• Aylana boylab harakat dinamikasi a) bitta proyeksiya
  • 1. kinematika ko'chish. Yo'l. Tekis harakat




    Download 166.06 Kb.
    bet14/67
    Sana08.05.2023
    Hajmi166.06 Kb.
    #57733
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
    Bog'liq
    To\'plam
    1665031982, 40 rasm, 11- Маvzu ona tili, Metodika, amaliy 14 va 15
    Yo'ldoshlar
    293. Qandaydir sayyoraning massasi Yer massasidan 4,5 marta katta, uning radiusi esa Yer radiusidan 2 marta katta. Shu sayyora uchun birinchi kosmik tezlik Yer uchun birinchi kosmik tezlikdan necha foizga ortiq? Javob: 50
    294. Yer sirtidan 3600 km balandlikda ayinna orbita bo'ylab harakatlanishi uchun sun'iy yo'ldosh qanday tezlikka ega bo'lishi kerak? Yernmg radiusi 6400 km. Yor sirtida og'irlik kuchining tezlanishi 10 m/s Javob: 6400
    295. Yo'ldosh ekvator tekisligida sayyora sirtidan uning radiusiga teng balandlikda aylana orbita bo'ylab harakatlanadi. Yo'ldoshning chiziqli tezligini (km/s da) toping. Sayyoraning radiusi 7200 km. Sayyora sirti yaqinidagi erkin tushish tezlanishi 10 m/s. Javob: 6
    296. Kosmik kema qandaydir sayyor yaqinida 13000 km radiusli orbita ho'ylab 10 km/s tezlik bilan harakatlandi. Agar shu sayyoraning cadiusi 10000 km bo'lsa, uning sirti yaqinida og'irlik kuchining tezlanishi qanday? Javob: 13
    297. Yer sirtidan 21600 km masofada harakatlanadigan yo'ldoshning aylanish davri uning sirtidan 600 km masofada harakatlanadigan yo'ldoshning aylanish davridan necha marta katta. Yerning radiusi 6400 km. Javob: 8
    298. Qandaydir sayyoraning Quyosh atrofida aylana orbita bo'ylab aylanish davri 27 yilga teng. Shu sayyoradan Quyoshgacha bo'lgan masofa Yerdan Quyoshgacha bo'lgan masofadan necha marta katta? Javob: 9
    299. Yer sun'iy yo'ldoshining aylanish davri 27 marta oshirilsa, uning aylanma orbitasining radiusi necha marta ortadi? Javob: 9
    300. Qandaydir sayyorada aloqa yo'ldoshi uchirilgan, ya'ni hamma vaqt sayyora ustidagi bir nuqtada bo'ladigan yo'ldosh. Agar sayyora atrofida kichik balandlikda aylanadigan boshqa bir yo'ldosh sayyoraviy bir sutkada 8 marta aylanishi ma'lum bo'lsa, aloqa yo'ldoshining sayyora sirtidan balandligi uning radiusidan necha marta katta? Javob: 3
    Aylana bo'ylab harakat dinamikasi
    a) bitta proyeksiya
    301. Rezina shnurning bir uchiga 50 g massali sharcha bog'lab qo'yildi, uning boshqa uchi esa silliq gorizontal tekislikka mahkamlandi va sharcha sirt bo'ylab 20 rad/s burchak tezlik bilan aylanma harakatga keltirildi. Agar shnurning bikrligi 100 N/m. boshlang'ich uzunligi esa 40 em bo'lsa, shnurning cho'zilishini (cm da) toping.
    Javob: 10
    302. 0,5 kg massali kichik yuk vertikal o'qqa mahkamlangan gorizontal sterjen ishqalanishsiz ko'cha oladi. Yuk o'q bilan prujina orqali bog'langan. Sterjen vertikal o'q atrofida 3 rad/s burchak tezlik bilan aylanganida prujina 2 marta uzaysa, prujinaning bikrligi qanday? Javob: 9
    303. Vaznsiz sterjen gorizontal tekislikda 30 rad's burchak tezlik bilan aylanadi. Ayalnish o'qidan 0,4 va 0,3 m masofalarda mos ravishda 0,2 va 0,1 kg massali yukler mahkamlangan. Agar aylanish o'qi yuklar orasida bo'lsa, unga qanday gorizontal kuch ta'sir qiladi? Javob: 45
    304. Shtanga (uzun metall sterjen) uchiga o'rnatilgan kabina ichida odam bor. Shtanga kabina bilan birgalikda vertikal tekislikda 0,7 rad/s burchak tezlik bilan aylanadi. Odam trayektoriyaning yuqori nuqtasida vaznsizlik holatini o'tashi uchun shtanganing uzunligi qanday bo'lishi kerak? g = 9,8 m/s² Javob: 20
    305. 2000 kg massali avtomobil egrilik radiusi 100 m bo'lgan va 18000 N dan ortiq bo'lmagan yuklanishga bardosh bera oladigan qavariq ko'prikdan muvaffaqiyatli o'tishi uchun u qanday minima! qiymatgacha tezligini oshirishi kerak? g = 10 m/s²
    Javob: 10
    306. Massasi 2 t bo'lgan avtomibu egrilik radiusi 300 m bo'lgan qavariq ko'prik ustida 72km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Mashina ko'prik markazidan o'tayotib uni qnday kuch bilan (kN da) bosadi? g=10 m/s². Javob: 12
    307. 65 kg massali chang'ichi yo'lning egrilik radiusi 20 m bo'lgan botiq qismi bo'ylab harakatlanmoqda. Agar chang'ichining tezligi 2 m/s bo'lsa, yo'lning shu qismining eng pastki nuqtasida chang'ilarning yo'lga beradigan bosim kuchini aniqlang. g =9,8m/s². Javob: 650
    308. Agar 90 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilning bosimi aylana yoyi ko'rinishidagi mostning eng yuqori nuqtasida ikki marta kamaygani ma'lum bo'lsa (yo'lning gorizontal qismidagi bosim bilan solishtirganda), shu egri mostning radiusini aniqlang g=10m/s². Javob: 125
    309. Massasi 1000 kg bo'lgan avtomibil egrihk radiusi 250 m bo'lgan qavariq ko'prik ustida 72 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda Ko'prikning egrilik markazidan unga tomon o'tkazilgan chiziq vertikal bilan 30° burchak hosil qiluvchi nuqtada avtomobil ko'prikka qanday kuch bilan (kN da) bosadi? g = 10 m/s². = 1,72. Javob: 7
    310. Agar egrilik radiusi 63 m bo'lgan qavariq ko'prik bo'ylab harakatlanayotgan avtomobilning ko'prikning yuqori nuqtasidagi bosim kuchi ko'prikning egrilik markazidan unga tomon o'tkazilgan chiziq vertikal bilan 30 burchak hosil qiluvchi nuqtadagi bosim kuchidan ikki marta katta bo'lsa, avtomobil qanday tezlik bilan harakatlanmoqda? g=10min =1,7 Javob: 21
    311. 50 cm uzunlikli vaznsiz aterjenga 400 g massali sharcha mahkamlangan, va u vertikal tekislikda tekis aylanadi. Agar sterjen 24 N maksimal yuklanishga dosh bera olsa, aylanishning qanday minimal burchak tezligida uning uzilishi to'y beradi? g = 10 m/s² Javob: 10
    312. Ipning uchiga bog'langan 250 g massali sharcha vertikal tekislikda tekis aylanadi. Ipning taranglik kuchi trayektoriyaning pastki nuqtasida yuqori nuqtasidagiga qaraganda qanchaga ortiq?g=10m/s2. Javob: 5
    313. 0.1 kg massali jism 1 m uzunlikdagi ipda vertikal tekislikda tekis aylanadi. Aylanish o'qi poidan 2 m balandda joylashgan Pastki nuqtadan o'tish jarayonida ip uzilib ketadi, va jism polga ip uzilgan nuqtadan 4 m masofaga (gurizontal bo'yicha) borib tushadi. Ipning uzilish momentidagi taranglik kuchini aniqlang g=10m/s
    Javob: 9
    314. Massasi 1 kg va uzunligi 20 cm boʻlgan matematik mayatnik vertikal tekislikda tebranishlar bajarmoqda. Mayatnik ipi vertikal bilan 60" burchak hosil qilgan paytda, mayatnik yukining tezligi 1 m/s ga teng Shu paytda ipning taranglik kuchi qanday? g=10 m/s Javob: 10
    315. 2 kg massali jism 1 m uzunlikdagi ipda vertikal tekislikda tekis aylanadi. Jism ip osilgan nuqtadan 0,5 m pastda joylashgan nuqtadan o'tayotgan paytda ip uziladi. Shundan so'ng jiam ip osilgan nuqtadan m balandlikka ko'tariladi. Ip uzilishdan oldin uning tarangligi qanday bo'lgan? g-10m/s2. Javob: 250
    316. Samolyot "o’lik sirtmoq" bajarmoqda (ya'ni, halqasimon sirtmoq bo'yicha harakatlanmoqda). Agar uchuvchining massasi 70 kg. samolyotning tezligi 100 m/s, va aylana (surtmoq) radiusi 200 m bo'lsa, uchuvchining trayektoriyaning quyi nuqtasida o'rindiqqa beradigan bosim kuchini aniqlang. g=10 m/s² Javob: 4200
    317. Samolyot “o'lik sirtmoq" bajarmoqda. Trayektoriyaning quyi nuqtasida uchuvchining o'rindiqqa beradigan bosim kuchi og'irlik kuchidan 5 marta katta. Yuqori nuqtada uchuvchi vaznsizlik holatida bo'ladi. Samolyotning quyi nuqtadagi tezligi yuqori nuqtadagidan necha marta katta? Javob: 9

    314. Massasi 1 kg va uzunligi 20 cm bo'lgan matematik mayatnik vertikal tekislikda tebranishlar bajarmoqda. Mayatnik ipi vertikal bilan 60° burchak hosil qilgan paytda, mayatnik yukining tezligi 1 m/s ga teng Shu paytda ipning taranglik kuchi qanday? g= 10 m/s2 Javob: 10


    315. 2 kg massali jism 1 m uzunlikdagi ipda vertikal tekislikda tekis aylanadi. Jism ip osilgan nuqtadan 0,5 m pastda joylashgan nuqtadan o'tayotgan paytda ip uziladi Shundan so'ng jiam ip osilgan nuqtadan m balandlikka ko'tariladi. Ip uzilishdan oldin uning tarangligi qanday bo'lgan? g=10m/s2. Javob: 250
    316. Samolyot "elik sirtmoq" bajarmoqda (ya'ni, halqasimon sirtmoq bo'yicha harakatlanmoqda). Agar uchuvchining massasi 70 kg. samolyotning tezligi 100 m/s, va aylana (sirtmoq) radiusi 200 m bo'lsa, uchuvchining trayektoriyaning quyi nuqtasida o'rindiqqa beradigan bosim kuchini aniqlang g=10 m/s2 Javob: 4200
    317. Samolyot "o'lik sirtmoq" bajarmoqda. Trayektoriyaning quyi nuqtasida uchuvchining o'rindiqqa beradigan bosim kuchi og'irlik kuchidan 8 marta katta. Yuqori nuqtada uchuvchi vaznsizlik holatida bo'ladi. Samolyotning quyi nuqtadagi tezligi yuqori nuqtadagidan necha marta katta? Javob: 2
    318. Qandaydir jismning og'irligi Yerning qutbida uning ekvatordagi og'irligidan 313,6 mN ga ko'p. Shu jismning massasi qanchaga teng? Yerning o'z o'qi atrofida aylanish burchak tezligi 7,3*10-5 rad/s, Yerning radiusi 6400 km. Yerni ideal shar deb hisoblang Javob: 10
    319. Jismni qandaydır sayyoraning qutbidan ekvatoriga ko'chirishda uning vazni 20 % ga kamayadi. Sayyoraning aylanish burchak tezligi 0,001 rad/s, uning radiusi 3000 km. Shu sayyoradagi erkin tushish tezlanishi qanchaga teng? Sayyorani ideal shar deb hisoblang. Javob: 15.
    320. 2500 kg massali poyga avtomobili ekvator bo'ylab shosseda 360 km/h tezlik bilan harakatlanadi. Avtomobilning g'arbdan sharqqa va sharqdan g'arbga tomon harakatlarida yo'lga beradigan bosim kuchlari qanchaga farq qiladi? Yerning aylanish burchak tezligi 7,3*10-5 rad/s. Javob: 73
    321. Uzunligi 1 m va massasi 200 g bo'lgan yupqa zanjirni aylana halqa qilib bog'landi, silliq gorizontal sirtga qo'yildi va vertikal o'q atrofida shunday aylantirildiki, zanjirning har bir elementining tezligi 6 m/s ga teng bo'ldi. Zanjirning tarangligini toping. Javob: 5
    322. Uzunligi 0,8 m va massasi 300 g bo'lgan rezina shnur aylana halqa shakliga ega. Uni silliq gorizontal sirtga qo'yildi va vertikal o'q atrofida shunday aylantirildiki, zanjirning har bir elementining tezligi 3 m/s ga teng bo'ldi. Agar shnurning bikrligi 30 N/m bo'lsa, uning uzayishini (cm da) toping. Javob: 10


    Download 166.06 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




    Download 166.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. kinematika ko'chish. Yo'l. Tekis harakat

    Download 166.06 Kb.