1. Kompyuter maʼlumotlarni himoyalash vositalari




Download 315.11 Kb.
bet1/10
Sana03.05.2023
Hajmi315.11 Kb.
#55934
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
24 mavzu
Doc2, stsenariy prazdnika v 1 klasse, 11 o\'zbek mavzulashtirilgan test, Internet tarmogʻi 29 mavzu, pdf, BU FAN NAMUNAVIY FAN DASTURIDA UCHTA YO, Moliya, Hujjat 2022 10 14 Тайёр, amarant-o-simligining-xalq-xo-jaligidagi-axamiyati-va-uning-zararli-entomofaunasi, DUT Yakuniy nazorat savollari fiziologiya, annotatsiya, A8 Tex, M 12 Tex, Horij konfrensiya 08.2023

Reja
I. Kirish

1 . Kompyuter maʼlumotlarni himoyalash vositalari


II. Asosiy qism

2.1 Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning texnik vositalari.



2.2  Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning dasturiy vositalari.
2.3 Internet va undan foydalanish Imkoniyatlari
III. Xulosa.
IV.Foydali adabiyotlar.

Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning texnik vositalari. Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning dasturiy vositalari. Kompyuter ma'lumotlarini himoyalashning aralash vositalari.


Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir. Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin.
Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun
«tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari deganda, faqatgina axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlar tushuniladi.
Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy dasturiy vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • kompyuter tizimlarida foydalanuvchilarni identifikatsiyalovchi va autentifikatsiyalovchi dasturlar;

  • kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlarini cheklovchi dasturlar; – axborotlarni shifrlovchi dasturlar;

  • axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni, ma’lumotlar bazalarini, ta’limning kompyuter tizimlarini va hokazo) noqonuniy o‘zgartirishlardan, foydalanishlardan va ko‘paytirishlardan himoyalovchi dasturlar.

Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga taalluqli ma’noda identifikatsiyalash atamasi kompyuter tizimlari sub’ektining unikal nomini bir qiymatli tanib olishni bildiradi. Autentifikatsiyalash esa taqdim etilgan nomni ushbu sub’ektga mosligini tasdiqlashni anglatadi (sub’ektning aslligini tasdiqlash).
Axborotlarni muhofaza qilishning yordamchi dasturiy vositalariga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

  • qoldiq axborotlarni (tezkor xotira blokidagi, vaqtinchalik fayllardagi va hokazo) yo‘q qiluvchi dasturlar;

  • kompyuter tizimlarining xavfsizligi tizimiga bog‘liq bo‘lgan turli voqea va hodisalarni tiklash hamda shunday voqea va hodisalar ro‘y berganini isbotlash uchun foydalaniladigan audit dasturlari (qayd qilish jurnallarini yuritish);

  • qoidabuzar bilan ishlashni imitatsiyalovchi dasturlar (qoidabuzarni go‘yoki yopiq axborotlarni olgan deb chalg‘itish);

  • kompyuter tizimlarining himoyalanganligini sinovdan o‘tkazuvchi nazorat dasturlar va boshqalar.

Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining afzalliklariga quyidagilar kiradi:

  • ko‘paytirishning osonligi;

  • moslanuvchanlik (turli sharoitlarda qo‘llaniladigan muayyan kompyuter tizimlarini, axborot xavfsizligiga tahdidning o‘ziga xosligini hisobga olib, sozlash imkoniyati);

  • qo‘llashning qulayligi – bir xil dasturlar, masalan shifrlovchi dasturlar «shaffof» (foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan) rejimda ishlaydi, boshqalari foydalanuvchidan hech qanday qo‘shimcha yangi (boshqa dasturlari bilan taqqoslaganda) ko‘nikmalar talab qilmaydi;

  • ularni axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar hisobini yuritish uchun o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan takomillashuvining amaldagi chek-chegarasiz imkoniyatlari mavjudligi. Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

  • himoyalovchi dasturlarning faoliyati kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanish hisobiga bo‘lgani uchun bu tizimlar samaradorligining susayishi;

  • juda past unumdorlik (xuddi shunday vazifani bajarayotgan apparat vositalar bilan taqqoslaganda, masalan shifrlovchi qurilma);

  • axborotlarni himoyalovchi ko‘pgina dasturiy vositalarning kompyuter dasturiy ta’minotiga bevosita o‘rnatilmagani (quyidagi rasmlar), bu holat qoidabuzarning ushbu dasturlarni chetlab o‘tishiga prinsipial imkoniyatlar yaratadi;

  • kompyuter tizimlaridan foydalanish jarayonida axborotlarni himoyalashning dasturiy vositalarini qasddan o‘zgartirish imkoniyati.

  • Kompyuteringizni boshqa birovning kirib kelishidan himoya qilish tizimlari juda xilma -xil bo'lib, ularni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin.

  • - umumiy dasturiy ta'minot bilan ta'minlangan o'z-o'zini himoya qilish vositalari;

  • - hisoblash tizimining bir qismi sifatida himoya vositalari;

  • - axborot so'rovi bilan himoya vositalari;

  • - faol himoya vositalari;

  • - passiv himoya vositalari va boshqalar.

  • Ushbu himoya guruhlari rasmda batafsilroq ko'rsatilgan.

  • Dasturiy ta'minotni himoya qilish vositalari

  • Axborotni dasturiy himoyalashdan foydalanishning asosiy yo'nalishlari

  • Maxfiy ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash uchun dasturlardan foydalanishning quyidagi sohalarini ajratish mumkin, xususan:

  • - axborotni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish;

  • - ma'lumotlarni nusxalashdan himoya qilish;

  • - nusxa ko'chirish dasturlarini himoya qilish;

  • - dasturiy viruslarni himoya qilish;

  • - axborotni viruslardan himoya qilish;

  • - aloqa kanallarining dasturiy himoyasi.

Bu sohalarning har biri uchun professional tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan va bozorlarda tarqatiladigan yuqori sifatli dasturiy mahsulotlar etarli miqdorda mavjud

Download 315.11 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 315.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Kompyuter maʼlumotlarni himoyalash vositalari

Download 315.11 Kb.