120
mutaxassislar yoki texnik bajaruvchilar tomonidan bajariladigan ishlar majmui
(ilmiy-tadqiqot ishlari, asos bo‗luvchi yoki bir turli mahsulotning muayyan xiliga
yoki guruhiga me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, bularga o‗zgartirishlar
kiritish,
ekspertiza o‗tkazish) tushuniladi.
Mehnat sarfini aniqlashga quyidagi bosqichlar kiradi:
– ishlab chiquvchi-tashkilot uchun mehnat sarfi normativlari asosida mehnat
sarfini hisoblash;
– hamkor bajaruvchining qatnashish ulushini hisobga olgan holda ishlarga
mehnat sarfini hisoblash;
– ishlarga ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ishlarga umumiy mehnat
sarfini hisoblash.
Mehnat sarfi normativlari me‘yoriy hujjatni ishlab chiqishning barcha
bosqichlarida ishlarga sarflanadigan ish vaqti miqdori bilan aniqlanadi Ishlab chiqish
bosqichlari: loyihalarni ko‗rib
chiqish va kelishish; ilmiy-texnikaviy va kelishuv
kengashini o‗tkazish; ilmiy-texnikaviy ekspertiza va b. dan iborat. Agar me‘yoriy
hujjatni ishlab chiqishdan oldin ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari
o‗tkaziladigan bo‗lsa, bu ishlarga sarflangan harajatlar ham hisobga olinishi lozim.
Mehnat sarfi normativlari ishlab chiqiladigan me‘yoriy hujjat turiga va
standartlashtirish darajasiga bog‗liq.
Umumiy mehnat sarfi asosida ishlar narxi aniqlanadi.
Me‘yoriy hujjatning turiga qarab uni ishlab chiqishga
mehnat sarfi kishi-
soatlarda quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi:
Tr = Tb1 + Tb2 (1 + Kn + Ka + Km + Kk + Kt),
(4.3.13)
bunda Tb1 – me‘yoriy hujjatni ishlab chiqishdan oldin o‗tkaziladigan ilmiy-
texnik va tajriba-konstruktorlik ishlariga mehnat sarfining bazaviy (asos ) normativi,
kishi-soat;
Tb2 – me‘yoriy hujjatni ishlab chiqish bazaviy normativi, kishi-soat;
Kn, Ka, Km, Kk, Kt – yangilik darajasini, axborot hajmini, kelishishning
murakkabligini, ob‘ektning
konstruktiv murakkabligini, tasdiqlovchi tashkilotlar
sonini hisobga oluvchi mos koeffitsientlar.
Tb1 ning qiymati 173 dan 469 kishi-kun, Tb2 160 dan 430 kishi-kungacha
boradi; Tb qiymati standartlashtirish bo‗yicha
ishlarning turiga qarab, 5 dan 225
kishi-kungacha bo‗ladi.
Me‘yoriy hujjatni ishlab chiqishda hamkor-tashkilotlar qatnashganda Tmh
umumiy mehnat sarfi quyidagi formuladan aniqlanadi:
121
),
2
,
0
1
(
ð
ìõ
n
Ò
Ò
(4.3.14)
bunda n – hamkor bajaruvchilar-tashkilotlar soni.
Standartlashtirish bo‗yicha ishlar narxi (S) quyidagi formuladan aniqlanadi:
,
)
1
)(
1
(
2
,
21
êõ
èñ
ê
ìõ
ìà
Ê
Ê
Ê
Ò
Ç
Ñ
(4.3.15)
bunda Zma – o‗rtacha oylik maosh, so‗m;
Kq – qo‗shimcha to‗lanadigan haqga chegirma koeffitsienti;
Kis – ijtimoiy sugurtaga chegiria koeffitsienti;
Kqx – qo‗shimcha xarajatlar koeffitsienti.
Qo‗shimcha to‗lanadigan ish haqiga chegirma, ijtimoiy sug‗urtaga
chegirma
xarajatlar koeffitsientlari reja bo‗limidan olinadi.
Hisoblashda quyidagi mumkin bo‗ladigan variantlarni ham hisobga olish lozim:
a) o‗z tarkibiga ikki va bundan ortiq me‘yoriy hujjatni kiritgan bir me‘yoriy
hujjatni ishlab chiqishda umumiy mehnat sarfi K1=0,66 koeffitsient yordamida
to‗g‗rilangan jami sarf kabi aniqlanadi.
b) me‘yoriy hujjat varaqlarining soniga bog‗liq bo‗lgan ishlab chiqishga
umumiy mehnat sarfi K2 koeffitsienti yordamida ko‗paytirilishi mumkin:
– hujjat hajmi 10 dan 60 varaqgacha bo‗lganda K 2= 1,05;
– hujjat hajmi 60 varaqdan ortiq bo‗lganda K2 = 1,10 olinadi;
v) me‘yoriy hujjatni mahsus mavzu bo‗yicha ishlab chiqishda asosiy mehnat
sarfi K3= 1,20 koeffitsient yordamida oshiriladi.