• Mashg‘ulot rejasi
  • Tayanch so‘zlar va iboralar
  • Topshiriq
  • Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi




    Download 29.28 Kb.
    bet1/6
    Sana23.02.2024
    Hajmi29.28 Kb.
    #161500
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-Amaliy mashgulot.
    1 - маъруза, 1-Mavzu. Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash-fayllar.org, Kiberxavfsizlik, ИЁД назарияси Курс иши УК, Pedagogika fanidan test savollari.docx, «Ijtimoiy pedagogika» fanidan test savollari Zamonaviy ijtimoiy, 1710839588

    AMALIY MASHG‘ULOT


    XAVFSIZLIK TEXNIKASI VA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI BO‘YICHA KO‘RSATMALAR TUZISH


    Mashg‘ulotning maqsadi. Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha ko‘rsatmalarning vazifasi, tarkibi va mazmuni bilan tanishish hamda ularni tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil kilish.
    Mashg‘ulot rejasi:
    1. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rsatmalarning maqsadi, vazifasi va asosiy mazmuni.

    1. Ko‘rsatmalar tuzish uchun ma’lumotlar.

    2. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rsatmaning tarkibi.

    Tayanch so‘zlar va iboralar: xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yo‘riqnoma, ko‘rsatma (instruksiya), xavfsiz ish sharoiti, sog‘lom ish sharoiti, qonun, nizom, standart, meyor, talab, xavfli va zararli omil, ish joyi, himoya moslamalari, himoya vositalari.
    Topshiriq: Ixtiyoriy tanlangan kasb turi uchun xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarishi sanitariyasi bo‘yicha ko‘rsatma tuzing.
    Mashg‘ulotning mazmuni
    Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rsatmalarning maqsadi, vazifasi va asosiy mazmuni
    Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha ko‘rsatmalarning maqsadi ishchilarga ishni qanday texnologiya asosida xavfsiz bajarish ketma-ketligini o‘rgatish orqali baxtsiz hodisalarni oldini olishdan iboratdir.
    Ko‘rsatmaning vazifasi ishning turi, unda ishlatiladigan texnik vositalarning tuzilishi va texnologiyasiga asoslangan holda amalda xavfsizlik texnikasi qoidalarning bajarilishini ta’minlash hamda xavfsiz va soglom ish sharoitini yaratishdan iborat.
    Shu sababli ko‘rsatmalarning mazmuni mashina-mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlik talablari hamda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini yaratish bo‘yicha talablardan iborat bo‘lishi zarur.
    Ko‘rsatmalar ishchilarga xavfsizlik texnikasi koidalarini tez o‘zlashtirib olish yoki tez eslashlari uchun yordam beradi.
    Ko‘rsatmalar har bir ish turi uchun unda ishlatiladigan texnik vositalarning xususiyatiga bog‘liq xolda alohida tuziladi. Masalan, payvandchilar har xil transformatorlar bilan yoki turli xil tok (o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas) turlari bilan ishlasa, ularning har biri uchun alohida ko‘rsatma tuzilishi kerak. Albatta, bu yerda umumiy talablar o‘zgarmasdan qolishi mumkin.

    Download 29.28 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 29.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi

    Download 29.28 Kb.