1. "Legal Tech" platformasi nima?




Download 24.66 Kb.
Sana16.03.2024
Hajmi24.66 Kb.
#174171
Bog'liq
Strategiya pedagogika
1. optik aloqa tizimlari Optik aloqa, uning afzalliklari va qo’l, 31-22-gr F. Yusupov, 10, Alisher Navoiy - Vikipediya, Web dasturlashga asoslangan amaliy tizimlar. Reja, 20-64 Xоразм мақомлари II (2), KLASSIK MAKTAB VAKILLARINING IQTISODIY QARASHLARI, МИКРОБИОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ГНОЙНО, Kalkulyator haqida umumiy tushuncha, (Lee)관광사업론-학생-100문제(한-우-출제용), KRASVORD, Pedagogik kompetentlik, Abdullayev Abdivaxob Xolmo’minovich, kOMPYTR TASHKIL ETISH doc, 197671223

1). “Legal Tech” platformasi nima?
Tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash imkonini beruvchi tizim
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jinoyatlar haqida xabarlarni hisobga olish tizimi
Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining tizimi
Sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvi tizimi

2). Global innovatsion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030-yilga qadar qanday reyting qatoriga kirish rejalashtirilgan?


top-50
top-100
top-10
top-30

3). Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish qaysi ustuvor yo‘nalish maqsadlarida belgilangan?


ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish

4). “Xalqparvar davlat” milliy dasturi amalga tatbiq etish qaysi g‘oya asosida ishlab chiqilgan?


“Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasi
Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash g‘oyasi
“aqlli tartibga solish” modeli
Xalq bilan muloqot g‘oyasi

5). Ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash orqali qaysi ta‘lim muassasasini ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish nazarda tutilgan?


maktablarni
prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarni
Oliy ta‘lim muassasalarini
professional ta‘lim muassasalarini

6). Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha hududlarda birlamchi tibbiy xizmati qanday tamoyil asosida yo‘lga qo‘yish belgilangan


“bir qadam” tamoyili
mahalla va tibbiy xizmatlar birligi
maktab va poliklinika hamkorligi
bir mahalla-bir poliklinika

7). Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish qaysi shaharda amalga oshiriladi?


Chirchiq shahrida
Farg‘ona shahrida
Samarqand shahrida
Nurafshon shahrida
8). Taraqqiyot strategiyasining 6-yo‘nalishi qanday nomlanadi?
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash
Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish
Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish

9). Ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda qanday tartibi belgilangan?


Zarur hollarda (ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda) oliy ta’lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi.
Kengashining qaroriga asosan kamida 1 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 100 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi.
Zarur hollarda ma’ruza mashg‘ulotlari professor tomonidan o‘tkaziladi.
Zarur hollarda 2 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi.

10). Dual ta’limning mohiyati (tartibi) nimada ?


Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim hisoblanadi.
Dual ta’lim, ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’lim, ta’lim olishga qaratilgan, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.

11). Ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek, ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydigan hujjat nomini ko‘rsating?


Davlat ta’lim talabi
O‘quv reja va dasturlar
Davlat ta’lim standarti
Malaka talablari

12). O‘zbekiston Respublikasi Preziidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish yuzasidan qaysi turdagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi?


Farmon va qarorlar
Farmoyish va buyruqlar
Farmon, farmoyish va qarorlar
Farmon va farmoyishlar

13). Davlat akkreditatsiyasi?


davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon.
kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir
davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui

14). Inklyuziv ta’limning mohiyati (tartibi) nimada ?


Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan ta’lim.
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim olishga qaratilgan.
Individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda olinadigan ta’lim.

15). Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslikda aybdor bo‘lgan shaxslar MJTK ko‘ra qanday jazoga tortiladi ?


Jarima va ma’muriy qamoqqa olish.
Ma’muriy qamoqqa olish
Jarima
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan mahrum etish

17). “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, davlat ta’lim standartlari tartibi, ahamiyati nimada ?


Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir, bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy ta’lim muassasalari uchun majburiy va qonun hujjatlarda belgilangan holatlar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun bajarilishi tartibga qarab belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha Oliy ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

18). Malaka amaliyoti?


o‘quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikma hosil qilish, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi.
tarbiyalash, o‘qitishga o‘rnatilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo‘lgan o‘quv fan (kursi) yoki o‘quv fanlari (kurslari) qismlarining majmuasi
akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi.
oliy ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

19). Ijtimoiy davlatning mohiyati nima?


Davlat har bir inson uchun farovon turmush darajasi, xususan, sifatli ta’lim, kafolatli tibbiy xizmat, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi, pensiya va nafaqalar, ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimi yaratilgan, uy-joyli bo‘lish sharoiti mavjud bo‘lgan, ijtimoiy tafovutlar yumshatilgan, muvozanatlashgan, hech bir fuqaro o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolmaydigan adolatli davlatdir.
Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan, davlat boshqaruvi diniy qoidalar bilan emas, Konstitutsiya va qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadigan davlat hisoblanadi
Bu mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali aholining turmush farovonligini oshirish, barqaror rivojlangan jamiyat qurishdir
Insoniyatning ming yillar mobaynidagi mashaqqatli mehnati evaziga shakllangan taraqqiyot g‘oyasi bo‘lib, Konstitutsiya va qonun ustuvor bo‘lgan, inson huquq va erkinliklari himoya qilingan va amalda ta’minlangan, demokratik prinsiplar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor bo‘lgan, hech kim qonundan ustun turmaydigan davlatdir.

20). Ko‘p mehnat talab qiladigan hisoblash ishlari va raqamli tahlil bilan bog‘liq faoliyatni avtomatlashtirish tizimlari (Mathematica, Maple, MatLab, MathCad) – ...


... murakkab hisob-kitoblarni avtomatlashtirish talabaning diqqatini o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning mohiyatini tushunishga qaratish imkonini beradi.
... bu ma’lumotlarni jadvallar ko‘rinishida taqdim etish, matematik ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni vizuallashtirish va diagrammalar yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlar.
... grafik tasvirlarni yaratish, grafik hujjatlarni, shu jumladan diagrammalar, rasmlar, chizmalar, jadvallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
... matnli hujjatlarni yaratish, tahrirlash va formatlash uchun dasturlar hisoblanadi. Misollar: Microsoft Word, Word Perfect, ChiWriter, Multi-Edit, Open Office va boshqalar.

21). Multimedia ma’lumotlari bilan ishlash uchun dasturiy vositalar – ...


... o‘quv videolarini yaratish, audio va video ma’lumotlar bilan ishlash, videolarni tahrirlash va ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
... matnli hujjatlarni yaratish, tahrirlash va formatlash uchun dasturlar hisoblanadi. Misollar: Microsoft Word, Word Perfect, ChiWriter, Multi-Edit, Open Office va boshqalar.
... grafik tasvirlarni yaratish, grafik hujjatlarni, shu jumladan diagrammalar, rasmlar, chizmalar, jadvallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
... bu ma’lumotlarni jadvallar ko‘rinishida taqdim etish, matematik ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni vizuallashtirish va diagrammalar yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlar.
22). Tarmoq gigiyenasi (kibergigiyena) deganda nimani tushunasiz?
Tarmoqdagi xavfsizlikni yaxshilash va tizimning ishlashini ta’minlash uchun har qanday qurilma foydalanuvchilari bajaradigan harakatlar to‘plamidir.
pedagogning axborot resurslarini tanlash va ularni ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, o‘z raqamli resurslarini yaratishi va o‘quv jarayonining barcha subyektlari uchun ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
raqamli ma’lumotlarni qidirish, tushunish, arxivlash va uni tanqidiy aks ettirish bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malaka, motivatsiya, mas’uliyat, shuningdek raqamli resurslardan foydalangan holda axborot obyektlarini yaratish
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi

24). Raqamli iz (digital footprint) – bu ...


Internetdan foydalanish jarayonida insonlar tomonidan qoldiradigan ma’lumotlardir. Ushbu atama internet tarmog‘ida “internet izi”, “kiber soya”, “elektron iz yoki raqamli soya” kabi nomlar bilan ham ataladi
pedagogning axborot resurslarini tanlash va ularni ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, o‘z raqamli resurslarini yaratishi va o‘quv jarayonining barcha subyektlari uchun ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi
raqamli ma’lumotlarni qidirish, tushunish, arxivlash va uni tanqidiy aks ettirish bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malaka, motivatsiya, mas’uliyat, shuningdek raqamli resurslardan foydalangan holda axborot obyektlarini yaratish

25). DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 1-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.


ta’lim jarayonining barcha subyektlarining raqamli texnologiyalar orqali o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan kompetetsiyalar bilan bog‘liq: jamoa, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalari bilan kasbiy o‘zaro hamkorlik. Ushbu yo‘nalish shuningdek, pedagogning axborot texnologiyalari va raqamli vositalar va resurslardan foydalanish sohasida uzluksiz rivojlanishga yo‘naltirilgan o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilish qobiliyatini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
pedagogning axborot resurslarini tanlash va ularni ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, o‘z raqamli resurslarini yaratishi va o‘quv jarayonining barcha subyektlari uchun ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi.
baholash jarayonida raqamli vositalardan foydalanish bilan bog‘liq kompetensiyalarni belgilaydi. Ta’lim oluvchilar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va tanqidiy baholash, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘z vaqtida va samarali hisobot berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

26). DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 2-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.


pedagogning axborot resurslarini tanlash va ularni ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, o‘z raqamli resurslarini yaratishi va o‘quv jarayonining barcha subyektlari uchun ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
pedagogning raqamli savodxonligi, uning raqamli muhitda ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot va resurslarni tanlash va tahlil qilish qobiliyati, shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar va muammolarni hal qilish bilan bog‘liq kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi.
pedagogning shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni tamoyilini amalga oshirish qobiliyatini shakllantirish, ta’lim oluvchilarni ta’lim jarayoniga maksimal darajada jalb qilish uchun raqamli ta’lim muhitida tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlash va o‘qitish uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq.
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi.

28). DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 4-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.


baholash jarayonida raqamli vositalardan foydalanish bilan bog‘liq kompetensiyalarni belgilaydi. Ta’lim oluvchilar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va tanqidiy baholash, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘z vaqtida va samarali hisobot berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi.
pedagogning raqamli savodxonligi, uning raqamli muhitda ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot va resurslarni tanlash va tahlil qilish qobiliyati, shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar va muammolarni hal qilish bilan bog‘liq kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi.
pedagogning shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni tamoyilini amalga oshirish qobiliyatini shakllantirish, ta’lim oluvchilarni ta’lim jarayoniga maksimal darajada jalb qilish uchun raqamli ta’lim muhitida tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlash va o‘qitish uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq.

29). Raqamli izlarni boshqarish jarayoni ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang


1. Tashxis. Qidiruv tizimlari orqali raqamli izingizni tashis qilish. 2. Kamaytirish. Raqamli izini kamaytirish. 3. Cheklash. Taqdim etilgan ma’lumotlar miqdorini cheklang. 4. Tahlil. Raqamli izni doimiy ravishda kuzatib borish.
1. Cheklash. Taqdim etilgan ma’lumotlar miqdorini cheklang. 2. Kamaytirish. Raqamli izini kamaytirish. 3. Tashxis. Qidiruv tizimlari orqali raqamli izingizni tashis qilish 4. Tahlil. Raqamli izni doimiy ravishda kuzatib borish.
1. Kamaytirish. Raqamli izini kamaytirish. 2. Tashxis. Qidiruv tizimlari orqali raqamli izingizni tashis qilish. 3. Tahlil. Raqamli izni doimiy ravishda kuzatib borish. 4. Cheklash. Taqdim etilgan ma’lumotlar miqdorini cheklang.
1. Tahlil. Raqamli izni doimiy ravishda kuzatib borish.. 2. Kamaytirish. Raqamli izini kamaytirish. 3. Cheklash. Taqdim etilgan ma’lumotlar miqdorini cheklang. 4. Tashxis. Qidiruv tizimlari orqali raqamli izingizni tashis qilish.

30). DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 6-yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.


pedagogning raqamli savodxonligi, uning raqamli muhitda ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot va resurslarni tanlash va tahlil qilish qobiliyati, shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar va muammolarni hal qilish bilan bog‘liq kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi.
baholash jarayonida raqamli vositalardan foydalanish bilan bog‘liq kompetensiyalarni belgilaydi. Ta’lim oluvchilar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va tanqidiy baholash, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘z vaqtida va samarali hisobot berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
pedagogning shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni tamoyilini amalga oshirish qobiliyatini shakllantirish, ta’lim oluvchilarni ta’lim jarayoniga maksimal darajada jalb qilish uchun raqamli ta’lim muhitida tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlash va o‘qitish uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq.
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab oladi.

31). “Tadbirkorlik universiteti” konsepsiyasining muallifi bo‘lib kim hisoblanadi ?


Stenford universiteti professori Genri Itskovits hisoblanadi
Oksford universiteti professori Y.Shumpeter hisoblanadi
Kembridj universiteti professori Berton Klark hisoblanadi
Berlin universiteti professori Vilgelm fon Gumbold hisoblanadi

32). Birinchi akademik tadbirkorlikka o‘tish qaysi texnologiya institutida ro‘y berdi


Massachusets
Berlin
Kembridj
Sarbona

33). Ixtiro va innovatsiya tushunchalarining farqi


ixtiro faqat texnika olamida yaratilsa, innovatsiya ham texnika va ham biznes olamida yaratiladi hamda amalda joriy etiladi.
ixtiro faqat biznes olamida yaratilsa, innovatsiya texnika olamida yaratiladi hamda amalda joriy etiladi.
ixtiro faqat texnika olamida yaratilsa, innovatsiya faqat biznes olamida yaratiladi
ixtiro faqat texnika olamida yaratilsa, innovatsiya biznes olamida yaratiladi hamda amalda joriy etiladi.

34). Dinamik o‘zgarayotgan jamiyatda uzluksiz ta’lim uning rivojlanishining ajralmas omili bo‘lishi natijasida –


uzluksiz va umr davomida ta’lim olish trendga aylanmoqda.
uzluksiz va qariganda ta’lim-tarbiya olish trendga aylanmoqda.
uzluksiz va qisqa davr davomida ta’lim olish trendga aylanmoqda.
uzluksiz va yoshlikda ta’lim-tarbiya olish trendga aylanmoqda.

36). Ta’lim texnologiyasi


bosqichma-bosqich kengayib borayotgan va bugungi kunda “raqamli inqilob”ga aylanib borayotgan ta’lim texnologiyasi, ta’lim rivojlanishining yetakchi trendi
ilg‘or amaliyotning qo‘llanishi, texnologiyalarni joriy etishning o‘sishi, mobil uskunalar sonining ortishi
dastlab axborot, endilikda raqamli texnologiyalar ta’lim landshafti va konfiguratsiyasini tubdan o‘zgartirgan holda ta’limda yangi mazmun-mohiyatning paydo bo‘lishiga olib keldi
onlayn-dastur va kurslarining o‘sishi, texnologiyalarni joriy etishning o‘sishi, mobil uskunalar sonining ortishi

38). Innovatsiyalarning turlari quyidagilar hisoblanadi:


texnologik; mahsulotli;boshqaruv-marketingli va ijtimoiy
texnologik; mahsulotli;boshqaruv-marketingli
texnologik; mahsulotli;boshqaruv-marketingli, ijtimoiy va ma’naviy-siyosiy
texnologik; mahsulotli; boshqaruv-marketingli va siyosiy-iqtisodiy

39). AQSh oliy ta’limining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu


talabalarda xohlagan tarzda xohlagan yo‘nalishda mutaxassislik olish imkoniyatning mavjudligi
oliy muhandislik ta’limini beradigan muassasalarning ko‘pligi
texnik profilga yaqin bo‘lgan aniq mutaxassisliklarning mavjudligi
umumiy ta’lim beradigan ta’lim muassasalari sonining ko‘pligi

40). Tadbirkorlik universitetining hamkorlar bilan ko‘p tomonlama o‘zaro xatti-harakatlarini kimning “Uchala spiral” tamoyili orqali ko‘rib chiqish mumkin: biznes, hukumat, universitet.


G.Itskovitsning
Yozef.Shumpeterning
Berton Klarkning
Vilgelm fon Gumbold

41). O‘qitish – bu


qandaydir ma’noda nafaqat rasmiy, shu bilan birga oilaviy(mustaqil) o‘qishni ham o‘zida namoyon etadi.
qandaydir ma’noda nafaqat rasmiy, shu bilan birga norasmiy o‘qishni ham o‘zida namoyon etadi.
qandaydir ma’noda faqat rasmiy, shu bilan birga norasmiy o‘qishni ham o‘zida namoyon etadi.
qoidaga ko‘ra rasmiy ta’lim bilan, ya’ni maktab(litsey, kollej, OTM) bilan bog‘liq.

42). Tadqiqot universiteti g‘oyasi (muallifi bo‘lib nemis olimi V.Fon Gumbold hisoblanadi) –


universitetda yuqori malakali (elita) ilmiy kadrlarni universitet olimlari tomonidan olib boriladigan intensiv ilmiy ishlarga jalb etish (ularni ta’lim jarayonidayoq) orqali tayyorlash jarayoniga mo‘ljal olish.
universitetda yuqori malakali (elita) rahbar kadrlarni universitet rahbariyat tomonidan olib boriladigan ishlarga jalb etish (ularni ta’lim jarayonidayoq) orqali rahbarlikka tayyorlash jarayoniga mo‘ljal olish.
universitetda yuqori malakali (elita) ilmiy kadrlarni universitet tomonidan olib boriladigan tadbirlarga jalb etish (ularni ta’lim jarayonidayoq) orqali tarbiyalash jarayoniga mo‘ljal olish.
universitetda yuqori malakali (elita) ilmiy kadrlarni universitet olimlari tomonidan olib boriladigan ekstensiv, samarasiz ilmiy ishlarga jalb etish (ularni ta’lim jarayonidayoq) orqali tayyorlash jarayoniga mo‘ljal olish.

43). Pedagogik texnikaning asosiy komponentlari


-o‘qituvchining o‘zini boshqara olishi; -shaxs va jamoaga ta’sir eta olishi; -pedagogik muloqotni o‘rnatish; diqqatni jalb etish usullari.
-ma’noli va ochik chexrali nigox bilan karash; -hissiy-psixik va tasodifiy xolatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish; -turli vaziyatlarda o‘qiguvchi-pedagog va tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodny kayfiyatni boshqarish
-nutq malakasi va texnikasini o‘zlashtirish; -tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash, mimika va pantomimik xarakatlar, jestlardan o‘z o‘rnida foydalanish
-kulgi va tabassum-la samimiylikni e’tirof etish; -tinglovchilar, hamkasblar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘lish; -savodli va sof adabiy tilda so‘zlash; ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish.

44). Innovatsion ta’lim jarayonida nima yetakchi o‘ringa ega?


interfaol metodlar
refleksiya
texnologik xarita
texnologik model

45). Avtoritar uslub bu


Bunga ko‘ra talabalar tomonidan barcha turdagi faoliyatning tashkil etilishi, mazmuni, shakli, metod va vositalarining barchasi faqat pedagog tomonidan belgilanadi.
Bu uslubga ko‘ra ish yuritadigan pedagog talabalar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlarga ham e’tibor bermaslikka intiladi
Odatda bu uslub pedagog va talaba munosabtlarining kelishuvchanlikka asoslanishini ta’minlaydigan uslub sifatida e’tirof etiladi
Unga ko‘ra pedagog pedagogik faoliyatni tashkil etishda jamoaning fikriga tayanib ish ko‘radi

46). “Pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olishi” qaysi kompetentlikning mazmuni hisoblanadi?


Psixologik kompetentlik
Ijtimoiy kompetentlik
Pedagogik kompetentlik
Kommunikativ kompetentlik

48). “Kompetentlik” pedagogik kategoriya sifatida ta’lim sohasiga qaysi fan ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan?


psixologiya
falsafa
deontologiya
sotsiologiya

49). Pedagogning talabalar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar, hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g‘ri yondashish malakalariga egaligi bu


Pedagogik (nazokat) takt
Pedagogik relaksatsiya
Muloqot madaniyati
Kommunikativ ta’sir ko‘rsatish

50). “Kompetentlik” tushunchasining lo‘g‘aviy ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


inglizcha “competence” – “qobiliyat”
lotincha “competence” – “iqtidor”
italyancha “competence” – “ijodkor”
grekcha “competence” – “mahorat”

51). Pedagogning kasbiy kompetentligi tarkibiy asoslari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


Maxsus yoki kasbiy kompetentlik;Ijtimoiy kompetentlik; Shaxsiy kompetentlik; Individual kompetentlik
Ijtimoiy kompetentlik; Kommunikativ kompetentlik
Psixologik kompetentlik; Ijtimoiy kompetentlik; Kommunikativ kompetentlik
Texnologik kompetentlik; Ektremal kompetentlik; Ijtimoiy kompetentlik;

52). Nutq organ (a’zo)larining tovush hosil qilishdagi harakatlari holati bu


Artikulyatsiya
Diksiya
Polilog
Ritmika

53). Mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi nima deb ataladi?


Kasbiy kompetentlik
Kasbiy ijodkorlik
Kasbiy mahorat
Kasbiy iqtidor

54). “Ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olishi” qaysi kompetentlikning mazmuni hisoblanadi?


Ijtimoiy kompetentlik
Psixologik kompetentlik
Kasbiy kompetentlik
Kommunikativ kompetentlik

55). Talabalarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim


o‘quv dasturi asosida mavzu va bulimni o‘rganishda talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish
talabalarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish
Barcha javoblar to‘g‘ri
har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha talabalarning faoliyati to‘g‘risida xulosa chiqarish; o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina talabalarning o‘zlashtirish darajasini baholamaslik

56). Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning rivojlantiruvchi funksiyasining mohiyatini toping.


Bilimlarni tizimlashtiradi, umumlashtiradi, mukammallashtiradi
burch, majburiyat, javobgarlik kabi ahloqiy sifatlar shakllanadi
talabalar bilimi va ko‘nikmalaridagi nuqsonlar, kamchiliklar, bo‘shliqlar va ularning sabablari aniqlanadi.
O‘quv-bilish va aqliy faoliyatni rivojlantirish

57). Nostandart test topshiriqlariga xos bo‘lgan xususiyatlar berilgan javobni toping.


Ko‘p javobli, rasmli va animatsiyalardan iborat.
to‘g‘ri javobni shaklllantirish talab etiladigan test
1 ta to‘g‘ri javobli, 3 ta muqobil javoblarga ega bo‘lgan yopiq turdagi topshiriqlardan iborat
reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, ijodiy (kreativ) darajadagi test topshiriqlari;

58). Testlar murakkablik darajasiga ko‘ra qanday klassifikatsiyalanadi:


reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, ijodiy (kreativ) testlar
bosma, dasturlashtirilgan testlar
ochiq testlar, yopiq testlar
standart, nostandart testlar

59). Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning ta’limiy funksiyasining mohiyatini toping.


Bilimlarni tizimlashtiradi, umumlashtiradi, mukammallashtiradi
O‘quv-bilish va aqliy faoliyatni rivojlantirish
talabalar bilimi va ko‘nikmalaridagi nuqsonlar, kamchiliklar, bo‘shliqlar va ularning sabablari aniqlanadi.
burch-ma’suliyat, majburiyat, javobgarlik kabi ahloqiy sifatlar shakllanadi

60). Nazorat va baholashning diagnostik funksiyasining mohiyati.....


Talabalar bilimi va ko‘nikmalaridagi nuqsonlar, kamchiliklar, bo‘shliqlar, talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarni tug‘diruvchi sabablar haqida muntazam axborot olish sanaladi, bunday axborotlar o‘qitishning samarali usullarini tanlash va bu usullarni hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishning yo‘nalishini aniq belgilash imkonini beradi.
Nazorat va baholash topshiriqlarini bajarish davomida talabalar egallagan bilimlarini tizimlashtiradi, umumlashtiriladi, mukammallashtiradi
Nazorat va baholash orqali o‘qituvchi muntazam ravishda talabalarning zehni, idrok etish xususiyati, xotira va fikrlash qobiliyatlarining rivojlanganligi, bilim darajasi, ularning yutuqlari va kamchiliklari haqida doim xabardor bo‘ladi
Talabada burch, majburiyat, javobgarlik, vijdon kabi ahloqiy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi

61). Mustaqil ish topshiriqlari talabalar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni kutilmagan vaziyatlarda vujudga keltirilgan o‘quv muammolarni hal etishda ijodiy qo‘llash, tahlil, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish, xulosa yasash kabi aqliy operatsiyalarni bajarish, start-ar loyalarni shakllantirishni talab etuvchi daraja bu_


Eng qiyin (kreativ) (IY)
O‘rtacha qiyin (produktiv) (II)
Oson (reproduktiv) (I)
Qiyin (qisman-izlanishli) (III)

62). Start-ap qanday dasur hisoblanadi?


tijoratlashtirish dasturi bo‘lib, unda dolzarb muammoning yechimi haqidagi g‘oya ishlab chiqiladi, mazkur g‘oya yechimi yuzasidan loyiha ekspertizadan o‘tkaziladi, uning ishlab chiqarish yoki ijtioiy sohalarga tatbig‘i va olinadigan natijalar e’tiborga olinib tijoratlashtiriladi.
o‘qitish jarayonida innovatsion muhitni yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitish vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligini ta’minlash orqali sifatli ta’limga zamin tayyorlaydigan dastur
yangi texnika, texnologiya, materiallarni amaliyotga tadbiq etilishi, iqtisodiyotni barcha sohasida mehnat samaradorligini oshirish dasturi
Oliy ta’lim muassalarida ta’lim mazmunini modernizatsiyalash dasturi

63). Nazorat va baholashni ......funksiyasining mohiyati talabalar bilimi va ko‘nikmalaridagi nuqsonlar, kamchiliklar, bo‘shliqlar, talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarni tug‘diruvchi sabablar haqida muntazam axborot olish sanaladi


diagnostik
rivojlantiruvchi
ta’limiy
tarbiyaviy funksiyasi

64). Talabalar bilimi va malakasini nazorat va baholash qilish keng qamrovlilik tamoyili xususiyati berilgan javobni toping.


dasturning barcha bo‘limlarini qamrab oladi va talabaning nazariy bilim, ko‘nikma, malaka, aqliy va intellektual salohiyati, kompetensiyalarining sinovini ta’minlaydi.
o‘quv jarayonining ma’lum bosqichidagi ma’lum dastur bo‘yicha talabalarning olgan haqiqiy bilimlarini belgilaydi.
talabaning bilim darajasini hamda uning o‘quv faoliyati, individual xususiyatlarini kuzatish, o‘rganish
talabalar bilimiga to‘g‘ri, shaffoflik, beg‘arazlik bilan, xolisona, aniq fikrlarga asoslanib baho berish

65). Testlar o‘tkazilish texnologiyasiga ko‘ra qanday klassifikatsiyalanadi:


reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, ijodiy (kreativ) testlar
standart, nostandart testlar
bosma, dasturlashtirilgan testlar
ochiq testlar, yopiq testlar
Download 24.66 Kb.




Download 24.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. "Legal Tech" platformasi nima?

Download 24.66 Kb.