|
Impulslar texnikasida elektr impulslar
|
bet | 2/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 18,68 Kb. | | #232245 |
Bog'liq 1 laboratoriya mashg\'uloti Impulslar texnikasi Tibbiy elektronikaImpulslar texnikasida elektr impulslarining turli shakllaridan foydalaniladi. Elektr impulsi - tok yoki kuchlanish impulsi qisqa vaqt (x) ichida taʼsir etadi va aniq T vaqt (takrorlanish davri) oraligʻida takrorlanadi.
Impulslar texnikasida qoʻllaniladigan impulslarning davomiyligi x=0,1 sekunddan 1 nano sekund gacha (1ns=10~9 s), takrorlanish davri esa T=10-106 x. Impulslar quvvati oʻnlab, million vattgacha boradi.
Impulslar ikkiga boʻlinadi: videoimpuls’lar va radioimpuls’lar.
Video-impulslar — kuchlanish va tokning qisqa vaqt ichida noldan maksimumga va maksimumdan nolga tushishi. Radioimpulslar qisqa vaqt ichidagi yuqori chastotali garmonik tebranishlar ketma-ketligidan iborat. Impuls’lar amplitudasini yoki qutbliligini oʻzgartirishda impuls’li transformatordan iborat boʻlgan transformator zanjiri qoʻllaniladi. Impulsning davomiyligini kamaytirishda induktivlik gʻaltagi, elektr kondensatorlar va rezistorlardan iborat differensiyalovchi zanjirlardan; oshirishda esa tarkibida kondensator va rezistorli integratsiyalovchi zanjirlardan foydalaniladi.
Impuls’li rejim televideniyeda keng qoʻllaniladi: tasvir va sinxronlash signallari impulsli signallar hisoblanadi. Radioimpulslar yordamida masofani oʻlchash usullari ishlab chiqilgan natijada radiolokatsiya va radionavigatsiya ancha taraqqiy etdi.
Uzoqdan turib radioboshqarishda impuls’li rejimdan foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Yer sunʼiy yuldoshlarini, kosmik kemalar va boshqalarni yerdan turib boshqarish mumkin.
Axborot-oʻlchash texnikasida ham impulsli usullarning ahamiyati katta. Zamonaviy elektron hisoblash mashinalarining ishi impulslar texnikasi usullari va vositalariga asoslanadi.
Impulslar texnikasi usullari ayniqsa radioo‘lchash qurilmalarida juda qoʻl keladi.
Elektrotexnikaning yuqori (102 V dan 107 V gacha) kuchlanish va kuchli (102 a dan 107 a gacha) tok impuls’larini hosil qilish oʻlchash va ulardan foydalanish bilan shugʻullanadigan sohasi yuqori kuchlanishli impulslar texnikasi deb ataladi. Bunday impulslar davomiyligi 10~dan 1SN0 sekundgacha. Ulardan elektrotexnika apparatlarini sinashda, yashin qaytarish qurilmalarini modellashda, eksperimental fizikada foydalaniladi. Kuchli tok impulslari termoyadro qurilmalarida, zaryadli zarralar tezlatkichlarida, aerodinamik va termoyadro tadqiqotlarida, elektrotexnika qurilmalari va kommutatsiya apparatlarini sinash va boshqa sohalarda qoʻllaniladi. Bunday impuls’lar elektr generatorlar, akkumulyatorlar, kondensator batareyalari va boshqalar yordamida hosil qilinadi.
Ishni bajarish
Impuls texnikasi radioelektronikaning bir bo‘limi bo‘lib u elektr umpuls’larini generatsiyalash, o‘zgartirish va kuchaytirish, ularni o‘lchash va qayd qilishni o‘rganish va foydalanishni, avtomatika, telemexanika va hisoblash texnikasi, elektr aloqa hamda radiolokatsiya, televideniya va o‘lchash texnikasida qo‘llaniladigan impulsli sistemalarning elementlarini loyihalash va hisoblash ishlarini o‘z ichiga oladi. RC zanjirning kirish qismiga birlik qadamdagi kuchlanish ketma-ketlik asosida ulanadi va ularni chiziqli zanjrlarda sochilishi o‘rganilib hisoblab topiladi.
|
| |