Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin




Download 29.35 Kb.
bet2/2
Sana27.06.2022
Hajmi29.35 Kb.
#24460
1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word
асн рус 1 курс 5 йиллик to\'g\'ri, 39, 40, 41, 43, 44, 22a19 Rasulova Munisa ESMV kurs ishi , Laboratoriya ishi vtp protokolini sozlash
Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron oʻyinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi „Apple Computer“ firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.

4) kom yaratilishiga o’z xissasini qo’shgan olimlardan kimlarni bilasiz?


“tedd xoff mikroprotsessor” ;german xollerit 19 asr hisoblash va teshuvchi mashina”
5) internet bu?
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.
internet bu dunyoning turli burchaklarida joylashgan va malumot olish uchun mo’ljallangan aloqa kanallari orqali bir biriga ulangan ko’plab komplar yani server va mijozdan iborat global tarmoq degani eng muhim narsa bu juda ko’p malumotlarni qabul qila oladigan va qayta ishlay oladigan kuchli komplardan tashkil topgan serverlarga o’rnatilgan dastur aytiladi. Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (I) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.
20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).
80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir.
Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.
6) internet qachon qayerda tashkil topgan?
Bugunga kelib internet insonlar hayotiga shunchalik singib ketganki, zamonaviy jamiyatni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. "Butunjahon o‘rgimchak to‘ri" yil sayin yangidan-yangi sohalarni qamrab olmoqda. Shunday ekan, Internet zamonamizning eng buyuk kashfiyotlari bilan bir qatorda turishga haqli.
Internet tarixi
Ma'lumotlarni tezkorlik bilan yetkazish qurilmasini yaratish haqida birinchi marta 1950-yillarda AQShda bosh qotirishgan. Biroq bunday qurilmaning qo‘llanilishi harbiy xatti-harakatlar qayd etilgan holatlarda axborot yetkazishda ustunlikka ega bo‘lish maqsadiga yo‘naltirilgan. Shu bois loyihani moliyalashtirish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi mas'ul bo‘lgan.
ARPA (AQSh armiyasidagi yangi texnologiyalar uchun javob beruvchi agentlik)da paydo bo‘lgan g‘oyalardan biri tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlardan foydalanish bo‘ldi. G‘oya mohiyati shundan iborat ediki, bu tarmoq tugunlari maxsus ajratilgan inshootlarda bo‘lib, ulardan biri ishdan chiqqan taqdirda, qolgani avtonom ishlay olardi. Bu esa har qanday xabarni zudlik bilan tegishli manzilga yo‘llash imkonini berar edi.
AQShning to‘rt kompaniyasi loyihani amalga oshirishga kirishganidan so‘ng ARPA g‘oyasi qabul qilingan. Ular orasida Stenford tadqiqot markazi va uch universitet (Yuta, Kaliforniya shtatlaridagi Stenford universiteti va Kaliforniyadagi Los-Anjyeles universiteti) bor edi.
1961 yilda Leonard Kleyton tomonidan yaratilgan uslub ishlanmani hayotga tatbiq qilishga turtki berdi.
Leonard Kleyton
Sinovlarga 1969 yilning 29 oktabrida start berilgan. Ishlab chiqaruvchilar bir-biridan 640 km masofadagi ikki kompyuterni tanlashgan. Vazifa «LOGIN» so‘zini bir kompyuterdan boshqasiga yo‘llashdan iborat bo‘lgan. Ikkinchi urinishdayoq ijobiy natijaga erishilgan. Shu tariqa, Internet paydo bo‘lishining rasmiy sanasi 1969 yilning 29 oktabri hisoblanadi. Birinchi kompyuter tarmog‘i esa ishlab chiqaruvchilar sharafiga ARPANET deya nomlangan.
Mobil internet
Zamonamiz kishisi o‘z hayotini mobil internetsiz tasavvur qila olmasa kerak. Bu istagan vaqtda kerakli ma'lumot olishning eng oson va tezkor usulidir.
Ilk mobil internet 1998 yilda CSD-ulanish vositasida paydo bo‘lgan, lekin faqat 2000-yillardan keyingina tanila boshlagan. Bu CSD-ulanishning foydalanuvchiga juda qimmatga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Keyinchalik mobil internetning yangi turi – WAP paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, foydalanuvchi faqat sarflagan trafigi uchungina pul to‘laydigan bo‘ldi. O‘shandan buyon mobil internet odamlar orasida keng tarqalib, ommalasha boshladi.
Undan keyin GPRS va EDGE-ulanish turlari paydo bo‘ldi. Bular mobil chatlarda muloqot qilish imkoni tufayli foydalanuvchilarning e'tirofiga sazovor bo‘ldi.
Bugunga kelib, 3G va 4G ulanish turlari eng mashhur hisoblanadi. 4G ulanish tezligi bo‘yicha yutadi, 3G esa hududiy tarqalish ko‘rsatkichlariga ko‘ra yetakchilik qiladi. Kelgusida takomillashtirilgan 5G internetning tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda.
Ilk elektron xabar
Birinchi elektron xabar dasturchi va elektron pochta ishlab chiqaruvchisi Rey Tomplinson tomonidan tuzilgan. U ARPANET dasturchisi bo‘lgan va e-mail orqali ma'lumot yetkazish serverini ishlab chiqqan. 1971 yilda dunyodagi birinchi elektron xabar yo‘llangan.
Rey Tomplinson
Oradan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, elektron pochta interfeysida katta o‘zgarishlar kuzatilmagan va u o‘zining asosiy vazifasini bajarishda davom etmoqda. Faqat elektron pochta funksionali kengaygan, masalan, matnli xabarga fayllarni biriktirish funksiyasi paydo bo‘lgan.
Birinchi sayt
Dunyodagi eng birinchi sayt 1991 yilning 6 avgustida paydo bo‘lgan, u Tom Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. Sayt axborot matnli veb-sahifa ko‘rinishida bo‘lib, unda grafiklar bo‘lmagan.
Tom Berners-Li
Biroq bu veb-sahifa tufayli 90-yillar interfeysi bilan tanishish hamda saytlarning ichki va tashqi mazmunida erishilgan o‘zgarishlarni sezish imkoni paydo bo‘ldi.
7) internet tarmog’i yaratilishda qaysi olimlar tashabbus ko’rsatgan?

8) www bu?

9) www tushunchasi qachondan qo’llana boshlagan?

10) domen deganda nimani tushunasiz tarif bering?

11) ofis dasturlari deganda nimani tushunasiz?

12) tarmoq turlari haqida aytib bering?

13) lokal tarmoqqa tarif bering?

14) mintaqviy tarmoqqa tarif bering?

15) global tarmoq nima?

16) eng birinchi printerlar qachon tashkil etilgan?

17) printerlarning turlarini sanab bering?

18) kompning asosiy qurilmalariga qaysilar kiradi?


shaxsiy kompning asosiy qurilmalari bular 1)ona plata 2)protsessor 3) ata 4)tezkor xotira ram 5)kengaytiruvchi kartalar ssd disk 6) quvvat blogi 7) diskovot 8)qattiq disk 9)klaviatura 10) sichqoncha 11)monitor 12)korpus bilingi agarda bu qurilmalarning barchasi ixtiiyoringizda bolsa bilinki siz shaxsiy komp egasisiz.
19) kabelning nechta turi mavjud?

20) kompga qo’shimcha qurilma sifatida nimalarni aytish mumkin?

21) axborotning turlarini sanab bering?

22) axborot birligi deganda nimani tushunasiz va ularni tartibi bilan sanab bering?

23) optik tolali kabelga tarif bering?

24) word dasturi deganda nimani tushunasiz?

25) excel dasturi asosan qanday amallar bilan ishlash uchun qulay?

26) access dasturi nima?

27) windovs bu?

28) ehm bu?

29) topologiya deganda nimani tushunasiz?

30) 2ta va undan ortiq komplarning bog’lanishi nima deb ataladi?

31) modem nima va u qanday ishlaydi?

32) komp virusi nima?

33) antivirus qanday dastur?

34) komp virusi qachon kim tomonidan yaratilgan?

35) eng birinchi operatsion tizim qachon yaratilgan?

36) power poin dasturi qanday dastur?

37) admin bu?

38) wifi tizimi qachon tashkil topgan?

39) diskning qanday turlari mavjud va biz ulardan nima uchun foydalanamiz?

40) pusk tugmasi yordamida bajarish mumkin bo’lgan o’zingiz biladigan amallarni aytib bering?

41) shift tugmasi hamda qo’shimcha qurilmalar yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?

42) enter tugmasining vazifalariga nimalar kiradi?

43) simli va simsiz tarmoq deganda nimani tushunasiz?

44) lunix operatsion sistemasi haqida ayting?




Download 29.35 Kb.
1   2




Download 29.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin

Download 29.35 Kb.