytdagi to'liq tezligini aniqlang. g 10 m/s². Javob: 40
122. Gorizontal yo'nalishda otilgan jismning uchish uzoqligi u tashlangan balandlikning yarmiga teng. Jism yerga tushishida uning tezligi gorizont bilan hosil qilgan burchakning tangensi qanchaga teng? Javob: 4
123. Tosh 5.5 m halandlikdan gorizontal yo'nalishda shunday otildiki, u yer sirtiga 45° burchak ostida tushadi. Tosh gorizontal yo'nalishda qancha masofa uchib o'tdi? Javob: 11
124. 500 m balandlikda 180 km/h tezlik bilan uchayotgan samolyotdan yuk tushib ketdi. Qanday balandlikda yukning tezligi gorizontga 60° burchak ostida yo'nalgan bo'ladi? g=10 m/s². Javob: 125
125. Koptok 2 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Koptokning gorizontal sirtga ikkita ketma- ket urilishlari orasidagi masofa 4 m ga teng. Koptok qanday balandlikdan otilgan? g=10m/s².(urilishlar absolyut elastik). Javob: 5
126. Qiyalik burchagi gorizontga 30' bo'lgan tog'dan 15 m/s boshlang'ich tezlik bilan gorizontal yo'nalishda koptok otiladi. Otish nuqtasidan qiya tekislik bo'ylab qanday masofada koptok tushadi? g = 10 m/s². Javob: 30
127. Metall sharcha zinapoyaning yuqori zinasi chetiga 1,5 m/s tezlik bilan dumalab keldi. Har bir zinaning balandligi va kengligi 20 cm. Sharcha hisob bo'yicha qaysi zinaga birinchi uriladi? Sharcha ustida bo'lgan (yuqori) zinadan keyingi zinani birinchi deb hisoblang. g=10 m/s². Javob: 3
128. Qo'zg'almas miltiqdan 120 m masofadagi vertikal nishonga gorizontal yo'nalishda ikki marta o'q uzilgan. Birinchi o'qning tezligi 300 m/s, ikkinchisiniki 400 m/s. Nishondagi teshiklar orasidagi masofani (cm da) aniqlang? g = 10 m/s².
Javob: 35
129. Bir nuqtadan bir vaqtda ikki jism otiladi: biri 6 m/s tezlik bilan gorizontal, boshqasi 8 m/s tezlik bilan vertikal. Jismlar 2 s dan so'ng bir-biridan qanday masofada bo'ladi? Javob: 20

130. Ikki tosh hir gorinzontal chiziq ustida, bir-biridan 30 m masofada joylashgan. Bir toshni 9 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otib yuborishadi, ikkinchisini esa birinchi tosh yo'nalishiga gorizontal ravishda va u bilan bir vaqtda 12 m/s tezlik bilan otishadi. Harakat davomida toshlar orasidagi eng qisqa masofa qanchaga teng? Javob: 18



Download 166.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Download 166.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. kinematika ko'chish. Yo'l. Tekis harakat

Download 166.06 Kb.