Aniqlangan signal
|
Oniy qiymatlari vaqtning istalgan vaqtda ma’lum bo‘lgan signal
|
Asosiy kattalik
|
Kattaliklar tizimiga kiruvchi va shu tizimdagi boshqa kattaliklardan shartli ravishda mustaqil deb qabul qilingan kattalik
|
Bevosita baholash usuli
|
Kattalikning qiymati bevosita ishlovchi o‘lchash asbobining sanash qurilmasi bo‘yicha aniqlanadigan usuli
|
Bevosita baholash
|
Kattalikning bevosita o‘lchovchi o‘lchash asbobining sanash qurilmasi bo‘yicha aniqlangan qiymati
|
Bevosita o‘lchash
|
Kattalikning izlanayotgan qiymati bevosita tajriba ma’lumotlidan topiladigan o‘lchash
|
Birtekis shkala
|
Bo‘linmalari o‘zgarmas uzunlikdagi shkala, ba’zi hollarda bo‘linish qiymati o‘zgarmas bo‘lgan shkala
|
Birlamchi o‘lchash o‘zgartirgichi
|
O‘lchanadigan kattalik berilgan o‘lchov zanjiridagi birinchi o‘lchash o‘zgartkichi
|
Birlik etaloni
|
Birlikni uning o‘lchamini qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi turgan o‘lchash vositalariga uzatish maqsadida ifodalash va (yoki) saqlashni ta’minlovchi maxsus spesifikasiya bo‘yicha bajarilgan va belgilangan tartibda etalon sifatida rasmiy tasdiqlangan o‘lchashlar vositasi (yoki o‘lchash vositalari majmui)
|