MUNDARIJA:
Maqolalar
1.Maktabgacha ta’limda bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish…………………………………….3
2.Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularni
ijtimoiy moslashuvi…………………………………………………………………………………………………….4
3.O’quvchilarning intellectual ijodiy qobiliyatini shakllantirishda Finlandiya ta’lim Tizimi……………………………………..………………………………………………………………..5
4.Boshlang’ich bo’lajak o’tuvchilarning intellectual salohiyatini oshirishda Innavatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati…………………………………………………………...6
5.Inklyuziv ta’limni tashkil etishda ota-onalar va mahalliy hamjamyat bilan
hamkorlik…………………………………………………………………………………………………..7
6. MTM tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida nutqini o’stirishda zamonav…………………………………………………………………………………………………..8
She’rlar
7.Orzuyim ro’yobi chinga aylansin………………………………………………….…………………..9
8.Hayot………………………………………………………………………………………….………..10
9.Onam bo’larkan………………………………………………………………….……………………..11
10.Zamona……………………………………………………………………….……………………12
11.To’y……………………………………………………………………………………………….…...13
12.Ona…………………………………………………………………………………………………….14
13.Dardlarim darmonim-onam!………………………………………………………………………….15
14.Mahzun bo’lma………………………………………………………………………………….……..16
15.Jannatni istasang………………………………………………………………………….………..…17
16.Otamga ayting……………………………………………………………………………………….18
17.Ishq!............................................................................................................................19
18.Akam bo’lsaydi!..........................................................................................................20
19.Kuz…………………………………………………………………………………………………...21
20.Yaxshilik!.....................................................................................................................22
21.Kapalak………………………………………………………………………………………………..23
22.Tabiat………………………………………………………………………………………………….24
23.O’zing qo’lla……………………………………………………………………………………….......25
24.Balki, taqdirim emasmisan yor……………………………………………………………….…….…26
25.Baxt…………………………………………………………………………………………….…….27
26.Sinmadim Ona……………………………………………………………………………………..28
27.Hikoya……………………………………………………………………………………………….29
28.Hikoya……………………………………………………………………………………………….30
Maktabgacha taʼlimda bolalarni toʻgʻri talaffuzga oʻrgatish
Sharifjonova Fayoza Shuhrat qizi
Shahrisabz davlat instetuti
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni toʻgʻri talaffuzga oʻrgatishning asosiy bosqichlari, bolalarni nutqini rivojlantirish mashgʻulotlarda toʻgʻri talaffuzga oʻrgatish va soʻzlarni nuqsonsiz aytishga oʻrgatish yoʻllari haqida yozilgan.
Kalit soʻzlar: Maktabgacha yosh , toʻgʻri talaffuz, antonim,sinonim,usul
Har bir maktabning taraqqiyoti maʼnaviy yuksalishi istiqboli, eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi, bilimli, salohiyatli, ezgu fazilatlarni oʻzida aks ettirgan yoshlarga bogʻliq hisoblanib, vatani istiqboli uchun sitqi dildan xizmat qiladigan har jihatdan yetuk va barkamol, fidokor iymonli avlodni voyaga yetkazish oʻqitish tizimini yuqori pogʻonalarga olib chiqish avvalo tarbiyachi va oʻqituvchi murabbiylar zimmasiga masʼuliyatli vazifa yuklaydi.
Bola tarbiyasini tashkil etish ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi boʻlib kelgan.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish mumkun: " Vatanimizning kelajagi Xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obroʻ eʼtibor, avvolombor farzandlarimizning, unib, oʻsib, ulgʻayib, qanday inson boʻlib hayotga kirib borishiga bogʻliqdir"
Tarbiyachi u yoke bu tovush tarkibida turli nutq organlari lablar tishlar va til idrok etayotganini koʻrsatadi hamda tushuntirib beradi. Nutq organlari bolani bolaning holatini koʻrib olishlari, toʻgʻri talaffuzni oʻzlashtirib olishlarida yordam beradi. Bolalarni toʻgʻri talaffuzga oʻrgatishda ular ayta olmaydigan harflar ustida alohida shugʻullanib turli mashgʻulotlar olib boriladi.Bolalarni to'g'ri talaffuzga o'rgatishda turli xildagi metadlardan foydalanish zarur hisoblanadi.Bu metodlar ularni lug'at boyligini oshirishni asosiy omili hisoblanadi.
" I"qattiq tovushining toʻgʻri talaffuzini shakllantirish tarbiyachi tovush artikulatsiyasini namoyish etadi va bolalarga koʻrishni taklif qiladi u tovushni bir necha bor talaffuz qiladi keyin esa bolalar uni takrorlaydilar.
Ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirishda qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi ustida ishlashni koʻzda tutadi.
B- lab portlovchi jarangli undosh tovushdir, soʻz oxiri, boshi va oʻrtasida keladi.
Antonimlar:katta-kichik,baland-past
Sinonimlar: chiroyli,go'zal,hushbo'y,iforli kabi so'zlardan, ko'p ma'noli so'zlardan keng foydalansak bo'ladi.
Maktabgacha taʼlimda bolalarni toʻgʻri talaffuzga oʻrgatishda sheʼr, ertaklar topishmoqlar, tez aytishlar, va turli xildagi hikoyalar orqali bolalarni toʻgʻri talaffuz qilishga oʻrgatiladi va lugʻat boyligi oshiriladi.Masalan:Echki bolalari,bo'g'irsoq,sholg'om ertaklari kabi ertaklarni aytib berish o'rgatish orqali ularni talaffuzini to'g'irlashda lug'atini boyitishda ko'mak beramiz .Undan so'ng o'rta gruhdan boshlab she'rlar yodlatamiz misol uchun:
"I" harfi
I harfini bilingiz,
Ishda ilg'or bo'lingiz.
Iroda,Izzat,Ikrom
Istagi o'qish tamom.
"I" harfi
Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.
"R" harfi
R ga ruxsat beramiz
Rasm so'zin yozamiz
Ra'no,Rahim,Ruhsora,
Dono aqlli bola.
"R" harfi
Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon
Rost so'zlasam bu-O'zbekiston
"S" harfi
S man soatga boqing
So'zining mag'zin chaqing
Men talaba sifatida shuni aytib utamanki:matabgacha yoshdagi bolalarni tug'ri talaffuzga o'rgatishda shunaqa usul va metodlardan foydalanilsa ular har tomonlama rivojlanadi.Ongi va fikrlash doirasi kengayadi dunyoqarashi oshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Babayeva D.R " Nutq oʻstirish nazariyasi va metodikasi"-T" Barkamol fayz media"- 2018.
2. Qodirova F. R "Maktabgacha pedagogika" T., " Tafakkur nashriyoti " 2019.
3. " Ilk qadam " davlat oʻquv dasturi.T.: 2018
RIVOJLANISHDA NUQSONI BO'LGAN TARBIYALANUVCHILARGA TA'LIM-TARBIYA BERISHDA ULARNI IJTIMOIY MOSLASHUVI
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti talabasi
Sharifjonova Fayoza Shuhrat qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada rivojlanishida nuqsoni bo'lgan tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularni ijtimoiy moslashuvi haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar: garanglar, yaxshi eshitmaydigan, korlar, kozi xira koradiganlar, tayanch-harakat apparatida nuqsoni bolgan bolalar, oligofrenpedagoglar,
Kamol topishda kamchiligi bor bolalarni kamchiligini oz vaqtida bilish, kasalini davolash, pedagogik tasir korsatish, muayyan ijtimoiy natijalarga erishish imkonini beradi hamda bu bolalarni kamol topishini taminlaydi, ularni maktabda beradigan bilimlarni ozlashtirib olishga, songra esa jamiyatda shuning foydali azolari bolib еtishishga yordam beradi.
Fan-texnika yutuqlarini hayotga tadbiq etish asosida turli xil yuqumli kasalliklar umuman tugatildi. Barcha maxsus maktablar, maktab-internatlar, maxsus bogchalar, butunlay davlat taminotiga otkazildi.
Nuqsonli bolalar talim-tarbiyasi bilan shugullanadigan muassasalar tarmoqlari sobiq shoro hududida ayniqsa, 1920-yillardan keyin jadal suratda rivojlandi. Kor, kar, aqli zaiflar uchun maxsus, alohida maktablar ochila boshlandi. Maxsus oquv rejalar, dasturlar, darsliklar, uslubiy adabiyotlar yaratildi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari bolgan bolalarni oqitish, tarbiyalash va ishga joylashtirish haqidagi qaror 1975-yilda qabul qilingandan keyin, turli nuqsonli bolalarga bolgan munosabat bir muncha kuchaydi. Nuqsonli bolalar talim-tarbiyasi bilan shugullanadigan yordamchi maktablar ommaviy maktablar singari yosh avlodga talim-tarbiya berish, ularni jamiyatning foydali kishisi qilib еtishtirishga xizmat qiladi. L.S.Vigotskiyning 1924-yilda aytgan optimistik bashorati nazariyada real ekanligini hozir nuqsonli bolalar sohasida erishilgan yutuqlar ham korsatib turibdi.
“Ehtimol, insoniyat ertami-kechmi korlik, karlik, aqli zaiflikni еngadi. Ammo ularni biologik va tibbiyot tomonidan kora, ijtimoiy va pedagogik tomondan ancha ilgari еngadi”, - deb takidlagan edi.
Nuqsonli bolalarning atroflicha rivojlanishida ijtimoiy talim-tarbiya nihoyatda katta ahamiyatga ega. Yunesko malumotlariga kora nuqsonlilarning uchdan bir qismigina maxsus talim-tarbiya jalb qilingan. Nuqsonli bolalarning talim-tarbiyasidagi asosiy qiyinchilik nuqsonni aniqlashdan iborat. Mutaxassislarning takidlashicha, 0-2 yoshda 15,2%, maktabgacha yoshda 17,7%, kichik maktab yoshida esa 49,6% nuqsonli bolalar aniqlanar ekan. Shundan korinib turibdiki, 10 yoshli bolalar orasida ham 20% ga yaqin nuqsonlilar uchrar ekan. Buning sabablaridan biri diagnostik ishlarning takomillashganligi, еtarli, ishonchli psixologik-pedagogik metodikalarning еtishmasligidir.
Nuqsonli bolalarga ijtimoiy talim-tarbiya berish ishlari respublikamizda keyingi 20 yil ichida bir muncha takomillashdi. Xalq talim qonunida takidlashicha, “Ozining jismoniy va ruhiy nuqsonlari asosida umumtalim maktablarida talim-tarbiya olishga qodir bolmagan bolalar uchun maxsus umumtalim maktablari va maktab-internatlari tashkil etiladi. Bu muassasalarda nuqsonli bolalar talim-tarbiya olish va davolash bilan birga ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishlari uchun ham imkoniyat yaratiladi”.
Hozirgi kunda maxsus muassasalar ozlarining yuzaga kelish, rivojlanish, takomillashishda malum tarixiy yolni bosib otdi. 1930- yillardan boshlab turli joylarda 4-8 yoshli aqli zaif bolalar uchun bogchalar, 8-15 yoshlilar uchun esa oquv-ishlab chiqarish korxonalari tashkil etila boshlandi. Respublikamizda nuqsonlilarga yordam 3 yonalishda: xalq talimi, sogliqni saqlash va ijtimoiy ta`minot vazirliklari orqali olib borilmoqda.
Shuxrat BOYJIGITOV,
Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
OʻQUVCHILARNING INTELLEKTUAL IJODIY QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA FINLANDIYA TAʼLIM TIZIMI
Annotatsiya
Kalit so‘zlar.
Mazkur maqolada oʻquvchilarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda finlandiya taʼlim tizimi, materialni o‘zlashtirishdagi umumiy barqaror muammolar bilan bog‘liqligi, shuningdek,
Finlandiya maktablarida matematika o‘qitish metodikasi haqida ma’lumotlar berilgan. Finlandiya, metod, korreksion, pedagog, intellektual, ijodiy qobiliyat.
В данной статье представлена информация о финской образовательной системе в формировании интеллектуальных творческих способностей учащихся, общие устойчивые проблемы в усвоении материала.
Ключевые слова. Финляндия, метод, коррекция, педагог, интеллектуал, творческие способности.
This article provides information about the Finnish educational system in the formation of students’ intellectual creative abilities, general stable problems in mastering the material. Key words. Finland, method, correction, pedagogue, intellectual, creative ability.
S
haxs mustaqil fikrga ega bo`lgandagina jamiyatda ijtimoiy faol fuqaroga aylanadi va o‘z sohasining mahoratli mutaxassisi sifatida millat ijtimoiy tafakkurining rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi. Shuning uchun maktabga ilk
qadam qo‘ygan bolani dastlabki o‘qish kunlaridan boshlab mustaqil fikrlashga o‘rgatib borish kerak.
Finlandiya maktablarida ta’lim tizimi yuqori darajada rivojlangan va katta yutuqlarga erishgan. Hech kimga sir emaski, bugungi kunda Finlandiya maktablarida matematika o‘qitish metodikasi eng yuqori darajada bo‘lib, shulardan bitta oddiy misol keltiradigan bo‘lsak, Finladiyada fandan yuqori va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bir biriga yordamchi yoki o‘quvchi bir-biriga ustoz metodi yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, juft yoki toq metodida o‘qitish ham ommalshgandir. Juft metodida yuqori va past o‘zlashtiruvchi ikkita o‘quvchiga dars o‘tiladi va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi tushunmagan qismini o‘quvchining tushunishi oson bo‘lgan atamalari bilan yuqori o‘zlashtiruchi o‘quvchi past o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga tushuntiradi. Toq usul esa, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bilan fan o‘qituvchisi shug‘ullanadi, undan keyin maktabning to‘garak o‘tuvchi o‘qituvchisi shug‘ullanadi va ohirgi bosqichda esa past o‘zlashtiruvchi o‘quvchining ota onasi shug‘ullanib boshqa sinfdagi tez o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga yetib olishlariga yordam berishadi. Bu ikkita metodning afzalliklari juda samarali natija berishida bo‘lib, bir necha yillardan beri sinalgan metodlardan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchilari tamonidan bu metod a’lo darajada o‘zlashtirilgan va amaliyotda tatbiq etib kelinmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz bu ulkan tajribalarni o‘zimizni ta’lim tizimizga joriy etib, matematika fanini o‘qitishda Finlandiya matematika metodlarni joriy etish hamda o‘quvchi yoshlarni matematika faniga qiziqishini oshirishdir.
Finlandiyada shunaqangi ta’lim borki, bu Korrektsion ta’lim — materialni o‘zlashtirishdagi umumiy barqaror muammolar bilan bog‘liq. Masalan, bu ta’lim olib boriluvchi fin tilini tushunmaslik yoki eslab qolish yo matematik qobiliyatining yaxshi emasligi, yoxud ba’zi bolalarning asotsial xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Korreksion ta’lim kichik guruhlarda yoki individual tarzda o‘tkaziladi.
“Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki – imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz”, - deydi finlar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda imtihonlar yo‘q. Nazorat ishlari va oraliq test sinovlari o‘qituvchining qaroriga qarab belgilanadi. Umum ta’lim maktabini tugallashda faqat birgina majburiy standart test o‘tkaziladi. Shunisi diqqatga sazovorki, o‘qituvchilar uning natijalari uchun alohida qayg‘urishmaydi, test natijalari uchun birovning oldida javob ham berishmaydi, bolalar ham unga maxsus tayyorgarlik ko‘rishmaydi. Bizning maktablarimizdachi?! Bizning ta’lim tizimimizda faqat test sinovlar bilan ishlaymiz, xuddiki hayotga o‘sha test sinovidan o‘tishimiz uchun kelgandekmiz.
Maktabni tamomlayotganda test sinovi, oliy o‘quv yurtiga kirish uchun test sinovi va ba’zida ishga kirish uchun ham test sinovi.
Finlyandiya maktablarida hayotda kerak bo‘ladigan bilimlar beriladi. Masalan, biror bir qurilmaning tuzilishi ularga kerak bo‘lmaydi, uni o‘rganishmaydi ham. U yerdagi bolalar bolalikdan portfolio, shartnoma, bank kartasi nima ekanini yaxshi bilishadi. Merosdan soliq fozini yoki kelgusidagi daromadlarini hisoblay olishadi, internetda tashrif-saytini yarata olishadi va h.k. Agarda mana shu ta’lim metodlarini o‘zimizning maktablarimizda qo‘llab ko‘rsak, bizda ham o‘sish bo‘ladi. Chunki bizlarda o‘quvchilar qiziqmagan fanini ham majburlab o‘rgatiladi. Ba’zida bu fan unga umuman kerak emasdek, tuyuladi.
O‘qishni istagan odam o‘qiydi. Pedagoglar o‘quvchining e’tiborini qaratishga harakat qilishadi, lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati bo‘lmasa, darrov ‘‘ikki’’ baho bilan ‘‘siylashmaydi’’, bolani kelgusida uncha murakkab bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan kasbga yo‘naltirishadi. Hamma ham samolyot ixtiro qilishi shart emas, avtobuslarni ham kimdir boshqarishi kerak-ku, axir!
Bunga ham o‘rta maktabda chora ko‘riladi – muayyan o‘smir litseyda bilimlarini davom ettirishi kerakmi yoki olgan bilimlari yetarlimi, professional kasb-hunar maktabiga borish kerakdir, ehtimol. Ta’kidlash joizki, bu ikki yo‘l ham mamlakatda birdek qadrlanadi. Har bir bolaning u yoki bu faoliyatga moyilligini aniqlash ‘‘kelajak o‘qituvchisi’’ tomonidan test va suhbatlar yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Umuman olganda, Finlyandiya maktabida ta’lim jarayoni yumshoq, biroq bu maktabni jiddiy qabul qilmasa ham bo‘ladi, degani emas. Maktab rejimiga rioya qilish majburiy. Barcha o‘tkazib yuborilgan darslarda qayta o‘tirishga to‘g‘ri keladi. Masalan, o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisi uchun o‘z jadvalidan «bo‘sh soat»ni belgilaydi yoki 2-sinfning darsiga kirib o‘tiradi. Dars qiladimi, zerikib o‘tiradimi, o‘ziga havola. Kichik yoshlilarga xalaqit bersa, bu hisobga o‘tmaydi, yana boshqa soatda qayta o‘tirishga to‘g‘ri keladi.
O‘qituvchi bergan vazifani bajarmagan, darsda ishlamagan bolaning ota-onasi maktabga chaqirtirilmaydi, tanbeh ham berilmaydi, aqliy qoloqlikda ayblanmaydi ham. Agar ota-ona ham farzandining bunday xatti-harakatlariga befarq qarasa, bola shunch aki keyingi sinfga o‘tmaydi.
Ona (fin) tili va o‘qish, matematika, tabiat, din (e’tiqodiga qarab) yoki hayotiy tushunchalar (dinga qiziqmaydiganlar uchun), musiqa, tasviriy san’at, mehnat va jismoniy tarbiya. Bir darsda bir yo‘la bir necha fan o‘tilishi mumkin.
3–6 sinflar:
Ingliz tili o‘rgatila boshlanadi. 4-sinfda - tanlov asosida yana bir chet tili: fransuz, shved, nemis yoki rus tillari hamda qo‘shimcha fanlar kiritiladi (tanlov asosida, har bir maktabda har xil): klaviaturada ishlash tezligi, kompyuter bilimlari, daraxt bilan ishlash, xor ijrosi. Deyarli barcha maktablarda musiqiy asboblarda chalishni o‘rgatishadi, bolalar 9 yillik ta’lim davomida barcha musiqiy asboblarida chalishni mashq qilib ko‘rishadi.
5-sinfda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix qo‘shiladi. 1-sinfdan 6-sinfgacha deyarli barcha fanlardan bir o‘qituvchi kiradi. Jismoniy tarbiya darsi haftada 1-3 marta istalgan sport o‘yini shaklida o‘tadi (maktabning tanlovi asosida). Darsdan keyin dush qabul qilish majburiy. Adabiyot bizning tushunchamizdagidek o‘qitilmaydi, ko‘proq shunchaki o‘qishni eslatadi.
Xulosa qilib aytganda, Finlandiya tajribasi asosida ta’lim jarayonida integratsion yondashuvlardan foydalanish o‘quvchilarni fanga oid bilimlarni har tomonlama mukammal egallashi, dunyoqarashi va intelektual ijodiy fikrlashi rivojlanadi. Shu bilan birgalikda fanga oid bilimlarni fanlararo aloqadorlik orqali qiziqtirish asosida ma’lumotlarni mazmunan chuqur idrok etadi, o‘z bilimlarini amaliy xususiyatini ochib berish asosida amaliyotda faolroq qо‘llaydi hamda o‘quv jarayonida ortiqcha yuklamalar bartaraf etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Toshpulatova Sh.O. O‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish // Monografiya. – T.: Ta’lim taraqqiyoti. 2017. – 65 b.
Petrov G. Oq Nilufarlar yurtida //Matn. – T.: Factor Press. 2021. – 192 b. (N.Sultonmurodov tarjimasi)
www.xs.uz 4. www.ziyonet.uz
Boyjigitov Shuxrat Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali Maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi mudiri (Tashkent, Uzbekistan)
BOSHLANGICH BOLAJAK OQITUVCHILARNING INTELEKTUAL SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVASION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Anatasiya: Yosh avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan jarayon. Shunday ekan, o’qituvchi o’quvchi yoki talabaning shakllanish jarayoni zo’r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. Ushbu maqolada ham oqituvchi pedagogik jarayonda barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo’lishi lozimligi shuningdek, o’qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib yetishi alohida takidlangan. Maqolaning birinchi qismida ushbu jarayonda pedagogic talimning ahamiyati, interfaol usullardan foydalanishda darsning maqsadi aniq namoyon qilinishi hamda kozlangan natijaga sifatli va tez erishilishi haqida gap boradi. Bundan tashqari maqaloda talim tizimida axborot texnologiyalarini afzalliklari shuningdek, kompyuterlar va axborot kommunikatsiya vositalarining qo’llanilishi, o’quvchilarning ular bilan bemalol ishlay olishlari pedagogik jarayondagi eng muhimligi ham takidlangan. Va yana pedagogik bilim va mahorat egasi bo’lgan o’qituvchi, avvalo, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi keraligi, ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko’pchilligi ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatin alohida etirof etilgan.
Kalit sozlar: pedagogika, texnologiya, Innovatsiya, Pedagogik yangilik Inson shaxsi kamolatida manaviy bilimlar bilan birga dunyoviy ilmlarning ham oz orni bor. Togri ozbek pedagogikasining manaviy-marifiy yonalishlarida milliy urf-odatlarimiz, etiqodimiz, dinimiz asosidagi tarbiya usullaridan keng foydalaniladi. Yani ustoz-shogird ananasi buning yorqin isbotidir. Bu metodning mazmuni shundan iboratki, oquvchi oziga munosib ustoziga shogirdga tushib uning qarashlarini, bilimlarini egallaydi. Yoki manaviy darslarda buyuk ajdodlarimizning gavharga teng boy merosi organiladi. Xuddi shunday dunyoviy bilimlarni, ayniqsa rivojlanib borayotgan fan texnikaning yangi bosqichi-innovatsion texnologiyalarni egallashda esa albatta ushbu texnikalarning usuli va qollanmasini puxta organish lozim. Shunday ekan pedagogic texnologiya bu jarayonda asqotadi.
Xosh pedagogik texnologiya nima? Oquvchilarning intelektual salohiyatini oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati qanday?
Darhaqiqat, ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko’pchilligi ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormoqdalar.Bugun biz yangi texnologiyalarga sarflayotgan mablag’lar qay darajada o’zini oqlashini va axborot hamda masofaviy ta’limni rivojlantirishga qanday ta’sir ko’rsatishini yetarli darajada bilishlari shart. Ko’p hollarda “ta’limning kompyuter texnologiyalari” iborasi “axborot texnologiyalari” iborasi bilan almashtirib yuboriladi. Bu o’rinda asosiy an’anaviy pedagogik texnologiyalardan farqli kompyuter tarmoqlariga ulangan, dasturlashtirilgan, xalqaro aloqalarni ham ta’minlashiga qodir tizim azarda tutilgan. Bu holat so’nggi yillarda jamiyat hayotida kompyuterlarning ahamiyati ortib borishi, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida turli xil axborotlarga nisbatan ehtiyojning kuchayishi bilan izohlanadi. Ongga yetib kelayotgan axborotlar shaxsning mavjud madaniy - ma’rifiy muhitgamoslashuvi jarayonida qay tarzda aks yetilishini bilishimiz va shunga mos tarzda ta’lim - tarbiya muassasalarida o’quv dasturlari va jihozlariga nisbatan talablarni ishlab chiqishimiz lozim.
Nihoyat ular “axborot asri” deb e’tirof etilayotgan adabiyotlarda “Yangi tartibqoida”, “Yangilik”, “Innovatsiya” tushunchalarining ma’noviy mazmun kasb etadi.
Yangilik - bu texnik, texnologik ixtiro va yutuqlardan amaliy foydalanishdir. U pedagogik katigoriya sifatida ta’limga yangilik kiritishni anglatadi, usullar, vositalar, yangikonsepsiyalar, yangi o’quv dasturlari, tarbiya usullari va boshqalarni kiritishhamda qo’llashdir. Hozirda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishimkoniyalar yetarli darajada, chunki nazariya va amaliyot birligining ta’minlashipedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo’l ochadi. Endilikda ta’lim - tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mosholda mazmun ham, pedagogik jarayon ham yangilanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayapti, auditoriyada o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalar (sanoat, elektron, axborot) kirib kelmoqda. Ro’y berayotgan sifat o’zgarishlari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda “O’rganish” ning birlamchi jarayonlarinian’anaviy metodik va o’qitish vositalari qolipiga sig’may o’qituvchining individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi. Yangi metodikalarni tala etadigan texnikaviy, axborotli, poligrafik,audiovisual vositalar mavjudki, ular zamonaviy pedagogik texnologiyani real voqe’likka aylantirmoqda.
Avvalo, oquvchilar intelektual salohiyatini oshirishda bolajak oqituvchilarni innovatsion texnologiyalardan foydalanish borasidagi bilimlarini oshirish lozim. Shuni takidlash kerakki, pedagogic texnologiya bu talim shakllarini samaradorligini oshirish vazifasini qoyadigan texnik va shaxsiy resurslarni va ularning bogliqligini hisobga olgan holda, oqitish va bilimlarni ozlashtirishning butun jarayonini yaratish, qollash va aniqlashning tizimli usuli.
Darxaqiqat, yangi innovatsion usulda oquvchisining fel-atvoriga qaramay, oqituvchi oquvchisini mustaqil fikrlashga, kuzatishga, xulosa chiqarishga orgatishiga kerak.
Oqitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish quyidagi natijalarga erishish kerak:
- oquvchilar dunyo haqida bilish usullaridan voqif boladi;
- mavzu boyicha qoshimcha manba boladi;
Oqituvchi oquvchilarning mehnatini mustaqil tashkil etishga, ozini-ozi tarbiyalashga yordam beradi;
- axborot manbalari: katolog, internet, electron oquv adabiyotlardan foydalanadi.
- aloqa vositalari electron pochta, chat xonalari, yangiliklar guruxi forumlaridan foydalanishga erishadi.
- multimedia vositalaridan xabardor boladi.
Darslarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish quydagicha natija beradi.
Birinchidan, talim xizmatlaridan foydalanishda tafovut kamayadi.
Mintaqaviy talim imkoniyatlar tezligi oshadi.
Interaktiv usullar orqali oqitish va muloqotli talim berish, standart oqitishni boyitadi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanib otilgan darslar jarayonni jadallashtiradi, rivojlanish potinsialini yuqori darajaga kotaradi. Dars mazmunini chuqur va keng miqyosda ozlashtirishga yordam beradi.
Interaktiv usullar esa oquvchilarda qiziqishini oshiradi, bir vaqtning ozida gurux barcha oquvchilarni dars jarayoniga faol jalb qiladi. Oquvchilar orasida mustaqil fikr va bilimiga nisbatini shakllantiradi. Amaliy konikmalarni jadallashtiradi.
Interfaol usullardan biri “doira”, “Akvarium”, “Muzyorar”, “Mozaika”, “Klaster”, “Suratli dedaktika”, “Zanjir” vakoza.
Masalan, doira usulida oquvchilar doira shaklida otirib, turli mashqlarni bajarishadi. Bu usulning oquvchilarni qator qilib otkazish usulidan qulaty tomoni, hech bir oquvchi ozini ajratilganini, his qilmaydi. Har bir oquvchi pedagok nazaridan chetda qolmaydi. “Muzyorar” usulidan maqsad ishtirokchilarni ozaro tanishuvlari uchun erkin muhit yaratiladi. Bunda oquvchining ozini tutishi, guruhda ozaro ishonch yaratishga komaklashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Atrofimizdagi olam.1-sinf uchun darslik. A.G. Grigoryans. Cho’lpon nashriyoti. 2014.-56 bet. 4. Atrofimizdagi olam.2-sinf uchun darslik. H. Vohidov. Cho’lpon nashriyoti. 2012. - 92 bet. Учеб.пособиедлястудентовпед. ин-товМ., 1990. - 192 с. 20. Педагогика: Учеб. пособие для студ. пед. ин-тов / Под ред. Бабанского Ю.К., М., 1983. - 608 с. Смирнова С.А. Педагогические теории, систем, технологии М., 1999. - 509 с.
СПИСОК ИСПОЛЬЗОВАННЫХ ИСТОЧНИКОВ:
1. Алишер Навоий, Махбуб-ул кулуб, Асарлар. 15 томлик. 13том. – Тошкент, Адабиёт ва санъат нашриёти.
2. www.ziyonet.uz
3. Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviyloyihasi. – T.: Ta’lim markazi, 1999. – 55 b.
4. Sayidaxmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo’llash namunalari. –T.: RTM, 2000. – 46 b.
5. Saliyeva Z. Pedagogika kollejlari o’quv jarayoniga ta’limiy texnologiyalarni tatbiq etish. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2009.
6. Selevko G. K. Sovremennye obrazovatelnye texnologi.- M., Narodnoe obrazovanie, 1998. – 130 s.
7. Farberman B.L. Progressivnыe pedagogicheskie texnologii. - T: Fan, 2002. - 130 s.
8. Egamberdieva N.M. Madaniy-insonparvarlik yondashuvi asosida bo’lajak o’qituvchilarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish. – T.: “Fan va texnologuya” nashriyoti, 2009. – 135 b
Inklyuziv ta'limni tashkil etishda ota-onalar va mahalliy hamjamiyat bilan
hamkorliki
Shahrisabz Davlat Pedagogika Institutining Pedagogika
fakulteti Maktabgacha ta'lim yo' nalishi 2-kurs 5-22-guruh
talabasi Tolibova Begoyim
Annotatsiya: Ushbu maqolada inklyuziv ta'limni tashkil etishda ota-onalar va mahalliy
hamjamiyat bilan hamkorlik hagida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, MTT, muloqot, ota-ona, imkoniyat, mahalliy hamjamiyat,
hamkorlik, ta'lim.
Inklyuziv ta’lim - nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus
ta’limga muhtoj bolalar o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy
qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim
jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishi xaqida fikrlar
yuritilgan.
Hozirgi kunda jahon miqyosida keng targ‘ibot qilinayotgan inklyuziv ta’lim strategiyasi,
ya’ni o’sishi va rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash masalasi
O’zbekistonda ham dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Inkluziv so’ziga to’xtalib o’tadigan
bo’lsak, u ingliz tilidan olingan bo’lib, inclusive, inclusion–uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish,
qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi. Inklyuziv ta’lim - nogiron va sog‘lom bolalar
o‘rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar o‘smirlar rivojlanishida
uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’limning siyosati turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llaydi, va yutuqga
erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga imkon yaratadi. Ya’ni millati, irqi,
tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilasining jamiyatda tutgan o‘rni, manbai, moddiy va
ma’naviy ahvoli, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiligi bo‘lishidan qatiy nazar barcha
bolalarni teng ko‘rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qadrlash, rivojlantirishni ko‘zda
tutadigan ta’limdir. Inklyuziv ta’lim - umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga
mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo‘shimcha
moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Imkoniyati cheklangan
bolalarning maxsus ta’lim tizimida o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga
moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek, ular o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishga majbur
bo’ladilar bu esa ular fe’l-atvorlarida turli salbiy illatlarning shakllanishiga turtki bo’ladi. Bu
toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z - o‘ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga
duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ayrim sabablarga ko’ra,
masalan ota-onalarni maxsus maktabinternatlarga yubormasligi sababli ta’limdan chetda qolib
ketmoqdalar.Alohida ehtiyojli bolalarning ota-onalarini xohish-istaklarini inobatga olgan holda
va ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash maqsadida Respublikamizda alohida yordamga
muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra
maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim
siyosati amalga oshirilmoqda.
Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi: - ta’lim
muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy
psixologik - pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo’naltirilgan
umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy
moslashtirishni amalga oshirish; - o’quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash; -
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish,
ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; - imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni oilalardan
ajralmagan holda yashash huquqini ro’yobga chiqarish; - jamiyatda imkoniyati cheklangan
bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirishdir.
Imkoniyati cheklangan bola ham barcha bolalardek bola hisoblanadi va u tan olinishi, hurmatga
sazovor bo‘lishiga haqli, shuning uchun ularni nuqsoni bilan atalishi nomaqbul
hisoblanadi.Imkoniyati cheklangan bolalar normal rivojlanishdagi bolalar kabi topshiriq va
vazifalarni tezlik bilan mukammal amalga oshira olmasalarda, ammo imkoniyat darajasida bajara
oladilar. Bolaning huquqlarini himoya qilish, ularga ijobiy munosabatda bo’lish tarbiyalashning
muhim usulidir. Shuning uchun ham ularni tahqirlashlarga yo’l qo’ymaslik talab etiladi.
Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu ta’lim
tizimining nafli jihati juda ko‘p ular sirasiga quyidagilar kiradi:
• Inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;
• Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi;
• Kamsitishlarni oldini oladi.
Maxsus yordamga muhtoj bolalarning asosiy muammolarini ular o‘zlari yashab turgan
muhitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo‘lmaydi. Jamiyat o‘z a’zolariga
javobgarlikni o‘z bo’yniga olmas ekan, cheklab qo’yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib
berilmas ekan ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin.
XULOSA
Inklyuziv ta’lim – ta’lim muassasalari uchun barcha bolalarga ta'lim berish imkoniyatidir.
Ushbu ta’lim insonning asosiy huquqi sifatida tushunishga asoslanadi. Inklyuziya keng ma'noda
ham, tor ma'noda ham qo’llaniladi. Keng ma’noda - u urush qurboni bo'lgan alohida ehtiyojli
bolalar, qochoq bo’lgan bolalar, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari, ijtimoiy zaif
oilalaning bolalari, iste'dodli bolalar, sog'ligida muammolari bo'lgan bolalar va boshqalani o'z
ichiga oldi.
Shunday qilib, bu ijtimoiy hamkorlik har doim rivojlanish va o'rganishning asosiy usuli
hisoblanadi. Shuningdek, u ta'lim rivojlanishdan oldin ekanligiga ishongan. Kattalar bolaning
“bevosita rivojlanish zonasida" bo'lgan ko'nikma yoki bilimlariga e'tibor berib, o'rganishni
rag'batlantirishlari mumkin. L.Vigotskiy "bunday rivojlanish zonasi"ni bolaning biladigan yoki
qila oladigan va qobiliyatli odam yordamida nima qilishlari yoki tushunishlari mumkin bo'lgan
maydon yoki makon sifatida aniqladi.
Ko'pgina mamlakatlarda inklyuziv ta'lim amaliyoti bu nazariyaning to'g'riligini ko'rsatib
berdi Tadqiqotlarga ko'ra, alohida ehtiyojli bolalar o'z tengdoshlari bilan birga o'qisalar.
o'rganishda, ijtimoiy muloqotda ancha yaxshi natijalami ko'rsatishga moyildirlar.
Barcha bolalar inklyuziv ta'lim amaliyotidan yaxshi foyda oladilar. Odatda, alohida ehtiyoji bor
bola rivojlanayotgan tengdosh bolalar bilan hir guruhda bo'lishi ularga taqlid qilishga, ular bilan
muloqot qilishga, ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi. Rivojlanayotgan bolalar
alohida ehtiyojlari bor odamlar duch keladigan muammolarni tushunib boradilar. Ular
boshqalarning ehtiyojlariga sezgir bo'lib, farqlami yaxshiroq anglaydilar Ular barcha odamlar
muhim muammolarni bartaraf eta olishlariga va muvaffaqiyatga erishishlari mumkinligini bilib
oladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005.
2. Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007.
3. ДубровинаИ.В.Рабочая книга школьного психолога. – М.: Просвещение, 1991. – 303 с.
482
4. Дубровина И.В. Школьная психологическая служба. –М.: Педагогика, 1991. – 232 с.
5. Дубровина И.В. Практическая психология в образовании. – М.: Педагогика, 1998.
MTM TARBIYALANUVCHILARINING INGLIZ TILIDA NUTQINI O‘STIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV”
Sattorova Shaxlo Axadovna Shaxrisabz davlat pedagogika instituti oqituvchisi.
Annotatsiya.
Bolalikning dastlabki yillari ingliz tilida nutq va tilni rivojlantirish nuqtai nazaridan juda muhim bosqichdir. Aloqa darajasi past bo'lgan maktabni boshlaydigan bolalar soni ko'payib borayotganligi sababli, dastlabki yillardagi barcha imkoniyatlarni qo'llab-quvvatlashi juda muhimdir.
Kalit so’zlar. Tarbiyachi, tarbiya, iqtidor, talim, tarbiyalanuvchi rollli o'yin.
Аннотация.
Ранние годы детства - очень важный этап с точки зрения развития речи и языка на английском языке. Поскольку число детей, идущих в школу с низким уровнем общения, увеличивается, важно поддерживать все возможности в ранние годы.
Ключевые слова. Воспитатель, образование, талант, образование, обучающая ролевая игра.
Abstract.
The early years of childhood are a very important stage in terms of speech and language development in English. As the number of children starting school with low levels of communication increases, it is important to support all opportunities in the early years.
Key words. Educator, education, talent, education, educational role-playing game.
Ingliz tilida nutqni rivojlantirish tinglash, tushunish va og'zaki bo'lmagan aloqalarni o'z ichiga oladi.
Ushbu ko'nikma bolalar uchun foydali bo'lishining ko'plab usullari mavjud:
• bu maktab faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratadi (masalan, ingliz tili nutq va tilni yaxshi biladigan bolalar o'qishni o'rganishni osonlashtirishi mumkin);
• bu ishonchni oshirishga yordam beradi;
• bu bolalarga o'zlarining ehtiyojlarini yaxshiroq yetkazishga imkon beradi (va shuning uchun umidsizlikni kamaytiradi); bu do'stlikni rivojlantirishga yordam beradi
• bu bolalarga atrofdagi dunyoni anglashga yordam beradi.
Dastlabki yillardagi tarbiyachilar bolalarni ingliz tili nutq qobiliyat larini rivojlantirishda qo'llab quvvatlashga yordam beradigan ikkita asosiy usul mavjud:
1) yaxshi o'rnak bo'lish orqali;
2) stimulyatsiyani ta'minlash orqali.
Bolalar kattalar xulq-atvorini kuzatish va nusxalash orqali yaxshiroq o'rganishadi, shuning uchun iloji boricha yaxshi ingliz tili nutq qobiliyatlarini modellashtirish kerak.
Bolalar bilan muloqot qilishda biz qanday modellarni tutishimiz kerakligi haqidagi ro'yxat:
• aniq va xotirjam gapirish;
• yoshga mos keladigan so'zlardan foydalanish;
• ko'z bilan aloqa qilish (agar kerak bo'lsa, bola darajasiga tushish);
• bolalarga gaplarni takrorlash, xatolarni tuzatish bilan almashtirish;
• so'zlarni bolalarga qaytarish, ular ishlatilgan so'zlarni kengaytirish;
• siz nima qilayotganingizni tasvirlab berish va sharhlash;
• bolalarning qilayotgan ishlarini tasvirlab berish va sharhlab berish;
• obyektlarni va harakatlarni belgilash;
• bolalar biz bilan suhbatlashayotganda diqqat bilan tinglash - sabr qilish va ularga so'zlarini topish uchun ko'p vaqt berish.
Tinglash borasidagi so'nggi fikrni yodda tutish juda muhimdir, chunki bu ko'nikma ko'plab bolalar o'zlarini egallashga qiynaladi. Dastlabki yillarda bolalar bilan qiladigan deyarli har bir narsa inliz tili nutq ko'nikmalarini rivojlantirish uchun imkoniyatdir, ammo bir muncha vaqt sarflab, mavjud faoliyatni yaxshilay olasizmi yoki yangilarini kiritasizmi, deb o'ylab ko'rishingiz kerak.
Qanday mashg’ulot olib borsak ham, esda tutish kerakki, asosiysi uni qiziqarli qilish, shunda bolalar mashg'ul bo'lishlari kerak. Masalan.
1) aholisi ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlar haqida;
2) ingliz tilida sanash;
3) ingliz tilida salomlashish va hayirlashishni;
4)savolga javob berishni «What's your name?», “My name is …(Sardor).”
5) turli buyruqlarni tushunish va amalga oshirishni (“Hands up!”, “Hands down!”, “Jump!”, “Turn around”, “Stop!”, “Hop!”);
Amor fati__, [25.01.2024 13:59]
6) [ou], [p], [t], [d], [ɔ] tovushlarini o’rganadilar.
Dastlabki yillarda ingliz tilida nutqni rivojlantirish yordam beradigan ba'zi fikrlar:
Ko'rsating va ayting. Bolalarga uy hayvonlari, o’yinchoqlar va h.k rasmlarini ko’rsating va ular haqida suhbatlashing. "Inglizcha nomlarini ayting" ularni tavsiflab berishga undang va "Nega sizga bu o'yinchoq yoqadi?" va boshqa bolalarni ham o'zlarini qiziqtirgan savollarini berishga undash.
Qo'shiqlar kuylang. Bu, ayniqsa, o’ta yosh bolalar bilan bog'liq bo'lgan muhim mashg'ulotdir, chunki qo'shiq aytish va erta tilni rivojlantirish o'rtasida juda kuchli bog'liqlik mavjud. Juda yosh bolalar bilan qo'shiq kuylash ularga tovushlarni farqlashni va qofiyalarni tanishni o'rganishga yordam beradi, shuningdek ularning so'z boyligini kengaytiradi va xotirasini rivojlantiradi.
Rolli o'yinlar va go'yoki o'yinlar. Bu siz xohlagan darajada murakkab yoki sodda bo'lishi mumkin; siz bolalarni qahramon qiyofasida kiyintirishlari va o'yin sahnasida (uydirilgan syujet yordamida yoki ehtimol kitobdan) foydalanishi mumkin, yoki ularni qo'g'irchoqlardan ertak aytib berish uchun foydalanishga undashingiz yoki shunchaki to'g'ridan-to'g'ri rolni rag'batlantirishingiz mumkin. Bir nechta rekvizitlar bilan tanishtirib o'ynang.
Mashg’ulot namunasi
Tarbiyachi: Hello, everybody! Hello, kids! Salom Bolajonlar! I’m very glad to see you! Sizlarni ko’rganimdan juda hursandman! Let’s begin our English lesson. Keling ingliz tili darsimizni boshlimiz. Oh, but where's Rabbit? Aytgancha, Quyonchamiz qayerda ekana? Balki usiz boshlarmiz. Esladim, bugun ertalab sizlarni yoningizga chiqishga uyalayotganini aytgandi. Kelinglar u qo’rqmasligi uchun ko’zlarimizni yumib 4 gacha sanaymiz. Close your eyes and count: one, two, three, four
Bolalar (ko’zlarini yumishadi): One, two, three, four! Tarbiyachi tezda Quyonni qoliga kiyib oladi.
Quyoncha: Hello, kids! Bolalar: Hello, Rabbit!
Quyoncha: Glad to see you. Tarbiyachi: Bolajonlar, quyoncha sizlarni ko’rganidan hursand ekanligini aytyapti, glad to see you.
Quyoncha, bolalarning ismlarini unutmadingmi? Do you remember the kids' names, Rabbit? Hozir tekshiramiz.
Quyoncha bolalarning yonlariga borib avval ismlarini no’tog’ri aytadi, keyin eslaydi.
Quyoncha: Are you Ahror?
Tarbiyachi: Sen ahir Ahror emassanku, unga: «No, I'm not». Deb ayt.
Bola: No, I'm not.
Quyoncha: Are you Sarvar?
Tarbiyachi: Sen Sarvarsan unga: «Yes, I am» (Ha, Sarvarman). deb ayt
Bola: Yes, I am. Qolgan bolalar bilan ham huddi shunday suhbatlashadi. Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar Quyonchaga ismlarimizni aytamiz. Har birimiz «I am …..». so’ziga ismlarimizni qo’yib aytamiz. Bolalar ismlarini aytishadi. Tarbiyachi: Ana endi Quyoncha ismlarimizni bilib oldi. Birgalikda «Hello!» o’yinini o’ynaymiz. Let's play! Bolalar Tarbiyachi va Quyoncha «Hello!» o’yinini o’ynashadi.
Tarbiyachi: Ajoyib, juda yahshi o’ynadinglar kelinglar qarsak chalamiz. Clap your hands! Bolalar qarsak chalishadi.
Tarbiyachi (rasmlarni ko’rsatadi): Well, Rabbit, let's see your pictures. Ho’sh, Quyoncha, qani rasmlarini ko’raylikchi. O’-o’ do’stlaring juda tez yugurishar ekan! Quyoncha: They can run, and run, and run.
Tarbiyachi: Ular sakray olishadiyam.
Quyoncha: They can jump, and jump, and jump.
Tarbiyachi:Va yura olishadi.
Quyoncha: They can go, and go, and go.
Tarbiyachi: Bir oyoqda sakray olishadi!
Quyoncha: They can hop, and hop, and ho
Tarbiyachi: Hato kulishadi!
Quyoncha: They can smile, and smile, and smile. I can do it all, too! Tarbiyachi:Quyoncha bularni men ham bajara olaman deyapti. Qani bizga ko’rsatsinchi, qanday baja olishini. Ok, Rabbit, what can you do? Quyoncha (yuguradi, sakraydi, yuradi va x.k.): I can run. I can jump. I can go. I can clap my hands. I can touch my ears. I can touch my cheeks.
Tarbiyachi: Great! Ajoyib. Quyoncha, qani qanday bajara olarkansan. Bolajonlar kelinglar Quyoncha bilan o’yin o’ynaymiz. Unga aytamiz u esa bajaradi. Quyoncha, will you?
Quyoncha: OK.
Tarbiyachi: Rabbit, run! Quyon qimirlamaydi.
Tarbiyachi: Qiziq, ahir unga: «Rabbit, run!», «Quyoncha, yugur!» dedimku u esa yugurmayapti. Bolajonlar sizlar bilmaysizlarmi? Аaa, toptim ahir unga iltimos qilmapmanku. Unga iltimos Quyoncha yugur deyishimiz kerak ekan. Inglizchasini aytamiz. Rabbit, run please. Quyoncha stol atrofida yuguradi.
Tarbiyachi:Rabbit, jump, please. Rabbit, hop, please. Rabbit, turn around, please. Rabbit, please, clap your hands. Rabbit, please, stamp your feet. Rabbit, hands up, please. (Quyoncha buyruqlarini bajaradi.) Bolajonlar kim Quyonchaga yana mashqlarni bajartirishni hohlaydi? Bolalar Quyonchaga buyruq berishadi. Tarbiyachi: Good for you, kids. Barakalla bolalar hozir siz qanday qilib Quyonlarni o'qitishni o’rgandingiz. Siz ularni chopish, sakrash va aylantirish, qo'llarini ko'tarish va tushirishga o'rgatishingiz mumkin, bir oyog'ida sakrash.
Quyoncha bilan birgalikda mashq bajaramiz va barcha harakatlarni takrorlaymiz. Hands up, hands down Jump, Jump, 7 Turn around. One, two, three, Hop!
One, two, three, Stop! Bolajonlar, o’ynashni yoqtirasizlarmi? Hohlasangiz birgalikda o’ynaymiz, together. Menda bir quvnoq qo’shiq bor kelinglar uni tinglaymiz va men sizlarga qanday o’ynash kerakligini ko’rsataman. Quyoncha esa shu yerda o’tirib bizni tomosha qiladi. Tarbiyachi „Clap your hands“, qoshig’ini qo’yadi va qo’shiq so’zlariga mos holda oddiy harakatlarni bajaradi.
Tarbiyachi: Well-done, kids. Juda yahshi, Bolajonlar buni yahshi o’zlashtirdingiz. Did you like this song? Qoshiq yoqdimi sizlarga? Did you like to dance? Raqsga tushishchi? Keyingi darsimizda biz yana raqsga tushamiz.
Hozir esa darsimizni yakunllaymiz! It's time to say: “Goodbye”.
Quyoncha: Good-bye, kids!
Tarbiyachi: Good-bye! Bolalar: Good-bye!
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Shodiyeva O.Q. Nutq ostirish uslubiyoti . “Oqituvchi” nashriyoti, Toshkent. 2008-yil.
2. Shodiyeva Q.S. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish. Toshkent. 1995- yil
3. Asqarova M., Matchonov S. va boshqalar. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish. Toshkent. “O‘zbekiston”, 2001 y.
4. Rozboyeva E.M., Ahmedova Q.A. Nutq o`stirish metodikasi. Toshkent. 2004 yil 5. Qodirova F.R., Qodirova R.M.. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent. 2006- yi
Dunyoga kelganda bir kun chaqaloq ,
Yonida faqat bir zot bo'larkan.
Kunlar o'tib, o'sib ulg'ayib,
Uzini kimligin tanib bilarkan.
Har doim yonida, har bir ishida,
Bir zot bo'lar ekan doim yelkadosh.
Bir kuni yiqilsa yoki qoqilsa,
Yonida turarkan bo'lib u dildosh.
Hayot sinovlarin ko'rib, birma-bir,
Bolam, deb yasharkan kuyib pisharkan,
Uzi kiymasa ham,bizga kiydirib,
Faqat qayg'urgani, Onam bo'larkan...
Baxtimizga soyabonimiz, yelkadoshimiz, Ota-onalarimiz sog'-salomat bo'lishsin!!!
Fayyoza Sharifjonova
Hayot
Ko'z yumib bir soniya hayron qolaman
Nechun buncha qiziq atrofi olam?
Aytaman inson bor bu olam bordir,
Shuning uchun qiziq bu hayot doim!
Yashaymiz shundayin go'zal makonga
Ajdodlar ruhini har on yod olib,
Shu go'zal makonda yashaymiz bizlar
Mexrimiz nurini atrofga sochib
Hayot sinovlarin birma-bir ko'rib,
Biz uni yengamiz bu sinov bilib
Sabr eng chiroyli fazilat ekan
Go'zal sabr ortidan kelarkan rohat
Ey hayot! Qiynama insonni buncha
Inson ham bir jondir qalbi og'riydi
Bilaman bu hayot sinovin bilan
Sunchalar murakkab chiroyli ekan
Orzuyim ro'yobi chinga aylansin
Beg'ubor onlarim oyu kunidek
Har bir daqiqalar chinga aylansin
Hayollar og'ushi go'zal bo'lganday,
Orzuyim ro'yobi chinga aylansin!
Yurgan yullarimda omadli kelib,
Qalbim quuyoshlari yorug' nur sochsin
Nurlarim yo'llaring yoritganidey,
Orzuyim ro'yobi chinga aylansin!
Sen chamansan qalblar quvonchi
Shu chaman hayollar chinga aylansin,
Ko'zimni yumganda seni uylasam
Orzuyim ro'yobi chinga aylansin!
Eng go'zal onlaring mexrini tuyib,
Bir kun yetisharman albatta senga
Faqat tuyg'ularing chindan his qilib,
Orzuyim ro'yobi chinga aylansin!
Muhabbating singdirgin har birimizga
Mexringdan nur olsin dunyo va olam
Balki shu maqsadlar qadamin bosib,
Orzuyim ro'yobi chinga aylansin!
✍🏿Fayoza Sharifjonova
. Zamona
Yoshlari unutgan salom-alikni
Tòliq aytolmaydi bitta tilakni
Eplab òqiy olmas ikki rakatni
Aytinglar qandayin zamonga keldik.
Qalamni qòydilar tashlab surmani
Qizlar òsayapti bilmay òsmani
Nazariga ilmay biror kimsani
Aytinglar qandayin zamonga keldik
Bòyoqdan bilinmay qoldi yoshimiz
Ba'zan gunohlarga tòla oshimiz
Ròmol neligini bilmay boshimiz
Aytinglar qandayin zamonga keldik.
Yigitlar sòzlari yòqotdi kuchin
Kòringanday emas bilakda kuchi.
Hatto chiqayapti qizday òyinchi
Aytinglar qandayin zamonga keldik.
Atrofga boqqanda qiynalar yurak
Oqibat yòqoldi, ketdi bedarak
Bu òydan yuragim ozgina halak
Aytinglar qandayin zamonga keldik
Muallif : Mirzayeva Umida 😊
Tòy (hazil she'r)
Òzbeklar ham qiziqda
Tòyni sahar boshlaydi
Azondanoq erkaklarning
Oĝizlarin oshlaydi
Bitta guruch oshib qolmas
Kelgan katta tovoqdan
Kòngillari tòymaydi yoĝ
Oqmasa gar bilakdan
Achchiq achchiq kòk choylarni
Damlatishar kòplashib
Suhbatni xòb olishadi
Askiyadan boshlashib
Tòyxonani tòldirishib
Kulgulari tinmaydi
Tòyda ,,Tulpor" aytilmasa
Otarchini qòymaydi
Ayollarchi beri kelmas
Dasturxon xonasidan
Savatlarni sanab olar
Amma-yu xolasidan
Yosh kelinlar chopishadi
Ovqat tashi , idish yuv
,,Quda taraf kelyapti" deb
Boshlar maxsus tayyorlov😂
Uy egasi shoshib qolar
Kòpayib keldi-ketdi.
Hatto bilmayin qolar
Kim keldi-yu kim ketdi
Bola-chaqa chuĝurlashib
Chopishgani-chopishgan.
Dasturxonga mòralashib
Qand-qurslarga yopishgan
Hamma har hil yumush bilan
Band bòladi toĝrisi
Dugonalar pichirlashar
,,Ana keldi zakisi"😁😁😁😁
Kuyov tòra keladilar
Signallarni chaldirib.
Kostum shimlar kiyib olgan
Egniga yarashtirib.
Yangray boshlar hovlida
Karnay-surnay sadosi
Qizdiradi davralarni
Besh-oltita jòrasi
Tabrik sòzlar yoĝiladi
Kelin-kuyov tomonga.
Ataganin qistiradi
Òynab ,,Omon-omonga"
Shu zayilda mana qarang
Tòy ham tugab qolibdi.
Kelin kuyov dòst-yaqinning
Duosini olibdi.
Endi esa ikki yosh ham
Baxtli bòlsin, Soĝ bòlsin
Danĝillama tòylar qilgan
Ota-ona bor bòlsin.😁😁
07.07.2023 ( Andijon)
Muallif : Mirzayeva Umida😊
Ona
Ona dilingizni koʻp ogʻritib qoʻydim,
Yonizga borishga soʻz topolmadim,
Qalbimda koʻp bora kechirim soʻrab ,
Lekin yoningizda gapirolmadim.
Ona, qarang oʻzim ham ona,
Farzandlarim xatosi kechirolmayman,
Dilimga agar ozor bersalar ,
Sizning holatingiz oʻylab qolaman.
Ona,kechiring ,men qizingizni
Xatolar ustiga xato qilibman.
Hayotim iziga quyib olay deb
Sizning qalbingizga ozor beribman.
Ona , onajonim, mehribon onam
Sochlaringiz oqi sababchisi man
Lekin hayotimni yulga quyay deb
Shu ishlarni qilgan qizingizdirman.
Ona ,mana quyoshim kuldi
Dushmanlar oldida yuzlarim kuldi
Sizning yelkangizdan gʻamlar aridi
Kechiring onajon kechiring ona.
✍Tursunova Sarvinoz.
Shahrisabz davlat Pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi talabasi.
"DARDLARIM DARMONI-ONAM!"
Qadamlar yurmaydi oldinga ildam,
Gʻamlarimni yuvib charchadim dildan,
Dardimni bilmaslar tikilib zimdan,
Men juda charchadim, charchadim ona.
Nafsin koʻzi ochiq, qalbi koʻrlardan,
"Dunyo qoʻlimdadir", degan zoʻrlardan,
Atrofimni oʻrab, olgan toʻrlardan,
Men juda charchadim, charchadim ona.
Bu sinov dunyoning sinovi bisyor,
Haq, nohaq bilolmay boʻlamiz agʻyor,
Yaxshi kunlarimda kerakmas dastyor,
Men juda charchadim, charchadim ona.
Menga kerak emas qasru koshona,
Shunchaki yashayin baxtli, pinhona,
Chalkash tuygʻulardan toʻldi paymona,
Men juda charchadim, charchadim ona.
Koʻngil oynalari dars ketib boʻldi,
Koʻzlar quvonchgamas, yoshlarga toʻldi.
Boʻldi qiling endi, boʻldida, boʻldi,
Men juda charchadim, charchadim ona.
Izlar chorlamaydi baxtlarga tomon,
Baʼzida ahvolim yomondan yomon,
Oʻzimni-da, aldab yasharman hamon,
Men juda charchadim, charchadim ona.
Keling ona qoʻyay tizzanggizga bosh,
Mehringgiz, oldida xijolat quyosh,
Boʻldi endi yashay toʻkmay tomchi yosh,
Men hayotga qaytay, qaytayin ona.
Meni aldaganlar qilsin pushaymon,
Kulib yuray endi boʻlib shoʻx-shodon,
Axir yashash uchun berilgan har on,
Men hayotga qaytay, qaytayin ona.
Hech kim ocholmasin qalbim chokini,
Denggizga, otaman sevgim xokini,
Men ham totay endi hayot totini,
Men hayotga qaytay, qaytayin ona.
Soxtalar gapirar yolgʻon-u, yashiq,
Gohida yolgʻoni, rostidan oshiq,
Endi men boʻlaman Ollohga oshiq,
Men hayotga qaytay, qaytayin ona.
Sizni yoninggizga shoshay hoziroq,
Ona, siz bilan men, et bilan tirnoq,
Bu soʻzlarni yozar qoʻlimda titroq,
Men hayotga qaytay, qaytayin ona.
Dardlar chekinadi, vaqt oʻtgan sari,
Jongga tegdi hasratlar, alamlar bari,
Murdadek yashashdan boʻlib men nari,
Men hayotga qaytay, qaytayin ona.
Shunday inson boʻlay, komil va yituk,
Eh... mening kabilar, yuringlar ketdik,
Olloh bor, oyoqda turaylik tetik,
Boringgizga, shukur aytayin, ona
Sevgimi? Sevgi ham aslida taqdir,
Chin sevgi baxt berar qazmaydi qabr,
Taqdirni yaratgan Ollohim haqdir,
Boringgizga, shukur aytayin, ona
Ollohnni sevayin ishonib bardam,
Onamga menrimni berayin har dam,
Bu dunyo boshimga qulaganda ham,
Boringgizga, shukur aytayin, ona
Siz dilim oromi, koʻnglim oromi,
Ya Robbim, biz uchun sogʻ boʻlsin joni,
Sizni yoʻqotishdan yoʻqdir yomoni,
Boringgizga, shukur aytayin, ona.
Soʻzlari muloyim, mehri xokisor,
Men borman gʻam chekmang baxtga boʻling yor,
Axir sizda mening Jannat qarzim bor,
Boringgizga, shukur aytayin, ona.
Farishtam bizni deb boʻlmang hech xalak,
Bor xislatingiz-la, bizga siz oʻrnak,
Inshaalloh sizga Jannat muborak.
Boringgizgaz shukur aytayin, ona.
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi
Oqboyeva Lobar.
MAHZUN BOʻLMA
Uning ismi ila tillar aylanib ,
Yordam soʻrab asta duo qilasan.
Uning zikri bilan hotirjam boʻlib,
Shu holing uchun ham shukur qilasan .
Mahzun boʻlma, aslo dunyo oʻtkinchi,
Ortga qara kimdan nima ham qoldi.
Oʻylama mol-dunyo kelib-ketguvchi,
Gunohlar yurakka qoʻrquvlar soldi.
Undan koʻra oʻqi, izlan, bilimdon,
Mahzunlikdan foyda bo'lmaydi senga.
Bilib qoʻy hammasi Yolg'iz Allohdan,
Shunday ekan yana ne kerak senga.
Tavba qilib, voz kech gunohlaringdan ,
Bugun haqda oʻyla, oʻtmishni unut.
Kuyib, ado boʻlib, yonma gʻazabdan,
Dunyoda bilki sen boshqacha yoʻl tut.
✍ Marjonabonu Xushvaqtova.
08.12.2023
JANNATNI ISTASANG...
Kerilma dunyoda topgan pulingga,
Shayton so'zlasa gar quloqqa ilma.
E'tibor bergin sen yurgan yo'lingga,
Jannatni istasang aslo kibr qilma!.
Hisob-kitob kun bor, bilgin ey do'stim,
Sahiy bo'lgin, savob bordir ey do'stim.
Ishon seni yamon yo'llardan to'sdim,
Jannatni istasang hech kibr qilma!.
O'zingga aylagin shunday bir savol,
Mansab-u boylikni ishqida yonma.
O'tmasidan umring behuda uvol,
Jannatni istasang hech kibr qilma!.
Sinovli kunlar ham bo'lar ko'p armon,
So'ng hasrat ichida ba'g'ring tilma.
Do'zaxda topilmas joningga darmon
Jannatni istasang hech kibr qilma!.
𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟:
Jaloliddin Yoriy
Otamga ayting.......
Boshida ko'targan soyabonim deb
Mehrini ulashgan,dilda borim deb.
Jonini berguvchi bir jahonim deb
Rahmatni mengamas,Otamga ayting.
Otam bor,davrimni surib yuraman
Yonida qaddimni kerib yuraman.
Boshimga toj qilib,olib yuraman
Rahmatni mengamas,Otamga ayting.
Yaxshi kunda yonimda bo'lgan
Yomon kunda boshim silagan.
Yutug'imdan ko'zga yosh olgan
Rahmatni mengamas,Otamga ayting.
Maqtaydi do'stlar-u, oshnalariga
Duodan qozondim g'alabalarga
Erishdim yuksak-u, martabalarga
Rahmatni mengamas,Otamga ayting.
Yonimda hamisha tirgagim bo'lgan
Yo'g'imni bor qilib,kamim to'ldirgan.
Boshim egilganda,ko'tarib qo'ygan
Rahmatni mengamas,Otamga ayting.
Umrin uzoq qil deb, tilab Xudoga
Qo'limni uzmasdan, qilib duoga.
Niyat qilib oboray Makkatullohga
Rahmatni mengamas,Otamga ayting.
Marjona Asadova
Ishq!
Ishqdir - oshigʻin mastona aylar,
Ishqdir - bor yoʻgʻin sarsona aylar,
Koʻrmas, eshitmas, hissiyot etmas,
Hislarin otib, har yona aylar.
Ajib neʼmat erur ishq degani,
Sohibi koʻks kerur ishq degani,
Gar topmasa hech vaqo yegani,
Tosh bosib qalbina farzona aylar.
Odamki kamol topar ishq birla,
Ruxsori jamol topar ishq birla,
Nomai aʼmol ortar ishq birla,
Ishqsiz mosivo andin, hayrona aylar.
Neʼmati shukron etgin sen banda,
Qadri naʼmaton yetgin sen banda,
Ishqsiza benzama, u bir ganda,
Alar mahsharda parishon, naylar.
Oshiqlar doim gʻayratli boʻlur,
Holidin oʻzi ham hayratli boʻlur,
Maʼshuqi-la albat jannali boʻlur,
Kelgan har sitama mardona aylar.
Ishqki, u birla Robb bandam der,
Oshiq Maʼshugʻin hamdam der,
Hayhot! Alar bir-birin gʻamin yer,
Yetti yot gʻaribni doʻstona aylar.
Sigʻmas olama, tor boʻlib jahon,
Oshiq dardin koʻzdan ol bilib, aʼyon,
Ishqsiz qalbina otash tushgan on,
Tilsiz-da sochar dard, dostona aylar.
Muhabbat degani turluk boʻlur,
Volidon, farzand, yor deb kim oʻlur,
Lek bir ishq baridin yuksak turur,
Robb ishqi qolganin ostona aylar.
Muallif:
Jumayev Abdulbosit
Akam boʻlsaydi!
Hayot uchun siqildim bugun
Koʻzlarimga yoshlar toʻlsaydi.
Yuragimda bor bitta tugun,
Qoʻllaguvchi, Akam boʻlsaydi.
Tim qoradir, men koʻrgan yillar,
Umrim sotgan, jodudir yoʻllar,
Aylanyapti, ayamay millar,
Dardkashimday, akam boʻlsaydi.
Mayli boʻlsin, yarimta joni,
Baxsh etardi, bir shirin zori,
Qaynamsdi, qip-qizil qoni,
Bir kulishga, akam boʻlsaydi.
Havas bilan, yurdim choʻllarda,
Poyoni yoʻq, daydi yoʻllarda,
Qidirganman, tubsiz koʻllarda
Bir taskinday, akam boʻlsaydi.
Nahot chora yoʻq ekan bildim,
Goh bulgʻandim, goh esa tindim,
Hasta dil-u, yuragim tildim.
Bir malhamdek, akam boʻlsaydi.
Ogʻir soʻzlar, aytmay yashardim,
Ishon doʻstim, gulday yashardim,
Oppoq ruhin, kutmay yashardim!
Yigʻlatmagan, akam boʻlsaydi.
Ketayapman, men ham uzoqqa,
Shayton qoʻygan, issiq tuzoqqa,
Kiritmaydi, jannat u yoqqa,
Hech boʻlmasa, akam boʻlsaydi.
Bu dunyoda, Akam boʻlsaydi.
M: YAXSHIYEV DILXUSHBEK.
Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti pedagogika fakulteti BT yoʻnalishi 2 kurs 6 guruh talabasi Yaxshiyev Dilxushbek
Kuz
Yana kuz keldi yuragim pora,
Kònglimni egallagan shubha gumonlar.
Yana,yana òsha tòylar boshlandi
Sevgimni rashk qilgan essiz shu onlar.
Kòchada ketayapman yolģizman yakka
Ustimni hòl qilar yana yomģirlar.
Vujudimda rashk olov yoqmoqta
Chorasiz jimlikda òtmoqda yillar.
Daraxtlar shohlarida yaproqlar ma'yus
Ariqlarda suvlar muz bòldi yana.
Osmon gumbirlab,tòkilar yomģir
Yana òsha jimjitlik fasli edi kuz.
Qayģular ortidan kelib qayģular
Kuzdan keyin kelar yana qishki tuyģular.
Yuragimga solib ketgan dardli armonlar
Bahorda ochilgan gulni, sòlitgan kuzim.
Kuzda uchib ketar qaldirģochlar ham,
Sevgi ham betayin qushga aylandi.
Kecha baxt qushini qòndirgan kòklam.
Bugun qushimni ham qoldirmagandi.
24.12.2023
YAXSHILIK...
Inson umri misli bir nihol
Bir kun qurib bitadi albat
Lekin doʻstim shuni eslab qol
Bizdan qolsin yaxshilik faqat
Tugab bitar bir kun dunyosi
Bu dunyoning foniy savdosi
Yetib inson umri baqosi
Bizdan qolsin yaxshilik faqat
Qurib qasr-u saroy hashamdor
Yetti qavat joy qilib tayyor
Eslashmasa yashashing bekor
Bizdan qolsin yaxshilik faqat
Bitta nihol eksa bir bogʻbon
Ming kishiga soyasi rohat
Vaqt borida, borida imkon
Bizdan qolsin yaxshilik faqat
Qaro tuproq manzilimizdir
Yoʻllar boshqa, manzilimiz bir
Yaxshilikka ne yetsin axir
Bizdan qolsin yaxshilik faqat
Husan Hakimov
Kapalak
Guldan gulga o'ynoqlab,
Uchib - qo'nar kapalak.
Ortidan men yugurib,
Tutolmay jonim halak.
Nafisdir qanotlari,
Mehr bilan bir qarang.
Oftobning nurlarida,
Tovlanadi rang - barang.
Mayli jajji kapalak,
Guldan gulga qo'naqol.
Nafis chiroying bilan,
Ko'ngillarga shodlik sol.
Shahzoda Allayarova Ilnar qizi,
Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 55-sonli 4"B"sinf o'quvchisi
Tabiat
Tabiati betakror,
Qanday go'zal bu diyor.
Odamlari mehnatkash,
Yashaydi shod - baxtiyor.
Bordir baland tog'lari,
O'sar ko'm - ko'k archalar.
Bog'larida pishadi,
Uzum, olma, olchalar.
Yerda o'sgan maysayu,
Giyohlarni bosmaylik.
Keling, aziz odamlar,
Tabiatni asraylik.
Qayga boqsang go'zallik,
Bunday yurt yo'q jahonda.
Barcha baxtli yashaydi,
Yashil O'zbekistonda.
Shahzoda Allayarova Ilnar qizi,
Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 55-sonli maktabning 4"B"sinf o'quvchisi
,,Òzing qòlla"
Sirdosh dilim sòzlarida yozaman,
Qalbim tiniq soylardanda tozaman,
Yurak dardlar duyosida ozaman,
Sarxush boshim ģavģolarda bòzaman.
Falak sirin topolmagan òydaman,
Nolasi bor aytilmagan kuydaman,
Yurak yongan ģamhonasi uydaman,
Qalbim yiģlab tantanali tòydaman.
Salom deyman aliki yòq odami,
Turtib surtib suyab qòygan hodami,
Shuyam meni suygan qondosh tòdami,
Buguni bor ertasi yòq bu damni.
Shukr qilib yashayapman xayotda,
Suyanganim qalam qoģoz bayotda,
Kòklami bor qurisada sayotda,
Òzing qòlla kòpirigi sirotda.!!!
Muallif:Atamurotova Shodiya
Balki,taqdirim emasmisan yor💔
Negadir kòzlarim bòldi biroz nam,
Òyladim seni kòp har onda,har dam.
Bizni ajratar johil hayot ham,
Balki, taqdirim emasmisan yor.
Uzoq kurashdik biz, masofa yiroq,
Ayriliq baribir ekan kuchliroq.
Sabr-bardoshimiz yetmadi uzoq,
Balki, taqdirim emasmisan yor.
Endi yiģlamayman, chekmayman faryod,
Baxt tilab yashayman senga umrbod.
Dilimda sòzlayman takror,
Balki, taqdirim emasmisan yor.
Nurimova Ruhshona
"Baxt"
***
Manziling qidirib borarman chunon ,
Quvonch -u , shodliklar dilim yoritgay,
Baxt yoʻllari uzra oʻtarman hamon ,
Ta'rifing dardimni butkul aritgay .
**
Bahor , kirib borgin yuragim uzra ,
Baxt ila gullasin qalbim daraxti ,
Xazondek toʻkilib ketmasin sira ,
Mudom vafodordir hislarim ahdi .
**
Hayol fazosida chizaman rasming ,
Chizaman , bahor -u qishdan rang olib ,
Tabassum ufurgan yuzlarda aksing ,
Siyrating oʻchmagay koʻnglimda qolib .
**
Baxt ila rango-rang dilda tuygʻular ,
Baxt uzra unadi qalbimda chechak ,
Zulmatni yoritgan oʻshal tuygʻular,
Koʻnglimni gullarga uygʻun etajak !
✍ Mohinur Umirova
Sinmadim Ona.....
Tulkidek doʻstlarim,shirin taftidan
Yolgʻon soʻzlariga, ishondim Ona.
Ortimdan urilgan pichoq zahridan
Yiqilsamda ammo,sinmadim Ona.
Orqamdan hoʻp aytgan,bu tuhmatlardan
Toʻrt kunlik soxta-yu,doʻst ulfatlardan
Bir boshga ming tushgan,bu kulfatlardan
Yiqilsamda ammo, sinmadim Ona.
Kun kelib jigarim, sirim sotganda
Tanimay yuz burib,eshik yopganda
Har tomon,bir menga toshlar otganda
Yiqilsamda ammo, sinmadim Ona.
Farqim qolmay qolsa,devonalardan
Sanasam topilmas, giryonalardan
Umid kutar boʻlsam begonalardan
Yiqilsamda ammo, sinmadim Ona.
Yozarman she'rimni koʻzda yosh bilan
Qaddimni tik tutib,magʻrur bosh bilan
Siz bergan tarbiya va bardosh bilan
Yiqilsamda ammo, sinmayman Ona.
Marjona Asadova

Maktabdagi Psixolog
Hayotimni eng yomon kunlari oyimni ikkinchi oila qurganidan keyin boshlandi. Haqiqiy otam ichkilikka berilgan, kayf safoni yoqtiradigan, oilaga e'tibor bermaydigan noinsof insonlardan biri edi. Oyim judayam aqlli, biror marta yomon so'zlar gapirmaydigan, ziyoli oiladan chiqqan farishta edi.
Otam har kuni oyimni kaltaklar, haqoratli so‘zlar aytib ranjitadi edi lekin biron marta oyim bobo- buvimga bu haqida gapirmagan. Bir kuni to‘gam mahaladagi o‘rtoqlaridan uyimizda har kun janjal bo‘layotgani, otam oyimni kechqurun izg‘irin sovuqlarda ko‘chaga chiqarib qo‘yib haydayotganini eshitib, uyga keldilar. Avvaliga oyimga "bizni nega xabarimiz yo‘q shuncha gapdan" deya koyib ketdilar so'ngra menga "oyingni himoya qilolmadingmi senga ishongandim" deb koyidilar. Oyim tog‘amga "Qo‘yever bechora bolada nima ayb, koshki pochchangga bas kelolsak, o‘zim aytganman janjalga aralashma yana senga biron narsa bo‘lmasin deb indama deganman" deb tushuntirdilar. Bu orada Otam uyga kirib keldi tog‘am bilan tortishib qolishdi. Tog‘am Otamdan xafa bo‘lib oyimni va meni buvimni uyiga olib ketdilar. Oradan ancha vaqt o‘tsa ham otamdan xabar bo‘lmadi keyin bilsak uyimizga boshqa ayolni olib kelib yashayotgan ekanlar. Oyim eshitib ancha o'ziga kelolmay yurdilar, har kun kechda hechkimga bildirmay hamma uxlagandan keyin yostiqni og‘ziga mahkam bosib, ovoz chiqmaydigan qilib yig‘lardilar. Men hammasini bilib turardim ammo qo‘limdan hechnima kelmas edi. Oradan biroz vaqt o'tgach bobom oyimni boshqa turmushga ya'ni o'rtoqlarini o‘g‘illariga va'da qilganliklarini aytishdi. Oyim bobomni so‘zini ikki qilolmay rozi bo‘lishga majbur edilar. Biz oyim bilan yangi oilaga birgalikda keldik va shundan hayotimni eng og‘ir kunlari boshlangan edi. Avvaliga yaxshi so‘zlar oradan vaqt o‘tgach esa tuhmatlar, har xil haqoratlar girdobida qolgandim. O‘gay otam o‘gay bobo buvim meni bir daqiqa ham bo‘sh qoldirmas edilar. Bo‘sh qolganimni ko‘rsalar darrov urushib, haqoratlab ketishardi. Yangi maktabga bora boshladim, yangi do‘stlar, yangi sinf xonalari, yangi o‘qituvchilar bularni hech biri oilamdagi har kungi urushlar tufayli menga xursandchilik hadya qilmas edi. Ertalab hammadan oldin uyg‘onib uydagi sigir va qo‘ylarni dalaga haydab ketardim. Dars paytigacha ulgurib qaytib kelib, maktabga borardim. Uyda menga etibor berishmagani, ustimga tuzukroq kiyim kiyolmaganim uchun, do‘stlarim bilan ovqatlanishga borolmaganim uchun ham doim o‘zimni ortga tortardim. Do‘stlarim ovqatga taklif qilishsa ham keyingi safar deb ishora qilib yolgiz o‘zim ko‘chaga bog‘ga chiqib ketardim. Toza havoda, tiniq osmon ostida dardlarim yana ichimga yutib hechnima bo‘lmagandek xonaga qaytib kirardim. Shu tariqa hayotim davom etardi. Bir kuni sinfdoshim Sohiba nega hammadan uzoqlashishim, hechkim bilan do‘st bo‘lishni xoxlamayotganim sababini so‘radi?. Nima deyishga hayron qolib buni tarixi uzun, vaqti kelganda aytib beraman deya so‘zimni yakunladim. Sohiba ko‘ngli ochiq beg‘ubor qizaloq edi, doimo kimgadir yordam berishni judyaam istardi. Bir kuni Sohiba meni Psixologimiz xonasiga yetaklab bordi. U yerga men birinchi marta borishim edi, avvaliga Sohibani bu holatidan hayratga tushdim, ammo uni xafa qilishni xoxlamay jim kuzatib turdim. Meni Psixologimiz Mahliyo Nurmatova iliq so‘zlar bilan kutib olib, ro‘parasida turgan stolga o‘tirishim taklif qildi. Sohiba menga kulimsirab qarab, "Mana endi hamma gaplarni aytish fursati keldi, biz seni diqqat bilan eshitamiz" dedi. Boshida hayratga tushib indamay turdim so‘ngra Psixologimiz menga chin dildan yordam bermoqchi ekanligini, faqat unga bor gaplarni aytib berishim kerakligini ta‘kidladilar. Faqat oramizda sir bo‘lib qolish sharti bilan butun hayotimni hikoya qilib berdim. So‘zlarim orasida o‘gay otamni qiynoqlariyuuu hali 16 ga kirmay ko‘rgan kechirganlarim aqlga sig‘maydigan darajada ekanligidan ko‘zimdan marjon marjon yosh oqib yuzlarimni yuvayotgan tomchilarni arta turib, qo‘yib bersalar dod deb yig‘lashga yoki o‘zimni bir jarlikka tushib ketgandek his qilayotganlarimni tasvirlab
berardim. Hayotim haqidagi hikoyani so‘zlab berar ekanman beixtiyor Sohiba va Psixologimiz ham bu sinovlarga bardosh berayotgan sabrimga tasanno aytib yig‘lashar edi. Oxirgacha aytishimga bardoshi yetmagan ustozim qolgani keyingi safar eshitamiz, hozirgacha eshitganlarimiz yetarli bo‘ldi deya yig‘lab yubordi. Menga ustozimni ilk yordami faqat bariga Sabr qilib Allohga tavvakal qilishim va doim tilimdan zikrni qo‘ymay taqvodor inson bo‘lishim uqtirdilar va menga o‘qish uchun bir qancha kitoblar hadya qildilar. Ertasi kuni o‘zidayoq menga haftalikka yetadigan pul va davlat tarafidan berilgan kiyimlar deya bir qutichada sovg‘a berdi ustozim. Bu mehribonchilikdan judayam xursand edim va ko‘zimdan sevinch ko‘zyoshlari oqayotgan edi. Menga maktab psixologi tarafidan berilgan etibor xuddi oyimni bergan mehri va etiboridan kam emasdi va Mahliyo opani 2 chi oyim deb bilardim. Biz ko‘p suhbatlashadigan va menga doim qo‘llaridan kelgan yordam ayamas edilar. Kitoblarnu o‘qib ko‘nglimga xuzurlik baxsh etib hayotimni o‘zgartirishda yordam berganliklari uchun ustozimni ishonchini oqlashga harakat qilib maktabni a‘lo baholarga tugatib oliy o‘quv yurtiga grant asosida o‘qishga kirib talaba bo‘ldim. Mening hayotim butkul o‘zgargan edi, bundan oyim ham xursand endi o‘gay otamdan haqoratlar eshitmas ulardan yiroqda yashar edim. Oyimni ko‘p sog‘inardim ammo Namozlarimda duo qilib yaratganga shukr qilib go‘zal sabr qilardim. Hayotimni o‘zgartirib yuborgan Ustozim va Sohibadan bir umr qarzdorman. Shu kunlarga yetkazgan Allohimga hamdu sanolar bo‘lsin.
Etiboringiz uchun rahmat
Jumayeva Ozoda Bekmurodovna
Kamtarga-kamol,
Manmanga-zavol.
Bu maqoldan anglash mumkinki,kamtar insonlar kamol topishadi.Agarda inson kamtarin boʻlsa,uning kelajagi ham buyuk boʻladi.Uning katta olim boʻlib ketishiga hech shubha yoʻq.Insonlar orasida manmanlari ham kam emas.Manman insonlar biron yutuqqa erishishsa ham,oʻzining bu yutugʻini maqtanishdan ham toymaydi.Ular albatta zavol topuvchi insonlardandir.Maqtanish inson boshqa fe'l-atvorlarini ham buzib turuvchi nihoyatda yomon odatlaridan biri hisoblanadi.Shuning uchun,hayotimizni kamtarinlik ila oʻtkazib,kelajagimizni buyuk qilaylik azizlarim!
Sirdaryo viloyati Xovos tumani 1-idum 8b sinf oʻquvchisi Rahmatullayeva Ozoda
|