1-Ma’ruza: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Reja: Axborot tizimlari tushunchasi




Download 134 Kb.
bet3/5
Sana15.01.2024
Hajmi134 Kb.
#137667
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Ma’ruza Biznesda axborot tizimlari asoslari Reja Axborot ti (1)
Elektr o\'lchash asboblarini rostlash va ta\'mirlash (P.Ismatullayev va b.), Abduhalilov Abdulbori Buxgalteriya, 34.Tasvirni umumlashtirish., ОСТОРОЖНО, ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019, Yakuniy nazorat testlari Adabiyot sirtqiga, 3-вариант, Aylana va doira, AJRATUVCHI TO\'QIMALAR Qoplovchi, Alpomish obrazi, Амир Темур, xArm User Manual, Document 2, 2 5372829050198835319

Elektron to’lov texnologiyasi


Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o’tkazish yo’li bilan xisoblashishi jarayonida nakd pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi xisob raqamidan sotuvchining xisob raqamiga pul ko’chiriladi. Pul o’tkazish yordamida xisob kitob qilishni bir necha usuli mavjud (bankdan pul o’tkazish, bank kartasi erdamida xisob- kitob qilish, cheklar va shunga o’xshash usullar).
Istagan maqsadda bankdan po’l o’tkazish operatsiyasi tranzaktsiya deb nom olgan (lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma ma’nosini anglatadi).
Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda, bank kartaning egasiga xizmat ko’rsatish uchun tizim katnashchisidan katnashchiga uzatiladigan, tizim qatnashchilari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar ketma- ketligidir. Tranzaktsiya qo’yidagi asosiy xossalarga ega:

  • Bo’linmaslik;

  • Izolyatsiyalangan;

  • Ishonchliligi

  • Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa.

Tranzaktsiyaning bo’linmasligi – yaьni tranzaktsiya operatsiyalarini hammasini bajarish kerak yoki bitta ham operatsiya bajarish kerak emas.
Tranzaktsiyaning kelishilganligi - yaьni ma’lumotlar bazasidagi kartalar, xisob raqamlari xaqidagi ma’lumotlar o’zgartirilmaydi.
Tranzaktsiyaning izolyatsiyalanganligi – bir tranzaktsiya boshqa tranzaktsiyalarga bog’liqmasligini ko’rsatadi.
Tranzaktsiyaning ishonchliligi quyidagida ko’rinadi, tugallangan tranzaktsiya o’zidan so’ng tiklanishi mumkin, tugallanmagan tranzaktsiya esa bekor qilinadi.
Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa deb shunday aloqa nazarda tutilganki, uning natijasida karta egasining xisob raqamida qandaydir o’zgarish ro’y beradi.
Elektron to’lov ko’p tomondan, oddiy dukonlarda ishlatiladigan telefon orqali tovarlarni buyurtma qilishni eslatadi. Farqli tomoni shundaki, elektron tulov jarayoni sotib oluvchining kompyuteri hamda sotuvchining WEB-serveri orqali amalga oshiriladi (1-rasm).



Rasm 1. Elektron to’lovlarni amalga oshirish tizimi

Ushbu rasmdan ko’rinib turgandek, sotib oluvchi brouzer yaьni dastur yordamida tovar sotuvchining WEB-serverida joylashgan formani tuldirib kerakli buyurtmani amalga oshiradi. Ko’pgina sotuvchilarning WEB- serverlarida buyurtma qoldirish uchun muljallangan formalar mavjud. To’ldirilgan forma sotuvchining serverida joylashgan ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.


Elektron to’lov tizimi o’z ichiga quyidagi xisoblashish ko’rinishlarini oladi:

  • Bank kartalari;

  • Elektron cheklar;

  • Raqamli pullar;

  • Elektron pullar.

Bank kartalari katta va o’rta miqdordagi to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron cheklar esa asosan kichik miqdordagi, tez amalga oshirilishi kerak bulgan to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron pullar, yaьni pullarni elektron ko’rinishda uzatish nazarda tutilmoqda, asosan katta miqdordagi tulovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Bank kartalari - bu intellektual kartalarning bir turidir.
Intellektual karta - umumiy termin bo’lib, ishlatilish maqsadi, xizmat ko’rsatish to’plamlari, texnik imkoniyatlari, ishlab chiqargan instituti bilan farqlanadigan hamma kartalarni o’z ichiga oladi.
Intellektual kartalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ular amaliy dasturlarda ishlatiladigan ma’lumotni o’zida saqlaydi. Bunday kartalarni binoga kiruvchi kalit, kompyuterga kiruvchi kalit, xaydovchilik guvohnomasi sifatida ishlatish mumkin.

Download 134 Kb.
1   2   3   4   5




Download 134 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Ma’ruza: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Reja: Axborot tizimlari tushunchasi

Download 134 Kb.