1. Kirish Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalari




Download 21,55 Kb.
bet2/5
Sana19.01.2024
Hajmi21,55 Kb.
#141130
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Kirish Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahal-fayllar.org

Kanallashtirilgan chorrahalar
Chorrahalardan oʻtish tezligi yoʻllarning ularga tutashadigan joylaridagiga qaraganda kamroq boʻladi. Avtomobilning chorrahaga katta tezlikda bevosita kirib kelishi va ayni vaqtda avtomobillarning chorrahada asosiy yoʻlga past tezlikda oʻtishi yoʻl-transport hodisalari roʻy berish xavfini tugʻdiradi. Bunday hollarning yuz bermasligi uchun yoʻllarning kesishishga tutashish joylarida qatnov qismining qoʻshimcha polosalari qilinadi, ular asosiy qatnov qismidan boʻyoq surtilgan ajratish chiziqlari yoki bordyurlar bilan ajratib qoʻyiladi, baʼzan tuproqli ajratish polosalari bilan ajratib qoʻyiladi.
Qoʻshimcha yoʻlkalar asosiy yoʻldan tutashuvchi yoʻlga oʻtuvchi avtomobillarga, toʻgʻri yoʻnalishda kelayotgan avtomobillarga halaqit bermasdan, tezlikni oldindan kamaytirishga, magistral yoʻlga kiruvchi avtomobillarga esa, aksincha, bu yoʻlda ketayotgan avtomobillarning tezligiga qadar shigʻov (razgon) olishiga imkon beradi.
Bunday harakatlanish yoʻlkalari shigʻov olish va tezlanish polosalari yoki tezlikni oshirib oʻtish yoʻlkalari deb ataladi. Shahar sharoitida transport oqimlari bir sathda kesishuvchi chorrahalarda, oqimlarni kanallashtirish harakat xavfsizligini taʼminlashda yuqori samara beradi. Chorrahalarda xar bir harakat oqimlari yoʻnalishlari uchun alohida harakat yoʻlkalarini tashkil etish harakatni kanallashtirish deyiladi. Bunda har bir yoʻnalish boʻyicha harakat yoʻlkalari bir biridan xavfsizlik orolchalari yoki beton toʻsiqlar (bordyurlar) yordamida ajratiladi. Agar harakat kesishuvchi koʻchalardan faqat birida kanallashtirilsa, bunday chorraha qisman kanallashtirilgan deb ataladi. Agar harakat kesishuvchi barcha koʻchalarda kanallashtirilsa, bunday chorraha toʻliq kanallashtirilgan deb ataladi.
8.4-rasm. Kesishish burchagi qiymatiga bogʻliq ravishda chorrahalarni rejalashtirish:
a - α < 30°; b - α = 30–45°; v - α = 50–75°; g - α = 90°; d - α = 115°; ye - α = 135°;j - α = 150°; z - α > 150°.

8.5-rasm. Kanallashtirilgan harakatli yoʻllarning kesishuvi va qoʻshiluvi:
1 — ajratish polosasi; 2 — qoplamaga boʻyoq bilan chizilgan orolchalar; 3 — chapga burilishni kutadigan avtomobillar uchun qatnov qismining qoʻshimcha polosasi; 4 — qatnov qismdagi belgi chiziqlari;
5- asosiy yoʻlda oʻngga burilish yoʻlkasi; 6 — uchburchak orolchalar; 7 — tomchisimon orolchalar.
Bunda kuzatishlar asosida avtomobilning tezlanishi α shigʻov (razgon) olishda 0,9-1,2 m/s2, sekinlashishda 1,75-2,5 m/s2 ga teng deb olinadi. Amalda yoʻl toifasi va kesishish joyidagi boʻylama nishabiga qarab tezlikni oshirish polosalari ishchi qismining uzunligi 30 dan 230 m gacha masofani tashkil etadi.

8.6-rasm. Tezlikni oshirish yoʻlkalarini rejalash. Tezlikni oshirish polosalari kesishish joyida ikki turda boʻladi:a) asosiy qatnov qismiga parallel boʻlgan eni oʻzgarmas; b) qatnov qismiga ravon qoʻshiladigan eni asta-sekin torayib boruvchi. Tezlikni oshirish polosalarining birinchi turi yuqori toifali yoʻllarda quriladi, chunki ular tezlikni oʻzgartirishga eng yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu xolda shigʻov (razgon) olish polosasi ikki qismdan iborat boʻladi:
− tezlikni oʻzgartirish va harakat oqimiga tutashish uchastkalari (avtomobil bu joyda transport oqimining tezligigacha shigʻov (razgon) oladi va avtomobillar oʻrtasidagi intervalni kutgan holda harakatlanadi, bu intervaldan oqimga qoʻshilish uchun foydalanish mumkin);
− tezlikni oshirish polosasining asosiy qatnov qismi bilan tutashishi uchun eni asta-sekin kamayib boradigan uchastka.
Tezlikni oshirish polosalarining ikkinchi turi harakat jadalligi kam boʻlgan yoʻllar uchun yaroqli, bunda asosiy yoʻlda intervalni kutmasdan transport oqimiga qoʻshilishi ehtimoliy yetarlicha katta boʻladi. Shigʻov olish va tormozlash polosalarining eni asosiy yoʻldagi harakatlanish polosasining eniga teng qilib olinadi.
8.1-jadval

Download 21,55 Kb.
1   2   3   4   5




Download 21,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Kirish Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalari

Download 21,55 Kb.