• 1. kirish
  • Beton aralashmasining tarkibini tanlash




    Download 2 Mb.
    bet1/11
    Sana16.04.2024
    Hajmi2 Mb.
    #197638
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    3-kurs loyihasi issiqlikdan
    1730 planshet, Rubl qadrsizlanmoqda, ma ruza 12

    M U N D A R I J A


    1

    Kirish.

    2

    2

    Beton aralashmasining tarkibini tanlash.

    7

    3

    Issiqlik bilan ishlov berilayotganda betondan issiqlik ajralishini hisoblash.

    11

    4

    Uskuna samaradorligini hisobi.

    12

    5

    Qizitish muhiti va qizitiladigan mahsulot o‘rtasidagi issiqlik almashinuv koeffitsientini hisoblash.

    13

    6

    Issiqlik bilan ishlov berilayotganda betondan issiqlik ajralishini hisoblash.

    15


    7

    Issiqlik texnik hisoblashishlari.

    16

    8

    Material balansi.

    19

    9

    Issiqlik balansi.

    19

    10

    Bug‘ va kondensat o‘tkazuvchi quvurlar diametrlarini hisobi.

    21

    11

    Xulosa.

    31

    12

    Foydalaniladigan adabiyotlar.

    35


    1. kirish
    Yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish sanoatida mahsulotlarga issiqlik va namlik bilan ishlov berishda eng keng tarqalgan inshoot bu chuqurlik tipidagi kameralardir. Odatda ular oqimli agregat texnologiyasida foydalaniladi. Kameralar to‘g‘ri to‘rtburchak, yoki issiqlik tashuvchining yaxshi sirkulyatsiyasini ta’minlash uchun mos shaklda tayyorlanadi. Grunt suvlari joylashuviga qarab kameralar pol sathiga yoki chuqurlikga qopqoq qismi poldan 0,6-0,7 metr baland qilib loyihalanadi. Kamera balandligi 2,5 - 3 metrgacha bo‘lishi mumkin. Kameraning eni va uzunligi unga joylanadigan mahsulotning shakli va hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Sirkulyatsiyani yaxshilash maqsadida qoliplar va devor orasida 50-75 mm, pol va qolipning ostidan 150 mm, mahsulotning ustki qismi va qopqoq orasidan esa - 50 mm masofa qoldiriladi [2].
    Kamera devorlari odatda pishgan g‘isht, beton yoki temir-betondan izolyatsiya qilib tayyorlanadi. Kameraning tashqi devorlari qalinlgi: 380 mm (1,5 g‘isht), temir-beton 300-400 mm; ichki devorlari g‘ishtli - 250 mm (1 g‘isht), temir-beton – 150-200 mm ni tashlik etadi. Yon tarafdagi devorlarga mahsulotlarni joylashtirish uchun 4 tadan kranshteynli ustunlar o‘rnatiladi.
    Gidroizlyatsiyali monolit beton yoki temir-beton plitalardan tayyorlangan kameraning poli kondensatni oqizish uchun 12-20 sm qiyalikda tayyorlanadi. Polda kondensatni olib chiqib ketish uchun trap (11) mavjud. Kondensat oqadigan trap qabul qilgichda kondensat olib chiqadigan qurilmani (10) vazifasi kondensatni ushbu tizimga o‘tkazish va bug‘ni o‘tkazib yubormaslikdir. Kamera izolyatsiya bilan to‘ldirilgan va mustahkam yechiladigan qopqoq (7) bilan berkitiladi. Qopqoqning perimetri bo‘ylab (6) “ugalok” o‘rnatilgan. Mahsulot yuzasiga kondensat tushmasligi uchun qopqoqning ichki qismi qirralarga qarab qiyalik bilan tayyorlangan. Qopqoq va kamera orasidagi zichlagich qatlam, gidravlik “zatvor” shaklida yasalgan, bu shveller asosidagi tarnov, devor perimetri bo‘ylab yotqizilgan. Ushbu tarnov suv yoki qum bilan to‘ldiriladi.
    Magistral quvuridan (2) bug‘ kameraga yetkazib beriladi. An’anaviy chuqurlik ko‘rinishidagi kameralarning bug‘ tarqatish tizimining diametri 50-60 mm bo‘ladi, kameraning polidan 150-300 mm balandlikda halqali bug‘ quvurlari joylashgan. Bug‘ quvurlarida, bir-biridan 150-200 mm masofada, diametri 3,5 mm bo‘lgan teshiklar joylashgan bo‘lib, ular bug‘ning kamera bo‘ylab bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi. Bug‘ kamera poli bo‘ylab 100-120 m/s tezlikda chiqariladi. Odatda bug‘ tarqatish uchun korroziyaga qarshi material yoki perforatsiyalangan quvurlar ishlatiladi. Ba’zida, ayniqsa sirkulyatsiya bo‘lmaganida, bo‘g‘ilgan bug‘ bilan qo‘shimcha isitish uchun pol ustida perforatsiyalanmagan registrlar o‘rnatiladi. Bu kameraning balandligi bo‘yicha haroratni tenglashtirishga yordam beradi. Kondensatni olib ketish uchun diametri 50 mm bo‘lgan quvurlar ishlatiladi. Olib ketish qismi har bir kamera uchun umumiy yoki alohida bo‘lishi mumkin. Kondensatni olib ketish uchun devorlar ostidan 5-10 sm balandlikda gidravlik “zatvor” o‘rnatilgan bo‘lib, u kameraning gidravlik izolyatsiyasini ta'minlaydi. Bo‘g‘ilgan bug‘ kondensatining issiqligi, issiqlik ishlab chiqaruvchi qurilmasida qayta ishlatiladi. Odatda o‘ta yuqori haroratli bug‘ kondensati ishlatilmaydi, chunki u yog‘lar va tuzlar bilan ifloslangan bo‘ladi.

    Download 2 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beton aralashmasining tarkibini tanlash

    Download 2 Mb.