|
Kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari
|
bet | 3/6 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 43,86 Kb. | | #147206 |
Bog'liq Kompyuter ta’minoti va uning turlari
Kompyuterning arxitekturasi. 1945 yilda birinchi kompyuterlar yaratilayotgan vaqtda taniqli amerikalik matematik Djon fon Neyman kompyuterning axborotni qayta ishlovchi universal va samarali qurilma bo’lishi uchun qanday qismlardan iborat bo’lishi kerakligini sezgan. Bu kompyuter qurilmasining asoslari fon Neyman printsiplari deyiladi. Avvalambor fon Neyman printsiplariga asosan kompyuter quyidagi qurilmalarga ega bo’lishi kerak:
Arifmetik-mantiqiy qurilma- Arifmetik-mantiqiy amallarni bajarish uchun;
Dasturlarni bajarilishini tashkil etuvchi boshqarish qurilmasi;
Dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun xotira;
Axborotlarni kiritish va chiqarish uchun tashqi qurilma
Kompyuter xotirasi raqamlangan bir qancha katakchalardan iborat bo’lib, ularning har birida qayta ishlanayotgan ma’lumot yoki dasturlarning instruktsiyalari joylashgan bo’lishi mumkin. Xotiraning barcha katakchalari kompyuterning boshqa qurilmalari uchun ham qulay bo’lishi zarur.
Kompyuter arxiterturasi ya’ni qurilmalari o’rtasidagi bog’liqlik ko’rsatilgan (bitta chiziq boshqarish aloqalarini, ikkita chiziq – axborotli aloqani bildiradi):
Ko’pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti sathi xisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar (ya’ni uzgich-ulagichlar) deb ataladi. Ular yordamida I(и), ILI,(или)б NET(нет) (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funktsiyalar bajariladi.
Asosiy mantiqiy elementlar. Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1
raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, Tva Dkabi triggerlar. Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli bo’lgan elektron sxemalar mashinaga bog’liq bo’lgan programmalarni bajaradi (rus tilida – выполнение машинно–зависимых программ), ya’ni kompyuterda ishlatilgan mikroprotsessorga mos keladigan dasturlarni (programmalarni) bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma, ya’ni ALU – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar traktini shakllantiradi (rus tilida – тракт данных).
|
| |