|
1. Kirish Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalari
|
bet | 1/5 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 21,55 Kb. | | #141130 |
Bog'liq 1. Kirish Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahal-fayllar.org
1. Kirish Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalari Kanallashtirilgan chorrahalar
Mavzu: .Shahar ko‘chalari tarmog‘ining asosiy sxemalari
Reja:
1.Kirish
2. Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalari
3. Kanallashtirilgan chorrahalar
4. Shahar koʻchalarining har xil sathda kesishuvlari, turlari, tasniflari va ularni qoʻllanilishi
5.Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalari
Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalarida harakatning oʻziga xos xususiyatlari. Boshqarilmaydigan va boshqariladigan bir sathdagi chorrahalar. Kanallashgan va halqali chorrahalar. Toshkent shahri koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalarida harakat sharoiti. Har xil sathda harakat tashkil etilgan shahar chorrahalari. Transport chorrahalariga chiqish. Transport chorrahalarining tasnifi. Har xil sathdagi toʻliq boʻlmagan va toʻliq shahar chorrahalari. Transport chorrahalarining oʻzaro joylashuvi. Shahar koʻcha va yoʻllaridagi chorrahalarda harakatni tashkil etish.
Shahar koʻchalari chorrahalarini turli sxemalar boʻyicha loyihalash mumkin. Chorrahaning sxemasini kelajakdagi harakat jadalligining miqdori va xarakterini hisobga olgan holda va albatta, koʻcha tarmogʻining rejasiga (planiga) koʻra tanlanadi.
Chorrahalarda transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi murakkablashadi, bu esa harakat xavfsizligi va qulayligini taʼminlovchi tadbirlar koʻrilishi lozimligini talab etadi.
Chorrahalarning asosiy sxemalari quyida keltirilgan 8.1-rasmda aks ettirilgan.
Chorrahalar (kesishuvlar) sxemasi: a — toʻgʻri burchak hosil qilib; b — qiyshiq burchak hosil qilib;
v — T-simon tutashuv; g — U-simon tutashuv; d — aralash tutashuv; e — ayrisimon tutashuv; j — murakkab tutashuv
Xavfsizlikni oshirish uchun yangi qurilish hududlarida kesishuv joylarini, shahar atrofi yoʻllaridagi kabi, zarur koʻrinishlik masofasi bilan loyihalash zarur. Biroq, mavjud qurilishlar juda koʻp hollarda bunga yoʻl qoʻymaydi, shuning uchun harakat gavjum boʻlgan barcha chorrahalarda, odatda, svetoforlar oʻrnatiladi.
Koʻchalarning temir yoʻllar bilan bir sathda kesishuvlarida gorizontal maydonchada loyihalanadi, u har ikki tomonga temir yoʻlning chetki izidan (relsidan) kamida 10 m masofada qurilishi loyihalanishi kerak.
Chorrahalarni vertikal rejalashtirish kesishadigan koʻchalarning ahamiyatiga va toifasiga hamda boʻylama nishabliklarning yoʻnalishiga bogʻliq. Kesishadigan koʻchalar qatnov qismi oʻqining belgilari yo kesishadigan koʻchalar oʻqining belgilari yoki kesishadigan koʻchalar novlarining belgilari bilan tutashishi mumkin. Magistral koʻchalarda koʻndalang novlar qilish yaramaydi. Baʼzi bir hollarda chorrahada bir nishabli koʻndalang profil loyihalash mumkin.
Piyodalar yurishi uchun chorrahalarda qoplamada metall knopkalar, koʻndalang polosalar tarzida boʻyab yoki rangli asfalt plitkalari («zebra» turidagi) bilan belgilab ajratilgan oʻtish joylari koʻzda tutiladi. Govjum harakatli koʻchalarda piyodalarning xavfsizligi uchun yer osti oʻtish yoʻllari yoki xavfsizlik orolchalari tashkil etiladi.
Chorrahadagi konflikt nuqtalari.
8.3-rasm. Chorrahalarning turlari;
a — Halqasimon harakat. b — bir sathdagi chorraha s — Bir
sathdagi kesishuv chorrahalari (xavfsizlik orolchalari bilan). d — i — Avtomobil yoʻllarining turli sathdagi murakkab kesishuvlari.
|
| |