Pentium Pro mikroprotsessorlari




Download 67,9 Kb.
bet4/10
Sana30.11.2023
Hajmi67,9 Kb.
#108212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 ma’ruza. Kompyuter tizimlari arxitekturasi Reja-fayllar.org
35746 тасвирий фаол 3 курс, Tema12, 123456, client agreement, minta-aviy-transport-infratuzilmasini-strategik-bosh-aruv-mehanizmini-takomillashtirish, o‘yinlar
Pentium Pro mikroprotsessorlari. 1995 yili sentabrda oltinchi avlod mikroprotsessori 80686 (R6) ishlab chiqarilgan, savdo belgisi Pentium Pro. Mikroprotsessor ikkita kristalldan tashkil topgan: MP va kesh-xotira. Ammo u oddiyPentium bilan tо‘liq mos emas, xususan unga maxsus tizimli plata ta’lab etiladi.Pentium Pro 32-bitli ilovalar bilan juda yaxshi ishlaydi, 16-bitlida esa oddiyPentium ba’zida bir muncha yutqizadi. Yangi sxemotexnik yechimlar SHK uchun ancha yuqori unumdorlikni taminlaydi. Bu yangiliklarning bir qisimi “dinamik bajarilish” (dynamic execution) nomi bilan umumlashtirilishi mumkin, birinchi navbatda bu kо‘p bosqichli superkonveyerli tarkib (suoerpipelining) boshqarishni shartli о‘tkazishda dasturda shoxlanish borligini bashorati (multiple branch prediction) mavjudligini bildiruvchi va buyruqlarni shoxlanishi bо‘lishi mumkin deb taxmini qilingan yо‘ldan bajarilishi (speculative execution) mavjudligini bildiradi.
  • Kо‘p masalalar yechiladigan dasturlarda, ayniqsa iqtisodiy masalalarda, kо‘p sonli boshqarishni shartli uzatish mavjud. Agarda protsessor oldindan о‘tish yо‘nalishini (shoxlanish) aytib bera olsa, hisoblash konveyerlarini optimal yuklanishining hisobiga uning ishlash unumdorligi jiddiy oshadi. Agarda shoxlanish yо‘li notо‘g‘ri bashorat qilingan bо‘lsa, protsessor olingan natijani tashlab (nolga о‘tkazib), konveyerni tozalab va yangidan kerakli buyruqlarni yuklashi kerak bо‘ladi, bu esa yetarli darajada kо‘p taktni ta’lab etadi. Pentium Pro protsessorida tо‘g‘ri bashorat qilish ehtimoli 90%, Pentium protsessorlarida esa 80%.


  • 256 – 1024 Kbaytli kesh-xotira - Pentium protsessorli yuqori unumdorli tizimlarda bо‘lishi kerak bо‘lgan sharoitdir. Biroq ularda joylashtirilgan kesh-xotira katta bо‘lmagan sig‘imga ega, uning asosiy qismi esa protsessordan tashqarida tizimli platada joylashgan bо‘ladi. Shuning uchun ular bilan axborotlar almashuvi kо‘pincha MP ning ichki chastotasida bо‘lmay, 2 - 5 hissa kam bо‘lgan takt generatorining chastotasida amalga oshiriladi, bu esa kompyuterning umumiy tezligini kamaytiradi. Pentium Pro mikroprotsessorida 1-bosqich kesh-xotirasi (buyruq va axborotlar uchun 8 Kbayt dan) va 256 yoki 512 Kbayt sig‘imli mikroprotsessor platasida joylashgan va MP ning ichki chastotasida ishlovchi 2-bosqich kesh-xotira kristalli mavjud.





  • Download 67,9 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 67,9 Kb.