• 3-xossa. Aniqlik
  • Masalan
  • Algoritmning tasvirlash usullari
  • 4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi
  • 1-ma’ruza. Algoritm tushunchasi. Algoritmni asosiy ta`riflari, xossalari va ularning turlari Oddiy klassik algoritmlar. Algoritm tushunchasi




    Download 48,86 Kb.
    bet3/9
    Sana17.05.2024
    Hajmi48,86 Kb.
    #240309
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-Mavzu

    Algoritmning asosiy xossalari haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
    1-xossa. Diskretlilik, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy koʻrsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin.
    2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan koʻrsatmalar uning uchun tushunarli boʻlishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin boʻlgan koʻrsatmalar tizimi mavjud.
    3-xossa. Aniqlik, ya’ni ijrochiga berilayotgan koʻrsatmalar aniq mazmunda boʻlishi lozim hamda faqat algoritmda koʻrsatilgan tartibda bajarilishi shart.
    4-xossa. Ommaviylik, ya’ni har bir algoritm mazmuniga koʻra bir turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli boʻlishi lozim. Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.
    5-xossa. Natijaviylik, ya’ni har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan soʻng albatta natija berishi lozim.
    Bu xossalar mohiyatini oʻrganish va konkret algoritmlar uchun qarab chiqish talabalarning xossalar mazmunini bilib olishlariga yordam beradi.
    Algoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng koʻp uchraydiganlari quyidagilar ekanligini koʻrsatib oʻtish joiz:
    1. Algoritmning soʻzlar orqali ifodalanishi.
    2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi.
    3. Algoritmning jadval koʻrinishida berilishi, masalan, turli matematik jadvallar, lotereya yutuqlari jadvali, funksiyalar qiymatlari jadvallari bunga misol boʻladi.
    4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi, ya’ni algoritm kompyuter ijrochisiga tushunarli boʻlgan dastur shaklida beriladi.
    5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi, ya’ni algoritm bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qoʻllanadigan belgilash va qoidalar majmui algoritmik til orqali ifodalashdir. Ulardan oʻquv oʻrganish tili sifatida foydalanilmoqda. Boʻlardan E-praktikum yoki E-tili algoritm ijrochisi algoritmik tili ham mavjud.

    Download 48,86 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 48,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza. Algoritm tushunchasi. Algoritmni asosiy ta`riflari, xossalari va ularning turlari Oddiy klassik algoritmlar. Algoritm tushunchasi

    Download 48,86 Kb.