|
SNT shaffofligi mezonlari
|
bet | 30/44 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,17 Mb. | | #149710 |
Bog'liq 1-ma’ruza. Berilganlarni intellektual tahliliga kirishSNT shaffofligi mezonlari
Minimal konfiguratsiyali neyron to’rini sintez qilish jarayoni mantiqiy shaffoflikning asosiy mezonlariga eng yaxshi javob beradi. Bundan tashqari, bu holda mantiqiy shaffoflik mezonlari to'rning eng oddiy texnik va dasturiy ta'minoti mezonlari bilan mos keladi. Bir qatlamli to’rda hech qanday takrorlanishlarning yo'qligi va kirish signallarini nochiziqli dastlabki ishlov berish vositalarining mavjudligi intuitiv qaror qabul qilish jarayonini modellashtirishni osonlashtiradi. An’anaviy SNT mantiqiy shaffofligining asosiy mezonlari quyidagilar hisoblanadi:
1. To’rdagi neyronlarning qatlamlari qanchalik kam bo'lsa, to’r mantiqiy shunchalik shaffof bo'ladi. Bu ma’noda mantiqiy shaffoflik mezoni quyidagicha qayta shakllantiriladi: to’rdagi mavjud signal yo'llarining har birida kirishdan chiqishgacha bo'lgan neyronlar qanchalik kam bo'lsa, to’r mantiqiy shaffofroq bo'ladi. Bu fikr fikrlash zanjirlari qanchalik qisqa bo'lsa, fikrlashni tushunish osonroq ekanligiga asoslanadi. Minimal konfiguratsiyali SNTini sintez qilish natijasida bir qatlamli to’r shakllanganligi sababli, ushbu mezonning bajarilishi avtomatik ravishda kafolatlanadi.
2. Neyronga kiradigan signallar sonini kamaytirish. Psixologlarning fikriga ko'ra, aqlli odam vaqt birligida juda cheklangan miqdordagi alomatlar bilan fikrlashi mumkin. Mumkin bo'lgan juda ko'p kombinatsiyalar tufayli bu raqam 2,3 alomat bilan cheklangan. Minimal konfiguratsiyali SNT sintez qilish modellari doirasida bu anglash va prognozlash masalalarida qaror qabul qilish jarayoniga qo'shgan hissasi darajasiga ko'ra informativ alomatlarni tanlashning maxsus usullarini qo'llashda ifodalanadi.
3. To’rning har bir qatlamidagi neyronlar sonini kamaytirish va tarmoqdagi sinapslarning umumiy sonini kamaytirish mezonlari o’rgatuvchi tanlanmaning minimal qoplamasini qurish orqali optimallashtiriladi. To’rni soddalashtirish jarayoni, shuningdek, alomatlarning (kirish signallari) informativ latent (aniq o'lchov birligiga ega bo’lmagan) alomatlarga kombinatsiyalash orqali amalga oshiriladi.
Nochiziqlilik signallarni SNTga kirishdan oldin ishlov berish jarayonida erishiladi va inson tomonidan intuitiv qaror qabul qilishni modellashtirishning quyidagi usullari orqali amalga oshiriladi:
a) informativ latent alomatlar to'plamini aniqlash;
b) o’zaro bog’liqmas (mustaqil) informativ alomatlar to’plam ostisini saralash.
4. Sozlanuvchi to’r parametrlarining qiymatlarini tanlangan qiymatlarning cheklangan to'plamiga etkazish kerak. Ushbu mezon quyidagi yo'llar bilan amalga oshirildi:
a) nominal va miqdoriy alomatlarning sinaptik vaznlari o’rtasida silliqlashtirish koeffitsientini hisoblash;
b) miqdoriy alomatlar qiymatlarinini [0,1] oraliqqa akslantirish orqali normallash;
c) nominal alomatlarning o’tkazib yuborilgan qiymatliri bo’lgan holatlar uchun alomat vaznini hisoblash.
SNTning mantiqiy shaffofligi murakkab tizimlarda integratsiya va o'z-o'zini tashkil etish jarayonlarining qonuniyatlarini ko'rib chiqadigan ilmiy fan sifatida sinergetika g'oyalariga to'liq mos keladi. Murakkab tizimlarning rivojlanish yo'li yagona emas va voqealar rivojiga kerakli vaqtda ta'sir qilish va uni o'zgartirish mumkin deb hisoblanadi.
SNT sintezida yangi bilimlarni verballashtirish predmet sohasi tushunchalarini tiklash jarayoni sifatida amalga oshiriladi va foydalanuvchining bevosita ishtirokini talab qiladi. Aniqlangan bilimlar grafik vizual yoki matn holida taqdim etiladi.
|
| |