1. Kirish Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalari




Download 21,55 Kb.
bet4/5
Sana19.01.2024
Hajmi21,55 Kb.
#141130
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Kirish Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahal-fayllar.org

8.7-rasm. San-Fransisko yaqinidagi yoʻllar kesishmasi, AQSh.

8.8-rasm. Tokiodagi yoʻllar kesishmasi, Yaponiya.

8.9-rasm. Osaka shahri atrofidagi yoʻllar kesishuvi, Yaponiya.

8.10-rasm. Osaka shahri atrofidagi yoʻllar kesishuvi, Yaponiya.

8.11-rasm. Chikago shahridagi yoʻllar kesishuvlari, AQSh.
Turli sathlarda kesishuv sxemalarining soni koʻp boʻlganligi munosabati bilan chapga burilib tushish yoʻllarini aylana choraklarining birinchisidan boshlab ketma-ket tavsiflab, xavflar bilan belgilash mumkin. Oʻng tomondan tarmoqlanish va tutashish P, chap tomondan L harfi bilan belgilanadi; chapga burilish aylanasi K harfi bilan belgilangan. Kesishuv markazini tashqi tomondan aylanib oʻtish (P) harfi bilan, ichki tomondan oʻtish (L) harfi bilan belgilanadi. Simmetrik kesishuvni qisqartirib belgilash mumkin. «Beda bargi» KKKK yoki 4K tarzida yoziladi, toʻgʻri chapga burilib kesishuv 4PP (L) tarzida belgilanadi.
Har xil sathlardagi kesishishlarda chapga burilib tushish-chiqish yoʻllarining tasnifi.
Quyida keltirilgan rasmda murakkab chorrahalarning bir nechta misoli koʻrsatilgan, ularda barcha transport oqimlarining kesishuvi ikki sathda yuz beradi. Bu xol katta yer maydonlarini ajratish va sakkiztoʻqqizta koʻprik qurish bilan bogʻliq.


8.12-rasm. Murakkab kesishishlarga misollar.
Turbina turi deb ataladigan kesishuv sxemasida toʻqqizta yoʻl oʻtkazgich bor, rasmdagi a) – variant kesishuv sxemasi b) -da taqsimlovchi halqa gʻoyasidan qisman foydalaniladi. Barcha tushish yoʻllarining qatnov qismining chap yoʻlkasidan tarmoqlantirilishi muvaffaqiyatsiz chiqqan. Bu kamchilik , v) — sxemada qisman bartaraf etilgan. g), d) — sxemalar harakat bilan kam band boʻlgan ikkita yoʻnalishda chap burilishli sirtmoqlarni (aylanalarni) oʻz ichiga oladi.
8.12-rasmdagi, ye) -variant chap burulishli oqimlar uchun eng katta qulaylik tugʻdiradi. Chap burilishli va oʻng burilishli tushish yoʻllari radiuslari bir-biriga teng. j), z), i) — sxemalar tushish yoʻllari markazini ichki tomondan aylanib oʻtadi.
Turli sathdagi murakkab kesishuvlarni loyihalash turli yoʻnalishlar boʻyicha harakat jadalligi epyurasini chizishdan boshlanadi. Uning asosida kesishuv sxemalarining variantlari belgilanadi. Bunda buriladigan intensiv transport oqimlarining oʻtishi uchun eng qulay sharoitlar yaratiladigan variant tanlanadi. Kesishuvlar qurish uchun foydalaniladigan hududning shaklini (konfiguratsiya) hisobga olish kerak. Hudud koʻrinishi koʻp hollarda kesishuv sxemalarini tanlashda asosiy mezon boʻladi.
Navbatdagi bosqich elementlarni berilgan hisobiy tezlik bilan harakatlanish shartidan kelib chiqib aniqlash hamda ularni planda va profilda oʻzaro bogʻlash. Bu — boʻylama nishabning maksimal ruxsat etilgan qiymatini 40‰ gacha chegaralash va yoʻl oʻtkazgichni joylashtirishga kerak boʻladi.
Kesishuvlarning sxemalari transport oqimlarining harakatlanish yoʻnalishi nuqtai nazaridan mantiqiy boʻlishi zarur. Ajraladigan oqimlarning intensivligi eng kam boʻlgan qismi oʻngga burilishi, tranzitli oqim esa yoʻlni oʻzgartirmasdan davom ettirishi kerak. Harakat yoʻnalishi ravon oʻzgartirilishi, oʻzgartirish joylari esa uzoqdan koʻrinib turishi kerak.
Tushish yoʻllari oddiy va haydovchilar uchun tushunarli joylashgan boʻlishi zarur. Tarmoqlanishlar bir joydan boshlangan kesishuvlar eng ratsional hisoblanadi. Bunday yechim haydovchilarning kesishuvda moʻljal olishini osonlashtiradi, ular qayoqqa burilmasin, burilish bir joyda boshlanadi. Bu hol avtomobillarning qayta saflanishini va koʻrsatkich belgilar qoʻyishni soddalashtiradi.
Katta uzunlikdagi bitta yoʻlda kesishuvlar bir turda boʻlishi maqsadga muvofiq va har qanday xolda burilish manyovrlarining bajarilishi bir xilda boʻlishi zarur.
Xulosa
Shahar yoʻl-koʻcha tarmoqlarida bajariladigan eng asosiy vazifalardan biri, tarmoq boʻylab transport, piyodalar va velosipedchilarning xavfsiz harakatni tashkil etish, transport vositalarini tirbandligini bartaraf etish, koʻchaning oʻtkazish qobiliyatni oshirish, koʻcha boʻylab optimal tezlikni taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarini 4 kamaytirish. Sanab oʻtilgan tadbirlarni amalga oshirishda va shahar yoʻl va koʻchalarini transport-ekspluatatsion koʻrsatkichlarini oshirishda qoʻllaniladigan usullardan foydalanish nafaqat harakatni toʻgʻri tashkil etishda, balki harakat xavfsizligini va koʻchani oʻtkazish qobiliyatini oshirishga samarali taʼsir etadi. Shuningdek, yuqorida keltirilgan tadbirlar koʻchani rekanstrukstiya qilishga nisbatan arzon boʻlib, kapital ishlarni qilishdan oldin shahar yoʻl va koʻchalarni harakatlanish sharoitlarini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatda bajariladigan bosqich deb qabul qilish kerak



Download 21,55 Kb.
1   2   3   4   5




Download 21,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Kirish Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻining bir sathdagi chorrahalari

Download 21,55 Kb.