1-Laboratoriya ishi. Ma’lumotlar bazasini yaratish Ishning maqsadi
1-Laboratoriya ishi. Ma’lumotlar bazasini yaratish
Ishning maqsadi:
1. Ma’lumotlar bazasi jadvalli strukturasini aniqlash
2. Axborot obyektlari aloqasi
3. Ma’lumotlar sxemasini yaratish
Hisobot shakli
1. Amaliy mashg‘ulot ishining nomi
2. Amaliy mashg‘ulotning topshirig‘i
3. Topshiriq natijasi (elektron shaklda)
1. Ma’lumotlar bazasi jadvalli strukturasini aniqlash
Ma’lumotlar bazasini yaratishdan avval relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash, holatini aniqlash, ma’lumotlarni mantiqiy tuzilishini va jadvallar aloqasini aniqlash lozim bo‘ladi.
Quyidagi ma’lumotlar bazasini loyihalash va yaratish bosqichlari keltirilgan:
Ma’lumotlar bazasi strukturasini tuzish
Jadvallarni tasvirlash
Jadval maydonlarini tasvirlash
Access dasturida jadvallarni yaratish
Jadvallarni ma’lumotlar bilan to‘ldirish
Ma’lumotlar bazasini loyihalashni “SUPER MARKET” misolida ko‘rib chiqamiz. Avval ma’lumotlar bazasini yaratish kerak.
“SUPER MARKET” predmet sohasining ob’yektlari(23.1-jadval).
1- rasm. Obektlar
Har bir jadvalning tuzilishi, maydonlar nomi, ularning turi hamda har bir jadvalda birlamchi kalitlarni va ikkilamchi kalitlar mavjud bo‘lgan jadvallarni aniqlab olamiz.
Rastalar ob’yektining xususiyatlari(23.2-jadval)
Mahsulot turi ob’yektining xususiyatlari(23.3-jadval)
Mahsulotlar ob’yektining xususiyatlari(23.4-jadval).
Xodimlar ob’yektining xususiyatlari(23.5-jadval).
Etkazib beruvchilar ob’yektining xususiyatlari(23.6-jadval).
Omborxona ob’yektining xususiyatlari(23.7- jadval).
“Supermarket” ma’lumotlar bazasini tuzishni boshlaymiz. Accessni ishga tushiramiz va “Yangi ma’lumotlar bazasi” punktini tanlaymiz(23.1- rasm).
1- rasm. Supermarket MB ni yaratish
Faylga nom berganimizdan so‘ng, ma’lumotlar bazasi oynasi paydo bo‘ladi. Oldin ma’lumotlar bazasi jadvallarini tuzib olamiz. Birinchi rastalar jadvalini yaratib olamiz. Buning uchun Yaratish (Создание) menyusiga o‘tiladi. Jadvallar(таблицы) mantiqiy guruhidan конструктор таблиц tugmasi tanlanadi. Jadval ustunlariga nom berish uchun joriy bo‘lgan jadvalning nomi ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va конструктор rejimini tanlaymiz(yoki Главная menyusidan rejimlar (режимы) guruhida joylashgan Rejim (Режим) buyrug‘i ostidagi strelkani bosamiz va konstruktor rejimini (конструктор)tanlaymiz(23.2- rasm).
|