1. Korxona faoliyatini funksional tashkiliy tuzilishi




Download 20,14 Kb.
Sana11.06.2024
Hajmi20,14 Kb.
#262694
Bog'liq
14-variant


Savollar
1. Korxona faoliyatini funksional tashkiliy tuzilishi.
2. Global biznes muhitida axborot tizimlarini boshqarish bilan bog'liq qanday
qiyinchiliklar va imkoniyatlar mavjud?
3. Tashkilotlar o'z axborot tizimlari xavfsizligini qanday ta’minlaydi?
4. Axborot tizimlari infratuzilmasi uchun kompleks jismoniy xavfsizlik rejasining asosiy tarkibiy qismlari qanday?
1-javob

  • Korxona o‘z faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishadi. Har bir korxonada o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat, moliyaviy, energetik va boshqa zaruriy resurslar mavjud bo‘lib, korxona ularga egalik qilish, umumxalq mulkining unga tegishli bo‘lgan qismidan foydalanish va boshqarish huquqiga ega.

  • Korxonaning iqtisodiy birligi deganda, uni tashkil qiluvchi barcha tarkibiy qismlari korxonaning markazlashgan omboridan sexlarga reja asosida materiallar yetkazib berishni ta’minlashi tushuniladi.

2-javob

  • Axborot texnologiyalari (inglizcha: Information Technology(IT)) — bu kompyuter tizimlari, dasturiy taʼminot, dasturlash tillari, maʼlumotlar, maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlashni oʻz ichiga olgan tegishli sohalar toʻplami. Axborot texnologiyalari (AT) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning bir qismini tashkil qiladi. AT tizimi — odatda, axborot tizimi, aloqa tizimi yoki aniqrogʻi, kompyuter tizimi, jumladan, barcha apparat, dasturiy taʼminot va periferik jihozlar — cheklangan AT foydalanuvchilari guruhi va AT loyihasi tomonidan boshqariladigan tizim va odatda AT tizimini ishga tushirish va joriy etishni nazarda tutadi.

Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.

  • Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan biri- tizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.

3-javob

  • Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi. Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun‘iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta‘sirlardan axborot va uni qo‗llab-quvvatlab turuvchi infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday tа‘sirlar ахbоrоt sоhаsidаgi munоsаbаtlarga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo‗llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

  • Axborot sohasida shaxs manfaatlari fuqarolarning axborotdan foydalanishga

doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda taqiqlanmagan
faoliyat bilan shug‗ullanishida hamda jismoniy, ma‘naviy va intellektual
rivojlanishda axborotlardan foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlovchi
axborot himoyasida namoyon bo‗ladi
4-javob

  • Axborot sohasida jamiyat manfaatlari bu sohada shaxs manfaatlarini ta‘minlashda, demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni qurishda, ijtimoiy hamjihatlikni qo‗llab-quvvatlashda o‗z aksini topadi. Axborot sohasida davlat manfaatlari milliy axborot infrastrukturasining rivojlanishiga sharoitlar yaratishda, axborot olish sohasida shaxs va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshishida, O‗zbekistonning hududiy birligini, suverenitetini va konstitutsiyaviy tuzumining mustahkamligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta‘minlash maqsadida axborotdan foydalanishda, qonuniylik va huquq tartibotni qat‘iy amalga oshishida, o‗zaro tenglik va o‗zaro manfaatdorlikdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ifodalanadi.

  • Axborot xavfsizligi – ko‗p qirrali faoliyat sohasi bo‗lib, unga faqat tizimli, kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etishda huquqiy, ma‘muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralarni qo‗llaniladi. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta‘minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud: – ma‘lumotlar butunligi – axborotni yo‗qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma‘lumotlarni mualliflik huquqi bo‗lmagan holda hosil qilish yoki yo‗q qilishdan himoya qilish;

Download 20,14 Kb.




Download 20,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Korxona faoliyatini funksional tashkiliy tuzilishi

Download 20,14 Kb.