• Texnikaviy ta’minoti
  • Apparat ta’minoti.
  • Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari




    Download 43,86 Kb.
    bet5/6
    Sana27.01.2024
    Hajmi43,86 Kb.
    #147206
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kompyuter ta’minoti va uning turlari
    MMTVning 46-sonli buyrug‘iga ilovalar copy, Zig\'ir moyini rafinatsiyalash texnologiyasi., 4-AMALIY ISH, 3-AMALIY ISH, Криптография 1,2 УМК узб, Buxoro muhandislik texnologiya instituti huzuridagi vobkent sano-fayllar.org, Biologiya, КТИБДУ иш режаси 2023-24 , ИЧТБДУ Йиллик иш режа 2020-2021, TURON MEDICAL GROUP MCHJ, Elektron raqamli kalitdan foydalanish, Ingliz tili grammatikasi, 200 IELTS Cue Cards, Регламент

    3. Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari


    Ma’lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyatining hamma jabxalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib chuqurlashib bormoqda.
    Umumiy soni, ko’p yuz milliondan oshib ketgan, keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlardan tashqari, hisoblash tizimlarining maxsus vositalari ham ko’payib bormoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda, va hatto ular informatika sohasida mutahassis bo’lmagan odamlar uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va kompyuterlarning dasturlari, bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta’minot – operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.
    Shaxsiy kompyuter uchta tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software) va mantiqiy ta’minot (brainware)lardir.
    Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
    Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o’rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib o’rganiladi. Bunday bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko’p xollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.
    Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya
    (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo’lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib olish mumkin.
    Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar, qoida bo’yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar deb ham ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo’ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi. Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o’tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir.
    Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan har bir dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog’liqligi yo’qdek ko’rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog’lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko’rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko’rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak.
    Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfiguratsiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o’zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko’pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog’lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o’zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo’lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o’zaro aloqada bo’lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni o’rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bo’lgan hisoblash tizimi ko’p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni o’rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi.
    Dasturiy ta`minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma`lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta`minotsiz har qanday zamonaviy kompyuterda biror amal bajarib bo’lmaydi.

    Foydalanilgan adabiyotlar




    1. Download 43,86 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 43,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari

    Download 43,86 Kb.