• Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari va tarkibi.
  • Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan toifalar
  • Ma’lumotlar tuzilmasi
  • 1-ma’ruza. Ma’lumotlar turlari. Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstraktsiyasi va ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari (mat). Reja




    Download 75,66 Kb.
    bet5/12
    Sana04.01.2024
    Hajmi75,66 Kb.
    #130056
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-ma’ruza. Ma’lumotlar turlari. Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstra

    Ma’lumotlar toifasi – qandaydir qiymatlar yig’indisi bo’lib, ular ustida ma’lum amallar o’rinli bo’ladi. Ma’lumotlar toifalari dasturda oldindan aniqlangan yoki foydalanuvchi tomonidan aniqlangan bo’lishi mumkin va quyidagi aspektlarni nazarda tutadi.

    1. Qiymatlar to’plami

    2. Amallar to’plami

    Misol uchun int - butun toifalarva ustida bajariladigan arifmetik amallar(+,-,*,/). Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari va tarkibi. Ma’lumotlar toifalari 3 turga ajratiladi:

    1. Primitiv toifalar (ma’lumotlarning sodda toifalari). Oldindan ma’lum bo’ladigan, sozlangan toifalar deb xam ataladigan toifalar bo’lib, turli dasturlash tillarida turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, C++ tilida int (long, short,… ), float(double), char,…

    2. Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan toifalar, qachonki mavjud sozlangan toifalar qo’yilgan masalani yechishga yetarli bo’lmasa qo’llaniladi.

    3. Abstrakt toifalar. Ma’lumotlar toifalarining mantiqiy xususiyatlarini aniqlashda foydali instrument hisoblanadi. “Abstrakt toifa” atamasi bazaviy matematik tushunchasiga bog’liq. Ushbu toifalardagi ma’lumotlar qisman apparat va dasturiy ta’minot yordamida tuzilma sifatida fizik amalga oshirilishi mumkin. Biz abstrakt toifalarni matematik tushuncha sifatida aniqlaganimizda, muhit va vaqtiy munosabatlarni e’tiborga olmaymiz. Bular amalga oshirish masalalari hisoblanadi.

    Ma’lumotlar tuzilmasi
    Ma’lumotlar turli yo’lar asosida tashkil etilishi mumkin, mantiqiy yoki matematik modelni tashkil etilishi ma’lumotlar tuzilmasi deyiladi. Konkret bir ma’lumotlar tuzilmasini tanlash quyidagilarga bog’liq:

    • Real voqe’likda elementlararo munosabatni yaqqol ifodalay olishi kerak;

    • U shunday soda tuzilishi kerakki, zarur bo’lganda ustida samarali amal bajarish mumkin bo’lsin.

    Ma’lumotlar tuzilmasini o’rganish quyidagilardan iborat:

    • Tuzilmani mantiqiy ifodalash;

    • Tuzilmani fiizik amalga oshirish;

    • Tuzilmani sifatiy taxlili, ya’ni elementlarni saqlash uchun qancha xotira hajmi sarflanishini aniqlash (xotira sarfi) va qayta ishlashga ketadigan vaqtni (vaqt sarfi) hisoblash nazarda tutiladi.




    Download 75,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 75,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza. Ma’lumotlar turlari. Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstraktsiyasi va ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari (mat). Reja

    Download 75,66 Kb.