• Laboratoriyada ishlashda quyidagi shartlarga rioya etilishi shart
  • 1-laboratoriya mashg’uloti mavzu: Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi bilan tanishish




    Download 75.05 Kb.
    Sana10.11.2023
    Hajmi75.05 Kb.
    #97148
    Bog'liq
    1-laboratoriya mashg’uloti mavzu Laboratoriya mashg’ulotlari te-fayllar.org
    10 мавзу, 1-Mavzu. Qurilish materiallarining xossalari, Оилавий тадбиркорлик, TUQ-TEXNOLOGIYASI ON va YN SAVOL (1), Ijtimoiy-iqtisodiyot-fayllar.org, HUQUQ INGLIZ TILI TAYYOR, 11- variant Sanoat korxonalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari va ulardan oqilona foydalanish, Шеркузиев.И Иктисодий тахлил мустакил иш

    1-laboratoriya mashg’uloti mavzu: Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi bilan tanishish

    1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI

    MAVZU: Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi bilan tanishish
    Bu mashg`ulotning maqsadi laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari va texnika xavfsizligi bilan tanishishdir. Buning uchun texnika xavfsizligi bo`yicha plakatlar, maxsus kiyim-boshlar komplekti xalat, ro`mollar yoki qalpoqchalar, fartuk, rezina qo`lqoplar va himoya ko`zoynaklari kerak bo`ladi. Mashg`ulot mohiyati: bu mashg`ulotlar laboratoriyada o`tkaziladi. U yerda o`t o`chirgich (ognetushitel), qum to`ldirilgan yashik va o`t o`chirgich asbob uskunalari bo`lishi kerak.


    Laboratoriyada ishlashda quyidagi shartlarga rioya etilishi shart:
    1. Apparat yoki mashinani ishga tushirishdan oldin, bu haqda atrofdagilar ogohlantiriladi.
    2. Ish joyini bajariladigan ishga taaluqli bo`lmagan buyumlar bilan band qilmaslik.
    3. Idishlar, priborlar, reaktiv aralashmalardan foydalangan holda kimyoviy reaksiyalar o`tkazishda instruksiya ko`rsatmalariga rioya etish.
    4. Kimyoviy idishlarda suv ichish, ruxsatsiz noma’lum moddalar xidini va ta`mini tatib ko`rish qat’iyan man etiladi.
    5. Gazli va spirtli yonib turgan asboblardan kamida 3 metr masofada, idishdan probirkalarga benzin, efir, spirt qo`shish mumkin emas. Ichida reaktiv bo`lgan barcha shisha va kolba (sklyanka) idishlarida, reaktiv nomi va tayyorlangan vaqti ko`rsatilgan yorliq bo`lishi kerak.
    6. Laboratoriya tadqiqotlari o`tkazishga mo`ljallangan reaktivlar faqat maxsus joylarda saqlanishi kerak. Reaktivlar qo`yilgan idish probkalari boshqa idishlarga va stolga qo`yilmasligi kerak.
    7. Oltingugurt kislotasi aralashmasini tayyorlash faqat laboratoriyada amalga oshiriladi. Bu kislota bilan ishlash joylarida har ehtimolga qarshi uni zararsizlantiruvchi soda va kiyim boshqa yoki badanga sachirasa yuvish uchun toza suv zaxirasi bo`lishi kerak.
    8. Kislotani tashish va idishga quyishda rezina qo`lqop, rezinali fartuk qiyilishi va ximoya ko`zoynagi taqiladi.
    9. Kislotali shisha idishlarni futlyarsiz yoki savatlarsiz tashish mumkin emas.
    10. Kislota va ishqorlarni idishlarga quyishda varonkadan, eng yaxshisi maxsus qurilmadan foydalangan maqsadga muvofiq.
    11. Aralashtiriladigan kislota va suv miqdori oldindan tayyorlab qo`yiladi. Kislotani suvga birdan emas, balki oz-ozdan, sekinlik bilan qo`shiladi. Bunda shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtirib, sovitib boriladi. Kislota aralashmasi tayyorlanayotgan stakan va kolbalar (yupqa bo`lsa), suvli idishga solib qo`shiladi.
    12. Yog` o`lchagichga rezina probka qo`yiladi, uning keng qismidan ushlash kerak. Aks holda korpus bilan trubka biriktirilgan joydan sinib ketishi va kislota ish bajaruvchiga to`kilishi mumkin. Shuning uchun yog` o`lchagich sochiq bilan o`rab ushlanadi.
    13. Ko`p sonli analiz o`tkazilayotganda yog` o`lchagich shtativlariga saqlagich futlyar kiydiriladi. Sentrifuga qapqoqdan tashqari, yog` o`lchagichni sinib ketishi natijasida ishlovchilarga kislota sachirab ketishi extimolini oldini olish uchun bilimga ham ega bo`lishi kerak.
    14. Laboratoriyada ko`pi bilan 3 kunlik extiyojga yarasha kislota bo`lishi kerak. Kislota zaxiralar omborida saqlanadi.
    15. Yog` o`lchagichdagi ishlatilgan kislota, voronkadan foydalangan holda yog`och futlyarga o`rnatilgan chinni idish yoki butilkaga quyiladi.
    16. Qo`lga, yuzga yoki kiyimga tekkan kislota quruq soda bilan zararsizlantiriladi va suv bilan yuvib tashlanadi. Atrofdagi buyumlarga (stol, devor,pol) tekkan kuchli kislota ham yuqoridagi usul yordamida zararsizlantiriladi.
    17. Хromli aralashma (pipetkalarni yuvish uchun) ham tashlanmaydi. Ishlatilgan aralashma ham kislota kabi maxsus idishlarga olib qo`yiladi.


    18. Ish tugagandan keyin, ish joyi tartibga keltirib qo`yiladi.
    Download 75.05 Kb.




    Download 75.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-laboratoriya mashg’uloti mavzu: Laboratoriya mashg’ulotlari texnikasi bilan tanishish

    Download 75.05 Kb.