• Dars jihozlari
  • 1-laboratoriya ishi




    Download 489,79 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana12.02.2024
    Hajmi489,79 Kb.
    #155257
    Bog'liq
    1 - tajriba ishi



    1-LABORATORIYA ISHI 
    Mavzu: Informatikani oʻqitishda pedagogik dasturiy vositalar yordamida 
    interaktiv vositalar yaratish. 
    Ishning maqsadi: Pedagogik dasturiy vositalar yordamida interaktiv vositalar 
    yaratish va ularni qoʻllanilishi. Taʻlim jarayonida innavatsion texnologiyalardan 
    foydalanish. Mavzu boʻyicha interfaol oʻyinlar ishlab chiqish.
    Dars jihozlari: Akademik litsey va texnikumlar uchun darslik va adabiyotlar, 
    DTS ga mos oʻquv dasturlari. 
    Koʻplab olimlar «interaktiv plakat» tushunchasiga turlicha taʻrif berishgan. 
    B.D.Zatiychenkoning taʻrificha, «interaktiv plakat - on-layn taʻlimning yangi 
    koʻrinishi, oʻquv jarayonini aniq idrok qilish uchun yuqori darajadagi axborot 
    kanallarini jalb qilishni taʻminlaydi», M.V.Tyumenseva va O.I.Chikunovalar esa: 
    «interaktiv plakat-qisqa tematik maʻlumotlar va interaktiv nazorat vositalarini oʻz 
    ichiga olgan markaziy slayd va chuqurlashtirilgan va dastlabki slaydlarni boshqa 
    slaydlarga kengaytirish va foydalanuvchi qaytib kelishi uchun har xil axborotlarni bir 
    parchasiga oʻtish mumkin boʻlgan taqdimot» deb taʻriflaganlar. 
    Yaratiladigan interaktiv plakat ham ilm-fan vositasi sifatida aniq talablarga 
    javob berishi lozim. Bular quyidagilar: 
    1. Plakatda bir butun sifatida darsning mavzusi va dars turi koʻrsatilishi zarur;
    2. Plakatda birinchi slayd mavzuni qamrab olishi, interaktiv vositalari, 
    elementlari va asosiy tushunchalarini oʻz ichiga olishi;
    3. Plakatda pedagogik maqsad va vazifalar qoʻyilgan boʻlishi kerak; 
    Bundan tashqari plakat aniq tuzilishga ega boʻlishi kerak. Interaktiv plakatda 
    quyidagi elementlar boʻlishi mumkin: 
    - asosiy sxemasi;
    - koʻp muammo kitoblar;
    - illyustratsiyalar va videofragmentlar;
    - spravochniklar. 
    Interaktiv plakat yaratishimizdan oldin quyidagilarni aniqlab olishimiz lozim: 
    1. Plakat mavzusi; 
    2. Maqsadi va vazifalari;
    3. Zarur multimedia materiallar toʻplash;
    4. Turli multimedia obʻektlarini elementlari va tashkil munosabatlarni 
    aniqlash uchun, plakatni qo’llash oʻylab koʻrish. 
    Interaktiv plakatlarni yaratish uchun MS Power Point, SMART Notebook
    Adobe Flash va shu kabi boshqa turlardan foydalanildi. Bu dasturlarning barchasi 
    interaktiv plakatga oʻzgartirishlar kiritish va zarur materiallar bilan toʻldirish imkonini 
    beradi. Koʻp hollarda MS Power Point dasturida oʻqituvchilar va talabalar uchun 
    dasturiy muhiting qulayligi tufayli interaktiv plakatlar yaratiladi. 
    Interaktiv plakatlarda interaktiv elementlardan foydalanish mumkin: yoʻnalish 
    tugmalari, maʻlumotlarni kiritish maydonlari, ssilkalar va h.k. Interaktiv plakatning 
    asosiy vazifasi - taqdim etilayotgan axborotni darhol emas, boshqa narsalar orasida 
    boʻlishini taʻminlash va maʻlumotlar foydalanuvchi harakatlariga muvofiq oshkor 
    boʻlishini taʻminlashdan iborat. 


     


     
     
     

    Download 489,79 Kb.




    Download 489,79 Kb.
    Pdf ko'rish