• 2. Nazariy qism
  • 3. Ishning bajarilish tartibi
  • 4. Laboratoriya ishini bajarish uchun vazifa
  • 1– lаbоrаtоriya ishi arduino mikrokontrollyori va Arduino ide dasturi bilan tanishish Ishdan maqsad




    Download 322.21 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana16.04.2024
    Hajmi322.21 Kb.
    #198010
    Bog'liq
    1-laboratoriya (1)
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja


    1– LАBОRАTОRIYA ISHI 
    Arduino mikrokontrollyori va Arduino IDE dasturi bilan tanishish 
     
    1. Ishdan 
    maqsad: talabalarni operatsion tizim, raqamli 
    texnologiyalar, dasturlash, mikrokontrollyorlar hamda boshqa qurilmalar 
    bilan tanishtirish va ishlash asoslarini o‘rgatish. 
    2. Nazariy qism 
     
    Arduino – elektronika bilan shug‘ullanuvchilar uchun elektron 
    qurilmalarni tez ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan elektron konstruktor 
    va qulay platformadir. Platforma dasturlash tilining qulayligi, shuningdek 
    arxitektura va dastur kodining ochiqligi tufayli keng tarqaldi. Mohiyatiga 
    ko‘ra Arduino kichik kompyuter bo‘lib, virtual dunyo doirasidan fizik 
    dunyoga chiqishga va u bilan o‘zaro ta‘sirlashishga imkon beradi. Arduino 
    bazasidagi qurilma atrof muhitdan turli datchiklar orqali axborotni olishi 
    mumkin, shuningdek turli bajaruvchi qurilmalarni boshqarishi mumkin. 
    Arduinoga asoslangan qurilma loyihasi mustaqil ishlashi mumkin yoki 
    kompyuterning dasturiy ta‘minoti bilan o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin. 
    1-rasm. Arduino mikrokontrollyor turlari 


    Arduino UNO Atmega328 mikrokontrollyoriga asoslangan bir nechta 
    (Mega, Mikro, Nano, Lilypad va boshqalar) ishlab chiqarish platalaridan 
    biridir. U asosan qoʻllanish sohasi kengligi va universalligi tufayli keng 
    tarqalgan. Arduino UNOda 14 ta raqamli kirish-chiqish portlari mavjuddir. 
    Shuningdek oltita kiruvchi analog porti mavjuddir. 16 MHz li generator, 
    USB port, ta‘minot manbaiga ulovchi shtekkeri, tozalash tugmasi va 
    boshqa mikrokontrollyorlar bilan birgalikda ishlash uchun moʻljallangan 
    ICSP shtekkeri mavjuddir. 
    Arduino bilan ishlashni boshlash uchun arduino.cc saytiga kirish va 
    Download bo‘limidan Arduino IDE dasturini ko‘chirib olish kerak. Bu 
    ishlarni bajarishdan oldin kompyuterdagi operatsion tizim haqida 
    ma‘lumotga ega bo‘lish kerak. Istalgan brauzer yordamida quyidagi 
    manzil qatorini kiritish kerak: https://www.arduino.cc/en/Main/Software 
    Yuklash uchun operatsion tizimga mos keluvchi dasturlardan birini 
    tanlash kerak. Kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizimga bog‘liq 
    ravishda drayverni o‘rnatish usulini tanlash kerak bo‘ladi. Kompyuterda 
    ishga tushirilganda Arduino IDE dasturlash muhiti quyidagicha ko‘rinadi. 
    2-rasm. Arduino IDE dasturlash muhiti 


    Qurilma ulangan portni tanlash kerak. Servis \Ketma ket port\ 
    menyusidan COM1\COM2 yoki boshqasini tanlash kerak. Plata qaysi 
    portga ulanganligini bilmasangiz quyidagini bajarishingiz kerak bo‘ladi: 
    «Boshqarish paneli», «Qurilmalar dispetcheri» ni oching, «USB 
    kontrollyori» punktini oching. So‘ngra USB ni kompyuterdan uzing. 
    Yozuvlardan birining yo‘qolishini ko‘rasiz. Agarda menyu yopilsa, uni 
    qayta oching. Barcha mavjud bo‘lgan portlarni eslab qoling. Arduino 
    USBni kompyuterga qayta ulang. Menyuni qayta oching, paydo bo‘lgan 
    port qidirilayotgan ulanish porti bo‘ladi. Uni Arduino menyusida ajratib 
    oling. 
    Arduino Uno texnik koʻrsatkichlari: 
    Mikrokontrollyor 
    ATmega328 
    Ishlash kuchlanishi 
    5 V 
    Kirish kuchlanishi(tavsiya 
    etilgani) 
    7-12 V 
    Kirish kuchlanishi(eng yuqori) 
    6-20 V 
    Raqamli kirish/chiqish 
    14 ta(ulardan 6 tasi KIM(Широтно- 
    Импульсная модуляция) sifatida foydalanish 
    mumkin) 
    Analog kirish 
    6 ta 
    Kirish/chiqish orqali oʻzgarmas 
    tok 
    40 mA 
    3.3 V kiritish uchun o'zgarmas 
    tok 
    50 mA 
    Flesh xotira 
    32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi 
    sifatida foydalaniladi 
    Tezkor xotira 
    2 KB(ATmega328) 
    EEPROM 
    1 KB(ATmega328) 
    Chastota 
    16 MGs 
    Gabarit oʻlchami 
    6.9 x 5.3 sm 
    3. Ishning bajarilish tartibi 
     
    1. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari bilan tanishish. 
    2. Komputerning operatsion tizimi bilan tanishish. 
    3. Komputerda istalgan brauzer orqali operatsion tizimga mos 
    Arduino IDE dasturini yuklab olish. 
    4. Arduino IDE dasturining boshqaruv paneli bilan tanishish. 
    5. Ishning hisobotini tayyorlash. 


    4. Laboratoriya ishini bajarish uchun vazifa 
     
    1. Kompyuterni ishga tushirish. 
    2. Arduino IDE dasturini ishga tushirish. 
    3. Arduino platasini portga ulash. 
    Nazorat savollari 
     
    1. Mikrokontrollyor nima? 
    2. Arduino turlari? 
    3. Arduino IDE dasturi boshqaruv panellari? 

    Download 322.21 Kb.




    Download 322.21 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1– lаbоrаtоriya ishi arduino mikrokontrollyori va Arduino ide dasturi bilan tanishish Ishdan maqsad

    Download 322.21 Kb.
    Pdf ko'rish